Samarqand davlat universiteti


O‘quv qo‘llanma SamDU Kengashining 2021 yil 30 noyabrdagi (5-sonli



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

 
O‘quv qo‘llanma SamDU Kengashining 2021 yil 30 noyabrdagi (5-sonli 
bayonnoma) yig‘ilishi qarori bilan chop etishga tavsiya etilgan.
 
ISBN 978-9943-7266-1-1 
© Samarqand davlat universiteti, 2021 



KIRISH
 
 
 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Yangi 
O‗zbekistonni rivojlantirishda intellektual salohiyati yuqori bo‗lgan yoshlarni 
jamiyatga yetkazib berish bugungi kun oliy ta‘lim tizimining muhim vazifalaridan biri 
ekanligi ko‘rsatib berildi. Davlatimiz taraqqiyoti uchun amalga oshirilayotgan va 
qabul qilinayotgan qaror va farmonlar o‗z navbatida oliy ta‘lim tizimi talabasi balki, 
professor-o‗qituvchilaridan ham o‗z kasbida sidqidildan mehnat qilishni taqozo etadi.
―O‗zbekiston madaniyati va san‘ati tarixi‖ nomli ushbu qo‗llanma xalqimizning 
eng qadimgi davrdan to hozirgi kunga qadar bosib o‗tgan uzoq va murakkab tarixiy 
yo‗li madaniy, ma‘naviy hayoti va san‘ati tarixini xolisona o‗rganish kabi masalalar 
ahamiyati ochib berishga qaratilgan. Talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini 
boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, 
insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‗la bahramand bo‗lish, 
umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‗maklashish va dunyo miqyosida 
mavjud bo‗lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb 
masalalarni o‗rganadi.
Shuningdek, «O‗zbekiston madaniyati va san‘ati tarixi» fani haqidagi bilimlarni 
qaror topshirish mavjud ilmiy adabiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib 
borilayotgan tadqiqot ishlarini o‗rganish, fan bo‗yicha to‗plangan ilg‗or tajribalar, 
kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‗z ichiga qamrab 
oladi. 
Fanni o‗rganishdan maqsad bo‗lg‗usi mutaxassislarini O‗zbekiston madaniyati 
va san‘ati tarixidagi taraqqiyot bosqichlari an‘analarini o‗rganish, saqlash hamda 
rivojlantirish, zamonaviy jarayonlarga malakaviy baho bera olish, yaratilayotgan 
badiiy asarlar ta‘sirchanligini anglash, his etish va ularning badiiy g‗oyasini oshirish, 
rivojlantirish yo‗nalishlarini ko‗rsata olish hamda mavjud jarayonlar va tarixiy 
faktlarga tayanib nazariy bilimlarni yozma va og‗zaki tarzda o‗rtaga tashlay olish 
malakasini shakllantirishdan iborat. 
«O‗zbekiston madaniyati va san‘ati tarixi» asosiy ixtisoslik fani hisoblanadi. 
Mazkur fanni o‗rganishda o‗quv rejasida ko‗rsatilgan.«O‗zbekiston madaniyati va 
san‘ati tarixi» fani tarix va madaniyatning ajralmas qismi bo‗lib shu yo‗nalishdagi 
fanlarni yanada mukammal va chuqurroq o‗zlashtirilishiga ko‗maklashadi. 
San‘atshunoslik fanlarini chuqur o‗zlashtirilishi esa mamlakat ijtimoiy-siyosiy va 
iqtisodiy rivojida alohida o‗rinni egallab O‗zbekiston madaniyatini jahon 
hamjamiyatidagi o‗rnini belgilashda, uning salohiyatini ko‗tarishga xizmat qilib 
badiiy ta‘lim, ekologiya, turizm rivojida muhim o‗rinni tashkil etadi. O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining O‗zbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish haqidagi 
farmoni, muzeylar faoliyatini yaxshilash, xalq hunarmandchiligini rivojlantirishga 
qaratilgan tadbir va ko‗rsatmalari shundan dalolat beradi. 
Ma‘lumki, har bir xalqning o‗tmishi, o‗tmishdagi madaniyati va san‘ati, fani, 



urf-odati, axloq-odobi va diniy e‘tiqodi bu xalqning ma‘naviyatini ifoda etadi. Shu 
boisdan bo‗lajak mutaxassislarga o‗z xalqining madaniyatini, san‘atini va 
ma‘naviyatini o‗rgatish, o‗qitish va shular asosida kelajak dunyo ma‘naviyatini 
ifodalab berish yangi jamiyat taraqqiyotida alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu fan O‗zbekiston xalqlarining madaniyati va san‘ati, fani, ma‘naviy dunyosini 
eng qadimgi davrlardan boshlab, bugungi kungacha bo‗lgan tarixiy taraqqiyotini 
o‗rgatish bilan birga, o‗z ota-bobolarining bu sohada erishgan yutuqlarini ham 
evolyutsion tarixiy taraqqiyotini o‗rgatib boradi. O‗zbekiston madaniyati va san‘ati 
tarixi jahon madaniyati va san‘atining ajralmas qismi bo‗lib alohida ahamiyat kasb 
etadi. 
O‗zbek xalqining ko‗hna tarixi, uning qadimiy madaniyati va san‘ati,
me‘morchiligi tarixini o‗rganish uchun bizga moziydan meros bo‗lib qolgan ―Avesto‖ 
asaridan boshlab, juda ko‗plab yozma manbalar mavjud. Bu manbalar mustaqillik 
sharofati bilan obyektiv haqqoniy, to‗g‗ri o‗rganishga imkon yaratdi., shuningdek, bu 
ilmiy manbalar yangi tadqiqotlar asosida to‗ldirilib, kengaytirilib borilmoqda.
Bugungi kunda har tomonlama yetuk, barkamol yosh avlodni tarbiyalash 
xalqimiz oldidagi eng muhim masala hisoblanadi. Bu esa o‗z navbatida ta‘limga 
yuqori darajada e‘tibor qaratishni talab qiladi. Oliy ta‘lim muassasalarida 
talabalarning sifatli ta‘lim olishidagi muhim mezonlardan biri har bir fan doirasi 
adabiyotlar bilan ta‘minlanganlik darajasi hisoblanadi. Mazkur o‗quv qo‗llanma ham 
oliy ta‘lim muassasalari talabalari uchun mo‗ljallangan bo‗lib, unda fan texnika 
taraqqiyotining qadimgi davrdan bugungi kunga qadar bo‗lgan rivojlanish bosqichlari 
haqida so‗z yuritilgan. Qo‘llanmaning 2-mavzusi Samarqand davlat universiteti 
tadqiqotchisi H.Qo‘shboqovning materiallari asosida tayyorlandi. 
Ushbu qo‗llanma O‗zbekiston xalqlari madaniyati va san‘ati tarixi bo‗yicha 
butunlay yangicha ilmiy yondashuvlar asosidagi turkum qo‗llanmalar safidan o‗rin 
oladi. Oliy ta‘limda tarixchi mutaxassislar tayyorlashning butunlay yangicha tizimi 
shakllanayotgan bugungi kunda qadim, boy va noyob tarixiy merosni milliy va xorijiy 
darajada targ‗ib etishning yangicha va samarali tizimining ishilashi uchun xizmat 
qiladi.

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə