Samarqand davlat universiteti


Muso Al-Xorazmiy (783-850)



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

Muso Al-Xorazmiy (783-850) 
To‗liq nomi Abu Abdulloh Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy al-Majusiy 
bo‗lib, matematik bilimlar taraqqiyotida o‗chmas iz qoldirgan buyuk alloma. 
Xorazmiy dastlabki bilimlarini Xorazmda olgan. Otasi saroy a‘yonlaridan bo‗lganligi, 
Xalifa Horun ar-Rashid(hukmronlik davri 786-809 yil)ning o‗g‗li Ma‘munning (802-
805 yil) noyib etib tayinlanganligi va o‗ziga tengdosh Xorazmiyni yaqin safdoshlari 
safiga qo‗shganligi bo‗lajak olimning keyingi taqdirida hal qiluvchi rol o‗ynaydi. 805-
yilda Ma‘munning Bag‗dod xalifaligining eng qudratli o‗lkasi bo‗lgan Xurosonga 
hokim etib tayinlanishi (poytaxti Marv shahri) Xorazmiyning hayotida muhim davrlar 
edi. 
Ma‘mun Bag‗dodda «Bayt ul-Hikma»ga asos solib o‗z davrining yutuk olimlari, 
tarjimonlari, olim-u fuzalolariga homiylik qila boshladi. ―Bayt ul-Hikma‖ga do‗sti 
Xorazmiyni boshliq qilib tayinladi. Xorazmiy bu lavozimda umrining oxirigacha 
faoliyat olib bordi. Olimga dastlabki buyuk shuhratni ―Hisob al-hind‖ («Hind hisobi») 
nomli risolasi olib keldi. Mazkur risolada jahon fani tarixida birinchi marta o‗nlik 
pozitsion tizimi va uning amaliy ahamiyati borasida so‗z bordi. Xorazmiyning o‗nlik 
pozitsion tizimi insoniyatga cheksiz qulay imkoniyatlarni olib keldi. Agar mazkur 
sanoq tizimi bo‗lmaganida ilmiy tafakkur bu darajada kamol topishi amrimahol 
bo‗lardi. Xorazmiy to‗qqiz belgidan iborat hind raqami yordamida cheksiz 
miqdorlarni qayd etuvchi va uni osonlik bilan ifodalovchi sanoq tizimini kashf etdi. 
Hindlarning to‗qqiz belgidan iborat raqamlar tizimi mukammal sanoq tizimiga 
aylanishi uchun ―0‖ (―shifr‖) kashf etilib o‗z o‗rniga qo‗yilishi kerak edi. Xorazmiy 
tomonidan ―0‖ (nolshifr) ning kashf etilishi insoniyat ilmiy takakkurining beqiyos 
ulkan yutuqlaridan biridir. Xorazmiy tomonidan yozilgan «Hisob al-Hind» kitobida 
eng muhim oltita arifmetik amallar qo‗shish, ayirish, ko‗paytirish, bo‗lish, darajaga 
ko‗tarish va kvadrat ildiz chiqarish kabilar ishlab chiqilgan va ularning uslub hamda 
qonuniyatlari kashf etilgan edi. Xorazmiyning yana bir buyuk xizmati algebra faniga 
asos soldi. Algebraning mustaqil fan sifatida vujudga kelishi va rivojlanishida 
bevosita Xorazmiy faoliyati bilan bog‗liq «Algebra» atamasining o‗zi Xorazmiy 
tomonidan yozilgan «Al kitob va muxtasar fi hisob al-jabr val muqobala» («Al-jabr 
va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob») nomli risoladagi «Al-jabr» so‗zning 
lotincha talaffuz ifodasidan kelib chiqqan. Bu asar bir necha o‗nlab lotin va boshqa 
Yevropa tillariga tarjima qilingan. Algoritmlar nazariyasini ham Xorazmiy nomi bilan 
bog‗langanligi, hatto «Algoritm» atamasi ham lotinchada ifoda etilgan «Dixi 
Algoretmuk» («dediki al- Xorazmiy») so‗zidan kelib chiqqanligini hech kim inkor eta 
olmaydi. «Algoritm» tushunchasi hozirgi zamon kibernetika, EHM va hozirgi zamon 
informatsion texnologiya va jarayonlarning asosiy kategoriyasiga aylandi. 
Xorazmiyning jug‗rofiya, tarix, astronomiya, fanlari sohalari bo‗yicha qilgan 
xizmatlari beqiyos. Xalifa Ma‘mun olimlar oldiga osmon va yerning to‗liq xaritasini 
tuzishni vazifa qilib belgilagan. Xorazmiy bu ishlarga bevosita rahbarlik qilgan. 


38 
Xaritalar «Majmui al-Ma‘mun», «Dunyo xaritasi» nomi bilan yuritilgan va u 840-
yillar atrofida nihoyasiga yetkazilgan. Shu munosabat bilan Xorazmiy jug‗rofiyaga 
oid «Kitobi surat al-arz» nomli asar yaratgan. Bu asarning yagona nusxasi qo‗lyozma 
tarzida Qohiradan topilgan. Ba‘zi manbalarda ko‗rsatilgan 22 xaritadan faqat 4 tasi 
yetib kelgan. Xorazmiy yer yuzini «Avesto» ta‘limoti bo‗yicha 7 iqlimga bo‗lib 
o‗rganishni tavsiya qiladi. Xorazmiyning yulduzlar jadvali fanda «Ziji Xorazmiy» deb 
yuritiladi. Mazkur jadvalning taxminan uchdan biri al-Farg‗oniy zijida to‗liq berilgan 
bo‗lib, Farg‗oniyning asarlari orqali keng tarqalgan. Uning tarixga oid asarlari, 
xususan «Xorazmning mashhur kishilari» nomli asar yozganligi va bu asardan 
Beruniy 4 ta ko‗chirma olganligi ma‘lum. Xorazmiy o‗rta asrlarda yetishgan o‗zbek 
madaniyati klassigi, o‗zbek fanining ilk tamal toshini qo‗ygan buyuk ajdodlarimizdan 
biridir. ―Xorazmiy o‗z asarlari bilan Sharq, keyinroq Yevropaning riyoziyot ilmiga 
asos soldi‖. Amerikalik mashhur sharqshunos olim D.Sarton «Xorazmiy barcha 
zamonlarda ulug‗ matematiklardan biridir… Jahon fani tarixining IX asrlar birinchi 
yarmini hech mubolag‗asiz Xorazmiy zamoni deb atashimiz lozim», – degan edi.

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə