Samarqand davlat universiteti


-Mavzu: Buxoro xonligi madaniyati va san’ati



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

 
5-Mavzu: Buxoro xonligi madaniyati va san’ati. 
Reja 
1. Buxoro xonligida davrida madaniy hayot 
2. Buxoro xonligida kitobat san’ati, xatottlik, miniatura san’atining 
rivojlanishi. 
3. Buxoro xonligida me’morchilik 
 
Tayanch iboralar 
Ta‘lim islohotlari, adabiyot, tarixnavislik, madrasalar, maqbaralar, Registon 
maydoni, Labi hovuz ansambli, tibbiyot, me‘morchilik yodgorliklari, musiqa. 
Shayboniylar davlati 100 yil mobaynida (1500-1601) Markaziy Osiyodagi yirik 
davlatlardan bo‗lib, tarixda salmoqli iz qoldirdi. Bu davlatning poytaxti turli yillarda 
Samarqand va Buxoroda bo‗lgan. Shayboniyxon Marv daryosi yonida bo‗lgan jangda 


61 
mag‗lubiyatga uchrab xalok bo‗lgach, qator janglardan keyin taxtni jiyani 
Ubaydullaxon egallaydi. Lekin xonzodalar orasida toj-u taxt uchun kurash va o‗zaro 
urushlar natijasida Shayboniylar davlati ikkiga bo‗linib, birining poytaxti Samarqand, 
ikkinchisiniki esa Buxoro bo‗lib, qoldi. Samarqand xoni ―Ulug‗xon‖ deb e‘lon qilindi. 
Lekin keyinchalik Ulug‗ xon qaysi joyda istiqomat qilsa, o‗sha joy mamlakat poytaxti 
hisoblandi. Shuning uchun ham keyinroq, ya‘ni Abdullaxon hukmronlik qilgan 
davrda (XVI asrning ikkinchi yarmi) Buxoro qaytadan poytaxtga aylantirildi. Buxoro 
xonlikning muhim madaniy va siyosiy markaziga aylanishi uning mavqeyini oshirib 
yubordi. Hunarmandchilik nihoyatda rivoj topdi. Buxoro hunarmandlari yaratgan 
buyumlar tashqarida ham mashhur bo‗ldi. Paxtadan mato ishlab chiqarish, terini qayta 
ishlash, gilamchilik, kandakorlik, kulolchilik va qurolsozlik borasida Buxoro ustalari 
katta yutuqlarga erishdilar. Dunyoviy fanlar, musiqa, she‘riyat, xattotlik va miniatura 
rassomchiligi rivojlandi. 
Me’morchilik. 
Shayboniylar davri me‘morchiligi ikki bosqichda o‗rganish 
mumkin. Bulardan birinchisi XVI asrning 60-yillargacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga 
oladi. Bu yillarda Temuriylar davri me‘morchiligi uslubi davom etib, uning yangi 
yo‗llarini topishga harakat qilindi. Shayboniylar davlatining poytaxti Buxoro shahrida 
katta qurilishlar olib borildi. Shaharni ta‘mirlash ishlari kengaytirildi, uning mudofaa 
devorlari yanada mustahkamlandi. Shaharning shoh ko‗chalarida mahobatli jamoat 
binolari barpo etildi. Bu qurilishlarda, ularni bezash ishlarida Movarounnahr, Hirot, 
Balx ustalari ishtirok etdilar. 
1530-1536-yillarda Mirarab madrasasi, 1531-32-yili Toshkentda Suyunchixo‗ja 
maqbarasi qad ko‗tardi. Suyunchixo‗ja Toshkentda 1524-yili vafot etganidan keyin bu 
maqbara qurilgan edi. Bu qurilgan binolarning tashqi va ichki xonalari bezakka boy, 
oltin hal suvi shu bezak ko‗rinish alohida joziba bergan. Shu davrda Toshkentdagi 
Hazrati imom me‘moriy majmuasiga asos solindi, al-Bakr Qaffol Shoshiy (1541-42) 
majmualari barpo etildi. 
Xonlik me‘morchiligining ikkinchi bosqichi XVI asrning 60-90-yillarga to‗g‗ri 
keladi. Abdullaxon II boshqarga bu davrda Buxoro va undan tashqarida ham katta 
qurilishlar olib borildi, mavjudlari ta‘mirlanib yirik majmualarga aylantirildi. Shu 
davrda Buxoroda Poyi Kalon Jome masjidi, Modarixon (1566-67) va Abdullaxon 
(1588-90), Ko‗kaldosh (1557-98) madrasalari, Labi hovuz me‘moriy majmuasi 
vujudga keldi. Shu yillarda Buxorodan tashqarida ham shunday majmualari yaratildi. 
Jumladan, Toshkentda Ko‗kaldosh madrasasi qad ko‗tardi. Uni Toshkent hokimi 
Ko‗kaldosh qurdirgan. Xuddi shu nomdagi Buxorodagi Ko‗kaldosh madrasasini esa 
Abdullaxon IIning sarkardasi Qulbobo Ko‗kaldosh qurdirgan. Chor Bakr me‘moriy 
majmuasi (1559) ham davrning yirik qurilmalaridandir. Abdullaxon II mablag‗iga bu 
yerda xonaqoh, masjid va madrasalar barpo etilgan. Qurilmalar obodonlashtirilib 
atrofi chorbog‗ga aylantirilgan. Shu davrda katta suv inshoatlari, usti berk rastalar – 
timlar barpo etildi. Abdullaxon bandi shunday inshoatlarddan bo‗lgan. To‗g‗on va suv 
omborini tashkil etgan Abdullaxon bandi shu yillar qishloq xo‗jaligi ishlarini 


62 
yaxshilashga qaratilgan tadbirlardan bo‗lgan. Buxoroda bizgacha saqlangan 
Abdullaxon tomonidan barpo etilgan tim ham davr me‘morchiligidagi jarayonlarni – 
mayishiy hayot bilan bog‗liq qurilmalarni barpo etilganligini ko‗rsatadi. Ko‗p 
gumbazli qilib qurilgan tim rastalari ravoqli yo‗laklar bilan bir biri bilan bog‗langan. 
Bu davr yodgorliklaridan yana biri sardobalar, ya‘ni usti berk suv hovuzlar bo‗lib, 
ularning ustiga katta gumbazlar ishlangan.. 
XVI asrning 80-yillarida barpo etilgan Abdullaxon madrasasi davrning yangi 
yo‗nalishi qo‗sh madrasa qurish jarayonini yorqin namoyon etadi. Bir-biriga qaratilib 
qurilgan me‘moriy majmualarning namunasi hisoblanadi. Bu madrasa Modarixon 
madrasasiga qarama-qarshi peshtoqlari bir biriga qaratib qurilgan. Ular birgalikda 
yagona yirik me‘moriy majmuani tashkil etgan. Shu davrda Toshkentdaga Hazrati 
imom me‘moriy majmuasi yanada kengaytirilib, qo‗sh madrasa uslubida madrasa va 
maqbaralar barpo etildi, ayvonlar qurilib hovuz va ko‗kalamzorlashtirish ishlariga 
e‘tibor berildi.

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə