Samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

Tasviriy san’at. 
Shayboniyxon qo‗lga kiritgan Movarounnahr boy madaniy 
merosga ega edi. Shu yillarda Kamoliddin Behzod va uning atrofida to‗plangan 
ko‗pgina rassom va xattotlar ijod qilishar edi. Shayboniyxon va uning davomchilari 
davrida Markaziy Osiyo, xususan, Buxoroda san‘at va madaniyat o‗zining gullagan 
davrini boshidan kechirdi. Shu yerda, ayniqsa, kitobat madaniyati va san‘ati, xatotlik 
va u bilan bog‗liq holda miniatura madaniyati va san‘ati rivojlandi. Qo‗lyozmalari 
bezash, ularni kitob holiga keltirish borasada buxorolik ustalar dong taratdilar. Bu 
yerga taniqli xattot va musavvirlar ko‗chib keldi. Buxoro, Samarqand, Toshkentda 
betakror Markaziy Osiyocha miniatura maktabi shakllana boshladi. Shu san‘at 
rivojlanishining dastlabki bosqichini shayboniylarning tarixiy bayonnomalariga 
bag‗ishlangan 
―Shayboniynoma‖, 
―Fathnoma‖ 
va 
―Tarixi 
Abulxayrxon‖ 
qo‗lyozmalarida o‗z ifodasini topdi. Bu qo‗lyozmalarga ishlangan miniaturalarni 
mahalliy rassomlar bajargan bo‗lib, bu miniaturalarni Hirot maktabi rasmlari bilan 
solishtirganda, Hirot maktabi miniaturalariga xos nafislik, kiboriy ruh susayganini 
sezish mumkin. Bu miniaturalarning qalami jiddiy, koloriti siqiq va yaxlit, yirik 
ishlangan obrazlar birmuncha qotib qolgan holda ko‗rsatilgan, manzara tasviri ham 
sodda. Yana bir muhim tomoni shundaki, bu miniaturalarning ularda tasvirlangan 
odamlar, ularning kiyimlari va ularni o‗rab turgan muhitda o‗zbek tiplariga xos 
fazilatlarni ko‗ramiz. Shu xususda ―Tarixi Abulxayrxon‖ miniaturalari e‘tiborga 
loyiq. Qo‗lyozma uchun 28 miniatura XVI asrning 40-yillarida ishlangan. 
Shu davrdan xattotlik madaniyati va san‘ati ham yanada rivojlandi. Bu rivojga 
Hirot maktabi kuchli ta‘sir etdi. Bu ishlarda 1528-yili Hirotdan Buxoroga ko‗chib 
kelib, umrining oxirgacha shu yerda mehnat qilgan Kamoliddin Behzod 
shogirdlaridan ―xattotlar qiroli‖ Mir Ali sezilarli iz qoldirdi. Mir Ali bu yerda 
zamondoshi Mahmud Muzahhib va uning shogirdlari bilan hamkorlikda ishladi va 
qo‗lyozmalarni ko‗chirgan. Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanayotgan Nizomiyning 
dostoni ko‗chirmasi shunday hamkorlikda yaratilgan. 


63 
Markaziy Osiyoda miniatura maktabining yirik vakili Mahmud Muzahhib 
hisoblanadi. Temuriylar saltanatiga chek qo‗yilib, hokimiyat shayboniylar qo‗liga 
o‗tganidan keyin u saltanatining poytaxti Samarqandda, keyinroq Buxoroda yashab 
saroyda xizmat qilgan. 1572-yili, ya‘ni 80 yoshida Buxoroda vafot etgan. Mahmud 
Muzahhib 1485-90-yillar orasida tug‗ilgan, deb taxmin qilinadi. U kitob bezash 
hamda miniatura ishlash borasida yuksak mahoratga ega bo‗lganligi uchun ham unga 
―Muzahhib‖ ya‘ni ―oltin suvi yurituvchi‖ taxallusi berilgan. Rassomning ilk 
asarlaridan biri Alisher Navoiyning hassaga tayanib turgan holda tasvirlangan surati 
hisoblanadi. 
Portretda keksayib qolgan Navoiyning hassaga tayanib turgan holatida aks 
ettiradi. Mahmud Muzahhib portretlar ishlash bilan bir qatorda tarixiy va maishiy 
janrlarda ham asarlar yaratgan. Rassom ijodining gullagan davri XVI asrning 30-40-
yillariga to‗g‗ri keladi. Shu davrda ishlangan miniaturalar ichida 
―Sulton Sanjar va to‗quvchi kampir bilan uchrashuvi‖ surati uning yetuk 
asarlardan biridir. Unda saljuqiylar hokimi Sulton Sanjar ovga ketayotgan paytda qari 
to‗quvchi kampir uni xalq boshiga ko‗p tashvish va uqubatlar tushirgani uchun 
koyiganligi hikoya qilinadi. Bu asari bilan rassom o‗z davr illatlarini ham ko‗tarib 
chiqqanligini ko‗rsatadi. Sa‘diyning ―Bo‗ston‖ asari miniaturalari ham Mahmud 
Muzahhib qalamiga mansub deb hisoblanadi. Bu qo‗lyozma Toshkent hokimi 
Baroqxon taxallusi bilan tanilgan Navro‗z Ahmad uchun 1555-yili ishlangan. Bu 
qo‗lyozma ham Milliy kutubxonada Parijda saqlanadi. 
Mahmud Muzahhib shogirdlari Muhammad Chag‗ri Muhassin, Abdulla, 
Muhammad Murod Samarqandiy va boshqalar kitob, miniatura madaniyati va 
san‘atini rivojlantirishda o‗zlarining munosib hissalarini qo‗shdilar. 
Muhammad Murod Samarqandiy. Muhammad Murod Samarqandiy XVI asrning 
boshlarida Samarqandda tug‗ilgan. Shu yerda diniy va dunyoviy bilimlarni egalladi, 
xususiy maktabda rassomlik va xattotlik bilimlarini egallagan. Samarqanddagi 
Ulug‗bek madrasasida diniy va dunyoviy bilimlarini oshirib, shu yerning o‗zida kitob 
ko‗chirish, ularni turli naqsh va rasmlar bilan bezash bilan shug‗ullandi. Temuriylar 
inqirozi kuchayib borgan kezlarda aqidaparastlar tomonidan jonli narsalar rasmini 
chizish man etilib, rassomlar ta‘qibga uchray boshlaganida, u do‗sti Nodir 
Samarqandiy bilan birga Hindistonga, boburiylar davlatiga o‗tib ketdi va shu yerda 
umrining oxrigacha yashab ijod qildi va hind miniatura maktabining shakllanishida 
muhim rol o‗ynadi. 
XVI asr ikkinchi yarmidan boshlab Buxoro Markaziy Osiyo badiiy hayotida 
muhim o‗rin egalladi. Portret madaniyati va san‘ati rivojlandi. Xonlar portretlari 
ishlandi. Abdullaxon, Imonqulixon portretlari shular jumlasidan. Shayboniylar 
davrining mashhur musavvirlari Abdullo Buxoriy, Manuchehr, Jamoliddin Yusuf kabi 
miniatura ustalari ham tarix sahifalaridan munosib o‗rinni egalladilar. Ularning 
bizgacha yetib kelgan ayrim asarlari ularning yuksak did va ijodiy barkamolliklaridan 
dalolat beradi. 


64 
Shayboniyxon vafotdan keyin parchalana boshlangan katta saltanat yangi 
Ashtarxoniylar sulolasiga yo‗l ochib berdi. Ashtarxoniylar sulolasi 1601-yildan 1753-
yilgacha hukmdronlik qildi. Me‘morchilik, tasviriy, amaliy bezak madaniyati va 
san‘ati, kitobat hamda miniatura sohasida sezilarli asarlar yaratildi. 

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə