Samarqand davlat universiteti


Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yil)



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yil) 
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy – buyuk qomusiy olim va 
mashhur mutafakkir. Beruniy ilm-fanning deyarli barcha sohalari bilan shug‗ullangan 
allomadir. U Yaqin va O‗rta Sharqning boy fan madaniyatini puxta o‗rganib, qadimgi 
Yunoniston mumtoz ilmi bilan ham chuqur tanishib, yirik alloma bo‗lib yetishdi. U 
shoir, adabiyotshunos olim ham edi. Ona tili bo‗lmish xorazm tilidan tashqari yana 
arab, sug‗diy, forsiy, suryoniy, yunon, qadimgi yahudiy tillarini, shuningdek, 
Hindistonda sanskrit (qadimgi hind) tilini o‗rgandi. 
Beruniy ilm-fanning hamma sohalarida samarali ijod etib, 162 kitob va risolalar 
qoldirdi. Shulardan atigi 28 tasi bizgacha yetib kelgan. Hozirgi paytda allomaning 
«Qadimgi 
xalqlardan 
qolgan 
yodgorliklar», 
«Hindiston», 
«Geodeziya» 
«Ma‘danshunoslik», «Mas‘ud qonuni», «Munajjimlik san‘atidan boshlang‗ich 
tushunchalar», Ibn Sino bilan savol-javoblari nashr etilib, turli tillarga tarjima qilindi. 
Beruniyning tabiiy-ilmiy qarashlari muhim ahamiyatga ega. U astronomik kuzatishlar 
orqali Oy va Quyoshning tutilishi, ularning Yerdagi hayotiga ta‘siri, gidrogeologiya, 
iqlim, kalendar (taqvim) kabi o‗ta murakkab muammolarni yangi ilg‗or uslub va 
tamoyillar ko‗magida hal etishga e‘tibor qaratdi. Aholi manzillari, ma‘dan va metallar 
solishtirma og‗irligini belgilash, tabiiy va sun‘iy tanlanish g‗oyalari, olamlarning 
xilma-xilligi haqidagi bashoratlar, tajriba, sinov, kuzatuvga izchil munosabat Beruniy 
dahosining serjilo qirlari bo‗lib, uning buyuk qomusiy olim va mashhur mutafakkir 
ekanligini ko‗rsatib turibdi. 
Abu Ali Ibn Sino 
Sharq dunyosining buyuk daho olimi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-
Hasan ibn Ali ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‗ida tug‗ilgan. Uning otasi 
Abdulloh asli Balxdan bo‗lib, ibn Sino besh yoshga to‗lganda oilasi bilan Buxoroga 
ko‗chib keladi. Ibn Sino Arastuning «Mantiq» asarini, Oklidesning «Anosir»ini, 
Batlimusning «Al-Majastiy»sini shu buyuk zotdan o‗rganadi. Bunda oldinroq esa 
Ismoil ismli bir zotdan fiqh ilmidan tahsil ko‗radi. O‗n yoshidayoq «Qur‘on»ni yod 
olgan ibn Sino ustozlarini shoshirib qo‗yadigan zukko bola edi. Falsafa, mantiq, 
falakiyot, tabiiy va riyoziy ilmlar u juda yaxshi biladigan bilim sohalari edi. Bulardan 
tashqari, islom tarixini mufassal o‗rgandi.
Buxoro amiri Nuh ibn Mansur (970-997) og‗ir dardga chalinadi. Uni davolashda 
ibn Sino faol qatnashadi va buning evaziga u saroy kutubxonasida saqlanayotgan 
nodir kitoblardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‗ladi. 1002-yilda Xorazmga boradi. 
O‗sha davrning yirik madaniyat markazlaridan biri bo‗lgan Urganchda Ma‘mun 
akademiyasida faollik ko‗rsatadi. Abu Rayhon Beruniy singari buyuk olimlar bilan 


44 
hamkorlikda ishlaydi. Xorazmni Mahmud G‗aznaviy egallagach, Ibn Sino Gurgon 
amirligiga, u yerdan Ray, Qazvin shaharlariga o‗tib, so‗ng Hamadonga – buvayhiylar 
hukmdori Shamsud-davla xizmatiga (997-1021) kiradi. Hamadon amiri Shamsud-
davlani davolagan ibn Sino vazirlik darajasiga ko‗tariladi. Askarlar orasida sodir 
bo‗lgan isyon tufayli ibn Sino zindonga tushadi. Ammo Shamsud-davla 
kasallanganda zindonband etilgan buyuk tabib ikkinchi bor uni davolaydi va tag‗in 
vazirlikka tayinlanadi. Shamsud-davla vafotidan so‗ng uning o‗g‗li Samoud-davla 
taxtga o‗tiradi. Ibn Sino vazirlikda qolishni istamaydi. U Isfahon amiri Aloud-davlaga 
maktub yo‗llab vazifa so‗raydi. Bu xatti-harakati uchun Hamadon hukmdori ibn 
Sinoni zindonband qiladi. Oradan to‗rt oy o‗tgach, Isfahon amiri Aloud-davla 
Hamadonni bosib oladi va ibn Sinoni hibsdan ozod etadi. Tinimsiz ilmiy mutolaa, 
shaharma-shahar darbadarlarcha yurish, olimga nisbatan bir necha bor uyushtirilgan 
ta‘qib va zindonlar, albatta, uning salomatligiga ta‘sir etgan edi. Ibn Sino 1037-yilda 
(hijriy 428) 57 yoshida vafot etadi. Buyuk qomusiy olimdan juda katta meros qolgan. 
Turli 
manbalarda 
ulug‗ 
mutafakkirning 
falsafa, 
mantiq, 
ruhshunoslik, 
adabiyotshunoslik she‘riyat, musiqa, geologiya, mineralogiya, fizika, matematika
tibbbiyot, falakiyot va fanning boshqa sohalariga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlari qayd 
etiladi. Biroq bizgacha Ibn Sinoning faqat 242 ta asari yetib kelgan, xolos. Shundan 
80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga, 43 tasi tabobatga, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi 
ruhshunoslikka, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi falakiyotga, 1 tasi riyoziyotga, 1 tasi 
musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob ilmiga, 4 tasi adabiyotga, 8 tasi boshqa olimlar 
bilan bo‗lgan yozishmalarga tegishlidir.
Olimning falsafaga oid «Kitob ash-shifo» asarini o‗z davrining qomusiy 
asarlaridan desak mubolag‗a bo‗lmaydi. Unda mantiq, tabiiy fanlar, riyoziyot va 
ilohiyot bo‗yicha falsafiy g‗oyalar o‗z aksini topgan. Yana bir falsafaga oid yirik asar 
«Al-ishorot va tanbihot» (Ishoralar va tanbihlar) hisoblanadi. Unda falsafaning asosiy 
masalalari qisqacha bir tarzda bayon etilgan. Fors-dariy tilida yozilgan yirik falsafiy 
asarlardan biri «Donishnoma» (Bilim kitobi) dir. Ibn Sino bu asarida o‗zidan oldingi 
va o‗z davridagi tabiiy fanlar va falsafaning yutuqlaridan foydalangan holda shunday 
bir falsafiy asar yaratdiki, bu asar O‗rta asr Sharqidagi nazariy bilimlarning eng 
yuqori cho‗qqisiga ko‗tarildi. Ibn Sinoning tabobat ilmi bobida qoldirgan buyuk 
merosi, ayniqsa, katta tarixiy ahamiyatga egadir. Uning tabobatga oid asarlaridan 30 
tasi bizgacha yetib kelgan, shulardan asosiylari o‗zbek tiliga tarjima qilingan. Ulug‗ 
hakimning tabobatga oid shoh asari, albatta, «Kitob al-Qonun fit-tib» (Tib qonunlari 
kitobi) dir. Ibn Sino «Tib qonunlari»ni besh kitobga bo‗ladi. Ibn Sino tom ma‘noda 
Gippokrat qilgan ishlarni munosib davomchisi bo‗la oldi. U o‗zining «Tib qonunlari» 
asari bilan jahon tibbiyot ilmiga yetuk hissa qo‗sha oldi. Uning «Tib qonunlari» asari 
XVII asrgacha Yevropadagi tibbiyot institutlarida asosiy darslik sifatida 
foydalanilganligi esa Yevropa ibn Sino siymosi munosib tarzda qadrlanganligidan 
nishonadir. Ibn Sinoning nafaqat tibbiyotda, balki falsafa fani bo‗yicha yozgan 
asarlari ham muhim o‗rin tutadi. Ibn Sinoni tom ma‘noda Sharq falsafasining 


45 
asoschisi deyish mumkin. U o‗z asarlarida komil inson g‗oyasini juda aniq tarzda 
ochib bera oladi. Qur‘oni Karimdagi hayot haqidagi fikrlarni esa o‗z izlanishlari bilan 
isbotlab beradi. Ibn Sino aynan bizning diyorimizdan ekanligi bilan har qancha 
faxrlansak arziydi. 

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə