Samarqand davlat universiteti


IX-XII asrlarda ilm-fan rivojiga sabab bo‘lgan omillar



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

IX-XII asrlarda ilm-fan rivojiga sabab bo‘lgan omillar. 
Movarounnahr va Xorazmda IX-XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
taraqqiyotida yuz bergan ijobiy yutuqlar va mutaffakkirlar haqida gap ketganda, ana 
shu yutuq va mutaffakkirlarning asosiy omili va sababchisi bo‗lgan markazlashgan 
mustaqil davlatning vujudga kelganligini nazar-e‘tibordan qochirmasligimiz kerak, 
albatta. O‗z mavqeyi va tutgan o‗rni jihatidan xalqaro maydonda katta e‘tibor va 
nufuzga ega bo‗lgan somoniylar, qoraxoniylar, g‗aznaviylar – Tug‗rulbek, Sulton 
Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko‗ra oladigan davlat arboblari 
davrida har tomonlama rivojlanib, madaniy tarqiyotda muvaffaqiyatlarga erishdilar. 
Chunki bu hukmdorlar davrida mamlakat mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, 
osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi. Natijada moddiy ishlab chiqarish rivoj 
topdi, hunarmandchilik va savdo taraqqiy etdi, madaniyat gurkirab o‗sdi. Bu davrda 
«Buyuk Ipak yo‗li»ning o‗rni va ahamiyati oshdi, hunarmandchilik va savdo-sotiq 
rivoj topgan obod va ko‗rkam shaharlar vujudga keldi. Buni shundan ham bilish 
mumkin al-Muqaddasiyning yozishicha, (985-yilda yozgan) 830-933-yillarda 
Xorazmda 13ta shahar mavjud bo‗lgan bo‗lsa, yarim yildan so‗ng shaharlar soni 
33taga yetgan. Bular: Kot, Gardmon, Oyxon, Orzaxiva, No‗qfog‗, Mizdakxon, 
Jashira, Sadvor, Zardux, Borategin, Madmimiya (Jayxun daryosining o‗ng sohilida), 


36 
Jurjoniya, Raxushmison, Madanisan, Xiva, Kardaran, Hazorasp, Jigarband, Joz, 
Darg‗on, Jit, Kichik Jurjoniya, ikkinchi Jit, Safdor, Nuzvor, Zamaxshar, Ruzun, 
Vazirmand, Vaskaxankas, Andarosgonlardir. Muqaddasiyning so‗zlariga qaraganda
Xorazm aholisi aql-zakovatli, fikr ilmni egallagan ma‘rifatli kishilar bo‗lganlar. 
Xalifalik shaharlarida fiqh, adabiyot, Qur`onni o‗rganish sohasida shogirdi bo‗lmagan 
xorazmlik imom (bu yerda yirik olim ma‘nosida) kamdan-kam uchraydi. IX-XII asr 
ma‘naviy hayotida islom dini muhim o‗rin egallaydi. Bu davrda musulmon Sharqida 
keng tarqalib, jahon dini darajasigacha ko‗tarilgan islom dini va shariat musulmon 
dunyosining mafkurasiga aylandi. Movarounnahr aholisi o‗z e‘tiqodi va xat 
savodidan mahrum bo‗lib, islom dini qabul qilishga, shar‘iy ahkomlarini bajarishga, 
shuningdek, arab tili va yozuvini o‗rganishga majbur bo‗ldi. Ko‗p vaqt o‗tmay 
e‘tiqodli xalq o‗ziga yot bo‗lgan arab imlosida xat-savod chiqarishga kirishdi. 
Movarounnahr aholisining murakkab arab imlosini o‗zlashtirib, xat-savodli bo‗lishi 
uchun arabiy tilni mukammal o‗rganib, bu o‗zga tilda asarlar yarata oladigan olim va 
mutaffakkirlarning yerli xalq orasida yetishib chiqishi uchun qariyb bir yarim asr, 
ya‘ni besh avlodning umri sarf bo‗ldi. 
Shunday bo‗lsa-da, bu davr buyuk allomalar bilan bir qatorda islom 
ta‘limotining rivojiga ulkan hissa qo‗shgan Imom al-Buxoriy, Iso Termiziy va 
Mahmud Zamaxshariy kabi ulamolarni kamolotga yetkazdi. 
Movarounnahr va Xurosonda xalifalik hukmronligi tugatilib, mustaqil 
somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar, g‗aznaviylar va xorazmshohlar davlati qaror 
topgach, islom ta‘limoti, shariat ahkomlari va ilmu ma‘rifatga yanada e‘tibor 
kuchaydi. Markaziy shaharlarda qator masjid va madrasalar qad ko‗tardi. 
Manbaralardan ma‘lum bo‗lishicha, dastlabki madrasa Buxoroda X asrda shaharning 
Kovushdo‗zlar timi yaqinida bino qilingan. U Farjak madrasasi deb yuritilgan. XII 
asrda bu esa Buxoroning Darvoza mahallasida hatto qonunshunoslar uchun maxsus 
«Faqihlar madrasasi» qurilgan. Bunday oliy dorilfunun, asosan, islom dini 
ta‘limotining asosiy manbalari: Qur‘oni Karim, Hadisi sharif va arab tilining 
mukammal o‗rganishga katta e‘tibor bergan. Shariat ahkomlari har tomonlama chuqur 
o‗rgatishda «Tafsir» – Qur‘oni Karimning sharhlari juda boy va qimmatli manba 
hisoblangan. Fiqh fani (islom huquqshunosligi) axloq va shariat ahkomlari borasida 
mukammal ma‘lumot beradi. 
Islom dini ta‘limotining ravnaqi va targ‗ibotining kengayishida, ayniqsa 
Buxoro shahri markazga aylandi. Buxoro madrasalaridan juda ko‗p yetuk fiqhshunos 
olimlar, odil qozilar, zohid imomlar yetishib chiqadi. Shu boisdan Buxoro IX asrdan 
boshlab «Qubbat ul-islom» – «Islom dinining gumba‘zi» nomi bilan shuhrat topadi. 
Biroq hukmdor tabaqa mamlakatni idora qilishda imkoni boricha islom dinidan 
mafkuraviy qurol sifatida foydalanadi. Mafkuraning barcha sohalari islomga tobe 
qilinib, zardushtiylik e‘tiqodi qoldiqlariga qarshi shafqatsiz kurash olib boriladi. 
Mehnatkash aholi ustidan jabr-zulm zo‗rayib, har qanday hurfikrlilik ta‘qib ostiga 
olinadi. Buning oqibatida zahmatkash xalqning tashvish azobi ortib, hayoti g‗oyat 


37 
og‗irlashdi. 

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə