Samarqand davlat universiteti


 YAZD MINIATURA MAKTABI



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

 

YAZD MINIATURA MAKTABI
– 
XV asrda Yazd shahrida shakllangan 
miniatura uslubi. Sheroz miniatura maktabiga yaqin. 1409-yilda yaratilgan «She‘riyat 
antologiyasi» va Nizomiy «Xamsa»sining 1446 - 1447-yillarda ko‗chirilgan 
qo‗lyozmasiga ishlangan miniaturalar 1445-yilda ko‗chirilgan «Shohnoma» 
qo‗lyozmasi miniaturalari shu maktabga mansub. Amir Xisrov Dehlaviyning Bokuda 
saqlanayotgan «Xamsa»si miniaturalari ham shu maktab mahsuli sifatida diqqatga 
sazovor. Uni 1445-96-yillarda yazdlik xattot Hasan ibn Kamoliddin al-Yazdiy 
ko‗chirgan /unga 26 miniatura ishlangan/. Tasvirlar ko‗pincha issiq koloritda aks 
ettirilgani, kishilarning kiyimlarida kontrastlikka ahamiyat berilgani, tasvirning sodda, 
lekin nafis va tiniq ifodalangani bilan Sheroz miniaturalaridan farq qiladi. 

O‘YMAKORLIK –
amaliy bezak madaniyati va san‘atining eng qadimiy va 
keng tarqalgan turlaridan. Yog‗och, ganch, metall, tosh, suyak, lak, terrakota va 
boshqalar o‗yib, yo‗nib, badiiy shakl beriladi, ulardan bino qismlarini bezashda, uy-
ruzg‗or buyumlari, turli asbob, qurollarni nafislashtirishda, kichik haykaltaroshlik 
asarlari yaratishda qo‗llaniladi. Mustaqil sohasi gliptika va o‗ymakorlikda 
foydalanilgan materialga ko‗ra yog‗och o‗ymakorligi,ganch o‗ymakorligi, tosh 
o‗ymakorligi, metall o‗ymakorligi, suyak o‗ymakorligi kabi xillari mavjud. 

Markaziy Osiyoda, jumladan, O‗zbekiston hududida juda qadimdan rivoj 
topgan. Buxoro, Samarqand, Xiva obidalari, shuningdek, Termiz, Shahrisabz, Qo‗qon 
shahar va qishloqlarida saqlangan arxitektura yodgorliklari ganch, yog‗och, tosh 
o‗ymakorligi bilan jozibador bezatilganki, bezashning turli usul va uslublari 
o‗ymakorlik madaniyati va san‘atining yuksak darajaga ko‗tarilganini namoyish etadi. 
Bu sohada ayniqsa, Usta Shirin, Murodov Shamsiddin ¢afurov, Quli Jalilov, 
Toshpulat Arslonkulov, Mahmud Usmonov kabi ganch o‗ymakorlari, Ota Polvonov
Sulaymon Xo‗jayev, Usmon Zufarov, Maqsud Qosimov, Ne‘mat Ibrohimov
Qodirjon Haydarov, Nurullo Nazrullayev kabi yog‗och o‗ymakorlari qadimiy 
an‘analarni yangi davr ruhi bilan boyitib, o‗ymakorlik madaniyati va san‘atini 
rivojlantirdilar. 


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə