Samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

Me’morchilik. 
Bu davr me‘morchiligida avvalgi yillarda mavjud bo‗lgan 
me‘morchilik an‘analari davom etdi. Me‘morlar bu an‘analarni boyitib, ravoq va 
gumbaz imkoniyatlaridan foydalanib, bir-biri bilan kesishadigan yo‗lak va katta zallar 
yaratishga hamda muqarnasli o‗ymakorlik madaniyati va san‘atini rivojlantirishlarida 
namoyon bo‗ldi. Shaharsozlikning yana bir o‗ziga xosligi avvalgi asrda boshlangan 
yirik me‘moriy majmualarni yaratish borasidagi jarayonlar yanada rivojlantirdilar. 
Shu asrda Buxoroda Poyi Kalon, Labi hovuz, Samarqandda Registon me‘moriy 
majmuasi o‗zining tugal ko‗rinishini oldi. Buxoro, Shahrisabzda gumbaz-ravoqli 
yopiq bozorlar kengaytirildi. Bu davrga kelib me‘morchilik madaniyati va san‘atida 
bezakka yana e‘tibor orta boshladi. XVI asr ikkinchi yarmidan susaya boshlagan bu 
san‘at yana jonlandi. Interyer bezagida kundal uslubida (texnikasida) ishlangan 
naqshlar, yog‗och o‗ymakorligida ishlangan eshik va panjaralar, sergul namoyonlar 
davr me‘morchiligini ajratib turadi va qaytarilmas jozibasi bilan kishiga quvonch 
bag‗ishlaydi.
Bu davrda Buxoroda katta qurilishlar davom etdi. Shunday yodgorliklardan biri 
1652-yili barpo etilgan Abdulazizxon madrasasi hisoblanadi. Nisbatlari nihoyatda 
go‗zal, oltin halli koshinlari yozuv, naqsh va rasmlar uyg‗unligida ajoyib manzara 
xosil qiladi. Madrasaning tashqi peshtoq bezagi naqsh va afsonaviy jonivorlar tasviri 
bilan bezatilgan. Madrasaning ichki xonalari ham e‘tiborli. Bu yodgorlik gumba‘zi 
bezagida ganch muqarnaslar, devorlarida gulga to‗la guldonni aks ettiruvchi pannolar 
o‗z aksini topgan. Peshtoqning ikkinchi qavatidagi bezagi ham xarakterli. Unda 
quyoshga uchib borayotgan keng yoyilgan qanotli ikki qush tasviri ishlangan. 1630-
yillarda Nodir Muhammad Devonbegi qurdirgan madrasa ham bezakka boy. Uning 
peshtoqiga ishlangan afsonaviy qushlar tasviri ham uni boshqa madrasalardan ajratib 
turadi. XVII asrning yirik me‘moriy yodgorliklaridan biri Sherdor madrasasi bo‗lib, u 
biroz ilgariroq barpo etilgan Ulug‗bek va Tillokori madrasalari bilan birgalikda yaxlit 
me‘moriy majmuani tashkil etadi va Registon maydonga tugallik bergan. 
Tasviriy san‘at me‘moriy bezaklarda, amaliy san‘at buyumlari keng o‗rinni 
egallaydi va ularning ajralmas qismiga aylangan. Shu davrda ishlangan gilam va 
so‗zanalar, sopol buyumlar, Buxorodagi Nodir devonbegi Samarqanddagi Sherdor
Tillakori madrasalarining bezaklarida tasviriy san‘at o‗z ifodasini topgan. 
Umuman, shuni ta‘kidlash kerakki, bu asrda ham borliqni, tabiat ko‗rinishlari, 
guldon yoki tuvakda ko‗karib turgan gul, daraxt shoxida xirgoyi qilayotgan chiroyli 
qushlar va hayvonlar tasviri shu davrda ishlangan sopol buyumlari, gilam va 
so‗zanalarda binolarning tashqi va ichki bezaklarida, turli xil shakllar (medalyonlar) 
ichiga ishlangan tasvirlarda keng uchraydi. Shu xususda Samarqanddagi Tillakori 
madrasi bergan ( XVII asr) naqsh va bezaklari diqqatga sazovor. Bu madrasa devoriy 


65 
rasmlarida Bibixonim masjidi, Oqsaroy devoriy rasmlariga o‗xshash kompozitsiyalar 
uchraydi. Uncha katta bo‗lmagan manzaralar – daraxt shohlari, gullar ko‗rinishi 
moviy zamin(fon)da oltin haldan ishlangan. Bu hisobiga xonalar ko‗rinishi 
ertaknamolik kashf etgan. 
XVII asr miniatura, kitobat madaniyati va san‘ati ham boy tarixiga ega. Bu asrda 
san‘atning shu turlarida nodir asarlar yaratildi. Saroy qoshidagi kutubxonalarda 
rassom va xattotlarning katta guruhi mehnat qilgan. Jumladan, musavvirlar Xo‗ja 
Gado, Avazmuhammad, Xo‗ja Muqim, Mulla Behzod, xattotlar Mirza Barki, Mirza 
Mir Munish va Arabshoh saroy kitobxonasida yashab ijod etgan. Bulardan tashqari 
xonlar taklifi va buyurtmalari asosida tashqaridan ham ist‘edodli rassomlar kitoblar 
ko‗chirish va bezash ishlariga jalb etilgan. Jumladan, ashtarxoniylardan Abdulazizxon 
uchun ko‗chirilgan Sa‘diyning ―Bo‗ston‖ asari uchun ko‗chirilgan qo‗lyozmada 
(1649) Farhod ismli musavvir dasxati uchrashi shundan dalolat beradi. Nizomiyning 
―Xamsa‖ asari qo‗lyozmasida esa Muhammad Muqim (Xo‗ja Muhammad), 
Muhammad Amin, Behzod dastxatlari bor. 
Shayboniyxonning o‗zi ham umri jangu jadallarda o‗tishiga qaramay she‘riyat va 
tarix fani bilan shug‗ullanishga vaqt topgan. Uning she‘riy devon tuzgani ma‘lum. U 
hatto xattotlik bilan ham shug‗ullangan. O‗zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon 
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasida Kamoliddin Binoiy 
qalamiga mansub ―Shayboniynoma‖ asarining Shayboniyxon ko‗chirgan nusxasi 
saqlanadi. Ubaydullaxon (1530-1539-yillarda hukmronlik qilgan) ham ilmli va 
ma‘rifatli hukmdor edi. Ayni paytda o‗zi ―Ubaydiy‖ taxallusi bilan o‗zbek, fors arab 
tillarida ijod qilingan, she‘riyat bitgan. Uning uch tilda bitgan she‘rlaridan iborat 3 
devoni bir kitobga jamlangan. Ubaydiyning 435 ruboiy, 25 qit‘a, 13 tuyuqlari bor. 
XIX asr va XX asr boshlarida O‗rta Zarafshon vohasida adabiy muhit rivoji, 
taraqqiyoti va muammolarini chuqur aks ettirishni inobatga olib, vohaning ilm-fan, 
madaniyat markazi hisoblanmish Samarqand shahri va uning atrofidagi Urgut
Kattaqo‗rg‗on shaharlari misolida yoritishga harakat qilindi. Buxoro amirligidagi 
adabiy muhit boshqa xonliklar adabiy hayotidan farq qilar edi. Bu farqni esa adabiy 
jarayonda markazlashmaganligida ko‗ramiz. Mang‗it amirlari hukmronligi davrida 
yetishib chiqqan yetuk adabiy namoyondalarning ko‗pchiligi davlatning turli 
hududlarida yashab ijodlarini tirikchilik manbai bo‗lgan kasb-hunar bilan birga olib 
borishga majbur bo‗lganliklarini manbalarda ko‗rishi mumkin. Bu noxush holatga 
qaramay turli shahar va o‗lkalarda goh uyushgan, goh tarqoq o‗ziga xos adabiy 
maktablar paydo bo‗lgan, shakllangan va rivojlangan.
Buxoroning diniy markazlaridan bo‗lganligi, Amir Haydarning davrida dinga 
e‘tiborining yanada kuchayayotganligi, shubhasiz, adabiyotga ham ta‘sir etdi. Xoja 
Ubayniy, Amirmuhammadi Yakdil, Muhammadsharif Shevon, Ruhiy kabi tojik tilida 
ijod qilgan shoirlar diniy aqidalarni targ‗ib qiluvchi asarlar yozganlar. Amirmuhamad 
Roziy, Jalol Maxdum Buxoriy, Inoyatillo Rashid Mirzo Muhammadshoh Uzlatlar esa 
saroyda ijod qilib amirlarni madh etuvchi she‘rlar bitganlar. Mirzo Sodiq, Mirzo 


66 
Hasrat, Pariy Hisoriy singari tojik shoirlari, Vola, Shavqiy, Miriy, Joniy, Xumuliy, 
Shukuriy, Xiromiy kabi zullisonayn shoirlar ijodida yuksak insoniy fazilatlarning 
madh etilishi targ‗ib etilishini, zamondoshlari, muhit taqdiridan shikoyatni 
ko‗rishimiz mumkin. Davr ijtimoiy muhitini poetik ifodasi ushbu shoirlar ijodida aks 
ettirilgan. Bu davr adabiyotida bir nechta epik asarlar yaratilgan bo‗lsada, lirika 
yetakchiligi davom etardi. XIX asrning boshlarida adabiyotda lirikaning 12 turi 
uchraydi, ular orasida eng mashhurlari g‗azal, muxammas, masnaviy, qasida, qit‘a 
sanaladi. Ba‘zi shoirlar ijodida ruboiy, fard, chiston va musammad janrlarini 
ko‗rishimiz mumkin.
O‗zbek shoirlari ijodida radifning mavqe‘yi yuqori bo‗lgan. She‘riyatda Hofiz, 
Bedil, Fuzuliy, Navoiylarning ta‘siri sezilib tursa-da, ijodkorlarning mustaqil ijodga 
intilishini ham ko‗rishimiz mumkin. Shunday qilib, o‗rganilayotgan davrda O‗rta 
Zarafshon vohasidagi o‗zbek g‗azalchiligining umumiy holati Mujrim, Shukuriy, 
Shavqiy, Xumuliy, Vola, Joniy kabi shoirlar nomi bilan bog‗liqdir. G‗azaldan tashqari 
eng ko‗p yaratilgan lirik janrlaridan biri muxammas hisoblanadi. O‗rganilayotgan 
davrda muxammasning ikki turi mustaqil holdagi va taxmis tarzdagi turlari amalda 
bo‗lsa-da, keyingi shakli keng qo‗llanilgan. Bunday vaziyat ijodkorlarning o‗tmish 
adabiyotining muhim yutuqlariga yuqori san‘atkorlik namunasi sifatida qarab, ulardan 
namuna olishga va o‗rganishga ixtisoslashganliklari natijasida paydo bo‗lgan. Agar 
tojik shoirlari fors-tojik adabiyotining atoqli vakillari Hofiz va Bedil g‗azallariga 
taxmislar qilgan bo‗lsalar, o‗zbek tilida turkiy she‘riyatning eng yuksak 
namunalariga, xususan, Navoiy, Fuzuliy g‗azallari asosida o‗nlab muxammaslar 
yaratdilar. Shuningdek, bir-birlari she‘rlariga ham taxmislar qilganligini ko‗ramiz. 
Ba‘zi muxammaslar an‘anaviy mavzular, xususan, muhabbatga bag‗ishlangan bo‗lsa, 
ba‘zilarida muhitdan shikoyat, ijodkorlarning hayoti aks etgan muxammaslar ham 
uchraydi. Shoirlar ijodidagi bunday she‘rlar ularning shaxsiy turmushi bilan bog‗liq 
holda yozilgan. Ma‘lumotlarga qaraganda, Vola ijodidan xabar topgan Amir Nasrullo 
unga Hofiz g‗azallariga muxammas bog‗lashni topshiradi. 

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə