Samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

 

QOMAT – 
kishilarning umumiy ko‗rinishi. 

QO‘SHIMCHA RANGLAR
– ranglarni aralashtirganda hosil bo‗ladigan 
omuxta rang yoki rangning tusi, ohangi, to‗qligi, ochligi, qizil, sariq zangori ranglarni 
qo‗shish orqali olingan ranglar. 

HAYKAL 
– tasviriy san‘at asari. Tosh, yog‗och, suyakni, yo‗nib, metall, 


172 
beton, gipsni qolipga quyib, qotirib, loyni shaklga solib, keyin qizdirib (sopol, chinni 
haykalchalar tayyorlashda) ishlanadi. Monumental (ochiq havoda, ko‗pchilik 
e‘tiboriga havola qilinadigan), dastgohli (binolar ichida o‗rnatiladigan), bezak 
(arxitekturada bog‗-parklarda)- juda kichik hajmda ishlanadigan uy ichida bezak 
vazifasini o‗taydigan xillari bor). 

HAYKALTAROShLIK 
- tasviriy san‘at sohasi. Tasvirlanadigan narsani 
hajmli, uch o‗lchovli (uzunlik, kenglik va balandlikka ega) qilib aks ettirish 
tamoyiliga asoslangan san‘at turi. Asosan, inson, qisman hayvon va qushlar, tabiat 
(manzara), narsalar (natyurmort) ifodalanadi.Haykaltaroshlik asarlari, asosan, 2 turga: 
hamma tomonidan ko‗rish imkoni bo‗lgan, mukammal shaklli haykalga va bir 
tomondangina ko‗riladigan relyefga bo‗linadi. Haykalda kishining boshi, beligacha 
(byust), tizzasigacha, butun gavdasi (bularda aniq shaxs aks ettirilgan bo‗lsa - portret), 
ikki yoki bir necha kishi, tors ishlanishi mumkin. Relyefning hajmi va shakli uning 
o‗rnatiladigan joyiga, qanday maqsadda xizmat qilishiga qarab tanlanadi, undan 
ko‗pincha arxitektura (friz, fronton, plafon va boshqa.)da foydalaniladi. Relyefning 
past (barelyef), baland (gorelyef), tasvir fonda o‗yib ishlanadigan xillari bor. 

Mazmuni va vazifasiga ko‗ra haykaltaroshlik monumental, monumental 
bezak, dastgohli, juda kichik haykaltaroshlik asarlari, plaketka, medal, tanga, gliptika 
mahsulotlariga bo‗linadi. Haykaltaroshlik tarixi qadimiy. Qadimgi Misrda toshdan 
ulkan sfinkslar ishlandi, fir‘avnlarning katta haykal va relyeflari yaratildi. Janubiy 
Osiyo mamlakatlarida, ayniqsa, Hindiston, Xitoyda budda ibodatxonalari ulkan 
haykallar bilan bezatilgan. 

O‗zbekistonda haykaltaroshlik sohasida, ayniqsa, 50-yillardan diqqatga 
sazovor asarlar yaratila boshladi. F.Grishchenko, A.Ivanov, N.Krimskaya, 
D.Ryabichev 
kabi 
haykaltaroshlar 
monumental 
haykaltaroshlik, 
dastgohli 
haykaltaroshlik 
sohasida 
samarali 
ishladilar. 
60-yillardan 
M.Musaboyev, 
D.Ro‗ziboyev, 
A.Toirov, 
X.Husniddinxo‗jayev, 
K.Saloxiddinov, 
M.Ivanov, 
A.Axmedov, Ya.Shapiro, A.Boymatov, N.Feodoridis, P.Ivanov kabi iste‘dodli 
yoshlar etishib, zamondoshlarimizning yorqin obrazlarini yarata boshladilar. 


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə