Samarqand davlat universiteti


HINDISTON MINIATURA MAKTABI



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

HINDISTON MINIATURA MAKTABI 
- O‗rta asrlarda Hindistonda 
shakllangan miniatura uslublari. Devoriy rassomlik madaniyati va san‘ati 
tushkunlikka uchragach, mamlakatning turli tumanlarida rivoj topgan (XI-XQX 
asrlar). Muhimlari: 

GUJAROT
miniatura maktabi (XI-XVI asrlar)- miniaturalari diniy 
kitoblarga ishlangan illustratsiyalardan iborat. Ilk davrlarda palma barglariga 
chizilgan, matn ham yozilgan. XIV asrning 2-yarmidan qog‗ozga ishlangan, oldingi 
sodda kompozitsiyalar ancha murakkablashgan, fonda arxitektura unsurlari manzara 
aks ettirila boshlagan. Gujarot shohlari davri miniaturalarida tasvir jonliligi, rasm 
tinikligi, bezak detallari ko‗paygani ko‗zga tashlanadi. Gujarot miniaturasi RAJPUT 
miniatura maktabining ilk davrlariga ta‘sir ko‗rsatgan. 

RAJPUT
(yoki Rojastxon) miniatura maktabi (16-19-asrlar) – Rojastxonda 


173 
va Markaziy Hindistonda shakllanib rivoj topgan asosiy markazlari: Mevar, Marvar, 
Bundi, Kishangar, Malva va boshqa joylarda. Miniaturalar diniy mazmunda: 
Krishnaga e‘tiqod (muhabbat bilan xudoning visoliga erishish) ifodalangan. «Ragi» 
(yoki «ragini») janri fasllarga, ob-havoga bag‗ishlangan kuylarga illustratsiyalardan 
iborat, ularda tabiat ko‗rki nafis aks ettirilgan. 

HIROT MINIATURA MAKTABI 
– XV asrda Hirot shahrida shakllangan 
miniatura madaniyati va san‘ati uslubi. XVasrning boshlarida shahar hayoti va 
madaniyatining rivoji oqibatida nafis qo‗l yozma kitoblarga talabning oshishi bu 
maktabning vujudga kelishiga imkon yaratdi. 20-yillarda Hirotga Tabrizdan Sayid 
Ahmad naqkosh, Hoji Ali musavvir, Samarqanddan mavlono Ja‘far Tabriziy (Amir 
Temur uni Tabrizdan Samarqandga keltirgan edi) va boshqa musavvir, xattotlar taklif 
etilganidan keyin shakllandi.1507-yilda Hirot Shayboniyxon tomonidan zabt 
etilguncha davom etdi. Hirot miniatura maktabining vujudga kelishi va rivojida XV 
asrning 1-yarmida Shohruh, uning o‗g‗li Gavharshoh, Boysung‗ur, XV asrning 2-
yarmida Husayn Boyqaro, uning vaziri Alisher Navoiyning e‘tibori, homiyligi, 
muhim rol o‗ynadi. Hirot miniatura maktabiga mansub asarlarda yaxlit bir uslub 
ko‗zga tashlanmaydi, miniaturachilarning ijodiy individualligi seziladi, lekin, 
umuman, bu maktab miniaturalari asosiy e‘tibor insonga qaratilgan tasvir fonida 
ko‗rkam manzara (yashnab turgan bog‗lar, suvi tinik jilgalar, ko‗l, hovuzlar, qoshin 
bilan nafis bezatilgan binolar, serhasham interyerlar va boshqa.) rangdor aks 
ettirilgani bilan ajralib turadi. Ilk davrida Sheroz miniatura maktabi (XIV-XV asrlar), 
shuningdek, Tabriz miniatura maktabining ta‘siri ko‗zga tashlanadi. Sa‘diyning 
«Guliston»iga 1427-yilda, Nizomiy «Xamsa» siga, 1431-yilda, 1429-31-yillarda 
Firdavsiyning «Shohnoma»siga, «Kalila va Dimna»ga ishlangan miniaturalar bu 
maktabning diqqatga sazovor asarlaridan. 15-asrning 1-yarmida ko‗p sonli rassomlar 
orasida Mavlono Halil Mirzo Shohruhiy ajralib turadi. U ko‗p figurali murakkab 
kompozitsiyalar, portretlar ustasi sifatida shuhrat qozongan. Keyinroq Behzod, Mirak 
naqqosh, Qosim Ali, Xo‗ja Muhammad naqqosh, shoh Muzaffar kabi rassomlar 
yetakchi rol o‗ynagan. 


174 

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə