Samarqand davlat universiteti


-mavzu: Xiva xonligida madaniyat va san’ati



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

6-mavzu: Xiva xonligida madaniyat va san’ati 
Reja: 
1. Xiva xonligi adabiyoti 
2. XVI - XIX asrlar(Xorazm)dagi musiqa madaniyati 
3. Xorazm maqomlari va o‗ziga xosligi 
4. Xiva xonligi me‘morchiligi va shaharsozligi 
Tayanch iboralar 
Xiva xonligida ta‘lim, adabiyot, tarixnavislik, madrasalar, maqbaralar, 
Ichanqal‘a, Dishanqal‘a, tibbiyot, me‘morchilik yodgorliklari, musiqa, Abulg‗ozi 
Bahodirxon, Munis Xorazmiy, Ogahiy,Feruz 
XVI asrda Xorazm davlati qayta tiklangandan keyin 410-yil davomida Xiva 
taxti 49 xon ko‗rgan. Ular orasida bir hafta, uch kun, hattoki bir kun hukmronlik 
qilganlari bor. Ammo davlatchilik, iqtisod va madaniyat taraqqiyotaga katta hissa 
qo‗shib nom qoldirganlari ham o‗tgan. Xiva tarixining ana shunday nufuzli xonlari 
qatorida taniqli olim, ―Shajarai turk‖, ―Shajarai tarokima‖ asarlarining muallifi 
Abulg‗oziy Bahodirxon (1642-1663), Sherg‗oziyxon (1713-1726), Muhammad 
Rahimxon I (1807-1826), Olloqulixon (1826-1843), Muhammad Aminxon (1845-
1855), Said Muhammadxon (1855-1864), Muqammad Rahimxon II (1864-1910) 
kabilarni aytish mumkin. Nomlari zikr etilgan xonlarning deyarli barchasi ilm-u 


71 
ma‘rifatga, she‘riyat va musiqaga alohida qiziqish bildirgan. 
Xiva xonlari o‗z davrida, madaniy hayotga juda katta ta‘sir ko‗rsatganlar, 
xaqiqatda ham xonlarning ko‗pchiligi o‗zlari ham she‘rlar yozishdan tashqari, 
shoirlarni qo‗llab quvvatlaganlar, ularga homiylik qilishgan.
Abulg‗ozining 
to‗liq 
ismi-sharifi 
Abulg‗ozi 
Bahodirxon 
ibn 
Arab 
Muhammadxon Xivaqiy bo‗lib, u otasining taxtga o‗tirgan birinchi yilida 1603-
yilning 15-avgustida xonlik poytaxtida Xivada tavallud topdi. U shahardagi Arab 
Muhammad madrasasida 16 yoshigacha tahsil ko‗rib, ham dunyoviy, ham diniy 
ilmlarni chuqur o‗zlashtiradi. 16 yoshidan boshlab otasi uni saroy ishlariga jalb qilib, 
avval boshda Urganch shahriga hokim qilib tayinlaydi. 1623-yilda otasi Arab 
Muhammadxonning vafotidan so‗ng uning 20 yillik darbadarlikdagi umri boshlanadi. 
Taxt uchun ayovsiz kurash boshlagan og‗a-inilarning jang-u jadallari tufali Turkiston, 
Samarqand, Buxoro so‗ngra esa o‗n yil Eronda, Isfarada umrguzaronlik qiladi. Taxt 
uchun olib borgan jang-u jadallardan so‗ng 41 yoshida Xivaga qaytib kelib, toki 
umrining so‗ngigacha 20 yil Xorazm taxtini o‘tirdi. 1630-yilda Isfandiyorxon 
Abulg‗ozini Eronga yuborgan edi. U Erondagi Isfahon viloyatining Taborak qal‘asida 
10 yil turdi, 11-yili hiyla ishlatib qochdi. Xurosonga kelib tog‗dan oshib tushdi va 
turkmanlar ichida ikki yil turdi. U yerdan Mang‗ishloqqa bordi. Mang‗ishloq shahri 
uni bir yil saqlab, Urganchda o‗tirgan o‗z xalqi ichiga yubordi. Hijriy 1053-, milodiy 
1643-yili Abulg‗ozixonni orollik qoraqolpoqlar xon qilib kutardilar. Abulg‗oziyxon 
―Shajarayi turk‖ va turkmanlarning iltimosi bilan ―Shajarayi tarokima» asarlarini 
yozdi. Tabobatda ham mohir bo‗lib, fors tilida ―Manofe‘ ul-inson‖ – ―Insonlarga 
manfaatlar‖ nomli bir asar yaratdi. Avvalgi ikki kitobi turklar va turkmanlarning 
kelib chiqish tarixi bo‗lsa, keyingisi tabobatga oid bo‗lib, unda davolash usullari, 
dorivor o‗simliklar, ulardan dori tayyorlash va ularni ishlatish haqida so‗z yuritiladi. 
Abulg‗ozixon 1603-yilda tug‗ilib, 1663-yilda vafot etdi. 60 yil yashab, 20 yil 
hukmronlik qildi. Tarixda podsho sifatida emas, yirik tarixchi olim va tabib sifatida 
qoldi. 
Abulg‗ozixonning asarlari juda katta tarixiy qiymatga ega bo‗lib, Xorazmning 
uzoq tarixini xonliklar shajarasini, millatning iqtisodiy-ijtimoiy qiyofasini mukammal 
ko‗rsatib bergan. Ayni paytda Abulg‗ozi Xivaning birinchi tabibi nomi bilan ham 
mashhur. U xonlik davrida tibbiyot bilan chuqur shug‗ullangani, o‗zigacha mavjud 
bo‗lgan tibbiy risola asarlarni tadqiq etgani, jahon tibbiyoti tarixidan xabardor 
bo‗lgani, egallagan bilimini hayotga qo‗llagani ma‘lum. Ana shu izlanishlari, amaliy 
faoliyatining natijasi bo‗lgan ―Manofe‘ ul-inson‖ (Inson uchun foydali tadbirlar) 
risolasi katta ahamiyatga molik. Asarning yozilish davri haqida tarixiy manbalarda 
aniq ma‘lumotlar yo‗q. Ammo, u asar Abulg‗ozining uzoq yillik darbadarlikdagi 
hayotidan qaytib kelib, xonlik taxtiga o‗tirib, saltanatini mastaxkamlab olganidan 
keyingi, taxminimizcha, 1650-yillar boshida yozilgan bo‗lishi mumkin. Tarixiy 
asarlarini esa umrining so‗nggi yillarida yozib tugatgan.
Abulg‗ozixon davrida ilm bilan shug‗ullanib, risola bitish, tajribalar o‗tkazish 


72 
bilan mashg‗ul bo‗lmasdan, kasalliklarning oldini olish uchun yurt obodonchiligi 
ozodalik va ovqatlanish kabi masalalarga ham davlat siyosati sifatida e‘tibor 
qaratgan. O‗sha davrda Xiva bozorlarida xalq tabobatchilari dorivor giyohlar, 
dorilarni sotishlari, tayyorlashlariga keng imkoniyat yaratib berilgan. O‗zi bevosita 
saroy tabiblari va boshqa kent va qishloqlarda faoliyat ko‗rsatayotgan hakim va 
tabiblarning erkin ishlari, ayni paytda aldamchilik, insofsizlik qilmasliklarini nazorat 
qilib borgan. Eng e‘tiborli tomoni – bevosita xonning o‗zi tabobat bilan 
shug‗ullangani, tabiblik qilganidan, hamma zamonlarda saltanat sohibi qiziqqan soha 
boshqa rahbar va ulamoning e‘tiborida bo‗ladi. Xonlik aholisining sog‗ligini saqlash, 
umrni uzaytirishga birinchi masala, deb qaralgan zamonda yurtning barcha 
burchaklarida tibbiyotga bo‗lgan e‘tiborning oshgani shox va tabib Abulg‗ozi 
Bahodirxonning tarixiy xizmatidir. 
Abulg‗ozixon va Anushaxonlarning qabr toshlari Pahlavon Mahmud maqbarasi 
xonaqohining shimoli g‗arbiy burchagida yerdan yarim metrcha balandlikda koshinli 
supacha ustiga o‗rnatilgan har ikkala qabr toshi chiroyli o‗yma naqshlar bilan 
bezatilgan. 
Arab Muhammadxon Xiva xoni (1602-1623yillar) taxtda o‗tirgan. Uning davrida 
1616-yilda Arab Muhammadxon madrasasi qurilgan. Abulg‗ozixon davrida Goziobod
shaharlari qurilgan. Hozirgi kunda bu joy Goziobod – Qo‗shko‗pir tumanida. 
(Shoxobod – nomi biroz o‗zgarib Shovot tumani bo‗lib, yuritiladi). Abulg‗ozixon 
davrida Oq masjid qurilgan. Oq masjid – Ichan-Qal‘aning sharqiy darvozasi tarkibiga 
kiradi. Masjid poydevori Anushaxonning hammomlari bilan bir vaqtda 1657-yilda 
qurilgan. Mazkur binolar o‗ymakori eshiklarning yozuvlariga qaraganda, 1838-1842-
yillar mobaynida qurilgan. O‗sha yerning o‗zida hamkorlik qilgan ustalarning ham 
ismi sharifi Nurmuhamad Odina, Qalandar o‗g‗li, Qalandar Sayid Muhammad o‗g‗li. 
Masjid mahallaniki bo‗lib. Qubbali zal va uch yoqlama ayvondan iborat. O‗lchamlari: 
25,5x13,5 m, balandligi 12,3 m., zal 6,35x6,35 m. 
Anushaxon hammomlari – 1657-yilda Karmanaga qilingan yurish chog‗ida 
Buxoroliklar hujumidan saqlab qolganligi uchun Abulg‗ozixonga in‘om etgan 
sovg‗alardan biridir. Hammom yarim yerto‗la shaklidagi usti gumbazlar bilan 
yopilgan inshootdir. O‗lchamlari: 27x15 m. 
Isfandiyorxon Xiva shahrining hozirgi vaqtda Dishanqal‘ada joylashgan, o‗ziga 
so‗nggi oromgohga To‗rt Shayxbos (To‗rt Shobboz) deb nom qo‗yadi. Sababi u yerda 
3 ta shayxning qabri bor. To‗rtinchisi qilib Isfandiyorxon ham qo‗ydirgan. Maqbara 
mo‗jazgina ixcham qilib qurilgan, dahma, masjid, uning ichida balandligi 15 metrlik 
minora, eski maktab va kichkinagina madrasa joylashgan. Majmuaning o‗ rtasida 4 
burchakli hovuzi bor. 
Xo‗jamberdibiy yoki Xurjun madrasasi – 1688-yilda Ichanqal‘aning qal‘a 
devorlari yonida qad ko‗targan. XIX asrning darvozasining yonidagi ansambl shahar 
ichi territoriyasidan chiqib ketadi va Dishanqal‘a territoriyasida oldini ko‗rimsizgina 
Xo‗jamberdibiy madrasasi to‗sib turgan Olloqulixonning yangi madrasasiga asos 


73 
solinadi. Shu sababdan u butunlay qayta ishlab chiqildi, u Olloqulixon madrasasining 
portaliga olib boradigan yo‗lak va pandus bilan qoq ikkiga bo‗lib tashlandi. Bu bilan 
ikki mustaqil hovli vujudga keldi. Uning xurjun deb nom olishiga sabab ham shu. 
Madrasaning asosiy bezagi 1688-yil deb yozib qo‗yilgan o‗ymakorli kirish eshigi, 
xolos. 
Bizning davrimizda Abulg‗ozixon shaxsi yovuz hukmdor yoki o‗z manfaatlari 
yo‗lida hech narsadan qaytmaydigan shoh sifatida tasavvurimizda shakkllanmaydi. 
Hozirgi kunda barcha tarixiy, ilmiy asarlarda, darsliklarida Abulg‗ozixon hayoti va 
faoliyati, Xorazm tarixnavisligini boshlovchisi, tarixda markazlashgan davlat tuzgan 
podshohlardan biri, adabiyotda eski turkiy tilda Xorazm shevasida ijod qilagn 
adabiyotshunos, tibbiyot tarixida mohir tabib va tibbiy asar yozgan shaxs sifatida 
e‘zozlanadi. Uning asarlari XVIII-XX asrlarda nemis, rus, fransuz tillarida ko‗plab 
chop qilingan. O‗tgan asrning oxirlarida uning ikkita tarixiy asari o‗zbek tilida qayta 
chop qilindi. Abulg‗ozixon haykali Urganch shahrining markazida salobat to‗kib 
turibdi. Chunki shu shahar asoschisi Abulg‗oziy Bahodirxondir. Uning nomi bilan 
ko‗cha, xiyobon, ommaviy-oqartuv muassasalari ataladi. Xiva Ichanqal‘a muzey-
qo‗riqxonasining ―Xiva xonligi bo‗limi‖ ekspozitsiyasida Abulg‗ozixon sulolasining 
faoliyati 
tasvirlangan. 
Hozirgi 
kunda 
Ma‘mun 
akademiyasi 
olimlari 
Abulg‗ozixonning tibbiy asari ―Manofe‘ ul-inson‖ kitobining asl nusxasini topishdi. 
Hozirgi kunda bu kitob Do‗stlik shahrida yashovchi marhum tabib, faxriy akademik
Bozorbuvaning shaxsiy kutubxonasida saqlanmoqda.
Ekspozitsiyaning o‗ng tomonidagi yo‗lak boshlanishida «Xivak qudug‗i» XIX 
asr fotosi, pastdagi vitrinalarda shoir Pahlavonquli Ravnaqning she‘rlari va 
Olloqulixon kutubxonasining kitoblari qo‗yilgan. Yo‗lakning qolgan qismida 
Xorazmning asl farzandlari Shermuhammad Munis va Muhammad Rizo Erniyozbek 
o‗g‗li Ogahiylarning hayoti va faoliyatiga doir kitoblar, hamda boshqa buyumlar 
qo‗yilgan. Endi biz ularning hayoti va ijodi bilan tanishamiz.
Shermuhammad Munis Xorazmiy (1778-1829) iste‘dodli shoir, hassos 
san‘atkor, xushxat xattot, mohir tarjimon, tarixchi, olim, jonkuyar ma‘rifatparvar va 
xalqparvar madaniyat arbobi, o‗tkir siyosatdon, Xorazm adabiy muhitidagi 
ma‘rifatparvarchilik adabiyotining buyuk namoyondasidir. U hayotda juda yaxshi 
mirob bo‗lgan. ―Munis ul-ushshoq» - «Oshiqlar do‗sti‖ nomli devoni hamda 
ma‘rifatparvar pedagog sifatida «Savodi ta‘lim» asari va ―Firdavs ul-iqbol‖ nomli 
asarlari meros bo‗lib qolgan, tarjimon sifatida Mirxondning ―Ravzat-us-safo» - 
«Soflik bog‗i» asarini tarjima qilgan. 
U 1778-yilda Xiva yaqinida Qiyot qishlog‗ida Avaz mirob oilasida tug‗ildi, 
uning bolalik va yoshlik yillari Qiyot qishlog‗ida, so‗ngra Xiva shahridagi 
madrasalarda o‗qigan. Ustozi Said Eshonxo‗jadan ta‘lim oldi, arab, fors, turkiy 
xalqlar adabiyoti, shuningdek, mumtoz musiqa hamda tarix fanini qunt bilan o‗rgandi. 
U mohir xattot bo‗lib, kufiy, rayhoniy, shikasta kabi arab xat turlarini yaxshi bilgan. 
Uning otasi Avazbiy 1800-yilda o‗lgach, xon 22 yashar Shermuhammadni saroyga 


74 
taklif qiladi, uni qazuv-kechuv, suv xo‗jaligi ishlari bo‗yicha kotib, 1812-yilda xon 
Erniyozbekni mirob qilib, Munisni mamlakatning bosh mirobi qilib tayinlaydi. Shu 
davrda, ya‘ni 1804-1806-yillardagi Xiva xoni Eltuzarxon Munisning tog‗asi edi. U 
jiyaniga Xorazm tarixini bitishni topshirdi. Munis bu asarga ―Firdavs-ul-iqbol» 
(Baxtli kelajak bog‗i) deb nom qo‗ydi, asar Munis va jiyani Ogahiy qalamiga mansub 
bo‗lib, u afsonaviy rivoyatdan boshlanib, 1825-yilgacha Xorazmda sodir bo‗lgan 
tarixiy voqealarni o‗z ichiga oladi. 
Munis bu asarni yozib tugata olmagan, u qadim zamonlardan boshlab 
Muhammad Rahim I hukmronligining 7-yili, ya‘ni 1813-yilgacha bo‗lgan voqealarni 
yozib ulgirgan, 1813-yildan 1825-yilgacha bo‗lgan voqelar Ogahiy qalamiga mansub 
bo‗lib, 1255-yil hijriy, 1839-yili yozilgan. Asarning mukammal nusxasi Munis va 
Ogahiy qo‗lyozmasiga mansub bo‗lib, 613 bet, asar Markaziy Osiyo qog‗oziga, qora 
siyoh bilan nasta‘liq xatida yozilgan. 
Asar Rossiya Fanlar Akademiyasining, Sankt-Piterburg bo‗limida kp-938 raqam 
bilan saqlanmoqda, uni rus sharqshunosi A.Kun 1874-yilda topshirgan. Asar 
keyinchalik, 1856-yilda mulla Nurniyoz ibn mulla Muhammadniyoz tomonidan 
Toshkentda 1879-yilda ko‗chirilgan. Muhammad Rizo oxund ibn Muhammad Karim 
Toshkentda 1903-yilda devon tartib berdi. Toshkentda 1903-yilda Xojaniyoz al-
Xonkokiy ko‗chirgan. 1910-yilda mulla Xudoybergan Xivaqiy Tojikistonda 
ko‗chirgan. 
Asar Xiva xonligi hududida yashovchi o‗zbeklar, turkmanlar, qozoq va 
qoraqalpoq xalqlari tarixini aks ettiradi. Munis bu asarini Eltuzarxon (1804-1806) 
davrida boshlagan, 1806-yilda Buxoro amiri Haydar bilan bo‗lgan urushda Eltuzarxon 
o‗ladi, undan keyin u Muhammad Rahim-I davrida bu asarni davom qildiradi. U bu 
davrning 7 yillik tarixini yozib tugatganidan keyin, bu ishni to‗xtatib, buyuk tarixchi 
Mirxondning ―Ravzat-us-safo‖ asarini o‗zbek tiliga tarjima qilishga kirishadi. Bu 
asarni ham 1-bo‗limini tarjima qilib, 2-bo‗limi ustida ishlay boshlaydi, lekin 1829-
yilgi Olloqulixonning harbiy yurishi vaqtida vabo kasalligi bilan vafot etdi, uning 
ishlarini jiyani Ogahiy davom qildirdi. 30-yildan ortiq ijod qilgan Munis Xorazmiy 
ota-bobolaridan meros bo‗lib, kelayotgan sulolaviy kasb miroblik haqida ―Arnalar‖, 
«Savodi ta‘lim‖ nomli risolalari biz uchun nihoyatda qimmatlidir. Ushbu kitob tufayli 
biz vohada suvchilik kasbi, dehqonchilik tarixi, suv uchun bo‗lgan urushlar tarixi 
bilan bog‗liq ijtimoiy-siyosiy voqealardan xabardor bo‗lamiz. 
Qabri Xiva yaqinidagi Shayx Mavlon bobo qabristonida, jiyani Ogahiy u bilan 
yonma-yon yotibdi. Maqbara 1989-1999-yillarda ta‘mirlangan, sahni120 kv metr, 
balandligi 11metr.
Muhammad Rizo Erniyozbek o‗gli Ogahiy (1879-1874) XIX asr 
adabiyotining ko‗zga ko‗ringan buyuk vakillaridan birdir. U Munisning jiyani bo‗lib, 
Munis qo‗lida tarbiyalangan. Ogahiy yetuk olim va shoir, tarjimon va tarixchi, 
Munisdan keyin xonlikning mirobi bo‗lgan. Ogahiy jahon adabiyoti, madaniyatining 
nodir durdonalari sanalgan 20 dan ortiq asarlarni o‗zbek tiliga o‗girib, 


75 
tarjimashunoslik maktabini yaratdi. U tarixiy mavzuda «Riyoz ud-davla‖ (1825-1842-
yil voqealari) (1844), ―Zubdat ut-tavorix‖ (1843-1846-yil voqealari) (1846), «Jome‘-
ul voqeoti Sultoniy‖ (1846-1855-yil voqealari) (1856), ―Gulshani davlat‖ (1856-1865-
yil voqealari) (1865) va «Shohidi iqbol» (1865-1873-yil voqealari) nomli asarlar 
yozgan. Qo‗lyozmalarning ayrim sahifalarida suv dog‗lari bor, Qo‗qon qog‗oziga 
yozilgan, sarlavhalari qizil siyoh bilan yozilgan, qizil charm muqovada
ko‗chiruvchining ismi va yili ko‗rsatilmagan, 227-varaq, 14-25 sm o‗lchamda. Asarda 
Xorazm tarixigina emas, Buxoro amirligi va Qo‗qon xonlarini Rossiya bilan olib 
borgan urushlari, bitimlari va uning oqibatlari mukammal ravishda yoritilgan. 
Ogahiy tarixga oid asarlar yaratib Munisning bu sohadagi an‘analarini ham 
yanada rivojlantiradi va yuksaklikka ko‗taradi. Munis va Ogahiy hamkorlikda yozgan 
―Firdavs ul-iqbol‖ o‗zining Xorazm tarixiga oid beshta asari faqat o‗zbek xalqining 
tarixini o‗rganish jihatdan ahamiyatli bo‗lib, qolmasdan, balki qardosh tojik, qozoq, 
turkman, qoraqolpoq, rus, eron, afg‗oniston xalqlarining tarixi, madaniyati, san‘ati, 
urf-odatilari, psixologiyasi, shu xalqlarning kelib chiqishi, tirikchiligining manbai 
kabilarni o‗rganishda ham boy material beradi. Shunisi xarakterliki, bu asarlar 
iste‘dodoli shoir, taraqqiyparvar adiblar Munis, Ogahiylar tomonidan yozilganligi 
sababli 
ularda 
xalqlarning 
tarixi, 
hayoti, 
kundalik 
mashg‗uloti, 
masjid, 
madrasalarning qurilishi, turli xil voqea hodisa bayoni, xalq qo‗zg‗olonlari, urushlar 
tarixi, buyuk kishilar, olimlar, shoir-yozuvchilar va shu kabi ma‘lumotlar proza, 
poeziyada realistik asosda to‗g‗ri, aniq ifodalab berilgan.
Adib qalamiga mansub 26 asardan hozirgi kunda to‗rttasi topilgani yo‗q, 
Bizgacha yetib kelgan asarlarining 22 tasidan 16 tasi Beruniy nomidagi Respublika 
Sharqshunoslik institutida, shuningdek, 6 asarining 11 ta nusxasi saqlanmoqda. 
Sankt-Peterburgda 10 ta asari va 7 tasi Dushanbe shahrida shoir devonining bir 
nusxasi bor. 
Hozirgi kunda adib asarlarining 22 tasi 72 ta qo‗lyozma nusxada dunyo 
fondlarida saqlanmoqda. Uning asarlarini birinchi bo‗lib Herman Vamberi Said 
Muhammadxon (1855-1864) davrida Xivaga kelgan vaqtida olib ketgan. 1873-yilda 
A.Kun xon xazinasidan 300 ta nodir kitoblarni olib ketganda, Munis va Ogahiylarning 
asarlarini ham olib ketgan. Undan keyin V.V.Bartold juda ko‗p Markaziy Osiyolik 
tarixchilarning asarlari bilan birga Munis va Ogahiy asarlarini ham o‗rganib o‗zining 
―Turkistonning sug‗orilish tarixi» (S.P.b.1914) va «Turkman xalqi tarixidan lavhalar» 
(Leningrad, 1929) kitoblarini yozgan. Undan keyin P.P.Ivanov va A.K.Borovkovlar 
ham o‗zlarining «Markaziy Osiyo xalqlari tarixidan lavhalar» (1958) va «XIV-XIX 
asrlarda turkmanlar tarixi» degan asar yozgan. 
Markaziy Osiyoda birinchi bo‗lib, toshbosma – litografiya, ya‘ni matbaa 1874-
yilda yo‗lga qo‗yildi, O‗zbek kinosinig qaldirg‗ochi, birinchi foto-kinooperator 
Xudoybergan Devonov faoliyati boshlandi, Xonning o‗zi ham ―Feruz‖ – ―baxtli, 
toleli‖ taxallusi bilan she‘rlar yozib, saroyga 340 dan ziyod shoir va bastakorlarni 
to‗pladi. Komil Xorazmiy Xorazm maqomini notaga tushirdi va ―Tanbur chizig‗i‖ 


76 
nomli notani yaratdi, Muhamad Rahimxonning 47 yillik xonligi davrida Xivada 40 
dan ortiq me‘moriy yodgorliklar qad ko‗tardi, shoirlarning asarlari toshbosmadan 
chiqarilib nashr qilindi, bu ishlarning boshida xonning o‗zi turgan. 
Ekspozitsiyaning oxirida Xorazm tarixida yoqqol iz qoldirgan Muhammad 
Yusuf Bayoniy, Ahmadjon Tabibiy va Avaz O‗tar haqida ma‘lumotlar, ularning 
kitoblaridan namunalar ko‗rsatilgan. 
Avaz O‗tar Polvonniyoz O‗tar o‗g‗li 1884-yil, 25-avgustda Xiva shahrida 
sartarosh, kosib oilasida dunyoga keldi. U boshlang‗ich ma‘lumotni eski maktabda 
oldi, keyinchalik Avaz Xivadagi Qutlug‗ Murod Inoq madrasasida tahsil ko‗radi, 
lekin uning madrasadagi o‗qishi ko‗pga cho‗zilmadi. U tezda madrasani tark etib, o‗zi 
mustaqil ilm olishga kirishdi. 
Bo‗lajak shoir yoshligidan kitob o‗qishga, ayniqsa, she‘riy asarlarni chuqur 
ehtiros bilan mutolaa qilishga favqulodda havaskor edi. Shuning uchun ham uning 
kitobxonasi Lutfiy, Sakkokiy, Munis, Ogahiy, Komil va Muqumiy devonlari bilan 
boyitilgan edi. U kun-u tun ana shu so‗z sa‘natkorlarining asarlarini o‗qir va ulardan 
oziqlanardi. Yosh Avaz 14 yoshdan she‘r yozishni mashq qila boshladi, tez fursatda, 
ya‘ni 18 yoshda iste‘dodli shoir sifatida xalq o‗rtasida tanildi. 
Avaz O‗tarning ijodi uning do‗stlari shoir Safo Allaberganov (Mug‗anniy), shoir 
va musiqachi Matyusuf Xarratov (Chokar), Komil devoniy, shoir Qurbon ota 
Ismoilov va Ismoilov Jumaniyoz, Odamov Abdulla, Xudoybergan Devonov kabi 
do‗stlari ta‘sirida yanada rivojlanadi. 
Avaz O‗tarning ustozi Ahmadjon Tabibiy, shoirni Muhammad Rahimxon II 
Feruz saroyiga yaqinlashtirishga, uning bilimlarini rivojlantirish uchun Avazni 
Muhammad Rahimxon huzuriga olib boradi. Avaz saroy shoirligiga qabul qilinadi. 
Avaz saroyda 5-6-yil qolib ketdi va u yerda ishqiy she‘rlar yozdi, xonning 
xizmatidagilarni hajv ostiga oldi, bundan hatto valiahd Isfandiyor to‗ra ham benasib 
qolmadi. 
Lekin Xorazm adabiyotining kuchli an‘anaga ega bo‗lgan taraqqiyparvar 
yo‗nalishi ruhida tarbiyalangan. Avaz O‗tar saroy ruhi, saroy adabiy muhiti bilan 
chiqishishi mumkin emas edi. Buning ustiga XX asr boshlarida Rossiya miqyosida 
yangi kuch bilan ko‗tarilayotgan umumdemokratik harakat to‗lqini shoirga katta ta‘sir 
ko‗rsatdi.
Avaz O‗tar ijodida erkparvarlik, ozodlik g‗oyalari, turmush illatlariga qarshi 
qaratilgan hajvlar paydo bo‗la boshladi. Avaz O‗tar ijodiy taraqqiyotining ikkinchi 
bosqichi (1905-1914-yillar) o‗zining izchil demokratik ruhi bilan ajralib turadi. Bu 
davrda shoir yuksak insoniy fazilatlarni, chinakam insoniy muhabbatni ehtiros bilan 
tarannum etuvchi jo‗shqin lirik she‘rlar qatorida antikolanial ruhda qit‘alar, ruboiylar 
yozdi. 
Avaz O‗tar ijodida alohida o‗rin tutgan hajviy sher‘lar turkimi ―Faloniy‖ ham 
shu davr mahsulidir.
Avazning bir she‘ri bor, unda shohlar suhbatiga ―band‖ kishi ―doim giriftori 


77 
qafas‖ bulbulga o‗xshatiladi. Bunda nimaga ishorat qilinayotganligi ayon, albatta. 
Avaz tabiatan erk odami bo‗lgan. Saroy tevaragidagi fikriy erksizlik, teran ijodiy dard 
va otashin ehtiroslardan yiroq suxanguftorliklar uni qiynaganligi tabiiy. Bundan 
boshqacha bo‗lganda, Avaz bugun biz bilgan inqilobiy vijdon shoiri mavqeyiga 
ko‗tarila olmasdi. Chunki mumtoz shoirimiz shaxsi va g‗oyaviy e‘tiqodlarining 
shakllanishi ular mansub muhit va zamonga qarshi borish, botinan kelishmaslik 
sabablariga ham bevosita tegishlidir. 
Avaz – umid shoiri, zamonasi tan olmagan, tahqirlagan, ishonchsizliklar 
iskanjasida qaddini tiklay borgan tilaklar kuychisi. 
U hammadan ortiq hayotdagi o‗zgarishlarga, qullik va nodonlik kishanlari 
parchalanishiga umid bog‗lar hamda ishonardi. U ―falak davriga doim inqilob rasm-u 
odat‖ ekanligini anglar, anglagan sari erk va hurlik to‗g‗risidagi tushanchalari 
sobitlashardi: Qarang, u bir she‘rida nima deb bashorat qilgan edi. 

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə