Samarqand davlat universiteti


QAZVIN MINIATURA MAKTABI –



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

QAZVIN MINIATURA MAKTABI –
XVI asrning 70-80-yillarida 
Qazvinda shoh Ismoil II davrida shakllangan miniatura maktabi. Qazvinda 1576-yilda 


171 
kitobxona tashkil etildi. Mashxad va Tabrizdan kelgan naqqosh, xattot, musavvirlar 
ijodiy mehnat qilib, Qazvin miniatura maktabini vujudga keltirdilar. Bu maktab 
miniaturalarida harakat tasviriga ko‗p ahamiyat berilgani, rasm nozik chizilgani, 
kompozitsiyalarda kishilar miqdori kam tasvirlangani bilan ajralib turadi. Qazvin 
miniatura maktabining yirik vakillari – Muhammadiy va Shayx Muhammad. Shayx 
Muhammadning «Yigit to‗tikush bilan», «Yigit kitob va gul bilan» miniaturalarida, 
shuningdek, u yaratgan deb taxmin etiladigan Jomiyning «Tuxfat ul-ahror» kitobiga 
ishlangan miniaturalarda maishiy lavhalar jonli, rangdor ifodalangan, Muhammadiy 
esa oddiy kishilar dehkon, xizmatkorlarni ko‗proq aks ettirishga intilgan. 

QALAM 
(yunon. kalamos-qamish so‗zidan – ko‗mir, qo‗rg‗oshin, grafit, 
quruq bo‗yoqdan qilingan sterjen). Sharq xalqlari, jumladan, Markaziy Osiyoda 
xattotlar siyoh bilan yoziladigan qamish qalamlardan foydalanganlar. 1790-yili 
fransuz olimi N.Konte yog‗och qalam ixtiro qildi. Ayni vaqtda chex olimi Y.Gartmut 
maydalangan grafit va gil aralashmasidan yozuv sterjenlari tayyorlashni taklif etdi. Bu 
metod hozirgi qalam ishlab chiqarish texnologiyasining asosini tashkil etadi. 
Qalamning maxsus turlari – sangina va pastel. Qattiqlik darajasi bir necha xil bo‗lgan 
grafitli qalamlar chiqariladi: qattiqlik darajasi M/yumshoq, T / qattiq va MT /qattiqligi 
o‗rtacha/ harflari hamda harflar oldidagi raqamlar bilan belgilanadi. 

QOG‘OZ
- o‗simlik tolalaridan yupqa varaq tarzida tayyorlanadigan 
material. qog‗oz dastlab (II asrda) Xitoyda olingan. Say Dun o‗simlik tolalarining 
suvli suspenziyasini sim turdan o‗tkazib, qog‗oz olishga muyassar bo‗lgan. qog‗oz 
olishning bu usuli ko‗p vaqtlargacha sir saqlab kelindi. VI asr boshlarida bu usul 
Yaponiyada joriy qilindi. VI-VIII asrlarda qog‗oz ishlab chiqarish Osiyodagi boshqa 
mamlakatlarga tarqaldi. Keyinchalik qog‗oz tayyorlash arablar orqali Eron va 
Shimoliy Afrika, Kiprga, keyinroq esa Ispaniya, Marokko va boshqa mamlakatlarga 
yoyildi. Qog‗oz bungacha yozuvda ishlatib kelinayotgan PAPIRUS va boshqa 
materiallarni siqib chiqardi. Qog‗ozning 600 dan ortiq turi bor. Qog‗oz qanday 
maqsadlarda ishlatilishiga ko‗ra: qalinligi, kulliligi, namliligi, rangi, oqligi, silliqligi, 
singdirish qobiliyati, havo, bug‗, yog‗ o‗tkazmasligi, dielektrikligi va boshqa xossalari 
bilan xarakterlanadi. Klassifikatsiyaga ko‗ra qog‗oz 11 sinfga bo‗linadi: matbuot, 
yozuv, chizmachilik-rasmchilik, elektr izolyasion, papiros, shimuvchi, apparat, 
yorug‗lik sezgir, ko‗chirish, o‗rov, sanoat – texnika. Hozirgi davrda qog‗ozlar 
matodan emas, yog‗ochdan ishlab chiqariladi. Qog‗ozni yupqa, qalin, tekis, g‗adir-
budir turlari mavjud. Kitob, ro‗znoma bosiladigan, jurnal, daftarga mo‗ljallangan 
qog‗ozlarning turlari boshqa-boshqa bo‗ladi. Qalam va akvarel buyoqlari bilan 
chizishda vatman, yarim vatman deyiladigan qattiq, tig‗iz qog‗ozlar ishlatiladi.

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə