Samarqand davlat universiteti


Kamoliddin Behzod (1455-1530)



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

Kamoliddin Behzod (1455-1530) 
O‗z mavqeyi jihatidan zodagonlar xonadoniga yaqin bo‗lgan Kamoliddin 
Behzodning Hirotda dunyoga keldi. Ota-onasidan juda erta judo bo‗lgan Behzod 
Alisher Navoiy xomiyligida kamol topdi. Shu yerda u dastlab xattot va musavvir 
Mirak Naqqosh qo‗lida tarbiyalanib undan tasviriyot va xattotlik sirlarini o‗rgandi. 
So‗ngra buxorolik musavvir Usta Jahongirning shogirdi Mir Sayid Tabriziy qo‗lida 
o‗qishini davom ettirdi va tezda mohir san‘atkor naqqosh va musavvir sifatida tanildi. 
U o‗z davrigacha bo‗lgan tasviriy san‘at sohasida erishilgan yutuqlarni mukammal 
egalladi va musavvirlikda yuksak insoniy fikrlar va boshqa ilg‗or g‗oyalar bilan 
sug‗orilgan hayotiy tasvirlari bilan shuhrati orta bordi. Behzod dastlab Alisher 
Navoiy, biroz keyinroq Husayn Boyqaro kutubxonasida ishladi. Shu davrdan Behzod 
she‘riy munozara va ijodiy majlislarda, anjuman va yig‗ ilishlarda qatnashdi, ishlagan 
tasvirlarini namoyish etib, fikr-mulohazalarni eshitdi. Behzodning saqlanib kelgan ilk 
asarlari, 1470-1490-yillarga to‗g‗ri keladi. Shu yillarda u doston va solnomalarga 
ko‗plab rasmlar ishladi. Shular ichida Shayx Sa‘diyning ―Bo‗ston‖(1475, 1488), 
«Guliston» (1495), Alisher Navoiy «Xamsa» (1485), Amir Xisrav Dehlaviyning 
«Xamsa» (1485), «Layli va Majnun» (1495), Ali Yazdiyning «Zafarnoma» (1490) 


57 
asarlariga chizgan suratlari bor. Ularda turli voqealar – maishiy hayot, jang va ov 
voqealari, shahzoda va malikalarning rasmlari ishlangan. 
Jumladan, Sa‘diy ―Bo‗stoni»(1488)ga Sulton Husayn Mirzo surati bazm paytida 
ishlangan. Bo‗stonga ishlangan suratlardan boshqa birida Eron shohi Doroning 
yilqichi sarbonlar qarshisidan chiqib qolishi tasvirlanadi. Unda Eron shohi Doro ov 
qilib yurib, o‗z sheriklaridan adashib qolganligi va qarshisidan yilqichi chiqib 
qolganligi ko‗rsatiladi. Kompozitsiya markazida qo‗llarini ochib oldinga cho‗zib 
turgan, qaddi behad bukchaygan keksa cho‗pon tasvirlangan. Uning atrofida tog‗lar, 
archazorlar, yashil o‗tloq va zilol suvi oqib turgan ariq, nasldor otlar, yilqichilar 
ko‗rsatilgan. Behzod bezagan Ali Yazdiyning «Zafarnoma»(1490) asari va ko‗pgina 
qo‗lyozmalarda turli tarixiy voqealar, jang holatlari, saroydagi qabul marosimi ham 
o‗z ifodasini topgan. Jumladan, uning masjid qurilishida asari shunday ishlardan. 
Rassom turli voqealar, tantanali qabul marosimlarini ishlaganida, kelgan turli 
mamlakat elchilari va saroy mansabdorlari tasvirlangan. Ular turli kiyim-libosda 
holatlari ular egallagan lavozimiga mos. Xiva qal‘asining Amir Temur qo‗shinlari 
tomonidan qamal qilinishini rasmi ham jonli. Amir Temur qo‗shinlarining Oltin O‗rda 
xoni To‗xtamish (1361-1395) bilan bo‗lgan jangi uning qurilish borasidagi faoliyati 
ham ―Zafarnoma‖dan o‗rin olgan. Shunday rasmlardan birida Bibixonim madrasasini 
qurish payti ko‗rsatilgan. Ustalar o‗z ishlari bilan band, ular turli holatlarda, pastda 
quruvchilarning bir qismi devor yuzasini qoplash uchun ishlatiladigan og‗ir marmar 
taxtalarni tashimoqdalar, boshqalari bo‗lsa g‗isht teruvchilar uchun loy 
tayyorlamoqdalar. Eng yuqorida qo‗lida bir shaklni ushlab turgan me‘mor ko‗rinadi. 
Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin nomidagi xalq kutubxonasida amir Xisrav 
Dehlaviyning ikki nusxada saqlanayotgan ―Layli va Majnun‖ dostoniga ishlangan 
suratlar ham Behzod qalamiga mansub. Unda Layli va Majnunning madrasada o‗qish 
paytini tasvirlaydi, u 1495-yili bajarilgan. Bu yerda ham binoning me‘moriy bezagi, 
naqshlar juda aniq va go‗zal ishlangan. Behzod tabiat manzarasini tasvirlashda o‗z 
davri uchun noyob mahoratini namoyon etgan. Kamoliddin Behzod portret 
madaniyati va san‘atida ham samarali ijod etgan. Uning Alisher Navoiy, Abdurahmon 
Jomiy, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Sulton Husayn Mirzo shuning dalilidir. 
Parijdagi shaxsiy kolleksiyada saqlanayotgan Sulton Husayn Mirzo portretida u 
shohona kiyimda tasvirlanib, uning barcha xislatlarini ifodalashga harakat qilingan. 
Qiyofasidan kuchli iroda, jismoniy quvvatga ega bo‗lganligi sezilib turadi. To‗ladan 
kelgan gavdasi, horg‗in yuzli, qisiqroq ko‗zi, uzukli nozik qo‗llari tasvirdagiga 
hukmdor umrining ko‗p qismi faqat maishat bilan o‗tganligida dalildir. Behzod Sulton 
Husayn Mirzoning ichki dunyosini va tashqi dunyosini ko‗rinishini real tarzda 
tasvirlay olgan. 
XVI asrning dastlabki yillari yaratilgan Behzod mo‗yqalamiga mansub 
suratlardan 
musavvirning 
yuksak 
kamoloti, 
shuning 
bilan 
birga, 
hissiy 
kechinmalarning murakkablasha boshlaganligi, ichki dunyosida paydo bo‗la 
boshlagan ruhiy mayuslikning aksi ko‗rina boshladi. Bu bejiz emas, albatta. Uning 


58 
buyuk murabbiysi va ustozi Alisher Navoiy (1501-yil, yanvar), Sulton Husayn Mirzo 
(1506-yil 5 may) vafot etishdi. Shundan keyin amirlar o‗rtasida boshlanib ketgan 
nizolar Muhamad Shayboniyxonga Hirotni osonlikcha qo‗lga kiritishga (1507-yil, 
may) yordam berdi. Ana shu notinchliklar Behzod ijodiga ham salbiy ta‘sir etmay 
qolmadi. Behzod Shayboniyxon xizmatiga o‗tdi. XVI asr boshlarida Behzod ijodida 
mazkur hodisalar chuqur o‗ychanlik, nozik lirik kechinmalarni ifodalovchi sahnalarda 
o‗z aksini topdi. Bunday suratlar Xisrav Dehlaviyning ―Layli va Majnun‖ dostonida 
mavjud. Behzodning Layli va Majnunning sahrodagi visol chog‗ini tasvirlovchi surati 
o‗rin olgan. Sahro Layli hijron azobi tufayli holdan toygan sevgilisining boshini 
avaylab tizzasi ustiga qo‗ygan. Inson azobiga tabiatdagi tinch hayot hamohangdek. 
Sahro qaridan o‗tgan zilol suvli ariq qirg‗oqlari turli-tuman gullar bilan qoplangan. 
Xarsang toshlar orasidan ko‗m-ko‗k butalar ikki oshiq sevgisi barhayotligiga 
guvohdek. Sahro hayvonlari: sher, qoplon, tog‗ bo‗risi, shog‗ol, tuya ikki inson 
yuragini g‗arq qilgan ulkan sevgi kuchi bilan sehrlangandek sukutda, ular dardiga 
sherik. Ruhiy kechinmalar ohangi ulkan mo‗yqalam sohibi tomonidan mohirona 
ochilgan. Behzod zamondoshlari bu rasmdan ko‗plab nusxa ko‗chirishgan, hatto shu 
manzara tasviri tushirilan gilamlar ham paydo bo‗lgan edi. Behzod o‗z davrigacha 
bo‗lgan tasviriy san‘at yutuqlarini qunt bilan egalladi va san‘atning mazkur turida 
realistik va insonparvar sifatida gavdalanadi. Shuning uchun ham Behzod asarlari 
ta‘sirning haqqoniyligi va jozibadorligi bilan kishiga zavq baxsh etadi. Behzod 
Shayboniyxon xizmatida bo‗lgan kezlari uning portretini ham ishladi. Tasvirda 
Shayboniyxon oyoqlarini chalishtirib bolishga (yostiqqa) suyangan holda ikki qo‗lini 
tizzasiga tirab allanimalar haqida o‗ylab yozishga tayyorlangan payti tasvirlangan. 
Uning kiyimlari oddiy, gavdasi pishiq, hiyla qorin solgan. Uning olidida turgan yozuv 
ashyolari: siyohdon, qalam, kitob Shayboniyxonning o‗qimishli bilimdon, har bir 
ishni puxta o‗ylab amalga oshiradigan shaxs sifatida tasvirlaydi. Asarda tasvirlangan 
qamchi esa uning qattiq qo‗lliligi, mohir chavandozligi ramzi sifatida idrok etiladi. 
Shayboniyxonning mazkur surati hozir AQShda shaxsiy kolleksiyada saqlanadi. 
Shayboniyxon 1510-yili Marv yonida Eron safaviylari qo‗shini bilan bo‗lgan 
jangda mag‗lub bo‗lib, o‗ldirilgandan keyin, Hirotni 1512-yili Eron shohi Ismoil 
Safaviy (1501-1524) bosib oldi. Shu bilan Hirot tasviriy san‘at maktabi o‗zining 
ilgarigi, temuriylar davridagi, mavqeyini yo‗qotdi. Behzod Tabrizga qochib o‗tdi. 
1520-1522-yili Shoh Ismoil farmoni bilan o‗z kutubxonasiga boshliq qilib tayinladi. 
Behzod hayotining so‗nggi yillaridagi shoh asarlaridan biri ikki tuyaning 
olishuvini aks ettiradigan suratdir. Uning ijodi Sharq xalqlari, ayniqsa, Markaziy 
Osiyo, Eron, Afg‗oniston, Ozarbayjon madaniyati va san‘ati rivojiga katta ta‘sir 
o‗tkazdi. Bu ta‘sirda uning ko‗p sonli muxlislari muhim o‗rinni egalladilar. Ular 
Behzod ijodini davom ettirib Sharq miniatura madaniyati va san‘atining keng 
qirralarini ochilishida yetakchilik qildilar 

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə