Samarqand davlat universiteti


Me’moriy usullarning takomillashuvi



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

Me’moriy usullarning takomillashuvi.
Markaziy Osiyo me‘morchilik 
maktablarining shakllanishi. Monumental inshootlarning me‘morchiligida hovli 
kompozitsiyalarning ahamiyati. Bino tuzilishida peshtoq ahamiyatining o‗sishi. 
Balxiy gumbaz, ikki qatlamli va kulohiy gumbazlar. Xorazm me‘moriy maktabi 
xususiyatlari: Ko‗hna Urganchdagi me‘moriy obidalari misolida: kulohiy gumbazlar, 
Movarounnahr maktabi xususiyatlari. Masjid turlari. Minoralarning konstruktiv 
xususiyatlari. Ularning shaharsozlikdagi ahamiyati.
XI-XII asrda masjid qurilishi ham keng rivojlandi va uning o‗ziga xos tipi 
yuzaga keldi. Asosi kvadrat shaklidagi gumbazli bino kompozitsiyalar Markaziy 
Osiyo yerlarida keng tarqaldi va mahalliy sharoitga qarab o‗ziga xos fazilat va 
ko‗rinish kasb etdi. Bu davrda peshtoq-gumbazli maqbaralar qurilishi ham rivojlandi. 
Peshtoqlari esa badiiy bezatilgan. Masjidlar qurildi, ularda ham yangi uslub va 
yo‗nalishlar yuzaga keldi. Jumladan: XII asrda qurilgan Mag‗oki Attori masjidi 
Movarounnahr me‘morchiligida yangi uslubiy izlanishni boshlanishida turgan 
yodgorliklardan hisoblanadi. Mag‗oki Attori masjidi uncha katta bo‗lmagan kvartal 
ichidagi inshoot hisoblanadi. U bino assimetrik qoidaga binoan tiklangan. Masjidning 
dastlabki holatidan faqat bosh fasad me‘moriy unsurlari bilan birga saqlangan. 
Devorlari kesilgan va kesilmagan, o‗yilgan va o‗yilmagan g‗ishtlardan, ularning 
to‗plamidan bezakli qilib ishlangan. Inshootni barpo etishda kesilgan terrakotali 
plitkalar bilan to‗ldirilgan releyfli yechim qo‗llanilgan. Arkaning kuchaytirilgan 
konstruksiyasi moviy sayqal holda ajratib ko‗rsatilgan, inshootga yozuvlar ham 
tushirilgan. Bu topilma pardoz ishlarida ganchkorlik usuli ishlatilgan degan xulosaga 
olib kelgan.
XI-XII asrda minora qurilishi ham keng odat tus oldi. Buxoroning belgisi 
hisoblangan Minorai Kalonning barpo etilish vaqti va Raboti Malik karvonsaroyining 
qurilish davri Qoraxoniylar davriga to‗g‗ri keladi. Buxoroda 1127-yilda bunyod 
etilgan Minorai Kalon jahon me‘morchiligining me‘moriy-muhandislik san‘atining 
yuksak cho‗qqisiga chiqqan asarlardan hisoblanadi. Minoraga noyob shakl berilgan 
bo‗lib, poypeshi qirrador, tanasi konussimon shaklda, yuqoriga qarab torayib boradi; 
muqarnasli qafasa (minora yoki gumbaz tepasidagi ko‗shk) bilan tugaydi. Balandligi 
50 m., devorlarini qalinligi 0,8-0,9 m, poydevor chuqurligi 10 m gacha ketgan. 
Minora ichidagi 105 pog‗onadan iborat bo‗lgan aylanma zina – rotonda orqali uning 
tepasiga chiqiladi. Minoraning tepasida ichidagi zinapoyani yoritish uchun 16 ravoqli 
darchalar o‗rnatilgan, ular orqali atrofni kuzatish mumkin. Ushbu noyob inshootdagi 
shakllar o‗zaro monand va mutanosib tanlangan. Geometrik qoidalarga to‗la rioya 
qilingan holda chiroyli va har tomonlama puxta ishlangan ushbu minora Buxoro 
me‘morchilik maktabining noyob asarlaridandir.


46 
Minorai Kalon minorasi baland bo‗lishiga qaramay o‗tgan 9 asr davomida ro‗y 
bergan ko‗plab yer silkinishlariga qarshilik ko‗rsatib kelgan. U keyingi davrda dastlab 
1924-yilda ta‘mirlangan. Yer ostida qolib ketgan qismi 1960-yillarda ta‘mirlangan. 
Ustuvorlik siri inshoot konstruksiyasi hamda g‗isht terimining sifatliligi, 
zilzilabardosh yechim qabul qilinganligidadir.
Markaziy Osiyodagi eng baland minora Buxorodagi Kalon masjidi minorasi 
bo‗lib uning badandligi 60 m.ga yetadi. Bularda ham g‗ishtning badiiy imkoniyatlari 
ularning tashqi bezagini belgilashda muhim rol o‗ynagan. Aslida g‗isht minora yuzasi 
naqshini tashkil etuvchi birdan bir unsur bo‗lib qolgan. Ularning taxlanishi va turish 
holati hisobiga yuza o‗ziga xos ko‗rinish va latofat kashf etgan. Jarqo‗rg‗on minorasi 
(1108-09 yillar) o‗ziga xos uslubda yaratilgan va xarakteri jihatidan avvalgi VI-VIII 
asr me‘morchilik uslubini davom ettiradi. Bu minora usta Mahmud o‗g‗li Ali 
tomonidan qurilgan. Keyinchalik shu Jarqo‗rgon minorasiga o‗xshash qurilma 
Dehlida (Qutb-Minor), Xurosondagi minorali maqbarada o‗z aksini topgan. Va bu 
minoralar rivojiga Markaziy Osiyo me‘morchiligi uslubini ta‘siri borligini e`tirof etish 
kerak. Kalon masjid va uning ajoyib minorasi Markaziy Osiyo me‘morchiligida 
g‗ishtdan bezak berish, san‘atining yuksak namunasi sifatida mashhurdir.
Bu me‘morchilik XI-XII asr mahalliy me‘morchilik va bezak san‘ati an‘analari 
asosida qurilgan yangi davrdagi rivoji edi. Bu davrda katta qurilishlar rivoji mavjud 
qurilish konstruksiyalarining o‗zgarishi va murakkablashishiga olib keldi. Bu 
o‗zgarishlar pishiq g‗ishtdan foydalanish bilan bog‗liq va gumbaz ravoqlarning 
xarakterida ifodasini topdi. Katta qurilishlar esa quruvchilarga talabni oshirdi. 
Hunarmandchilik sexlari vujudga kela boshladi. Shogirdlik keng quloch yoya 
boshladi. Ayni shu davrga kelib, umuman, keyingi feodalizm davriga xos bo‗lgan 
monumental me‘morchilik qurilmalarining tiplari yaratildi. To‗rt ayvonli 
kompozitsiya ayniqsa keng yoyildi.
Raboti Malik karvon saroyi esa 1078-1079-yillarda qoraxoniy Shams ul-Mulk 
tomonidan qurilgan, deb taxmin qilinadi. Bir qator olimlarning fikricha, bu bino 
buyurtmachisi noma‘lumdir. Bu imorat ham xom g‗isht(28x28x6,5 sm)dan qurilib, 
24x24x4 sm o‗lchamli pishiq g‗isht bilan pardozlangan. Hozirgi kunda faqatgina 
peshtoqi saqlanib qolgan bu binoning tarhi 86x86 m o‗lchamli kvadrat shaklida 
bo‗lgan. Devorlarining balandligi 12 metr ekanligi uning ikki oshyonalik 
bo‗lganligidan dalolat berib turibdi. Bino ikki qismdan iborat bo‗lgan. Peshtoqdan 
kirgach ko‗ndalang joylashgan hovliga chiqilgan, uning to‗rttala tomoni xonalar bilan 
o‗rab olinganligi aniqlangan. 
Hovlining to‗ridagi ikkinchi qismi markazida katta gumbazli saroy va atroflari 
yaxlit tomli xonalar joylashgan. Old ko‗rinishining ikki burchagini ikki minora bezab 
turgan. 
Minoralardan 
peshtoqqacha 
bo‗lgan 
devor 
oralig‗ida 
kungurador 
yarimustun(gofir)lar joylashtirilgan bo‗lib, ularning usti ravoq toqlari bilan 
birlashtirilgan. Bir vaqtlar bu rabot katta kompleksdan iborat bo‗lgan va hozirgi 
kunda qarama-qarshisida sardoba saqlanib qolgan. Bu binoning chekkasida minorasi 


47 
pishiq g‗isht bilan kafelga o‗xshatib pardozlangan. Devor old tomon devorini yarim 
aylana ustun va arkali ishlanishi hamda peshtoqli darboza qurilishi keyingi 
Movarounnahr me‘morchiligi rivojida muhim rol o‗ynaydi.
1196-1211-yillarda 
qurilgan 
Vobkentdagi 
minora nisbatlarining 
nozik 
topilganligi va nihoyatda yuqoriga intiluvchan ajoyib konussimon shaklining 
mustahkam va mag‗rurligi bilan xarakterlanadi. Quruvchi Sadr Burhoniddin 
Abdulaziz nomi minora bezagi ichida yozib koldirgan. Bu davrda marhumlar ruhini 
abadiylashtirishga qaratilgan maqbaralar qurilishi ham o‗ziga xos shakllarni yaratdi. 
Ko‗hna Urganch(Xorazm)dagi Faxriddin Roziy va Tekesh maqbarasi o‗ziga xos 
xususiyatga ega. Garchi u Markaziy Osiyoda keng tarqalgan peshtoq-gumbazli 
kompozitsiya tipiga kirsa ham, lekin qirrali barabanga o‗rnatilgan chodirsimon 
gumbazdan tashkil topgan. Turkmanistondagi peshtoq-gumbazli binolar bezatilishida 
g‗ishtning badiiy imkoniyatidan keng foydalanilgan. 
XI-XII asrlarda hokimiyat tepasiga qoraxoniylar va saljuqiylar keldi. Iqtisodiy-
madaniy taraqqiyot natijasida shaharlar o‗z qiyofasini o‗zgartirdi. Yirik-yirik 
inshootlar qurila boshlandi. Ayniqsa, pishiq g‗ishtdan ravoqlar va gumbazlar qurilishi 
an‘anaga aylandi.
Bu davr me‘morchiligining yana bir xususiyati binolarda sirli va rangli 
koshinlardan foydalanilganligidir. Natijada, maxsus hunarmandchilik sexlari 
ochilgan. Qurilishda foydalaniladigan turli maxsus kasblar paydo bo‗lgan. Bu davr 
me‘morchiligi tarixda «Binokor shoh» nomi bilan kirgan bo‗lib, uning taraqqiy 
etishida Muhammad Sulaymon Tegin o‗g‗li Arslonxon katta hissa qo‗shgan.
IX-X asrlardan girih san‘ti yuksalgan, arab yozuvi bezak-naqsh darajasiga 
ko‗tarilgan. X asrdan kufiy, XI-XII asrlardan nasx yozuvi me‘morchilikda ko‗p 
ishlatila boshlagan. IX-XI asrlarda Termizda Qirqqiz saroyi, Navoiyda Mirsaid 
Bahrom maqbarasi Sulton Saodat ansambli, Malik karvon, saroyining saqlangan 
qismlari me‘morchilikning yuksak darajaga ko‗tarilganini, inshootlar badiiy 
hunarmandlar tomonidan jozibador bezatilganligini ko‗rsatadi.
Umuman olganda, IX-XII asrga oid maqbaralar Markaziy Osiyo hududida 
anchagina saqlanib qolgan. Bular jumlasiga Termiz yaqinidagi Sulton Saodat 
kompleksidagi, O‗zgan, Miyona, Seraxs, Mari(Ko‗hna Marv)dagi va boshqa 
maqbaralar kiradi. Shularning ichida ayniqsa Marvdagi Sulton Sanjar maqbarasi 
diqqatga sazovordir. 1175-yilda vafot etgan va Xuroson hokimi bo‗lgan saljuqiy 
Sulton Sanjar o‗zi hayotlik vaqtida qurdirgan, deb taxmin qilinuvchi bu bino 
devorlarining qalinligi 5 metrni tashkil etib, maqbaraning ichki tomonlari 17 metrni 
tashkil etuvchi kvadratdan iboratdir. Ichki balandligi 35 metrga teng bo‗lgan bu 
imorat nihoyatda mahobatlidir. Kirish eshigi g‗arb tomonda joylashgan. To‗rtburchak 
qismining balandligi 15 m. Undan yuqoridagi gumbazga o‗tuvchi sakkizburchak 
qismi tashqi va ichki tarafdan ravoqdor galereyani tashkil etadi. Sakkiz burchakning 
har uchidan gumbaz konstruksiyasi tashkil turadi. Ular o‗zaro kesishgan toqlar (―linga 
zarba» usuli) majmuasidan iboratdir. Bino g‗isht va ganchdan iborat girih hamda 


48 
chizma naqshlar bilan ziynatlangan. Gumbaz tashqi ko‗rinishi moviy rangda 
bo‗lganligi haqida o‗sha vaqtda yashab o‗tgan mualliflarning ma‘lumoti saqlanib 
qolgan. Sirli koshinning qo‗llanila boshlanishi mana shu davr ya‘ni XII asrdan 
boshlanganligini ko‗pgina olimlar qayd etganlar.
Yana diqqatga sazovor hol shuki, O‗rta asrlarda Markaziy Osiyo 
me‘morchiligida keng ishlatilgan ikki gumbazli. (ichki va ustki) konstruksiya ham 
dastlab XI-XII asrlarda Xurosonda uchraydi. Misol tariqasida Seraxsdagi Abul Fazl, 
Miyonadagi Abu Said, Tusdagi al-G‗aяzoliy maqbaralarini ko‗rsatib o‗tish kifoya. 
Shuningdek, butun dunyoga mashhur Marv (qadimda Xuroson markazi, hozirgi Mari 
va Bayram Ali shaharlari oralig‗idagi xarobalar) yaqinidagi eng katta bir xonali 
imoratlardan hisoblanadigan Sulton Sanjar maqbarasi ham ikki qavatli gumbaz bilan 
yopilgan.
XI-XII asrlarda bunyod etilgan maqbaralar ichida chodirsimon (шатровые) 
gumbaz bilan yopilganlari alohida ajralib turadi. Bu turdagi gumbazlar Pokiston, 
Hindiston va shu kabi mamlakatlarda ―gumba‘zi turkistoni‖ deb nomlanishini 
e‘tiborga olib biz ham shu iborani qabul qilamiz. Gumba‘zi turkistoni bilan yopilgan 
maqbaralar turkumiga Qadimgi Taroz (hozirgi Jambul) yaqinidagi XI asrda qurilgan 
Bobaji Xotun va Ko‗hna Urganchdagi Faxriddin Roziy hamda Sulton Tekesh 
maqbaralarini misol keltirish mumkin. Bu binolar ham pishiq g‗ishtdan qurilgan 
bo‗lib ichki va sirtqi gumbazlardan iborat bo‗lgan. 
Jarqo‗rg‗ondagi minora 1108-1109 yillarda Seraxslik usta Ali ibn Muhammad 
tomonidan qurilganligi ma‘lum. Uning dastlabki balandligi ancha viqorli bo‗lib uch 
oshiyonadan iborat bo‗lgan deb taxmin etiladi. Hozirgi saqlanib qolgan balandligi 
21,6 m va ostki diametri 6,4 metrga teng. Devorlari yarim aylanasimon bo‗rtmalar 
tarzida olinib ular yuqori qismida ravoqchalar bilan tutashtirilgan. Bu shakl Markaziy 
Osiyo me‘morchiligida ko‗p qadim davrlardan boshlab mavjud bo‗lgan va 1220 yilda 
Dehlida qurilgan Qutb Minorada ham qaytariladi.

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə