Samarqand davlat universiteti


TUS –  ohang, ranglarga nisbatan ishlatiladi.   TUSH



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

TUS – 
ohang, ranglarga nisbatan ishlatiladi. 

TUSH 
(frans. touche) - vaqt o‗tishi bilan rangini o‗zgartirmaydigan qora 
bo‗yoq. Suv qo‗shib suyo‗ltirilsa, kul rang tus oladi. Bo‗yoq hosil qiluvchi toshko‗mir 
moddalaridan tayyorlanadigan qizil, yashil,ko‗k va boshqalar. Rangli tush ham 
bo‗ladi. Sharq mamlakatlari, ayniqsa, Xitoy, Koreya, Yaponiyada qadimdan 
foydalanilgan. XV - XVII asrlarda Ovro‗paga tarqalgan. Tush chizmachilikda, grafika 
asarlari yaratishda, xat yozishda ishlatiladi 

UFQ, gorizont
(yunon. Horizo - chegaralayman) – ochiq joyda er yuzasining 
ko‗rinadigan chegara qismi yoki er yuzasining osmon sferasi bilan kesishgan qismi.
 
Tasviriy san‘atda ufq chizigi ko‗z balandligida joylashgan faraziy tekislik. 

FRESKA 
(ital. Fresko – yangi, qurimagan) - bo‗yoqni suvga yoki ohak 
qo‗shilgan suvga qorib yangi, qurimagan suvoq ustiga ishlanadigan rassomlik 
madaniyati va san‘ati asari. Qadimdan devoriy rasmlarning asosiy texnikasi bo‗lib 


169 
kelmoqda. Suvoq, odatda, o‗chgan ohakka ikki hissa kum qo‗shib tayyorlanadi, suvoq 
qurigandan keyin uning yorilib ketmasligi ta‘minlanadi. Ohak bilan qo‗shilganda 
aynimaydigan, shuningdek, vaqt o‗tishi bilan nur ta‘sirida buzilmaydigan 
bo‗yoqlardan foydalaniladi. Freska uchun suvoq va bo‗yoq tayyorlashning turli 
usullari mavjud. Freska rassomdan katta mahorat, tezkorlik talab qiladi, tasvir qisqa 
vaqt ichida suvoq qurimay turib tayyorlanishi kerak. 

XATTOT - 
chiroyli yozadigan va naqsh ishlaydigan shaxs. 

SHABLON 
(nem. Schablone - namuna) – bir shakldagi narsalar tayyorlash 
uchun yasalgan namuna: ayrim tayyor buyumlarning shaklini tekshiradigan 
moslama,asbob. 

SHARJ
(frans. Charge – bo‗rttirish) – biror hodisa, narsa, ayniqsa kishini 
hajv yoki hazil qilib karikatura shaklida tasvirlash. Kishilar, odatda portretiga 
o‗xshatib, bir jihati bo‗rttirib fosh etiladi, hazil qilinadi, ba‘zan narsalarga, hayvon, 
qushlarga o‗xshatiladi va h.k. Moybo‗yoq, grafika, haykaltaroshlikda sharj qilinadi
ayniqsa grafik sharj keng tarqalgan. O‗rtoqlik sharjlari samimiy, yaxshi niyat bilan 
do‗stona hazil mazmunida bo‗ladi. 

SHRIFT
(nem. Schreiben – yozmoq) - yozuvning alfavit tizimida barcha 
harf, raqam va belgilarning grafik shakli. Shrift chiziqlarining yaqqolligi (harflar 
asosiy chiziqlari bilan tutashtirish shtrixlari yo‗g‗onligining nisbati)ga, chiziqcha 
(zasechka)larning borligi va ularning shakliga qarab bosmaxona shriftlari, asosan, 
guruhlarga bo‗linadi. Bosmaxona shriftlari yozilish shakliga, ya‘ni qiyaligiga qarab 
to‗g‗ri, kursiv, qiya, normal, ensiz, enli: oddiy, yarim qora, qora shriftlarga bo‗linadi. 
Yozilish shakli bir xil bo‗lgan shriftlar turli kegldagi shriftlarga bo‗linadi: kegli va 
yozilish shakli turlicha, lekin yozilish xarakteri bir xil bo‗lgan shriftlar shrift 
garniturasi deb ataluvchi bitta guruhga birlashadi. Har bir garnitura o‗z nomiga ega, 
masalan, jurnalnaya, shkolnaya va h.k.. 


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə