Samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

 
 
«Xorazm Ma’mun akademiyasi» va uning jahon ilm-fan
rivojiga qo‘shgan hissasi 
Xorazm Ma‘mun akademiyasi XI asrda Xorazmshoh Abu Abbos Ma‘mun II 
tashabbusi bilan Xorazm poytaxti Gurganchda (Ko‗hna Urganch) Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Sahl al-Masixiy, Abu Nasr Ibn Iroq, tabib Abu Hasan 
Hammor, tarixchi Ibn Mishavayx kabi mashhur mutaffakkir olimlarning bevosita 
maslahatlari asosida «Dorul-hikma va ma‘orif» nomi bilan tashkil etilgan yirik ilmiy 
maskan. 1017-yilga qadar faoliyat yuritgan. Ushbu ilmiy maskanda o‘z davrining 
dolzarb muammolari ustida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Xorazm Ma‘mun 
akademiyasi Markaziy Osiyoda, xususan, yurtimizda shakllangan ilmiy-ma‘rifiy 
an‘analarni yanada rivojlantiradi va dunyo fani rivojlanishida muhim o‗rin egalladi. 
«Dorul-hikma va ma‘orif» olimlarining faoliyati jahonning ko‗plab olimlari va 
sharqshunoslarida qiziqish uyg‗otgan edi. Yevropalik Eduard Zaxayu, rus 
sharqshunoslari akademik S.P.Tolstov, I.Y.Krachkovskiy, A.Y.Yakubovskiy, 
P.G.Bulgakov, A.M.Belinskiy, A.A.Semyonov, o‗zbek olimlari Y.G‗ulamov, 
I.Mo‗minov, M.Xayrullayev, A.Ahmedov va boshqa olimlar o‗z tadqiqotlarida bu 
ilmiy maskan faoliyatini chuqur o‗rganib, uning o‗sha davr akademiyasi sifatidagi 
ahamiyatini asoslab berdilar. Bugungi kunda bu akademiya «Ma‘mun akademiyasi» 
deb yuritiladi. 


41 
Qadimgi va O‗rta asrlarda jahonda to‗rtta akademiya mavjud bo‗lganligi qayd 
etiladi. Bular Platon (Aflotun) akademiyasi (mil. avv. IV asr), Bag‗dod shahrida 
«Bayt ul-hikma» (IX asr), 1004-1017-yillarda Jurjoniya (Ko‗hna Urganch)da Ma‘mun 
akademiyasi va oradan besh asr o‗tib, Samarqandda Mirzo Ulug‗bek ta‘sis etgan 
akademiyalardir. Shu to‗rt akademiyadan aynan uchtasi Markaziy Osiyoga bog‗liq 
ekanligi ham o‗sha davrlarda yurtimiz madaniyati naqadar yuksalganligini ko‗rsatib 
turibdi. Ma‘rifatparvar hukmdor Abu Abbos Ma‘mun madaniy-ma‘rifiy ishlarning 
rivojlanishi uchun bor kuchini ishga soladi. Saroyda kutubxona qurilib, Sharqning 
turli-turli shaharlaridan noyob qo‗lyozmalar keltiriladi. Saroyda qurilgan madrasada 
esa qobiliyatli yoshlarga diniy va dunyoviy ilmlar o‗rgatilidi. Aynan shu davrda 
Xorazmda ilmiy fikr o‗zining yuqori cho‗qqisiga erishadi. Xorazmshoh Abu Abbos 
Ma‘mun Abu Rayhon Beruniyni o‗zining bosh maslahatchisi etib tayinlaydi. Chet 
ellar bilan diplomatik aloqalarni boshqarishni unga topshiradi. Bu davrda Ma‘mun 
tomonidan Sharqdagi eng yirik madaniy markaz «Dorul-hikma va ma‘orif» yoki 
Xorazm Ma‘mun akademiyasi tashkil etiladi. Beruniy esa ushbu ilmiy maskanga 
rahbar etib tayinlanadi. Sharqning turli davlatlariga taniqli olimlarni markazga taklif 
qilib choparlar yuboriladi. Xorazmliklardan tashqari Xorazm Ma‘mun akademiyasida 
yuzdan ortiq olimlar, huquqshunoslar, adabiyotchilar va din peshvolari faoliyat 
ko‗rsatar edilar. Ular Buxoro, Samarqand, Jand, Marv, Nishopur, Balx, Eron, Iroq, 
Hindiston, Suriya, Misr va boshqa mamlakatlardan kelgan edilar. Xorazmshohlar 
sulolasining o‗sha davrdagi vakillari ilm-ma‘rifatning bahosini bilar edilar. Ular 
olimlarga rahnamolik ko‗rsatar, faoliyatlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berar 
edilar. Xorazm Ma‘mun akademiyasining shakllanishi va rivojlanishi uchun mahalliy 
ilm-fan yutuqlari bilan bog‗liq omillardan tashqari, qadimgi yunon olimlarining 
ishlari hamda bizning buyuk ajdodlarimiz Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-
Farg‗oniy, Ahmad al-Marvaziy, Abbos al-Javhariylarning ilmiy yutuqlari ham katta 
rol o‗ynaydi. Ushbu olimlar IX asrda Bag‗doddagi «Bayt ul-hikma»da faoliyat 
yuritganlar, ularning ma‘naviy merosi butun dunyoga mashhur bo‗lgan. Xorazm 
Ma‘mun akademiyasi olimlarining ilmiy ishlari ular ilmiy merosini mantiqiy davom 
ettirgan, boyitgan va rivojlantirishga hissa qo‗shgan. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, 
X-XI aslar davomida dunyoning biror mamlakatida «Majlisi ulamo va orifin» kabi 
ilm-fan markazi bo‗lgan emas. Bu tabarruk markazda 21 alloma va 40 dan ziyod ilmi 
toliblar ilm-fanning turli yo‗nalishlari bo‗yicha qator izlanishlar olib borib, o‗z 
faoliyatlari bilan jahon fani rivojiga munosib hissa qo‗shganlar. Bunda Xorazmshoh 
Abu Abbos Ma‘munning katta e‘tibori ham muhim ahamiyat kasb etgan. Masalan, 
Abu Fazl Bayhaqiyning «Tarixi Mas‘udiy» (Mas‘udlar tarixi) kitobida Abu Rayhon 
Beruniyning «Mashohiri Xorazm» («Xorazmning mashhur kishilari») nomli asaridan 
parchalar keltirilgan bo‗lib, bunda Beruniy xorazmshoh Abu Abbos Ma‘mun II ning 
yaxshi fazilatlarini tavsiflab, uning saroyida yetti yil xizmat qilganini aytadi. Ma‘mun 
II saroyidagi yuksak hurmat va mavqe Beruniyga kamyob metallar va qimmatbaho 
toshlar ustida eng murakkab kuzatish va tajribalar o‗tkazish imkonini bergan. Bu 


42 
keyinchalik «Mineralogiya» asarining yuzaga kelishiga zamin hozirlagan edi. Bundan 
tashqari Beruniyning Ibn Sino bilan ilmiy falsafiy bahslari natijasida yuzaga kelgan 
falsafiy qarashlarini qamrab oluvchi yozishmalari (ulardan bizga qadar faqat 18 tasi 
yetib kelgan) ham xuddi shu Xorazm Ma‘mun akademiyasida ishlab yurgan yillariga 
to‗g‗ri keladi. Bunda Beruniy Aristotelning aql bilan his etish to‗g‗risidagi 
xulosalariga o‗zining kuzatish va tajribalari orqali aniqlagan xulosalarini qarshi 
qo‗ygani, Ibn Sino esa Aristotelni himoya qilganligi ma‘lum bo‗ladi. Abu Ali Ibn 
Sinoning qator asarlari, shu jumladan, «Tib qonunlari» ham ayni shu Xorazm 
Ma‘mun akademiyasida ishlab yurgan kezlarida shakllana boshlagan. Xorazm 
Ma‘mun akademiyasidagi faoliyatlari bilan o‗nlab yirik allomalar jahon ilm-fan 
taraqqiyotiga ulkan hissa qo‗sha oldilar. Bu olimlar fanning astronomiya, matematika, 
kimyo, fizika, mineralogiya, kartografiya, tabiatshunoslik, tibbiyat, falsafa, tarix, arab 
tili, mantiq, adabiyot, islom huquqshunosligi va boshqa sohalarda jiddiy tadqiqotlarni 
amalga oshiradilar. Ular arab, fors, hind, lotin, yunon va turkiy tillarni mukammal 
bilar edilar. Yunon olimlari Platon, Aristotel, Ptolomey, Evklid, Pifagor va 
Gelenlarning ilmiy ishlarini chuqur tahlil qilib, ularga munosib tahlil yozdilar va 
yangi g‗oyalar bilan boyitdilar. Astronomiya bo‗yicha Beruniy, Mahmud ibn Xidr
Abu Xayr al-Hasan, matematika bo‗yicha Abu Nasr ibn Iroq al-Hamadoniy, kimyo 
bo‗yicha Abu Hasan Hammor tomonidan amalga oshirilganligi ma‘lum. Shu davrga 
kelib Gurganj madrasalari va maktablari haqiqiy ilm maskanlariga aylangan edi. 
Xorazm Ma‘mun akademiyasi mintaqada fanni rivojlantiribgina qolmay, balki turli 
davlatlar o‗rtasida ma‘daniy aloqalarni mustahkamladi, turli xalqlar e‘tiqodlarni 
birlashtiruvchi do‗stlik rishtasi bo‗lib, tarix sahifasiga yozildi. Bu ilmiy jamoada 
gipoteza tarzida olg‗a surulgan g‗oyalar ilm-fanning keyingi 500 yili rivojida g‗oyat 
muhim o‗rin tutgan. Xorazm Ma‘mun akademiyasi olimlari Yunoniston yaqin va 
O‗rta Sharq, Hindiston ilm-fan yutuqlarini ijodiy va tanqidiy o‗rganib uni yanada 
yuksak bosqichga ko‗tardilar. Abu Nasar Ibn Iroq (Beruniynig ustozi) astronomiyaga 
qo‗shgan hissasi uchun «Batlimusi soniy» (ikkinchi Ptolomey) degan faxriy nom 
olgan. Abu Hasan Ibn Hammor mantiq, falsafada va, ayniqsa, tabobatda juda mshhur 
bo‗lgani uchun «Buqroti soniy» laqabiga sazovor bo‗lgan. Xorazm Ma‘mun 
akademiyasi 1017-yilda Mahmud G‗aznaviy tomonidan Xorazmni bosib olishi bilan 
o‗z faoliyatini to‗xtatsada, bu ilmiy maskanda o‗rtaga qo‗yilgan g‗oyalar, muammolar 
atrofida munozaralar davom etdi va rivojlantirildi. 1997-yil 11-noyabrda O‘zbekiston 
Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Xorazm Ma‘mun akademiyasini 
qaytadan tashkil etish to‗g‗risida»gi Farmoni e‘lon qilindi. O‗shandan buyon Xiva 
shahriga kiraverishdagi tarixiy obida – qo‗sha darvoza bilan yonma-yon joylashgan 
salobatli muhtasham binoda Xorazm Ma‘mun akademiyasi qaytadan tiklanib, faoliyat 
ko‗rsatib kelmoqda. Xorazm Ma‘mun akademiyasi tarkibida «Arxeologiya, tarix va 
falsafa», «Til va Adabiyot» «Biologiya muammolari» bo‗limlari tashkil qilinib 9 
ilmiy mavzu bo‗yicha 26 ta ilmiy xodim, shu jumladan, 5 ta fan doktori va 9 fan 
nomzodlari ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda. 2004-yil, 9-noyabrda O‗zbekiston 


43 
Vazirlar Mahkamasining jahon ilm-fani va madaniyatiga ulkan hissa qo‗shgan 
Xorazm Ma‘mun akademiyasining boy ilmiy merosini har tomonlama o‗rganish, yosh 
avlod qalbida milliy iftixor va mamlakatimiz tarixiy o‗tmishimizga chuqur hurmat 
tuyg‗usini kamol toptirish maqsadida «Xorazm Ma‘mun akademiyasining 1000 
yilligini nishonlash to‗g‗risida» qaror qabul qilindi. 

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə