Samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

Me’morchilik.
Me‘morchilik madaniyati va san‘atida yangi tipdagi binolar
ijodiy g‗oyalar yuzaga keldi. Qurilishda pishiq g‗isht, alebastr, ganch kabi materiallari 
keng ishlatildi. Mehmonxonalar, istirohat bog‗lari qurilishi shahar qiyofasi va 
topografiyasining o‗zgartirib yubordi. Shahar hayoti rabotga ko‗chdi. Shu yerda 
shovqin va gavjum bozorlar paydo bo‗ldi. Savdo qatorlari yaqinida esa hunarmandlar 
jamoalari shakllana bordi. Shahriston atrofi gavjumlashib shahar madaniyati keng 
yoyilib bordi. Shahristonning muhim qismi ma‘muriy apparat, hokim saroyi, 
qamoqxona, masjid qurilib shaharning markazi vazifasini o‗tadi. Somoniylar 
davlatining poytaxti Buxoroda katta qurilish ishlari olib borildi. Kengaygan shahar 
mudofaa devori bilan mustahkamlanib, 11 darvoza orqali shaharga kirish yo‗llari 
belgilandi. Shaharda va undan tashqarida jamoat hamda turarjoylar ko‗plab qurildi. 
Bu qurilishlar asta o‗rta asr shahar me‘morchilik qiyofasini belgilay boshladi. Masjid 
diniy va madaniy markaz vazifasini o‗tadi. Bu yerda toat-ibodat bilan bir qatorda 
targ‗ibiy ishlar ham olib borildi. Masjidlar o‗rni va mazmuniga ko‗ra mahalla (guzar) 
masjidi, juma masjidi, bayram masjidi – namozgoh (iydgoh, musallo) hamda saroylar, 
madrasalar va karvonsaroylar tarkibiga kirgan masjidlar qurildi, ularning bezagi va 
hajmi shunga qarab belgilangan. Odatda, juma masjidlari shahar markazida ko‗rinarli 
joyda barpo etilib, hajm jihatidan katta bo‗lgan. Juma kunlari shahar ahli shu yerga 
to‗plangan, ibodat qilish bilan birga yangiliklardan xabardor bo‗lgan. Namozgohlar 
shahardan tashqarida qurilib uni bayram masjidlari deb ham yuritilgan. Masjid ichida 
qibla tomonda mehrob yonida minbar qurilgan. Namozgohga chiqish uchun minora 
ishlanishi ham shu davr mahsulidir. O‗quv dargohlari bo‗lgan madrasalar qurilishi 
ham jonlana boshladi. Sufizm vakillari yig‗ilishlari uchun mo‗ljallangan maxsus 
qurilma-xonaqohlar ham shu davrda keng yoyila boshladi. Xonaqohlar alohida yoki 
masjid va madrasalarda, ularning yaqinida qurilgan. Shunday xonaqohlar Samarqand, 
Buxoroda ko‗plab uchraydi. Savdo chorrahalarida Chorsu savdo gumbazlari, shahar 
darvozalari oldida esa karvonsaroylar hamda shahar va undan tashqarida maqbaralar 
qurilishi shu davr me‘morchiligini o‗ziga xos yangi yo‗nalishlari mahsuli edi. Bu 
qurilishda bezak madaniyati va san‘ati yutuqlari o‗z ifodasini topdi. Qurilishda xom 
g‗isht, paxsadan tashqari pishiq g‗isht va alebastr qorishmalaridan foydalanish ham 
muhim bo‗ldi. Uchli arka va toqilar ham me‘morchilik madaniyati va san‘ati 
o‗zgarishlarni belgiladi. Bu davrga kelib turarjoylar qurilishida ham jiddiy 
o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. Rejalashtirish asosida qurilgan turarjoy binolari kichik 
hovlilar atrofida qurildi. Shahardan tashqaridagi turarjoy binolari qo‗rg‗on tipida 
bo‗lib baland tepalik ustiga qurilgan. Tashqi devorlari esa gofrili bo‗lgan. Somoniylar 
davlatining muhim markazlaridan bo‗lgan Marvda shunday qal‘a qoldiqlari saqlanib 
qolgan. Bu davrda qurilgan binolar to‗rtburchak, kvadrat shaklida bo‗lib tepasi 
ravoqli yoki gumbazli bo‗lgan. Ma‘lumotlarga ko‗ra, shu davrda qurilgan qasrlar ikki 
qavatli bo‗lgan. Masjidlar to‗sin bilan yopilgan. 


32 
Bu davrga kelib qurilish texnikasi mukamallashdi, qurilishda pishiq g‗ishtning 
keng 
qo‗llanilishi 
me‘morchilikning 
murakkab 
kompozitsiyalarini 
yaratish 
imkoniyatini berdi. Egri ravoqli tomlar bilan bir qatorda, gumbazli binolar qurilishi 
ham keng yo‗lga qo‗yila boshlandi. Pishiq g‗ishtlarni turlicha terish natijasida bino 
devorlarining o‗ziga xos bezagini yaratishga intilish ortdi. Arka va yarmarkalar 
me‘morchilikda eshik, darcha, tokcha va taxmonlarda ishlatila boshlandiki, bular ham 
shu davr binolarining o‗ziga xos ko‗rinishida muhim rol o‗ynadi. Bu davrda 
naqshinkor mehmonxonalar, ko‗rkam istirohat bog‗lari hamda antiqa hovuzlar 
bunyod etildi. Shu davrlarda, hatto islom dini bilan bog‗liq bo‗lgan gumbazli 
masjidlar bo‗lganligi to‗g‗risida ma‘lumotlar mavjuddir. 
Davrning ajoyib me‘moriy qurilmasi bo‗lgan somoniylar maqbarasi haqli 
ravishda jahon me‘morchilik madaniyati va san‘atining nodir yodgorligi hisoblanadi.
Bu yodgorlik dastlab o‗zining soddaligi va tuzilishining aniqligi, nisbatlarining 
mutanosibligi va me‘morchilik shakl bezagining bir-biri bilan nihoyatda nafis 
uyg‗unlashib ketganligi bilan ajralib turadi. Maqbara asosi kvadrat bo‗lib, uning 
hajmi katta emas (7,20x7,20 m.), to‗rt tomonida nayzasimon arkali eshik mavjud. 
Maqbara tashqi tomondan tepaga biroz torayib boruvchi kub va uning ustiga 
o‗rnatilgan yarim aylana shaklidagi qozonni eslatadi. Binoning tashqi devor yuzasi 
pishiq g‗ishtning turlicha taxlanishi hisobiga badiiylashtirilgan. G‗ishtning goh yon, 
goh burchak qilib qo‗yilishi yuzada yorug‗-soya o‗yinini oshirib, uning 
xushmanzarali bo‗lishini ta‘minlagan. Bu yorug‗-soya o‗yini esa quyosh nurining 
o‗zgarishi bilan turlanib boradi va binoga har safar qaytarilmas joziba kiritadi. Bir oz 
mungli ko‗ringan bino abadiy uyqudagilar uchun sokin va mungli sukut 
saqlayotgandek tuyiladi. 
X asr oxiri XI asr boshlarida qurilgan Mir Said Bahrom maqbarasi ham kub-
gumbazdan tashkil topgan. Lekin, sodda ishlangan bir eshikli bu maqbaradan boshlab 
g‗ishtning bezak roli qisqara bordi. 
Raboti Malik karvonsaroyi XI asr barpo etitlgan. Bu binoning chekkasida 
minorasi pishiq g‗isht bilan kafelga o‗xshatib pardozlangan. Devor old tomon 
devorini yarim aylana ustun va arkali ishlanishi hamda peshtoqli darvoza qurilishi 
keyingi Movarounnahr me‘morchiligi rivojida muhim rol o‗ynaydi. Bu me‘morchilik 
VI-VIII asr mahalliy me‘morchilik va bezak madaniyati va san‘ati an‘analari asosida 
qurilgan yangi davrdagi rivoji edi. Bu davrda katta qurilishlar rivoji mavjud qurilish 
konstruksiyalarining o‗zgarishi va murakkablashishiga olib keldi. Bu o‗zgarishlar 
pishiq g‗ishtdan foydalanish bilan bog‗liq va gumbaz ravoqlarning xarakterida 
ifodasini topdi. Katta qurilishlar esa quruvchilarga talabni oshirdi. Hunarmandlar 
sexlari vujudga kela boshladi. Shogirdlik keng quloch yoya boshladi. Ayni shu davrga 
kelib, davriga xos bo‗lgan monumental me‘morchilik qurilmalarining tiplari yaratildi. 
To‗rt ayvonli kompozitsiya, ayniqsa, keng yoyildi. Raboti Malik (Buxoro) 
yodgorliklari old tomoni to‗rtburchakli nayzasimon arkali taxmonga o‗xshash peshtoq 
bilan kirish qismi boshlangan. 


33 
XI-XII asrda masjid qurilishi ham keng rivojlandi va uning o‗ziga xos tipi 
yuzaga keldi. Asosiy kvadrat shaklidagi gumbazli bino kompozitsiyalar Markaziy 
Osiyo yerlarida keng tarqaldi va mahalliy sharoitga qarab o‗ziga xos fazilat va 
ko‗rinish kashf etdi. Bu davrda peshtoq-gumbazli maqbaralar qurilishi ham rivojlandi. 
Masjidlar qurildi, ularda ham yangi uslub va yo‗nalishlar yuzaga keldi. XV asrda 
qurilgan Mag‗oki Attor masjidi Movarounnahr me‘morchiligida yangi uslubiy 
izlanishni boshlanishida turgan yodgorliklardan hisoblanadi. XI-XII asrda minora 
qurilishi ham keng odat tusini oldi. Markaziy Osiyodagi eng baland minora 
Buxorodagi Minorai Kalon yodgorligi bo‗lib uning badandligi 60 m.ga etadi. Bularda 
ham g‗ishtning badiiy imkoniyatlari ularning tashqi bezagini belgilashda muhim rol 
o‗ynagan. Aslida g‗isht minora yuzasi naqshini tashkil etuvchi birdan bir unsur bo‗lib 
qolgan. Ularning taxlanishi va turish holati hisobiga yuza o‗ziga xos ko‗rinish va 
latofat kashf etgan.
Jarqo‗rg‗on minorasi (1108-09 yillar) o‗ziga xos uslubda yaratilgan va xarakteri 
jihatidan avvalgi VI-VIII asr me‘morchilik uslubini davom ettiradi.
Bu minora usta Mahmud o‗g‗li Ali tomonidan qurilgan. Keyinchalik, shu 
Jarqo‗rg‗on minorasiga o‗xshash qurilma Dehlida (Qutb-Minor), Xurosondagi 
Minorali maqbarada o‗z aksini topgan. Bu minoralar rivojiga Markaziy Osiyo 
me‘morchiligi uslubini ta`siri borligini e`tirof etish kerak. Kalon masjid va uning 
ajoyib minorasi (1127) Markaziy Osiyo me‘morchiligida g‗ishtdan bezak berish, 
madaniyati va san‘atining yuksak namunasi sifatida mashhurdir. 
1196-1211-yillarda 
qurilgan 
Vobkentdagi 
minora nisbatlarining 
nozik 
topilganligi va nihoyatda yuqoriga intiluvchan ajoyib konussimon shaklining 
mustahkam va mag‗rurligi bilan xarakterlanadi. Quruvchi Sadr Burhonidin Abdulaziz
nomi minora bezak ichida yozib qoldirgan. Bu davrda marhumlar ruhini 
abadiylashtirishga qaratilgan maqbaralar qurilishi ham o‗ziga xosliklarni yaratdi. 
Ko‗hna Urganch(Xorazm)dagi Faxriddin Roziy va Tekesh maqbarasi o‗ziga xos 
xususiyatga ega. Garchi u Markaziy Osiyoda keng tarqalgan peshtoq-gumbazli 
kompozitsiya tipiga kirsa ham, qirrali barabanga o‗rnatilgan chodirsimon gumbazdan 
tashkil topgan. Turkmanistondagi peshtoq-gumbazli binolar bezatilishida g‗ishtning 
badiiy imkoniyatidan keng foydalanilgan. 

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə