Samarqand davlat universiteti


-Mavzu: Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati va san’ati



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

4-Mavzu: Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati va san’ati 
Reja: 

Amir Temur va Temuriylar davlatida madaniy hayot 

Mirzo Ulug‗bek akademiyasi 

Miniatura va devoriy rassomlik 

Temuriylar davri me‘morchiligi 
Tayanch iboralar: 
Madrasalar, masjidlar, Mirzo Ulug‗bek akademiyasi, Ulug‗bek rasadxonasi, 
Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda ansambli, Bibixonim masjidi, Boysung‗ur
Mirzoning badiiy san‘at akademiyasi. 
Amir Temur va Temuriylar davrida o‗rta Sharqda fan, san‘at va madaniyat rivoj 
topdi. Bu davrda ajoyib saroylar, masjid va madrasalar, koshinkor maqbaralar qurildi. 
Buyuk olimu-fozillar bu davlat shuhratini olamga tanitdilar. Mirzo Ulug‗bek, Alisher 
Navoiy, Abdurahon Jomiy, Kamoliddin Behzod kabi olimlar, shoirlar va miniatura 
ijodkorlari yashab ijod qildilar. 
Temuriyar davlatida shakllangan yangi an‘ana va jarayonlar esa tezda boshqa 


50 
yerlarda o‗z davomini topib yangi maktab va yo‗nalishlarga turtki berdi.. Kitobat 
san‘atida yangi kashfiyotlar ya‘ni kitob muqovasini relyefli bo‗rtma shakl va tasvirli 
ishlash yuzaga keldi. Keyinchalik O‗rta Sharq kitobatida keng o‗rin egalladi. Amaliy, 
amaliy-bezak madaniyati va san‘ati nihoyatda keng rivojlandi. Bronza, kumush va 
oltindan quyma idishlar yasash borasida katta muvaffaqiyatga erishdilar. Ayniqsa 
kumush va oltindan nafis buyumlar yasash keng rivojda bo‗lib saroy ahllari talabiga 
javob berdi. Bu xususda ispan elchisi Klavixo Temur saroyida bo‗lganida oltin va 
kumushdan ishlangan buyumlarning ko‗pligi, Temurning oltin taxti va stoli, uning 
dam oladigan xonasida oltindan va qimmatbaho toshlar bilan ishlangan daraxt, undagi 
mevalar, mevada o‗tirgan ajoyib qushchalar bo‗lganligini yozib qoldirgan. Vamberi 
Temuriylar davri madaniyati haqida: 
―Amir Temur davrida yaratilgan sarf-naxv kitoblari islom dunyosidagi yoshlar 
qo‗lida hozirgacha dasturilamal tutilmoqda va Markaziy Osiyo musulmonlarining 
e‘tiqod va ibodatga oid ko‗pgina xususiyatlari shu vaqtlarda yozilgan fiqh va uslub 
kitoblariga zamin bo‗lmoqda. Osiyo va umum jahon musulmonlari qoshida eng nozik 
saodat va eng oliy mukammal ma‘lumot sanlagan, hozirda yolg‗iz nomlarigina qolgan 
nimaiki bor bo‗lsa ularning orasida Hirot va Samarqand hukumatlari vaqtida taraqqiy 
etgan narsalar, shular orasida avvalo xattotlikni ko‗rsatish mumkin‖, - deb yozadi. 
Yana davom ettirib: ―Garchi temuriylar sunniy mazhabiga ixlosmand bo‗lsada, 
ularning kitoblarini turli rangdagi tasvirlar bilan bezamoq, binolarni har xil rasmlar 
bilan ziynatilmoqqa intildilar, suv bo‗yoq bilan ishlangan bu rasmlarda rangbarang 
naqshlar va jonsiz narsalarning suratlari emas, balki mashhur xonlar, askarlar, hatto 
avliyolarning tasvirlari ham bor‖, deb takidlaydi. 
Amir Temur va Temuriylar davrida turli millat va dinlar mavjud bo‗lib diniy 
ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror edi. Shu davrda Naqshbandiya tariqatining 
asoschisi Shayx Xo‗ja Bahovuddin yashab ijod etdi. U o‗sha zamonda Buxoroda juda 
hurmatli kishi, Buxoroning milliy avliyolaridan hisoblangan. Vafotidan keyin uning 
qabrini uch marta borib ziyorat qilishlik uzoqdagi Kabaga haj qilish bilan barobar 
sanaldi. Dunyoviy ilmlar ichida saroy shoiri Lutfillo Nishopuriy (1384-y. vafot 
etgan), Shayx Kamoliddin Xo‗jandiy, ―Temurnoma‖, shoir Ahmad Kirmoniy eslash 
mumkin. 
Amir Temur davridan madrasalar ta‘sis etildi. Ular xayr-saxovat tufayli keng 
miqyosda taraqqiy etdi. Temur bu ishning tashabbuskori bo‗lgani uchun uning 
xonadoni a‘zolari, vazirlari ham mamlakatning boylari barcha yaxshilar madrasa-yu 
masjidlar, qiroatxonalar, kasalxonalar ta‘sis etish hamda ularga ehson berishda o‗zaro 
musobaqada bo‗lishgan. Binobarin, Markaziy Osiyoning ma‘naviy taraqqiyoti, 
bilvosita bo‗lmasa-da, har holda Amir Temur xizmati va himmatiga chambarchas 
bog‗liq holda kechdi. 
Samarqand butun Osiyo savdosida mol ombori o‗rinni oldi. Bu yerda 
Hindistondan bo‗yoq va attorlik, Xitoydan Ipak gazlama, chinni kosa, qadaxlar, 
qimmatbaho aqiq toshlar, mamlakat shimoldan noyob po‗stinlar kelar edi. Shu yerdan 


51 
Osiyoning katta shaharlariga va Buyuk Ipak yo‗li orqali G‗arbiy Yevropaga jo‗natilar 
edi. Amir Temur o‗z saltanati taxtini mamlakatlar zaminiga, ularning barchasidagi 
urf-odatlar va marosimlarni o‗z saroyida to‗pladi, taraqqiy ettirdi.
O‗rta asr me‘morchilik san‘ati o‗zining gullagan davrini boshida kechirdi. Yangi 
chin ma‘nodagi aristokratik me‘morchilik-hashamatli va go‗zal binolar qurish san‘at 
uslubi vujudga keldi, rivojlandi. Devoriy rassomchilik, amaliy dekorativ san‘at 
sohasida qator yangi an‘analari shakllandi. Jumladan me‘morchilikda birinchi bor 
vujudga kelgan yirik va murakkab me‘morchilik majmualari shaharsozlikda muhim 
o‗rinni egallay boshladi. An‘anaviy me‘morchilik shakl va uslublarini qayta qurib 
chiqildi. Ayniqsa, me‘morchilik yodgorliklarini rangli koshinlar bilan boyishi katta 
badiiy-estetik ahamiyat kasb etdi. Albatta rangli bezak Markaziy Osiyo an‘anaviy 
me‘morchiligining ham ajralmas qismi bo‗lgan. Lekin XIV asrga kelib bino ichki va, 
ayniqsa, tashqi pardozida bu uslub alohda o‗rinni egallay boshladi. Sirli sopol 
taxtachalardan ishlangan rangli naqshlar, XIV asr oxiridan keng tarqala boshlagan 
o‗yma sirli naqshlar keng ko‗lamda amalga tadbiq etilishi O‗rta Sharq xalqlari ijodiy 
tafakkurining katta yutig‗i bo‗ldi Markaziy Osiyo me‘morchiligidagi bu o‗zgarishlar 
ilk bor Ko‗hna Urganchdagi To‗rabek xonim maqbarasida namoyon bo‗lgan edi. 
Xorazm ustalari yaratgan bu ajoyib yodgorlik an‘analari keyinroq Amir Temur 
farmoni bilan Samarqand saltanatining boshqa yerlarida keng foydalanilgan. Va bu 
ishlar uchun Xorazm ustalari jalb etilgan.
XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Samarqandda, ayniqsa, katta qurilish ishlari 
olib borilgan. Shahar qalin devor bilan o‗rab chiqildi. Unga olti darvoza orqali 
kirilgan. Shaharning baland arkida baland Bo‗stonsaroy, Ko‗ksaroylar qurilgan. Bu 
davrda pishiq g‗ishtda qurilgan, moviy rang koshinlar bilan bezatilgan masjid, 
madrasa va maqbaralar, osmono‗par minoralar so‗lim tabiat qo‗ynida alohida fayz va 
latofat kashf etgan. Amir Temur davrida shahar va shahardan tashqarida saroylar 
qurish, istirohat bog‗lari yaratish keng tus oldi. Amir Temur nafaqat o‗z ona shahri 
Kesh va poytaxti Samarqandda, balki o‗z mamlakatining boshqa shaharlarida ham 
qator hashamatli binolar qurdirdi. Jumladan, Tabrizda masjid, Sherozda saroy, 
Bag‗dodda madrasa, Turkistonda maqbara qurdirganligi shuning isbotidir. 
Uning shahardan tashqarida qurdirgan saroyi Sharq tomonda joylashgan bo‗lib, 
uning shahar tomonga qaragan darvozasiga ―Darvozai feruza‖ so‗zi yozilgan bo‗lgan. 
Saroy ichida bir necha hovli bo‗lib, shulardan birida oltin naqshli taxt joylangan. Shu 
taxtda u elchilar qabul qilgan. Hovlining tashqarisida esa favvoralar bo‗lib, atrof-
muhitni mo‗tadillashtirishga xizmat qilgan. 
Shaharning janub tomonida qurilgan Bog‗i Behisht, saroyi esa sun‘iy tepalikda 
Tabrizning sof oq marmaridan qurilgan. ―Bog‗i Shamol‖, ―Bog‗i Nav» qasrlari ham 
marmar va koshinlar bilan pardozlangan bo‗lgan. Amir Temur davrida ko‗plab 
saroylar qurilgan Shular ichida Oqsaroy majmuasi alohida o‗rin egallaydi. O‗n ikki 
yildan ortiq vaqt mobaynida qurilgan bu saroy peshtoqi xitoy koshinlari, arabiy 
naqshlar, gullar va o‗ymakorlik bilan bezatilgan. Devoring tashqi tomoni ko‗k va oltin 


52 
ranglardagi naqshli koshinlar bilan pardozlangan. Oqsaroy ichki tomonida katta hovli 
bo‗lib uning o‗rtasida favvora ishlangan bo‗lgan. Shu hovlidan katta xonaga kirish 
eshigi bezakka boy, uning tepa tomoni o‗rtasida she‘r va quyosh tasviri ishlangan 
bo‗lgan. Oltin suvi yuritilgan, lojuvard va boshqa ranglar bilan pardozlangan bu saroy 
chet ellik mehmonlarni kutib olish, majlislar o‗tkazish uchun foydalanilgan. 
Oqsaroyda 1404-yili bo‗lgan mashhur sayyoh Klavixo uning ichki va tashqi tomoni 
nihoyatda bezakka boy ekanligini ta‘kidlab, saroy ustalarining ishini Parij ustalarining 
ishidan ham yuqori qo‗ygan. 
Yana bir muhtasham binolardan biri l399-1402-yillarda bunyod etilgan 
Bibixonim jome masjidi bo‗lib, uning qurilishiga Amir Temur alohida e‘tibor bergan. 
Uning farmoniga binoan masjid tarhi (plani) ishlangan va 1399-yilda bo‗lajak 
masjidning poydevoriga birinchi g‗isht qo‗yildi. Qurilishda Ozarbayjon, Hindiston va 
Erondan kelgan 200 dan ortiq usta, 500 dan ortiq tosh kesuvchi mehnat qildi. 
Qurilishda 95 ta fil band bo‗ldi. Qurilish ishlari avjiga chiqqan payitda Amir Temur 
safarga jo‗nab ketadi. Oradan ancha vaqt o‗tib, qaytganida masjid deyarli bitgan edi. 
Bibixonim masjidi katta to‗rtburchak shaklidagi maydonni egallagan, uning atrofi esa 
devor bilan o‗rab chiqilgan. To‗rt burchakgida minoralar qurilgan. Masjid Sharqqa 
qaragan juda katta peshtoqli darvoza bilan boshlanadi. Masjid chor hovlisi atrofi 
ustunli ochiq ayvonlar balan o‗ralgan, ikki yon tomoni va o‗rtasida uncha katta 
bo‗lmagan peshtoq-gumbazli binolar qurilgan. Hovlining ichkarisida esa 40 metrli 
peshtoq va uning burchaklarida esa qirrali minora ishlangan. Shu peshtoq bilan 
masjidni asosiy ―muqaddas‖ yarim sferik gumbazli binosi boshlanadi. Masjid ichki va 
tashqi tomonini bezagiga alohida e‘tibor berilgan. Sirli koshinlar bilan bezatilgan, 
bino devorida ko‗k va sarg‗ish oxra, yashil rang gammasi keng o‗rinni egallaydi. 
Ayniqsa moviy rang butun bino koloritida hukmronlik qilib uning yaxlit va 
ulug‗vorligini ta‘minlab, go‗yo uni cheksiz falak bilan musobaqalashayotgandek qilib 
ko‗rsatadi. Qurilishda Sharq va G‗arbning ko‗p usta-yu naqqoshlari, me‘mor-u 
toshtaroshlari ishtirok etganligi yozuv manbalaridan ma‘lum. 
O‗rta asr me‘morchiligining haqiqiy durdonasi Amir Temur maqbarasidir. Amir 
Temur farmoniga binoan qurila boshlangan bino O‗rta Sharq me‘morchiligida muhim 
o‗rinni egallaydi. Bino tantanavor monumentalligi va dekorativ-qurilganligi bilan 
ajraladi. Bino sodda me‘morchilik hajmlardan sakkiz qirrali asos, silindirik baraban 
va qirrali ko‗k-moviy gumbazdan tashkil topgan. Binoning ichki qismi ham juda 
serjilo, uning ichki devorlari marmar bilan pardozlangan o‗yma naqsh va rangli va 
oltin suvi yuritilgan naqshlar bino ichi qismiga alohida fayz kirgan. 
Amir Temur davri me‘morchiligini ―Shohi Zinda» me‘morchilik kompleksisiz 
tasavvur etib bo‗lmaydi. Afrosiyob yonbag‗riga joylashgan bu ansanbl XI-XII 
asrlarda bu yerda qurila boshlagan maqbaralar o‗rnida barpo etilgan. Bu yer 
musulmonlarga qadar ham muqaddas sig‗inish joyi bo‗lib Qusam ibn Abbos 
maqbarasi joyashgan, go‗yo u shu yerda tirilib, yer ostiga kirib ketgan va oxiratgacha 
shu yerda yashashga qaror qilgan. ―Shohi zinda‖ – ―Tirik podshoh‖, ―Tirik shoh‖ 


53 
nomi shundan olingan.
Hozirgi Shohizinda maqbara majmuasi XIV-XV asrlarning birinchi yarmida 
qurilgan yodgorliklardan tashkil topgan bo‗lib, bu majmua biroz kechroq, 1434-1435-
yillarda Ulug‗bek tomonidan qurdirilgan peshtoq bilan boshlanadi. Ichkarida kirishga 
yaqin joyda XV asrning qo‗sh maqbarasi bo‗lib unda gumbaz baland baraban ustiga 
joylashgan. So‗ngra zinadan boshlanib qator maqbaralar bir-biriga yaqin qurilgan. 
Majmua so‗ngida esa XIV asr o‗rtalarida qurilgan Xo‗ja Ahmad maqbarasi o‗rin 
olgan. Tuman oqo majmuasi (1372) peshtoqi o‗simliksimon naqshlar bilan bezatilgan. 
Devorlarida mayda manzarali pannolar ishlangan. Shirinbek oqo maqbarasi (1385-86-
yillar) xonalarida tilla hal berilgan hamda shu yerda ilk bor o‗yma naqsh ishlatila 
boshlagan. Shohi Zinda me‘morchilik majmuasidagi maqbaralar turli davrlarda 
qurilgan shunga qaramasdan, ular hammasi yagona me‘morchilik kompozisiyasi 
sifatida idrok etiladi. Me‘morlar har safar yangi maqbara qurganlarida relyefni, ya‘ni 
yer sathi xarakteri va qiyaligi hamda avvalgi qurilgan maqbaralarni xarakteri hisobga 
olgan holda me‘morchilik hajm va bezagini tanlaganlar. Amir Temur davrida 
qurilgan maqbaralar o‗zining badiiy yechimining yuksakligi va yorqin rangdorligi 
bilan ajralib turadi. Sirli koshin va naqqoshlik san‘ati butun ansamblga ajoyib fayz 
kiritib davr kishilarning go‗zallik tushunchalarini ifodalaydi. ―Bu yer jannat bog‗i, bu 
yerda baxt yulduzlari ko‗milgan‖ deb maqbara peshtoqlarining biriga yozilgan 
so‗zlarda butun ansamblning g‗oyaviy-badiiy va falsafiy mazmuni yechiladi. 
Amir Temur davrida Markaziy Osiyoning ko‗pgina yerlarida ham me‘morchilik 
kompozisiyasi va majmumalari vujudga keldi. Shahrisabzdagi Oqsaroy (1380), 
Turkistonda barpo etilgan Ahmad Yassaviy maqbarasi, Toshkent viloyatida Zangiota 
me‘moriy obidalari shular jumlasidan. Amir Temur farmoni bilan barpo etilgan 
Zangiota majmuasining maqbara peshtoq, gumbazli ziyoratxona va go‗rxonadan 
iborat bo‗lib, naqshlar bilan bezatilgan. Bino me‘moriy bezagilarida kufiy va suls 
xatida yozuvlar bilan birga tosh o‗ymakorligi, rangli naqsh keng ishlatilgan. Temur va 
temuriylar davrida tasviriy va amaliy bezak madaniyati va san‘ati o‗zining haqiqiy 
gullash davrini boshidan kechirdi. Miniatura va devoriy rassomlik san‘atida nodir 
asarlar yaratildi. Haykaltaroshlik esa, asosan, bo‗rtma tasvir tarzida mavjud bo‗ldi. 
Amir Temur davrda monumental rangtasvir nihoyatda rivojlandi. Bu davrda 
qurilgan saroy, qasr, masjid va maqbaralar, zodagonlarning xonadonlari turli 
mavzudagi rasmlar bilan bezatilganligi haqida tarixchilarning yozma bayonlari 
saqlanib qolgan. Afsuski, shu davrda qurilgan saroylar, jamoat binolari bizgacha yetib 
kelmagan yoki ayrim parcha va ko‗chirmalarda saqlanib qolgan xalos. Shularning o‗zi 
ham davr san‘ati to‗g‗risida tasavvur beradi. Jumladan, Shirinbeka oqo maqbarasi 
devorlarida tabiat ko‗rinishi tasvirlangan bo‗lib, daraxtlarda qushlar aks ettirilgan 
bo‗lgan. Bibixonim masjidi devorlariga naqshli bezaklar bilan birga tabiat 
manzaralarini aks ettiruvchi rasmlar ishlangan. 
Markaziy Osiyo, umuman, O‗rta Sharq madaniyatida kitobni bezash, xattotlik va 
miniatura madaniyati va san‘ati tarixida o‗ziga xos qaytarilmas jozibasi bilan tengi 


54 
yo‗qdir. Bu san‘at turlarida nodir yodgorliklar yaratiladi. Ayniqsa, kitoblarga 
illustratsiya tarzida ishlangan miniatura san‘atida yutuqlar kattadir. Movarounnahr 
san‘atida mahalliy madaniy an‘analar unga kirgan ko‗pgina xalqlar an‘analari silsilasi 
kuchaya bordi. Natijada yangi, ilg‗or ijodiy jarayon shakllana bordi. San‘atkorlar 
mavjud va o‗tmish madaniyati va san‘ati yutuqlarini inkor etmaganlari holda 
an‘anaviy shakl va yo‗nalishlarga yangi badiiy ruh kirita boshladilar. Eng muhimi, 
ijodkorlar yangi ijodiy yechimlarga erishib zamon talabiga mos asarlar yaratishga 
muyassar bo‗ldilar.
Amir Temur saroyining yirik musavviri Xo‗ja Abdul-Xayya rassomlar 
ustaxonasining boshlig‗i lavozimida ishlagan. Uning ishlash uslubi Samarqand 
rassomchilik maktabini asosini tashkil etdi. Rassomning bir qator asarlari bizgacha 
ko‗chirmalarda yetib kelgan. ―Sher‖, ―Suvdagi o‗rdak‖, ―Urushayotgan ikki jangchi» 
rasmlari ushbu san‘atkorning ijodiy namunalaridan bo‗lib, u ishlanishi nafisligi 
hamda rang va oltin hallarga boyligi bilan ajralib turadi. 
Sa‘diyning ―Guliston‖ asariga ishlangan rasmda darvish haqida hikoya 
tasvirlangan. Unda cho‗l-sahrodan o‗z eshagida qo‗shiq va hazil bilan og‗ir yo‗l 
qiyinchiliklarni yenggan darvish va uni yo‗l davomida mayna qilib kelgan, o‗ziga zeb 
bergan tuyaga mingan boy yo‗lovchi tasvirlanib, boyning oxir-oqibatda ovullardan 
birida yiqilib, o‗lganligi hikoya qilinadi. Asarga xos xususiyat hikoyanavislik bo‗lib, 
ko‗pgina hayotiy lavhalar asar mazmunini boyitadi. Rassomning «Suvdagi o‗rdak» 
asari ham e‘tiborga loyiq. Bu rasmda Xo‗ja Abdul-Xayya o‗zining kuzatuvchan 
ekanligini, real borliq ko‗rinishlarini o‗ziga o‗xshatib ishlashga intilishi shu rasmlarda 
ham o‗z ifodasini topgan. Rassom ijodining ushbu tomonlari, shuningdek, qalamining 
o‗tkirligi, koloritining aniq va jiddiyligi keyingi Hirot maktabi shakllanishida muhim 
o‗rinni egalladi. 
Amir Temur saroyida xizmat qilgan musavvirlardan yana biri Pir Ahmad Bog‗i 
Shamoliy bo‗lib, u Abdul-Xayyaning zamondoshi va shogirdlardan bo‗lgan. 
Tarixchilar Pir Ahmad Bog‗i Shamoliyga yuqori baho berib davrning eng yuksak, 
tengi yo‗q musavviri deb ta‘riflashadi. Bog‗i Shamoliy rassomning taxallusi bo‗lib, 
Bog‗i Shamol bog‗ining saroylari bosh bezakchisi bo‗lganligi va ishlagani uchun 
berilgan deb taxmin qilinadi. Amir Temur davrida saroy kiborlarining nozik didiga 
mo‗ljallangan amaliy-bezak madaniyati va san‘ati namunalari yuzaga keldi. Ayni shu 
davrda shahar hayotida o‗rta xol aholsining o‗rni muhim o‗rinni egalladi.
Amir Temur vafotidan keyingi uning ulkan saltanatini Xuroson va 
Movarounnahrni uning o‗g‗li Shohruh va nabirasi Ulug‗bek boshqardi. Deyarli 40 
yildan ortiq vaqt mobaynida bu yerlarda Amir Temur boshlab bergan an‘analar 
davom etdi. Me‘morchilikda mahobatli me‘moriy majmualar barpo etildi. Samarqand, 
Buxoro va Vobkentda qurilgan madrasalar shu davr me‘morchiligining an‘analari 
asosida vujudga kelgan. 
Ulug‗bek 
madrasasi 
darvning 
ulug‗ 
yodgorlik 
va 
noyob 
tarixiy 
yodgorliklardandan biridir. Bu madrasada buyuk olim va ulamolar dars o‗tishgan. 


55 
Handasaviy va islimiy naqshlar peshtoq yozuvlari bilan davr kishilarining ham 
falsafiy, ham estetik qarashlarini namoyon etgan. 
1420-28-yillarda Ulug‗bek farmoni bilan barpo etilgan dunyoviy ilm maskani 
rasadxona ham davrning nodir yodgorligii bo‗lgan. Uch qavatli o‗rtasida yulduzlarni 
kuzatadigan moslama bo‗lgan bu bino devorlari esa turli-tuman rasmlar bilan 
bezatilgan. Ularda tog‗, daryo va ajoyib tabiat ko‗rinishlari tasvirlangan. Temuriylar 
davrining muhim yodgorliklaridan biri Shohi Zinda me‘moriy majmuasi 
Ulug‗bekning farmoni bilan qurilgan mahobatli bezakdor katta peshtoq shu majmuaga 
yaxlitlik baxsh etgan. 
Ulug‗bek boshqargan Movarounnahrda Samarqand O‗rta Sharqdagi go‗zal va 
boy shaharlardan bo‗lgan. Shu yerda ko‗zga ko‗ringan olim va ulamolar yashab ijod 
qilgan. Shu yerda dunyoviy fanlar rivojlandi. Ulug‗bek olim sifatida o‗z atrofida 
shogirdlar to‗pladi, ularga dars berdi. Qozizoda Rumiy, G‗iyosiddin Jamshid, Ali 
Qushchi tadqiqotlar olib borishdi. Ularning izlanishlari «Yulduzlar jadvali kitobi‖da 
o‗z aksini topdi. Ulug‗bek farmoni bilan barpo etilgan rasadxona kutubxonasi 
davrning haqiqiy akademiyasi edi. Bu yerda turli nazariy fanlarga oid risola va 
tadqiqotlar ko‗chirilar, ta‘mirlanar va ular zaruriy rasmlar bilan to‗ldirilar edi. Bu 
ishlar bilan kutubxona qoshida faoliyat ko‗rsatgan xattot va musavvirlar shug‗ullanar 
edi. Shunday astronomiyaga oid qo‗lyozmalardan biri as-So‗fiy risolasi (traktati) 
bo‗lib, unda ishlangan miniaturalar e‘tiborga loyiq. 
Musavvir miniaturalarni shunchaki tushuntirishga mo‗ljallangan astronomiyaga 
oid rasmgina emas, balki badiiy qiymatga ega bo‗lgan badiiy asar darajasiga 
ko‗tarishga intiladi. Tasvirlangan odam, hayvon va afsonaviy mavjudotlarni hayotiy 
va jonli bo‗lishiga harakat qiladi. Astronomiyaga oid rasmlarni haqqoniy bo‗lishiga 
intilish Ulug‗bek davri madaniyati va san‘ati realistik yo‗nalishda rivojlanganligidan 
dalolat beradi. Shuni ta‘kidlash kerakki, Temuriylar davrida shoh saroylari qoshidagi 
kutubxonalar haqiqiy san‘at maktabi rolini o‗ynadi. Bu yerga mashhur rassom, xattot, 
naqqoshlar to‗planadilar. Kutubxonada nodir qo‗lyozmalar to‗planib, ko‗chirilib kitob 
holiga keltirilar, tasvir va bezak naqshlar bilan bezatilar, yaroqsiz holga kelgan 
qo‗lyozmalar ta‘mirlanar edi. 
Shuning uchun ham bu kutubxonalardagi ijodxonalar rassom, naqqosh va 
xattotlar uchun ta‘lim va mahorat maktabini o‗tab, har bir san‘atkorni ijodiy o‗sishi, 
o‗z hunar kasbini yanada rivojlanitirishi imkoniyatini yaratgan. Nigoriston nomi bilan 
tanilgan bu ijodxona mazmun va mohiyat jihatidan bugungi badiiy akademiya 
mazmun va yo‗nalishiga yaqinlashib ketadi. Shu yerda ustoz o‗zining mukammal 
ko‗rinishiga erishdi. 
Bu xususiyatni shu davrda ishlangan janrli kompozitsiya va portretlarda ham 
ko‗rish mumkin. Shu o‗rinda Ulug‗bekka bag‗ishlab ishlangan portret va janrli 
kompozitsiyalari e‘tiborli. Ulug‗bekning navbatdagi ovdan keyin o‗z oila a‘zolari 
bilan shiyponda dam olib o‗ltirgan paytini aks ettiruvchi rasm ( 1441- 1442-yilar) 
yuksak mahorat bilan ishlangan. Qalam chizgisi nozik, rang tizimi boy, tasvirlangan 


56 
har bir obrazlar esa o‗z xatti harkati bilan ajralib jonli ishlangan.
1447-yili Shohrux vafotidan keyin, Hirot ham Ulug‗bek qo‗liga o‗tdi. U Xuroson 
va Movarounnahrni boshqardi. Shu davrda bir qator xattot va musavvirlar 
Samarqandga ko‗chib o‗tishdi, ayrimlari taklif etildi. Jumladan, davrning mashhur 
musavvirlari Mavlono Zahiriddin Abdulla, Mavlono Zahiriddin Azhar va boshqa yirik 
san‘atkorlar Samarqandga, Ulug‗bek davlati poytaxtiga taklif qilindi. Ularga bu yerda 
Ulug‗bek hukmronlik-yillari haqidagi bayonnomani rasmlar bilan bezatish topshirildi. 
Afsuski, bu bayonnoma va rasmlar bizgacha saqlanmagan. 
Alisher Navoiy davri. Markaziy Osiyo madaniyati va san‘atining yangi bosqichi 
temuriy Sulton Abu Said nomi bilan bog‗liq. U 1451-yili mamlakatdagi 
notinchliklardan foydalanib qattiq kurashlarda hokimiyatni o‗z qo‗liga oladi. 1456-
yili esa u poytaxtni Samarqanddan Hirotga ko‗chirdi. Natijada Movarounnahrda 
yashab ijod etgan san‘atkor va davlat arboblarini shu yangi joyga ko‗chib o‗tishlariga 
sabab bo‗ldi. Shular qatorida ko‗plab shoir, rassom, me‘mor va xattotlar va ularning 
oilalari bor edi.
Temuriylar davri madaniyati va san‘ati va madaniyati shu yerda o‗z rivojini 
yangi bosqichini boshladi. Shu yerda davrning ulamolari, buyuk mutafakkirlari, 
rassom-u me‘morlari Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod va 
boshqalar o‗z ijodlarini qiyomiga yetkazdilar. Temurzoda Husayn Boyqaro 40-yildan 
ortiq hukmronligi davrida mamlakatda kattagina obodonlashtirish ishlari amalga 
oshirildi. Bu ishlarda davrning buyuk mutafakkiri, o‗zbek she‘riyatining yulduzi 
Alisher Navoyining xizmatlari katta bo‗ldi. Uning rahnamoligida yirik inshootlar, 
masjid va madrasalar qad ko‗tardi. Shu yerda O‗rta Sharq miniatura maktabi o‗zining 
eng yuksak cho‗qqisiga erishdi. 

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə