Samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

Tasviriy san’at.
Arab istilosidan keyin Markaziy Osiyoda paydo bo‗lgan 
Somoniylar va undan keyin paydo bo‗lgan Qoraxoniylar, G‗aznaviylar, 
Xorazmshohlar davlatlarining hukmdorlari o‗z saroy va qasrlari, mehmonxona va 
hammomlarni mavzuli va manzarali rasmlar va bo‗rtma tasvirlar bilan bezatilishiga 
e‘tibor berdilar. Bu tasvirlarda jang va ov manzaralari, qabul marosimlari va 
ziyofatlar, hokimlarning portretlari ishlangan. Jumladan, Mahmud G‗aznaviyning 
saroy devorlariga turli rasmlar, hukmdor va uning yaqinlari tasvirlari ishlangan, saroy 
devorlarida bo‗rtma tasvirlar bilan bezatilgan. G‗aznaviylar saroyi bezaklarida 
monumental haykaltaroshlik keng o‗rinni egallagan. Lashkari bozor saroyi relyeflari, 
gilamsifat bo‗rtma naqsh namoyondalari yuksak mahorat bilan ishlangan. 


34 
Mahmudning davomchisi bo‗lgan shahzoda Mas‘ud saroyi rasmlarida ishq-muhabbat 
mavzuyidagi rasmlar ishlangan bo‗lgan. IX-XIII asrlarda Markaziy Osiyo madaniyati 
va san‘atida haykaltaroshlik hali to‗liq siqib chiqarilmagan edi. Yozuv manbalarida, 
bu asrlarda keng maydonlarda haykallar bo‗lganligi haqida ma‘lumotlar bor. Lekin 
ular bizgacha saqlanmagan. Lekin shu davrdan boshlab, ijtimoiy hayotda rang va 
o‗yma naqqoshlik madaniyati va san‘ati keng o‗rinni egallay boshlagan. Naqqoshlar 
o‗z ijodlarida turli geometrik shakllardan tashqari, o‗simliklar, hayvon va qushlar 
tasviri bo‗lgan naqshlardan foydalanib kompozitsiyalar yaratganlar. Ularda davr 
kishilarining fikr-tuyg‗ulari ifodalangan.
Bu davrda amaliy san‘at yana jonlandi. Kulolchilik, shisha madaniyati va san‘ati, 
zargarlik rivojlandi. Buyumlarini turli tasvirlar bilan bezatish keng yoyildi. Bezak 
madaniyati va san‘atida keng jonivor va qushlar, afsonaviy hayvonlar tasviri 
ishlatildi. Buxorodagi Mag‗oki Attor masjidi, Termizdagi saroy bo‗rtma tasvirlari 
shunga misol qilib olish mumkin. Lekin ularda ayrim tasvirlar masalan, hayvonlar 
tasviri real shakllar ishlanganini inobatga olinmasa, ko‗p hollarda real borliq 
nihoyatda soddadashtirilgan va naqsh unsuriga aylantirilgan holda ishlangan. Real 
tasvir unsurlari yog‗och va tosh o‗ymakorligi madaniyati va san‘atida ko‗p uchraydi. 
Shunday o‗ymakorlik Zarafshon vohasida topilgan ustunga ishlangan naqshlarda 
ko‗rish mumkin. Unda o‗simliklar, hayvon va qushlar tasviri bilan qo‗shilib ketgan. 
Qush, baliq, hayvonlar soddalashtirilib ishlangan. 
Misgarlik, kandakorlik (torevtika) va metall quyish madaniyati va san‘ati ham bu 
davrda yuksaklikka erishgan. Katta naqshli mis qozonlar, turli satil va shamdonlar shu 
davrda yuksak badiiy buyum quyish madaniyati va san‘atidan dalolat beradi. Shu 
davrda katta va o‗rta kattalikdagi shaharlarda shishadan buyumlar yasash yo‗lga 
qo‗yilgan edi. Quldortepa (Samarqand yaqinida), Varaxsha(Buxoro yaqinida)da 
shishasozlik manzillari arxeologlar tomonidan ochilgan. Shishadan amaliy va pardoz 
buyumlari ishlangan. Ularning shakli har xil, oyoqli bakal, ko‗za, mayda idishchalar 
shuni dalilidir (shisha idishlar rasmi). Ko‗pgina shaharlar va qishloqlarda kulol 
ustaxonalari tashkil topdi. Ishlangan kulolchilik buyumlariga ishlov berish, amaliy, 
ko‗p hollarda oq fonga bo‗yalgan sopol buyum yuzalariga Qora-qizg‗ish-jigarrang 
bo‗yoqlarda tasvirlar ishlangan, kufiy yozuvida turli nasihat so‗zlari yozilgan. Bu 
davrda o‗yma koshinlar ishlash ham keng tarqalgan. Bunday o‗yma koshin va sopol 
buyumlar amaliyotda ishlatilgan, me‘morchilik majmulari bezatilishi ham shu yangi 
san‘at ishlatilgan. Samarqanddagi Ibrohim ibn Hasan (1186-1199), Termizdagi 
maqbara va saroylarda, Xorazmda qurilgan masjid shunday o‗yma sopol koshinlarda 
pardozlangan. 
Bu davr monumental-dekorativ madaniyati va san‘ati ko‗proq o‗ymakorlik va 
bo‗rtma naqqoshlik madaniyati va san‘ati sifatida namoyon bo‗ladi. Bu davrda 
qurilgan binolarning devorlari, ayniqsa, tashqi tomonlari sirli koshinlar hamda 
pishirilgan g‗isht yoki shakllar bilan bezatilgan. To‗qimachilik, borasidagi jiddiy 
yutuqlarga erishildi. 


35 
Arablar Xuroson, Movarounnahr va Xorazmni bosib olgach, hamma yerda 
bo‗lgani kabi o‗lkamizda ham qattiqqo‗llik bilan yurtni arablashtirish siyosati olib 
bordilar. Bu borada islom dini, Qur‘oni Karim ustalik bilan foydalanildi. O‗lkada 
islom dini bilan birga qatorda arab tili davlat tili, islom dini tili va fan tili darajasiga 
ko‗tarildi. Mahalliy tilda yozilgan asarlar yo‗q qilindi, yerli bilimdonlar quvg‗in 
ostiga olindi. Arab tilini, islom dini Qur‘oni Karimni yaxshi bilgan shaxslarning 
jamiyatdagi o‗rni, nufuzi oshdi. Natijada, ham hatto o‗z ona tiliga nisbatan arab tilini 
yaxshi bilgan tolibi ilmlar borgan sayin ko‗payib bordilar. Arab tili va islom dini 
bo‗yicha mukammal bilim va malakaga ega bo‗lganlar arab xalifaligining markaziy 
shaharlariga borib o‗qishni odat tusiga, an‘anaga aylantirdilar. Damashq, Qohira, 
Bag‗dod, Kufa, Basra va boshqa shu kabi katta shaharlarga Movarounnahr va 
Xorazmdan borib fan, madaniyat tarqqiyotiga o‗z hissasini qo‗shgan avlod-
ajdodlarimiz soni borgan sayin ko‗payib bordi. Xususan, bu borada Bag‗dod shahri 
Sharqning ilm-ma‘rifat markazi sifatida katta ahamiyat kasb etdi. IX asrda bu 
shaharda «Bayt-ul-hikma» («Donishmandlar uyi») – Sharqning fanlar akademiyasi 
tashkil etildi. Xuddi shunga monand X asr oxirlarida Xorazmda ham podsho Ma‘mun 
ibn Ma‘mun davri(995-997)da «Bayt-ul-hikmat» («Donishmandlar uyi») tashkil 
etildi. Urganch tashkil etilgan bu «Bayt-ul-hikma» – «Ma‘mun akademiyasi» 
(Xorazm akademiyasi) deb nomlanadi. Bag‗dod va Urganchdagi «Donishmandlar 
uyi»da o‗z vaqtida nomlari dunyoda mashhur ulug‗ alloma va mutafakkirlar tahsil 
ko‗rganlar. Ular orasida Ahmad Farg‗oniy, Al Xorazmiy, Beruniy, ibn Sino, ibn al-
Hammor, Abu Sahl Masihiy, ibn Iroq kabi ulug‗ va boshqa buyuk zotlarning nomlari 
bor.

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə