Samarqand davlat universiteti


AHMAD FARG‘ONIY (861-yilda vafot etgan)



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

 
AHMAD FARG‘ONIY (861-yilda vafot etgan) 
Saxovati keng ona tuprog‗imiz, O‗zbekiston nomini faxr va g‗urur his-tuyg‗usi 
bilan uzoq-uzoq avlodlarga ko‗z-ko‗z qilishga arzigulik ulug‗ siymo va allomalardan 
biri Ahmad Farg‗oniydir. Asli kindik qoni Farg‗onada tomgan va IX asrda yashab 
ijod etgan vatandoshimiz haqida ma‘lumot beruvchi tarjima hujjatlar deyarli yo‗q 
darajada. Ahmad Farg‗oniy, filolog olim Aziz Qayumovning («Ahmad al-Farg‗oniy» 
–T.: Fan, 1990) ma‘lumotlariga qaraganda, yoshlikdan fanga, ilm olishga chanqoq 
bo‗lib o‗sgan. U, asosan, tabiiy fanlar: falakiyotshunoslik, matematika, geografiya 
kabi fanlar bo‗yicha ijod qilgan. Ahmad Farg‗obiyning ijodiy faoliyati Bag‗dod bilan, 
ulug‗ mutafakkir olim Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy rahbarligida faoliyat 
ko‗rsatgan «Bayt ul-Hikma» bilan bog‗liqdir. U arab atamashunosligining paydo 
bo‗lishi va ilmiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‗shdi. Bag‗dod va Damashqdagi 
rasadxonalar qurilishiga shaxsan qatnashdi. Bag‗dodning Raqoq nomi bilan ataluvchi 
mavzesida qurilgan, rasadxona qoshida tashkil etilgan falakiyotshunoslik maktabiga 
rahbarlik qildi. Ahmad Farg‗oniy zamondosh, kasbdosh olimlar va shogirdlar bilan 
hamkorlikda Ptolemey «Yulduzlar jadvali»dagi ma‘lumotlarni tekshirish ishlarini olib 
bordi. Uning falakiyotshunoslikka oid ilmiy-tadqiqot ishlari ijodiy samaralar berdi. 
Taniqli olim Omonulla Fayzullayev («Ahmad al-Farg‗oniy» ( Fan va turmush, 1992, 
– №9-10) ma‘lumotlariga qaraganda, Ahmad Farg‗oniyning oltita kitobi dunyoga 
ma‘lum va mashhurdir. ―Kitob Fi Usul ilm an-nujum‖ (―Falakiyot ilmining usullari 
haqida kitob‖). Bu risolaning asl qo‗lyozmalari matni bir xil bo‗lsa-da, besh nom 
ostida saqlanadi. Ya‘ni Almajistiyga bag‗ishlangan «Falakiyot risolasi», «Falak 
sferalari sababiyati», «Al-Majistiy» (Ptolemeyning «Almagest» asari), «Ilm al-xaya» 
(«Falakiyot ilm») deb ataladi. Bu nodir qo‗lyozmalar Angliya, Fransiya, AQSh, 
Marokash, Misr va Sankt-Peterburgda saqlanmoqda. 


39 
Olimning «Al-Farg‗oniy jadvallari» (qo‗lyozmasi), «Usturlob bilan amal qilish 
haqidagi kitob» Hindistonda, «Oy, Yerning ustida va ostida bo‗lganida vaqtni 
aniqlash risolasi»ning qo‗lyozmasi Qohirada, «Yetti iqlim hidi» asarining 
qo‗lyozmasi Olmoniyada, «Usturlob yasash haqidagi kitob» qo‗lyozmasining to‗rtta 
nusxasi Berlin va Parijdadir. 
Ahmad Farg‗oniy bu asarlaridagi ilmiy kashfiyotlari bilan jahon fani va 
madaniyati taraqqiyotiga ulkan va munosib hissa qo‗shdi. Xususan, uning 812-yilda 
Quyosh tutilishini oldindan bashorat qilishi, Yerning dumaloq shar shaklida 
ekanligini ochganligi olimga shuhrat keltirdi. Keyinroq, Misrda yashagan chog‗ida 
Nil daryosi suvini o‗lchaydigan asbob yasagan. Bu asbob tutash idishlar qoidasiga 
asoslangan bo‗lib, hozirgacha saqlanib kelinmoqda. Ahmad Farg‗oniyning 
falakiyotga oid yirik ilmiy asarlaridan biri «Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining 
majmuasi haqida kitob»dir. Bu asar «Astronomiya negizlari» deb ham yuritiladi. 
Unda buyuk mutafakkir o‗zi yashagan davrdagi falakiyotga oid bilimlarni tartibga 
soldi. O‗zining yangi xulosa va natijalari bilan boyitdi. Falakiyot ilmiga oid asboblar, 
Quyosh soatlarining bayonini berdi. O‗sha davr an‘anasiga muvofiq, mamlakatlarni 
yetti iqlimga bo‗lib o‗rgandi, joylarning geografiyasiga oid koordinatalarni Sharqdan 
G‗arbga yo‗nalishda berdi.
Olimning stereografik proyeksiyalar nazariyasini undan ming yil keyin buyuk 
matematik Eyler XVIII asrda geografiyaga oid xaritalar tuzish nazariyasiga tatbiq 
qildi va «Katta geografik xarita»ni tuzishda ishlatdi. Undan tashqari kompleks 
o‗zgaruvchan miqdorlar teksligi, noevklid geometriyalar, Lobachevskiy tekisligining 
Beltrami-Kleyn 
proyeksiyasi 
kosmografiyalarning 
zaminida 
ham 
Ahmad 
Farg‗oniyning shu nazariyasi yotadi. 
Ahmad Farg‗oniy bajargan ilmiy tadqiqot natijalari qaysi fan sohasida 
bo‗lishidan qati nazar g‗oyatda pishiq, puxta va nihoyatda mukammal bo‗lgan. Shu 
boisdan uning asarlari fan olamida shuhrat topgan. XII asrdayoq alloma asarlarining 
lotin tiliga tarjima qilinishi va butun Yevropaga tarqalishi bu fikrimizning isbotidir: 
Yevropa ilmiy muhiti farg‗onalik allomaga katta hurmat bajo keltirgan. 
Yevropaliklar Ahmad Farg‗oniyni o‗zlaricha talaffuz etib, «Al Fraganus» deb 
ataganlar. Hatto, bu nomni buyuk Dante ham ehtirom ila tilga olgan. Ahmad 
Farg‗oniy asarlari lotin, olmon, ingliz, fransuz, rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. 
Uning boy ijodiy merosini o‗rganish va chop etish, buyuk vatandoshimiz to‗g‗risida 
ilmiy, tarixiy, badiiy asarlar va filmlar yaratish O‗zbekistondagi barcha davlat va 
jamoat tashkilotlarining vatanparvarlik burchidir.
Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‗oniy – hech shubhasiz jahon 
fani taraqqiyotiga buyuk hissa qo‗shgan olimdir. Uning fandagi xizmati o‗n asr 
davomida bugungi kunimizga qaraganda ma‘lum va mashhurroq bo‗lib kelgan edi. 
Masalan, Yevropa uyg‗onish davrining dastlabki namoyandalaridan Dante Aligyeri 
(1265-1321) al-Farg‗oniyning «Astronomiya asoslari haqida kitob» asarining lotincha 
tarjimasini mutolaa qilgan. Holbuki, Dante matematik ham bo‗lgan emas. 


40 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil, 27-noyabrdagi 
«Ahmad al-Farg‗oniy tavalludining 1200 yilligini nishonlash to‗g‗risida»gi Qarori 
milliy qadryatlarni targ‗ib qilish uchun muhim bo‗lishi bilan birga, tarixiy adolatni 
tiklash nuqtayi nazaridan ham g‗oyat xayrlidir. Bu qaror munosabati bilan 
Respublikamizning olimlari va tarixchi mutaxassislari Al-Farg‗oniy haqida ko‗plab 
maqolalar 
e‘lon 
qila 
boshladilar. 
Avval 
nashr 
qilingan 
A.Nosirov 
va 
X.Hikmatullayev, akademik A.Qayumov kitoblari uning hayoti va faoliyati yashagan 
davridagi muhit haqida yaxshi malumot beradi. So‗nggi paytda bu mavzularda 
ko‗plab maqolalar e‘lon qilinmoqda, ilmiy anjumanlar o‗tkazilmoqda.
Al-Ma‘mun va uning otasi Horun ar-Rashid tufayli IX asrda Arab xalifaligida 
olib borilgan siyosat bu davrda ilm-fan rivojlanishiga zamin yaratdi. Al-Ma‘mun 
tomonidan Bag‗doddagi ochilgan «Bayt ul-Hikma» akademiyasi esa jahon ilm-fan 
tarqqiyotiga munosib hissa qo‗shdi. Bu akademiyada ish olib borgan olimlarning esa 
ko‗pchiligi aynan vatandoshimiz ekanligi esa bizga yuksak g‗urur va iftixor 
bag‗ishlaydi. Hozirgi kunda mamlakatimizda bu allomalar nomini abadiylashtirish 
yo‗lida ko‗plab ishlar olib borilmoqda. Misrda poytaxti Qohirada esa vatandoshimiz 
Ahmad al-Farg‗oniy(miqyosi Nil – nilometr asbobini yaratganligi uchun)ning haykali 
bunyod etilganligi esa bu allomalarimizda faqat O‗zbekistonda emas, balki butun 
dunyoda munosib qadrlanayotganligidan nishonadir. Biz yoshlar esa mana shu 
allomalarimiz bilan faxrlangan holda ularga munosib izdosh bo‗lishimiz kerak.

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə