Samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

Tayanch iboralar 
So‗g‗d yozuvlari, turk bitiklari, Afrosiyob, Panjikent, Quva, Varaxsha, Poykand, 
amaliy san‘at, Ajinatepa, Qushtepa, Kofirqal‘a, buddaviylik, moniylik, nasroniylik, 
zardushtiylik, shomonlik, shishasozlik. 
Eftalitlar va turk xoqonligi davrida Xorazm, Tohariston, So‗g‗d ularning asosiy 
mulklari bo‗lgan. Ayniqsa, Sharq va G‗arb karvon yo‗llari ustida joylashgan So‗g‗d 
madaniy va iqtisodiy jihatdan yuksak bo‗lgan. U Eron, Vizantiya, Hindiston, Uzoq 
Sharq mamlakatlari, shuningdek, Xorazm orqali Sharqiy Yevropa bilan ham savdo-
sotiq ishlarini olib borgan. So‗g‗dning eng katta mulki hisoblangan Samarqand esa, 
umuman, Markaziy Osiyo ijtimoiy va madaniy hayotida alohida o‗rinni egallab, 
boshqa shaharlarga kuchli ta‘sir o‗tkazgan. 
Markaziy Osiyo me‘morchiligida so‗nggi antik va ilk o‗rta asrlar davrida yangi 
me‘moriy 
g‗oyalar paydo bo‗ldi. Dehqonlarning qasr-qo‗rg‗onlari, boy 
zodagonlarining shahar va shahardan tashqaridagi qo‗rg‗onlari yuzaga keldi va 
yangilandi.
Ilk o‗rta asr me‘morchiligining o‗ziga xos tomonlari qasr-qo‗rg‗onlar ko‗shklar 
qurilishida ham sezilarli bo‗ldi. Bu qo‗rg‗on-qasrlar avvalgi badiiy-madaniy 


19 
markazlardan birmuncha chekkada bo‗lib, asosan, mulkdor dehqonlarning turarjoyi 
sifatida paydo bo‗ldi. Qo‗rg‗onlar mustahkam devorlar bilan o‗ralgan bo‗lib, ular 
atrofida keyinchalik turarjoylar, bozorlar paydo bo‗la boshlagan. Vaqt o‗tishi bilan 
ana shu joylar ham qalin devor bilan aylantirib chiqila boshlagan. Shu tariqa ilk o‗rta 
asr shaharlari shakllanib borgan. Buyuk Ipak yo‗li ustida joylashgan O‗zbekistonning 
Zarafshon, Qashqadaryo, Farg‗ona, Xorazm, Toshkent vohalaridagi qasr, ko‗shklar 
shu o‗rganilayotgan davr yodgorliklari hisoblanadi. Jumladan, Toshkent yaqinidagi 
Oqtepa ko‗shki, Xorazmdagi Teshikqal‘a, Buxoro yaqinidagi Varaxsha o‗zining 
ko‗rinishi, bezagi bilan bir biridan ajralib tursa ham, lekin ularning hammasida 
umumiy o‗xshashlik mavjudligi, davrning katta uslubiga bo‗ysunganligini e‘tirof etish 
zarur. Qasr, ko‗shklar, tabiiy yoki sun‘iy kesik piramida shaklidagi tepaliklar ustiga 
qurilgan. Saroyni baland supa ustida qurish, tabiiy ofatlardan, suv toshqinlaridan 
saqlanish, osoyishta hayot kechirish, dushman hujumida mudofaa qila olish va zarba 
berishga asoslanganligidir. Saroy tashqi devorlari mustahkam va baland bo‗lishi ham 
shu mudofaani ta‘minlovchi zarurat hisoblangan. Saroyning tashqi tomonida bezak 
kam va jiddiy, ayrim saroylarning devor sathi gofirli (kungurali), devor tepasidagi uch 
tishli bezak plita, antefiks va bo‗rtma tasvirli rozetkalar ishlatilgan. Saroylarning ichki 
bezagiga alohida e‘tibor berilgan. Xonalar devoriy rassomlik va haykaltaroshlik bilan 
bezatilgan. 2-3 qavatli ravoqli binolar qubbali, gumbazli katta xona atrofida yoki 
butsimon tor koridor atrofida joylashtirilgan. 
Toshkentdagi Yunusobod Oqtepasi ilk o‗rta asrlarda shahar atrofida qad 
ko‗targan qasrlardan bo‗lib arablar bosqini davrida tugatilgan. Bu qo‗rg‗on ma‘muriy-
markaz hamda oziq-ovqat, qurol-yarog‗ saqlanadigan ombor vazifasini bajargan. Bu 
yerda zardushtiylik dini bilan bog‗liq ibodatxona ham mavjud bo‗lgan. Oqtepa 
qo‗rg‗on qasri ham sun‘iy tepalikka qurilgan, uning qalin devori pishiq va sodda 
bezaksiz bo‗lgan. 
Xorazmdagi Teshikqal‘a ko‗shki ham tuproq uyumli tepalikka qurilgan. Lekin 
uning mudofaasi devorlari o‗ziga xos gofirli bo‗lgan tashqi pardozida bulardan 
tashqari perspektivali arkalar, pardoz shinak va devor yuqori qismi friz bilan 
pardozlangan. 
Buxorxudotlarning 
Varaxsha 
saroyi 
ilk 
o‗rta asrlar davri ko‗shk 
me‘morchiligining ulug‗vor ko‗rinishdir. Sun‘iy tepalik ustiga qurilgan bu saroy 
tashqi devorlari gofrli ko‗rinishda, hamda devorning yuqori tomonidagi boy frizga 
egadir. Saroy darvozalari ham tantanavor ruhda katta shakllarda ishlangan. Saroyning 
ichki qismi nihoyatda bezakka boy bo‗lgan. Haykaltaroshlik, rassomlik va amaliy 
bezak san‘ati asarlari saroy ichki muhitini nihoyatda go‗zal va ko‗tarinki ruhda 
bo‗lishiga xizmat qilgan. 
Xorazm shohi Afrig‗ning Al-Fir qasri ham hashamatli, ikki qavatli bo‗lib, 
ikkinchi qavatiga maxsus ko‗tarilma moslamalar-panduslar orqali chiqilgan. Ilk o‗rta 
asrlarda istehkomli qasr-qo‗rg‗onlar va, ayniqsa, ko‗shklarning keng yoyilganligi 
davrning muhim me‘morchilik obidasi ekanligi bizgacha yetib kelgan ashyoviy 


20 
dalillar, devoriy rasmlarda saqlanib qolgan qasr ko‗rinishlari ham tasdiqlaydi. Shunga 
o‗xshash ko‗shklarni Panjikent devoriy suratlarida, mis va kumish idish yuzalaridagi 
tasvirlarda uchratish mumkin. Masalan, Ermitajda saqlanayotgan ―Qo‗rg‗onni qamal 
qilish‖ tasviri tushirilgan kumish laganda qo‗rg‗on ko‗rinishi aks etirilgan. Ko‗shk 
me‘morchiligi keyingi monumental me‘morchilik, saroy qurilishi madaniyati va 
san‘atiga katta ta‘sir o‗tkazgan. Friz, devorlarni gofrlash, tom tepasiga polmetka-
dekorativ shakllar berishni, ularning ichki xona va koridorlari serbezak bo‗lib naqsh 
va mavzuli rasmlar, dumaloq haykal va relyeflar bilan bezatilishi keyingi 
me‘morchilikda o‗z ifodasini topgan. Xorazmdagi Burgut qal‘ada otashparastlarning 
ibodatxonalari, Tuproqqal‘adagi ibodatxonalar Xorazm shohlarining rasmlari bilan 
boyidi. 
Turk xoqonligi davri me‘morchiligi haqida gapirilganda shuni aytish mumkinki, 
bu xoqonlik Markaziy Osiyoga rivojlangan yoki rivojlanishning yangi bosqichiga 
ko‗tarila boshlagan davrda kirib keldi. Xoqonlik davri madaniyati va san‘ati, 
jumladan, uning me‘morchiligi eftalitlar davri an‘analarini rivojlanishi bilan bog‗liq 
bo‗ldi. Xoqonlik davrida ko‗shk va saroylar, zodagonlarning shahar va shahardan 
tashqaridagi uylari o‗zining rivojlanishini avvalgi davr an‘analarining uzluksiz 
davomi sifatida davom ettirdi. Bu davrda buddizm, zardushtiylik, xristianlik va 
boshqa dinlar, xoqonlik tarkibidagi xalq va elat, til va urf-odatlari kabi rang-
baranglikda mavjud bo‗lib bordi. Shu bilan birga tinch hayot mahalliy zadagonlarning 
mustaqil hayot kechirishlari me‘morchilik, tasviriy va amaliy san‘atda o‗ziga xos 
lokal xususiyatlarni ham kelib chiqishini ta‘minladi. Bu xususiyat So‗g‗d, Xorazm, 
Farg‗ona, Quva va Yettisuv yodgorliklarining madaniyati va san‘atida aks etgan. 
Ibodatxonalar, boy va zodaganlarning saroy-qasrlari, hokimlarning qarorgohlari 
o‗zining boy bezagi va badiiy yechimining o‗ziga xosligi bilan ajralib turadi. 
Bizgacha vayronalarda tasodifan yetib kelgan me‘moriy bino qoldiq va parchalari shu 
davr me‘morchilik madaniyatining yuksak bo‗lganligi va eng muhimi san‘at sintezi 
a‘lo darajada bo‗lganligidan dalolat beradi. Bu yodgorliklarning katta qismi 
devorlariga suratlar ishlanganligi, haykaltaroshlik asarlari yo‗lga qo‗yilganligidan 
dalolat beradi. Xitoylik tarixchining Samarqand va Buxoro o‗rtasida qurilgan 
hashamatli bino juda hayratlantirganligi, binoning shimoliy devorida bo‗yoqlar bilan 
Xitoy imperatorlarining tasviri, sharqiy devorda turk xoqonlari va Hindiston 
hukmdorlari, g‗arbiy devorda esa Eron va Rum hukmdorlari tasviri tushirilganligi 
haqida yozib qoldirgan.
Bizgacha vayrona holida yetib kelgan bu saroylar qoldiqlari hozir ham o‗zining 
ulug‗vorligi bilan kishini hayajonga soladi. Bu davrda Markaziy Osiyoda yagona din 
bo‗lmaganligi ibodatxona qurilishlarida, dafn marosimi bilan bog‗liq buyumlarda ham 
o‗z ifodasini topgan. Farg‗ona vodiysi(Quva)dan topilgan ibodatxona xarobasi 
buddizm dini mavjud bo‗lganligini ko‗rsatadi. Bu ibodatxona ikki xonadan iborat 
bo‗lib, old xonasi ayvon tipida va unga kiraverishda haykallar o‗rnatilgan. Ichki 
xonalarda ham haykallar qo‗yilgan. Otashparastlik dini bilan bog‗liq bo‗lgan 


21 
ibodatxonalar, odatda, tepalikka qurilib, old tomoni esa quyosh chiqish tomonga 
qaratilgan. 
Ilk o‗rta asrlar davridan bizgacha yetib kelgan tasviriy san‘at asarlarining 
parchalari shu davrda rassomlik va haykaltaroshlik ijtimoiy hayotning ajralmas qismi 
bo‗lganligini ko‗rsatadi. Bu davrda monumental rassomlik va haykaltaroshlik diniy va 
dunyoviy binolarning bezatilishida keng ishlatilgan. Bu haykallarda diniy va 
afsonaviy obrazlar bilan bir qatorda, real hayotni aks ettiruvchi obrazlar ham 
uchraydi. Haykallar maxsus tayyorlangan loydan, yog‗och, ganch, alebastr va toshdan 
ishlangan. Varaxshadagi saroyni bezashda ganch o‗ymakorligi keng qo‗llanilgan. 
Kandakorlik san‘ati va o‗ymakorlikda bo‗rtma tasvir muhim rol o‗ynagani shu 
davrdan saqlanib qolgan yodgorliklarda ko‗rinadi.
Ilk o‗rta asrlar davrida O‗zbekiston hududida badiiy madaniyatning yutuqlari 
monumental-dekorativ rang tasvir madaniyati va san‘atida o‗zini to‗liq namoyon 
qiladi, Afrosiyob (Samarqand), Varaxsha (Buxoro), Bolaliktepa (Surxondaryo) 
devoriy suratlar jahon monumental-dekorativ rangtasvir madaniyati va san‘atining 
nodir durdonasi hisoblanadi. Bu suratlar o‗zining yuksak mahorat bilan ishlanganligi, 
real hayotni badiiy obrazlarda ifodali aks ettirishi bilan belgilanadi. Buxoro vohasidan 
topilgan Varaxsha hukmdori saroyi qoldiqlari va devoriy suratlari taxminan VII-VIII 
asrlarda ishlangan. Varaxsha devoriy suratlari ichida ov manzarasi yaxshi saqlangan. 
Bu suratda fil ustida ketayotgan odamlarga sherning hujumi tasvirlangan bo‗lib, bu 
kompozitsiya o‗zining dinamikasi va ajoyib rang tasviri bilan ijodkorning yuksak 
mahorat egasi ekanligini isbotlaydi. Rassom ishlagan har bir obrazning tugal shaklga 
ega bo‗lishiga, har bir detalni ham iloji boricha aniq va tugal darajada ko‗rsatishga 
intilgan. 1965-yili Samarqanddan topilgan Afrosiyob saroyi katta shov-shuvga sabab 
bo‗ldi. Bu topilma yana bir bor Markaziy Osiyoda ilk o‗rta asrlardayoq yuksak 
madaniyat mavjud bo‗lganligini jahonga namoyish etdi. Bu saroy qoldiqlarining 
devorlariga ishlangan surat va naqsh kompozitsiyalari yuksak mahorat bilan 
ishlanganligi bilan ajralib turadi. Afrosiyob devoriy surat kompozitsiya ishlanishi, 
detallarga e‘tibor berishi jihatidan Varaxsha suratlariga yaqin bo‗lsa ham, lekin 
badiiylik va mahorat jihatidan ulardan ustundir. Afrosiyob devoriy suratlarining 
ahamiyati yana shundaki, suratlar bilan birga, So‗g‗d harflarida yozilgan bir qator 
so‗zlar ham uchraydi.
Markaziy Osiyoning ilk o‗rta asrlardagi monumental-dekorativ rang tasviri 
to‗g‗risida fikr yuritganda, Termiz yaqinidan topilgan ―Yumaloqtepa‖, unga yaqin 
joylashgan ―Bolaliktepa‖ devoriy suratlarini yodga olish mumkin. Bu suratlar 
xarakterining shakllanishida shu davr monumental-dekorativ rang tasviriga xos uslub 
mavjud bo‗lib, bular birgalikda Markaziy Osiyo ilk o‗rta asrlarda san‘atning 
yuksakligi, turli uslub va yo‗nalishlar mavjud bo‗lganligini yana bir bor namoyon 
qiladi.
Bu davrlarda haykaltaroshlik, amaliy bezak san‘ati, ganch va yog‗och 
o‗ymakorlik turi bezash ishlarida keng ishlatilgan. Shunisi e‘tiborliki, o‗ymakorlikda 


22 
islimiy va handasiy naqshlardan tashqari, odam va hayvonlar, turli holat va 
harakatdagi hayvonlar, qush va parranda bo‗rtma tasvirini qo‗shib ishlash keng 
uchraydi. Uy anjomlari, ov va jang qurollari, shuningdek, turli badiiy bezatilgan shoyi 
va oddiy chit materiallar va ulardan bichilgan liboslar shu davr estetik qarashlarini 
namoyon qiladi. Amaliy buyumlar yuzasiga bo‗yoqda tasvirlar ishlangan, kumushdan 
yasalgan buyum va qurollar esa bo‗rtma tasvirlar bilan bezatilgan. Bu tasvirlarda 
devoriy suratlarda aks ettirilgan obraz va voqealar o‗z ifodasini topgan. Podshohlar 
tasviri, bazm, ov manzaralari bu buyumlar yuzasiga go‗zallik baxsh etgan. 
Markaziy Osiyo, umuman, O‗rta Sharq madaniyati va san‘atida rassomlik va 
haykaltaroshlik, kandakorlik va to‗qimachilik madaniyati va san‘ati rivojlanish 
davrini boshidan kechirdi. Bolaliktepa, Varaxsha, Panjikent, Afrosiyob devoriy 
rasmlari shunday yodgorliklardandir. Rassomlar o‗z rivojida so‗nggi antik an‘analarni 
yangi pog‗onaga ko‗tarildilar o‗z mazmuni, moxiyati, professional mahorat bilan 
ishlanish jihatidan jahon madaniyati va san‘ati tarixida o‗z davrining tengi yo‗q nodir 
yodgorliklar yaratdilar. Shuni alohida qayd etish kerakki, eftalitlar va turk xokonligi 
davri qator mahalliy lokal maktablarni shakllantirdi. Bu xususiyat mahobatli 
rangtasvir madaniyati va san‘atida sezilarli bo‗lib, bu davrga oid yodgorliklarni keng 
o‗rganilganligi Bolaliktepa, Varaxsha, Panjikent, Afrosiyob va boshqa devoriy 
rasmlar badiiy madaniyatning nihoyatda yuqori darajada bo‗lganligi hamda ma‘lum 
darajada atrof davlatlar madaniyati va san‘atidan ta‘sirlangani shu bilan boshqa 
davlatlarga ta‘sir etganini ko‗rish mumkin. Bunday o‗xshashlik va o‗ziga xosliklarni 
umumlashtirib bu davr madaniyati va san‘atini qator maktab yo‗nalishlariga ajratish 
mumkin. Bu maktablarni O‗zbekistonlik olimlar G.Pugachenkova va L.Rempel uchga 
ajratishadi: 
1. Tohariston maktabi va uning yodgorliklari. Bolaliktepa, Ajinatepa va 
Kofirqal‘a saroyi rasmlari. 
2. Shimoliy Turkiston maktabi va uning yodgorliklari. Quvadagi buddizm 
ibodatxonasi. Yettisuv buddizm ibodatxonasi. 
3. «Garbiy o‗lka‖ maktabi va uning So‗g‗ddagi, Xorazmdagi yodgorliklari. 
Afrosiyob, Varaxsha,saroylari, hamda Xorazm ostodonlari rasmlari.
Bu devoriy va ossuariy rasmlar mavzusini ikkiga ajratish mumkin. Birinchi 
yo‗nalish diniy marosim buddizm bilan bog‗liq Ajinatepa, Quva, Oq Beshim va 
boshqa ibodatxona rasmlari, ikkinchi yo‗nalish dunyoviy mazmunda bo‗lib saroy, 
zodagonlarning uy va ko‗shklarida o‗z ifodasini topdi. Bular Bolaliktepa, Varaxsha, 
Afrosiyob, Panjikent yodgorliklaridir. Turk xoqonligi davriga kelib Markaziy 
Osiyoning janubiy tomonlarida siyosiy, iqtisodiy va madaniy rivojda jiddiy 
o‗zgarishlar sodir bo‗la boshladi. Jumladan, buddizm bilan bog‗liq qarashlar asta 
yo‗qola boshladi. Kushon davri madaniyati va san‘ati an‘analari mavjud bo‗lsa ham, 
lekin buddizmni o‗z manbayidan uzoqlashishi va aloqalarning susayishi bu davrda 
yaratilgan asarlarda mahalliy xalq madaniyati va san‘ati ta‘sirini oshishiga olib keldi. 
Bu xususiyatlar Ajinatepa, Quva, Marv madaniyati va san‘atida ko‗rinadi. Devoriy 


23 
suratlarda an‘anaviy san‘at budda monastirlarida o‗z mavqeyini saqlab mahalliy 
madaniyati va san‘ati an‘analarida mavjud bo‗ldi. Jumladan, Ajinatepa ibodatxonasi 
devoriy suratlari ayni ana shu hind va mahalliy san‘at an‘analari silsilasi hosilasi 
sifatida idrok etiladi. Bu ibodatxonaning xonalariga ishlangan rasmlar yuqori 
malakada bajarilgan bo‗lib Budda va u bilan bog‗liq voqealar tasvirlangan. 
Kompozitsiyada sovg‗a-salom olib kelayotganlar tasviri birmuncha jonli bo‗lib 
an‘anaviy kompozitsiyaga o‗ziga xoslik kiritadi.
Bolaliktepa devoriy rasmlari O‗zbekiston madaniyati va san‘ati tarixida muhim 
o‗rinni egallab Sharq monumental rangtasvir madaniyati va san‘atining yangi qirrasini 
namoyon etadi, 
Bu san‘at mahalliy antik san‘atga tayangan holda uni qator o‗zgarishlar bilan 
yangiladi. Jumladan, shakl va qalamtasvir birmuncha soddalashtirilib uni naqqosh 
kompozitsiyasiga yaqinlashtiradi. Rassom nur soyadan voz kechgan holda fazoviy 
kenglikni odamlar xatti-harakatida hal etadi. 5-6 asrlarda yaratilgan bu rasmlarda 
Markaziy Osiyo monumental madaniyati va san‘atining yangi bir yo‗nalishi tarzida 
namoyon bo‗ladi. Ishlanishidagi yaxlitlik shakl va chiziqlaridagi o‗ziga xos qat‘iylik, 
rang shakl tizimidagi ritmik qaytarilish bu yodgorlikni ko‗proq shu davrda 
Afg‗oniston hududida mavjud bo‗lgan uslubga yaqinlashtiradi. 
Shahardan tashqarida qurilgan, hajm jihatidan katta bo‗lmagan qasr kvadrat 
shaklida bo‗lib, uning eshik o‗rnini hisobga olinmasa, xona devorlari yaxlit yorug‗lik 
tepada qolidirilgan darchadan tushgan. Shuning uchun rasm to‗rt devorga yaxlit 
ishlanib aylanib ko‗rishga mo‗ljallangan panoramani eslatgan, bu yaxlitlikni eshik 
o‗rni to‗xtatgan xolos. Devor bo‗ylab unga yopishtirilgan holda ishlangan supa 
tarzidagi balandlik o‗tirish uchun mo‗ljallangan. Rassom bu yerda o‗ziga xos 
rassomlik badiiy yechimini topgan. Shu devor bo‗ylab ketgan supa tepasidan xuddi 
shu supada o‗ltirgandek odamlar tasviri ishlangan. Saroyning g‗arbiy devorida 
Chag‗oniyon hukmdori Turantoshning o‗sha davr odatiga ko‗ra, Samarqand ixshidi 
(podshohi) Varxuman huzuriga Chag‗oniyon malikalaridan birini kanizaklari bilan 
kuzatib borayotgan elchilari tasvirlangan. Saroyning sharqiy devorida Uzoq Sharq 
mamlakatlarining birida qayiqlarda dengiz suzib quruqliklarda esa yirtqich hayvonlar 
bilan yo‗l-yo‗lakay olishib kelayotgan mo‗g‗ul bashara elchilar guruhi kelishi 
tasvirlangan. Shimoliy devorda turli mamlkatlardan (Choch, Chag‗oniyon, Xitoy, 
Koreya, Yaponiya) kelgan elchilar Samarqand hukmdori tomonidan navbatma-navbat 
qabul qilish marosimi. Janubiy tomonda Samarqand hukmdori bilan a‘zolari bilan 
muqaddas suv Vorukasha dengizida baliq va toshbaqalar orasida cho‗milish holati 
tasvirlangan. Saroyning Chag‗oniyon malikasiga bag‗ishlangan kompozitsiyasi 
bo‗yniga katta qo‗girchoq ilingan oq filda malika undan keyin suvoriylar o‗rtasida 
saman ot mingan kuyov – shoh aks ettirilgan. Otliqning oq parrandalar rasmi bilan 
bezatilgan qizil chakmoniga qurol-aslahalar osilgan. Malikani oq otga mingan qizlar 
kuzatib bormoqda. Qizil ko‗ylakli, yelkasiga oq kulrang ro‗mol tashlagan, sariq lozim 
kiygan bejirim etikli ayol rasmi yaxshi saqlangan. Uning qo‗llarida nafis bilaguzuk. 


24 
Ikki tuyalarga mingan ikki kishi kelyapti. Ulardan biri qirg‗iy burun, oq yuz, ingichka 
mo‗ylov, qora soqolli, ikkinchsi soch-soqoli qizg‗ish, qorachadan kelgan chol. Uning 
katta ochilgan ko‗zlari oldinga tikilgan, yuzlari yaxshi saqlangan. Ikkovi ham 
serbezak kiyimda. Bellariga qilich va xanjar osilgan, qo‗llarida hassa. Tuyalarga 
guldor yoping‗ich yopilgan. Ular orqasida oq parrandalar kelyapti. Bundan tashqari 
ikki kishi tasvirlangan ular oq kiyimda, yuzlarini pasti oq ro‗mol bilan berkitib 
olingan. Qushlar ortida kuyov-shoh undan keyin otliqlar. Mehmonxona devori 
elchilar qabul qilishga bag‗ishlangan. Elchilar kiyimi bezakdor. Doiraga olingan 
to‗ng‗iz, tog‗ echkisi, afsonaviy qanotli mahluq tasviri shu kiyimlar bezagini tashkil 
etadi. Erkaklarda zirak, turli taqinchoqlar, birini qo‗lida bir parcha mato. Ikkinchisida 
marvarid shodasi. Oq kiyimli erkak etagida So‗g‗d tilidan yozuv bor. Mehmonxona 
janubiy tomonida baliq, toshbaqa, o‗rdak suzib yuribdi. Mehmonxona sharqiy qismi 
devorlarida sher bilan olishuv rasmi bor. 
Varaxsha saroy xonalaridan birining devorlarida ov manzarasi aks ettirilgan 
bo‗lib, har bir kompozitsiya markazida oq fil va unda o‗tirgan jangchi ko‗rsatilgan. 
Ba‘zida filning bosh tomonida filni boshqaruvchi (haydovchi) tasviri uchraydi. 
Odamlar filga ikki tomondan tashlanayotgan ikki yirtqich hayvon bilan olishmoqda. 
Bu hayvonlar goh leopard, goh sher, goh esa afsonaviy maxluq tarzida uchraydi. 
Tadqiqotchilarning fikriga ko‗ra, bu tasvirlar orqali turli rivoyat va afsonalar, 
shuningdek, zardushtiylik ta‘limoti bilan bog‗liq fikrlar bayon etilgan. Jumladan, 
Varaxsha devoriy rasmlarida aks ettirilgan fil ustidagi odamlarning turli vahshiy 
hayvonlar bilan jangi Avestodagi yaxshilik va yomonlik kurashi g‗oyalarini 
ifodalaydi, deb hisoblanadi. Devorga ishlangan bu surat kompozitsiyalar tepasida 
yana tasvirlar berilgan. Ularda o‗ngdan chap tomonga odimlab borayotgan hayvonlar 
tasviri ko‗rsatilgan. Bu tasvirlar birmuncha kichik. Afsuski, bu rasmlar bizgacha yetib 
kelmagan. Asosiy suratning past tomonida ham ensiz, hoshiyasifat naqsh 
kompozitsiyasi berilgan. Varaxsha devoriy rasmlari taxminan 7-8-asrlarga to‗g‗ri 
keladi va o‗zining yorqin rangi bilan ajralib turadi. Hayvonlarning yorqin sarg‗ish 
oltin rangdan zarg‗aldoqqacha bo‗lgan tuslanishlari, pushti rang tuslanishida 
ishlangan odamlar hamda oq rangdagi fil tasviri ranglari asarning umumiy koloritini 
belilab, uning ta‘sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. Rasmlarda hajm yo‗q, yassi 
ishlangan. Rassom fazoviy kenglik, buyumlar, tasvirlanadigan qahramonlarning 
hajmli holda ko‗rsatishga intilmaydi. Tasvir foni zamini yaxlit dekorativ rangda, 
aniqrog‗i, issiq to‗q qizil rangda ishlangan, bu rang esa asosiy tasvirlangan obrazlarni 
hamda voqeani aniq ko‗rish imkonini beradi. Kompozitsiyada ishlatilgan chiziqlar, 
tasvirlanuvchi odamlar qomati tasviri nisbatlari bo‗layotgan voqeani jonli va shiddatli 
harakatda ekanligini his etishga ko‗maklashadi. Nozik chiziqlar ritmik, tasvirlangan 
odamlar gavdasi aniq va to‗g‗ri nisbatda olinishi rassomning yuksak mahoratidan 
dalolat beradi. 
VII-VIII asr devoriy rassomchiligi alebastr suvoqda ishlangan. Natijada, 
ishlangan rasmlar obrazlar yorqin va jarangdor ko‗rinishga ega bo‗lgan. Moviy lazur 


25 
singari yangi bo‗yoqlarning ishlatilishi asarning emotsional tomonini oshirgan. Yana 
muhim tomoni – rassom o‗z asarida fazoviy kenglikni ochishga intiladi. Unga avvalgi 
tasvirlanayotgan siymo(obraz)ni va uni o‗rab turgan narsalarni ishlanishiga alohida 
e‘tibor beradi, orqa zamin esa biror bir rang bilan tekis bo‗yaladi. Natijada, 
tasvirlanuvchi obraz kiyimi, buyumlarilarning o‗ziga xos boy badiiy bezagi asarning 
emotsional ko‗rinishini oshiradi. Yuqorida eslab o‗tilgan arfa chaluvchi yarim 
yalang‗och holda tasvirlangan qiz qora zaminda yanada emotsional bo‗lib ko‗ringan. 
Asarning qalami (qalamtasviri, chiziqli konstruktiv tizmi, obrazni ajratib turuvchi 
kontur chizig‗i) ham o‗tkir. Tasvirdagi aniq va musiqaviy chiziqlar odam qomatini 
bo‗rttirib ko‗rsatishdan tashqari, yanada ta‘sirchan bo‗lishiga xizmat qiladi. Devoriy 
rassomlik va monumental haykaltaroshlikning xususiyati mazmuni ham shu 
me‘morchilik bilan bog‗liq holda o‗zgarib yakunlanadi. Endilikda antik mavzular 
kamayib suvoriylar jasoratini kuylovchi romantik kompozitsiya va muhim tarixiy 
voqea va hodisalar bilan bog‗liq mavzular monumental san‘atda keng o‗rinni egallay 
boshladi. Eng muhimi shundaki, eron-sosoniy va ko‗chmanchi turkiy xalqlar 
madaniyati va san‘ati bilan bog‗liq turlari hamma san‘at plastikasini asta yassi-
dekorativ bezakka o‗ta boshladi. Bu bilan u keyingi naqqoshlik madaniyati va 
san‘atining yetakchiligi uchun zamin yarata bordi. Haykaltaroshlik Turk xokonligi 
davrida dumoloq va relyef ko‗rinishlari rivojda bo‗lib, rassomlik madaniyati va 
san‘ati bilan bir qatorda yetuklikka erishdi. Mayda haykaltaroshlik, kulolchilik va 
zargarlik orasida ham yutuqlar qo‗lga kiritildi. Koroplasika – ma‘budalar haykalini 
yasash va ularga topinish ham keng tarqaldi. Samarqand, Buxoro, Naxshab va 
Toxaristondan topilgan shunday haykallar bir-biridan kiyimi, ko‗rinishi bilan ajralib 
turadi. Ular ko‗p va xilma-xil. Mahobatli haykal va relyeflar ham shu davrda ijtimoiy 
hayotda muhim o‗rinni egallab, ular ibodatxonada friz tarzida xona devorining tepa 
qismida, dumaloq yoki janrli kompozitsiya sifatida taxmon-tokchalarga yoki bo‗lmasa 
maxsus tagliklarga o‗rnatilgan bo‗lgan. Bu holni XX asrning 30-50-yillarida 
arxeologik qazilmalar payti topilgan haykaltaroshlik namunalarida ham ko‗rish 
mumkin. Panjikent, Quva, So‗g‗d madaniyati va san‘atida yog‗och o‗ymakorligi va 
haykaltaroshligi o‗ziga xos yo‗nalishda mavjud bo‗lgan. Yog‗och o‗ymakorligida 
murakkab naqsh kompozitsiyalari ishlangan. Ularda borliq unsurlari, qush va 
hayvonlar, odam haykallari uchraydi, hatto dumaloq haykallar ham yog‗ochdan 
yo‗nib ishlanganligi shu davr madaniy hayotining birmuncha jonli bo‗lganligini 
ko‗rsatadi. So‗g‗d haykaltaroshligi nafaqat xonalarni bezashda, balki bevosita 
ibodatxonalarda ham keng foydalanilgan. Bunga Zarafshondan topilgan yog‗ochdan 
ishlangan haykal misol bo‗la oladi. Umuman, shuni aytish kerakki, arablar kelgunga 
qadar So‗g‗d, Xorazm, Ustrushonada olov uylari bilan birga xudo uylari – xudo-
sanam ibodatxonalari mavjud bo‗lgan. Boshida nur taratayotgan aylana chambar, 
belida belbog‗, xanjar va qilich qilib haykal ishlangan. Haykal yog‗ochdan yasalgan. 
U ma‘lum qonun asosida ishlangan va yig‗ilgan, ya‘ni qo‗llar alohida ishlanib keyin 
ulangan. Ilk o‗rta asrga oid bu yodgorlik So‗g‗d, umuman, Markaziy Osiyodagi Iloh, 


26 
Xudo, ma‘bud sanamning namunasi bo‗lib Xudo Mitra, Axuramazda haykali 
hisoblanadi. Sharqshunos olim V.V.Bartoldning fikriga ko‗ra, sanamlar yunoncha 
siymo, o‗xshash zardushtiylik ta‘limotida muhim o‗rinni egallagan. Ular odam yoki 
hayvon shaklida ishlangan va shaharlarda o‗rnatilgan. Uning balandligi 5 m. yaqin 
bo‗lib oltindan yasalgan. Samarqand yaqinidagi Chelakda o‗rnatilgan oltin haykal 
mashhur bo‗lgan. Xitoy manbalarida ko‗rsatilishicha, bu sanamga sig‗inish uchun 
uzoq-uzoqlardan odamlar ko‗rish uchun kelishgan. Bu sanam rivoyat qilinishicha, 
odamlarni yomon ko‗zdan saqlagan. Sanamlar ibodatxona ichida ham o‗rnatilagn. 
Jumladan, Buxoro ibodatxonalarida shunday sanamlar bo‗lgan. 
Quvada (Farg‗ona) arxeologik qazish ishlari olib borilganida, bu yerdan buddizm 
bilan bog‗liq bo‗lgan ibodatxona qoldiqlari ochildi. Bu arxeologik qazilma 
o‗rganilganida, shu joyda buddaviylar ibodatxonasi mavjud bo‗lganligi va u ikki 
xonadan iborat ekanligi aniqlandi. Ularning har biriga alohida kirish eshigi bo‗lib 
xonalardan biri ayvon tipida, unga kiraverishda katta otlar va katta sersoqol ma‘bud 
tasviri o‗rnatilgan. Ma‘budning peshonasi tepasida odam bosh suyagi shakli bog‗liq 
holda ishlangan. Haykal nihoyatda shijoatda jo‗shqin va vajohat bilan yon tomonga 
qarab turgan payti ko‗rsatilgan. Ikkinchi xona ham haykallar bilan bezatilgan bo‗lib 
ularning bizgacha faqat parchalari yetib kelgan. Ayniqsa, Budda haykalining saqlanib 
qolgan bosh qismi xarakterli. Unda dumaloq yuzli Budda boshining peshonasida 
qo‗shimcha ko‗z tasviri ishlangan bo‗lib, u hamma narsani ko‗radigan va biladigan 
Buddaning ilohiyligini ta‘kidlaydi. Haykal qunt bilan ishlangan uning tanasi, yuzi 
nafis ishlanilishiga e‘tibor berilgan, badani qo‗ng‗iroqli zarjiyaklar bilan bezatilgan, 
kiyimlari erkin ko‗k va boshqa har xil ranglar bilan pardozlangan bo‗lgan. Budda 
haykali xonaning to‗rida taxtda o‗tirgan holda ishlangan bo‗lgan. Ibodatxona arablar 
tomonidan yoqib yuborilgan, haykal esa buzib tashlangan. Haykalda saqlanib qolgan 
qilich izlari shundan dalolat beradir. 
V-VII asrlarda amaliy bezak madaniyati va san‘ati ham nihoyatda rivojlandi. 
Kandakorlik, badiiy to‗qimachilik, kitobat madaniyati va san‘atida betakror asarlar 
yaratildi. Inkrustatsiya uslubida kitob muqovalari tayyorlandi, qadama toshli oyoq 
kiyimlar ishalandi. Bu yodgorliklar haqida zamondoshlarning, tarixchilarning yozib 
qoldirgan xotiralari ma‘lumot beradi. Arab qo‗shinlari Buxoroda bo‗lganlarida xotun 
podshohning oyog‗idagi qadama toshli etigini ko‗rib hayron bo‗lib qolganliklari 
tarixchilar asarlarida uchraydi. Usturshona hokimi qimmatbaho, javohirlar bilan 
bezatilgan ajdodlarining g‗ayridiniy kitoblarini kimxoblarga o‗rab asragani uchun 
xiyonatda ayblangan. VIII asrda Samarqand qog‗oz ishlab chiqish borasida mashhur 
bo‗lib, qog‗oz jahon bozorida yuqori baholangan. 
Markaziy Osiyo Sharqda muhim madaniyat o‗chog‗i bo‗lib, uning shu davr 
madaniyati va san‘ati badiiy tafakkurining yuksak ko‗rinishi va mustaqil 
yo‗nalishidir. Bu san‘at o‗zida davr ruhi, badiiy did va qarashlarini ifodaladi. Bu 
san‘at Sharq va G‗arb an‘analari zamirida yuzaga kelgan bo‗lsa ham, lekin uning 
asosini mahalliy san‘at, uning asosi bo‗lgan xalq ijodi tashkil etadi. San‘atkorlarning 


27 
yuksak mahorati, davr ruhi va nafasini his eta olishi va shu tuyg‗ulari ifodalab 
bo‗lmas asarlar yaratdilar. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo, uning ajralmas qismi 
bo‗lgan O‗zbekiston hududida mavjud bo‗lgan san‘at o‗tmish madaniyati va san‘ati 
an‘analariga yakun yasab yangi davr madaniyati va san‘atiga yo‗l ochdi. 

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə