Samarqand davlat universiteti


O’quv fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 2,95 Mb.
səhifə6/194
tarix26.01.2023
ölçüsü2,95 Mb.
#99414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
51bb33b23d8add3d80bff7518d33e296 TEXNOLOGIYA FANINI O’QIISH MEODIKASI (1)

O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fani o’qitishdan maqsad-talabalarni har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta`lim-tarbiya ishini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g`oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni ta`lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs-Mehnat ta`limi, kasb tanlashga yo’llash o’qituvchisi sifatida shakllantirishdir.
Fanning vazifasi pedagogik-psixologik bilimlarni o’quvchilarda umummehnat, kasb tanlashga yo’llash va umumkasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayonida tadbiq etish; pedagogik–psixologik bilimlar, bevosita tanlangan sohalarga va yangi pedagogik, axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish; maktablarda Texnologiya darslarini o’qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini o’rgatishdan iborat.


Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga
qo’yiladigan talablar
“Texnologiya faninio’qitish metodikasi” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

  • Texnologiya faninio’qitish metodikasi fani bo’yicha ta`lim mazmunining uzviyligi va o’zaro bog`liqligi; texnologiya fanining umumiy o’rta ta’lim fanlari bilan o’zaro aloqasi, texnologiya fanining ishlab chiqarish bilan bog’liqligi, texnologiya fanining rivojlanish istiqbollari, texnologiya va ishlab chiqarish jarayonida uzluksizlikni ta’minlash , texnologiya fanida didaktik tamoyillar, dars shakllari, metodlari, o’quv moddiy bazasini tashkil etilishi (o’quv materiallari va moslamalar bilan ta`minlanishi); texnologiya fanida tuziladigan o’quv me’yoriy xujjatlar, davlat ta`lim standartlarining ishlab chiqilish mezonlari va unga qo’yiladigan talablarni bilishi kerak;

  • o’quvchilarning mehnat tayyorgarligi bo’yicha o’quv rejasi va dasturlar mazmunini; o’quv jarayonini tashkil etish va texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi xujjatlarni ishlab chiqish, Texnologiya darslarini olib borish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;

ta`lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o’rtasida aloqalar o’rnatishni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo’llay olishi; mashg`ulotlarni o’tkazish; o’quv jarayonini rejalashtirish; tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish; o’quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash bo’yicha turli testlardan foydalanish, bandlik xizmati bilan ishlash; o’quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash bo’yicha turli testlardan foydalanish; ota-onalar va jamoat tashkilotlari bilan ishlash , texnologiya darslarini tashkil etish bilan bog’liq barcha hujjatlarni tayyorlash, o’quvchilar bilimini baholay olish , mahalliy materiallardan foydalanish, dars ishlanmalarini tuza olish va tahlil qila olish,darslarni yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib tashkil qilish va o’tkazish malakalariga ega bo’lishi kerak.

Yüklə 2,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə