Samarqand davlat universiteti


TASVIRIY SAN’AT - san’at turi



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

TASVIRIY SAN’AT - san’at turi. 
Rassomlik madaniyati va san‘ati, 
grafika, haykaltaroshlik va foto madaniyati va san‘ati sohalarini o‗z ichiga oladi. 
Tasviriy san‘at real borliqni ko‗rgazmali obrazlarda, mavjud narsalarni ularning tabiiy 
shakli, o‗rni va boshqalarni o‗ziga o‗xshatib, umumlashtirib va tipiklashtirib 
ifodalaydi, predmetlarning hajmi,o‗zaro qanday masofada joylashgani va boshqalar 
to‗g‗risida tomoshabinda tasavvur hosil qiladi. Tasviriy san‘atning eng qadimiy va 
keng tarqalgan sohasi rassomlik madaniyati va san‘ati bo‗lib unda real borlikdagi 
voqea va predmetlar turli-tuman ranglardagi bo‗yoqlar yordamida aks ettiriladi. 
Rassomlik madaniyati va san‘ati vazifasiga ko‗ra bir necha turga bo‗linadi: 
monumental rassomlik (panno, freska, devoriy rasmlar), bezak rassomligi (tasvir, 
naqsh, bezak madaniyati va san‘ati predmetlari – mato, buyum, idish, taqinchoqlar
badiiy buyumlarga va boshqalarga ishlanadigan bezaklar), dekoratsiya madaniyati va 
san‘ati (teatr rassomligi), dastgohli rassomlik (mustaqil ahamiyatga ega bo‗lgan 
asarlar, miniatura (qog‗ozga, kitob sahifalariga, pyergamentga, pape-mashe, bezak 


167 
buyumlariga, taqinchoqlarga ishlanadigan kichik hajmli rasmlar, tasvirlar)). Asar 
mazmuniga, tasvirlanayotgan predmet va voqealarning turiga qarab – tarixiy janr, 
maishiy janr, bataliya janri, portret, animalistika janri, manzara, marina, natyurmort, 
allegoriya, mifologik va diniy janrlarga bo‗linadi. 

Rassomlik madaniyati va san‘atining texnikasi deganda asar yaratish 
jarayonida foydalaniladigan vositalar nazarda tutiladi. Moybo‗yoq rassomligi, 
bo‗yoqni suvda eritib, xo‗l yoki quruq suvoqqa ishlanadigan rassomlik, tempera, elim, 
enkaustika, emal, guash, akvarel, pastel, silikat rassomligi, keramika rassomligi kabi 
turlarga bo‗linadi. Mozaika va vitraj rassomlik madaniyati va san‘atida alohida o‗rin 
eg‗allaydi. 

Grafika o‗z tasvir vositalariga ko‗ra, badiiy-tasviriy asarlarni o‗z ichiga 
oladi. Grafika asarlarida tasvir, asosan, oq, ba‘zan rangli qog‗ozlarga, shuningdek, 
pyergament, mato, taxta, yog‗och, metall, plastmassa va boshqalarga ishlanadi. Badiiy 
ifoda vositasi – kontur chiziq, shtrix, dog‗, soya va yorug‗lik tushayotgan tomonni 
munosib rang berib ifodalash (svetoten). Tasvir - qalam, pero, mo‗yqalam, bur, 
ko‗mir bilan ishlanadi. Ranglardan – akvarel, guash, pastel. Ishlatish vazifasiga ko‗ra 
grafika – dastgohli grafika, kitob va gazeta-jurnal grafikasi, amaliy grafikasi 
(guvohnoma, diplom, marka, afisha, etiketka, sanoat grafikasi va boshqalar), plakatga 
bo‗linadi. 

Grafika texnikasi 2 qismga – rasm va bosma grafikaga bo‗linadi. Rasm 
madaniyati va san‘ati grafikaning eng qadimiy va keng tarqalgan qismi bo‗lib 
rivojlanish tarixi ibtidoiy san‘at namunalaridan boshlanadi. Bosma grafika (gravyura, 
litografiya) ko‗p nusxada nashr qilinadi. 

Haykaltaroshlikda asar haykalbop materiallarni shaklga tushirib (tosh, 
yog‗och, suyak, metall kabi qattiq materiallarni yo‗nib,o‗yib, zarb berib ishlab: plastik 
materiallarni chaplab-epishtirib, suvab: metall, gips, loy kabilarni quyib-qotirib) 
tayyorlanadi. Haykaltaroshlikda, asosan, inson obrazi yaratiladi, jonivor, qisman 
o‗simliklarning shakli ishlanadi. Haykaltaroshlik ishlanishi jihatdan 2 xilga - hamma 
tomoni naturaning asliga o‗xshatib ishlanadigan mukammal shaklli haykal va bir 
tomondan qaraladigan relyefga bo‗linadi. Vazifasiga ko‗ra – monumental, 
monumental-bezak va dastgohli haykaltaroshlikka bo‗linadi. 


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə