Samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

Burad in Vola kamtar az saloni orifon har chand, 
Ba amiri shoh ba ruhi Xoja shud lek tovajjuh mand. 
Ya‘ni, bu Vola garchi oriflarning itidan ham tubanroq bo‗lsa-da, shoh amri bilan 
Xoja (Hofiz) ruhiga murojaat qilishga majbur bo‗ldi. 
Musaddas janri Shukuriy, Xumuliy, Vola, Shavqiy asarlarida uchraydi. Lekin bu 
janrlar muxammas darajasida ko‗p bo‗lmagan. Musaddas ham yaxshi ko‗rinishga ega 
bo‗lib, maxsus yozilgan. Musaddaslar qatoriga Shukuriyning «Laylim har soat men 
mahzunni fig‗on chekar» she‘rini qo‗shishimiz mumkin. Xullas o‗rganilayotgan davr 
adabiyotida O‗rta Zarafshon vohasida musammatning muxammas shakli keng 
qo‗llanilgan. 
Qit‘alar – shoirlarning davr ijtimoiy-siyosiy voqealariga munosabati, shoirning 
ma‘lum bir vaziyatga taassurotlarining bevosita ifodasi sifatida yuzaga keladi. Bu 
davrda ijod qilgan shoirlarning barchasi qit‘a janrida ijod etgan. Qit‘alarni ham 


67 
mohiyatiga qarab 2 guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh ijtimoiy, ta‘limiy 
mavzuda bo‗lib, ularda o‗z ahvolidan shikoyat, zamondan norozilik, kishilardagi 
salbiy xususiyatlarga nafrat, yuksak fazilatlar targ‗ibi va hatto hukmdorlar madhi 
ko‗zga tashlanadi. Ikkinchi guruhga tarix san‘atiga daxldor qit‘alardir. Tarix aytish 
san‘ati qit‘a shaklida keng qo‗llanilgan bo‗lib, o‗rganilayotgan davrda ham u ancha 
rivojlangan. Xumuliy, Shukuriy kabi shoirlar ijodida davrning ijtimoiy-siyosiy 
voqealariga va boshqa turli voqealarga imoratlar qurilishi, ma‘lum bir odamning 
mansabga tayinlanishi, o‗limiga bag‗ishlangan o‗nlab tarixlar bitganlar. 5-12, 40 va 
undan ortiq baytli qit‘a-tarixlar ham yuzaga kelgan. Tarix san‘ati faqat qit‘a janrida 
ishlatilib qolmay, g‗azal, bir necha baytli qasida, masnaviy shakllariga ham tatbiq 
etilgan. Qasida-tarix, masnaviy-tarixlar davrning muhim siyosiy voqealariga 
bag‗ishlangan. Bu borada Shukuriyning xizmatlarini alohida ta‘kidlash zarurdir.
Abdushukur Shukuriy ibni Orzibek, ibni Moltalar Qushbegi, ibni Qurbonotaliq, 
ibni Boboshotaliq o‗zi farg‗onalik bo‗lmish bu shoir Samarqand va Buxoroda yashab 
ijod qilgan. Shukuriy XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Farg‗ona viloyatida 
tug‗ilgan. Olim va shoirlar suhbatida ko‗p ishtirok etgan. Kitobxonlar bilan suhbatlar 
ta‘sirida unda ham ijod qilishga ishtiyoq paydo bo‗lib, shu maqsadda safarga otlanadi 
va Samarqandgacha yetib keladi. Bu yerda u egarchilik va naqqoshlikda nihoyatda 
shuhrat qozondi. Shukuriy oila qurib, butunlay Samarqandda qolib ketadi. Vozehning 
tazkirasida bu shoir haqida shunday ma‘lumotlar uchraydi: «Shukuriy ismi 
Abdushukur jannatsifat Samarqandning muttavattinlaridan. Ilm ololmaganligiga 
qaramay, yaxshi ta‘bi bor. Ravonlik va sofdillikda obihayotdan ham o‗tib tushadi. 
She‘rni tez aytishi va yoqimli mazmuni barcha toifaga maqbul. Shoirning shuhrati 
cheka-chekkalardagi mashshoqlar va tinglovchilarga yetib borgan. Xususan, tarix 
topish sohasida barcha zamondoshlarini qoyil qoldirgan». Shukuriyning hunar 
bobidagi dovrug‗i Amir Nasrulloga yetib boradi va amir o‗zining Samarqandagi noibi 
orqali uni o‗z huzuriga chaqiradi. Shukuriy amir qo‗li ostida egar yasashdan tortib, 
naqqoshlikkacha hatto qurol-aslaha yasash kabi hunarlar bilan shug‗ullangan. 
Shukuriy Amir Nasrullo davridagi ko‗pshilik qurilishlarda naqqosh sifatida ishtirok 
etgan.
Vatanimiz ko‗hna tarixining qaysi davriga nazar tashlamaylik, bunda dastavval 
buyuk ajdodlarimiz aql-zakovati, iste‘dodi-iqtidori, qobiliyati, bilimdonligi bilan 
birga ularning qadimdan yuksak moddiy va ma‘naviy madaniyatning betakror 
durdonalarini, dur-u javohirlarini bunyod etib, kelgusi avlodlar uchun bebaho, boy 
ma‘naviy meros qoldirib kelganligini shohidi bo‗lamiz.
O‗tgan davrlar singari Turkistondagi XVI-XX asrlar boshlari davrida ham 
ma‘naviy madaniyat o‗ziga xos yuksalishni boshidan kechirdi. Ushbu davrda olim-u 
fuzalolarimiz tomonidan yaratilgan yirik tarixiy-badiiy asarlar, amalga oshirilgan 
tarjima ijodi, ilm-fan rivoji madaniyatimiz tarixi xazinasidan o‗rin olgan bebaho 
boylik sifatida hech qachon o‗z ahamiyatini yo‗qotmay kelmoqda. Quyida bu ijodiy 
yo‗nalishdagi ayrim mualliflar va ularning ijodlari haqidagi ma‘lumotlarni qisqacha 


68 
umumlashtirgan holda keltirishga harakat qilamiz.
Turdiy (XVII asr). ―Subhonqulixon to‗g‗risida hajviya‖ asari bizgacha yetib 
kelgan.
Said A‘lam Roqimiy (XVII-XVIII asrlar). Andijonlik. Hayoti va ijodiy faoliyati 
haqida ma‘lumotlar kam. Uning ―Tarixi tomm‖ asari ilmiy, adabiy-tarixiy, ma‘rifiy, 
estetik ahamiyatga ega. Unda o‗nlab huquqshunos olimlari haqida ma‘lumotlar bilan 
birga 1633-1644 hamda 1645-1701-yillar davomida Eron va Markaziy Osiyoda yuz 
bergan voqealar, hodisalar, o‗sha davrda yashab o‗tgan tarixiy shaxslar hayoti haqida 
ma‘lumotlar bayoni ham berilgan., shuningdek, asardagi yirik tarixiy shaxslar: 
Hamadoniy, Nishopuriy, Naqshband, Taftazoniy, Tayobodiy, Hasan Kubroviy, 
Zominiy, Hofiz, Sa‘diy, Jomiy, Navoiy, Binoiy, Koshifiy, Kotibiy, Mushfiqiylarning 
shaxsi haqidagi ma‘lumotlar ham muhim tarixiy manbadir.
Xo‗jamqulibek Balxiy (XVII asr oxiri-XVIII asr II yarmi). Tarixchi olim va 
davlat arbobi. Otasi Imomquli qushbegi Subhonqulixon saroyida xizmatda bo‗lgan. 
Balxiy 1718-1824-yillarda fors tilida ―Tarixi Qipchoqxon‖ asarini yozgan. Asarning 
oxirgi boblarida Shayboniylar va ashtarxoniylar, o‗zbek ulusi xoni Abulxayrxondan 
to 1724-yilgacha Dashti Qipchoq, Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy Afg‗oniston, 
Sharqiy Turkiston, Eron, Hindistonda yuz bergan muhim siyosiy voqealar 
tasvirlangan. Unda temuriyzoda Abu Said bilan Abulxayrxon o‗rtasidagi ittifoq, 
Buxorodagi qalmiqlar, qipchoqlar, qoraqalpoqlar, xitoy-qipchoqlari qo‗zg‗olonlari 
(1682,1715-16, 1718-19 y.y.) haqida ham muhim ma‘lumotlar berilgan. Asar 
qo‗lyozmasi O‗z FA ShI fondida saqlanmoqda.
Sharafiddin A‘lam (XVII-XVIII asr II choragi). Tarixchi. Andijon viloyatida 
tug‗ilgan. Keyinchalik Samarqandda yashagan. Uning ―Tarixi Said Roqim‖ tarixiy 
asarida Movarounnahr, Xuroson va Hindistonda Temur davlatidan to 1645-yilgacha, 
ya‘ni ashtarxoniylardan Buxoro xoni Abdulazizxon taxtga o‗tirgungacha bo‗lgan davr 
tarixiy voqyealari tasvirlanadi. Bu asar Mirza Salimbek tomonidan 1913-yilda 
Toshkentda nashr etilgan.
So‗fi 
Olloyor 
(1644-1724). 
Manbalarda 
tug‗ilib, 
yashagan 
manzili 
Kattaqo‗rg‗on-Denov deb ko‗rsatilgan. Tariqat arbobi va mutasavvuf shoir. O‗z 
davrining barcha asosiy ilmlarini egallagan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. 
Buxoro xoni Abdulazizxon saroyida mas‘ul lavozimda ishlagan. Lekin darveshona 
fe‘l-atvorli, shoirona ko‗ngil sohibi bo‗lgan. So‗fi Olloyor o‗z davrining mashhur 
shayxi Navro‗zga shogird tushgan. Uning o‗zi ham shayxlik martabasiga ko‗tarilib, 
valiulloh (karomat sohibi) bo‗lib, yetishgan. Islom ma‘rifatini targ‗ib-tashviqi bilan 
shug‗ullangan.U ―Maslak ul-muttaqiyn‖ (Taqvodorlar maslagi), ―Murod ul-orifiyn‖ 
(Oriflar murodi), ―Maxzan ul-mutsin‖ (Itoatkorlar xazinasi) asarlarini forsiy tilda, 
―Sabot ul-ojizin‖ (Ojizlar saboti), ―Favz un-najot‖ (Najot tantanasi) masnaviylarini 
turkiy tilda yaratgan. Axloqiy-ta‘limiy ahamiyatga ega bo‗lgan ―Maslak ul-
muttaqiyn‖ va ―Sabot ul-ojizin» asarlari maktab va madrasalarda asosiy darslar 
qatorida o‗qitilgan.


69 
Termiziy Xoja Samandar (1638-1740). Termizlik. Tarixchi olim, shoir, ulamo va 
davlat arbobi. 1670-yildan boshlab Buxoroda Abdulazizxon saroyida tarixchi 
lavozimida ishlagan. Elchi sifatida ham xizmat qilgan. Termiziy fors-tojik tilida 
―Dastur ul-muluk‖ (Podshohlarga qo‗llanma), ―Anis al-fuqaro‖ (Fuqarolar do‗sti) 
asarlarini yozgan. ―Dastur ul-muluk‖tarixiy va adabiy asar bo‗lib, unda muallif 
yashagan davrdagi barcha tarixiy jarayonlar bayoni berilgan.
Xoja Mir Muhammad Salim (XVII asrning oxiri - XVIII asrning I yarmi). 
Tarixchi olim. Ashtarxoniy sultonlar oilasida tug‗ilgan. Ubaydullaxon II vafotidan 
so‗ng boburiylardan Nosiriddin Muhammadshoh xizmatiga kirgan. Uning topshirig‗i 
bilan fors tilida ―Silsilat as-salotin‖ (Podsholar silsilasi) tarixiy asarini yozgan. Bu 
asar Buxoro xonligidagi XVI-XVIII asr II choragi tarixiy jarayonlarini o‗z ichiga 
oladi, shuningdek, asarda ulus tizimi, soliqlar, Markaziy Osiyo shaharlari, aholisi va 
urf-odati haqida qimmatli ma‘lumotlar bor. Asar qo‗lyozmasi Angliyadagi Bodlian 
kutubxonasida saqlanmoqda.

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə