Samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/66
tarix14.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#102527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
2643676960570a1cc6fa1197d37256ea O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI

 
 
 
 
 
 
 
 



1-Mavzu: Qadimgi davr madaniyati va san’atining taraqqiyot bosqichlari 
Reja: 
 
1. Ibtidoiy davr san‘ati 
2. Antik davrda madaniyati va san‘ati 
3. Kushonlar davri madaniyati va san‘ati
 
Tayanch iboralar: 
Zarautsoy, Saymalitosh, Ko‗hitang, Sarazm, Sopollitepa, Jarqo‗ton, Afrosiyob,
Oybuyirqal‘a, Tuproqqal‘a, Jonbosqal‘a, ellinizm madaniyati, antik madaniyat, 
sinkritik madaniyat, buddizm, haykaltaroshlik, yozuv madaniyati, Kushon 
madaniyati, eski Termiz. 
O‗zbekiston hududida qadimiy ibtidoiy madaniyat tosh asrining ilk 
bosqichiga borib taqaladi va bu madaniyat oddiy mehnat qurollari – toshdan ishlangan 
chopqichlar sifatida paydo bo‗lgan. Tosh asrining yuqori bosqichiga kelib hozirgi 
zamon odam qiyofasi shakllandi, odamlar tabiiy g‗orlarni o‗zlashtira boshladilar, 
hayvonlar terisidan kiyimlar tayyorladi. Ular endilikda toshdan tashqari suyak, 
yog‗ochdan o‗zlari uchun kerakli buyumlarni yarata boshladilar, bigizlar paydo 
bo‗ldi. Bu davrga kelib olovning ixtiro etilishi odamlar jamoasini birlashishiga olib 
keldi. Odamlar yashaydigan joylarda esa mehnat qurollari yasaydigan ustaxonalar 
paydo bo‗la boshladi. Rassomlik, haykaltaroshlik, me‘morchilikning dastlabki 
ko‗rinishlari shakllana boshladi. Ibtidoiy odamlar o‗z mehnat va ov qurollarga, 
kundalik turmushda ishlatadigan buyumlarga turli belgi va chiziqlar chizib ularni 
go‗zalligini orttira boshladilar, o‗zlari uchun bezak-taqinchoqlar yaratishga harakat 
qilganlar. Obishir (Farg‗ona), Machoy g‗ori (Boysun)dan topilgan suyak bigizlar, turli 
taqinchoq-marjonlar, shuningdek ayol haykallari shu davr kishilari ―nafosati‖ 
dalilidir. 
Tosh asrining dastlabki rasmlari qoya tosh yuzalari, g‗or devor va shiplariga, 
suyak yuzalariga ishlangan. Ularda turli hayvon va qushlar tasvirini aks ettirilgan. 
O‗zbekiston hududida shunday tasvirlar Toshkent, Surxondaryo, Farg‗ona, Jizzax, 
Sirdaryo viloyatlarida saqlanib qolgan. Tasvirlar chaqa qilish (ya‘ni qattiq tosh bilan 
urib yuzada chuqurchalar hosil qilish), qattiq qurol bilan yuzani tirnash yoki chizish 
yo‗li yoki tabiiy bo‗yoqlar (rangli tuproqlar)ni mol yog‗i bilan aralashtirish asosida 
yuzalarga rasmlar ishlangan. Obirahmat, Xo‗jakent (Toshkent), Suratsoy, Saymalitosh 
(Farg‗ona), Zarautsoy (Surxondaryo), Takatosh (Jizzax) rasmlari mashhur. 
Zarautsoy rasmlarining boshlanishi paleolit davrining so‗nggi bosqichiga to‗g‗ri 
keladi. Dastlabki rasmlar alohida yoki bir necha hayvon tasviri ishlangan. Ibtidoiy 
rassom bu ishlarda o‗zini kuzatuvchan va ko‗rgan narsasini imkoniyati bo‗yicha to‗liq 
aks ettirishga intilgani holda juda oddiy va sodda shakllardan foydalanadi. Rassom 
hayvonlardan buqani xususiyatlarini yaxshi his etgan, ularning qudrati, kuchi va 
harakatdagi vaqtini ishonarli hamda haqqoniy tasvirlagan. Zarautsoy rasmlaridan ―Ov 



qilish‖ kompozitsiyasi birmuncha murakkab, mazmuni esa davr kishilari hayoti, 
yashash tarzi va fikr yuritish qobiliyatini namoyish etadi. 
Odamlar kuchli hayvonlarni ov qilishda o‗zlari uchun nafaqat kamon balki, 
himoyalanish, hayvon psixologiyasini bilgan holda uning oldiga niqobda yashirinib 
borishi mumkinligini ko‗rsatadi. Odamlar somondan pichan g‗aramini eslatuvchi 
niqob yasab olganliklari ularni hayvon oldiga yaqin borish imkoniyatini bergan. 
Ovchilarning ko‗rinib turgan oyoqlari esa ularning harakatini ko‗rsatsa, itlarning 
oldinga tashlangan oyoqlari shu harakatni yanada kuchaytiradi. Kompozitsiyada 
tasvirlangan buqa (novvos) xotirjam, baquvvat, lekin ziyrak o‗z yemishi bilan band. 
Bir qarashda sodda, oddiy bo‗lgan ana shu ibtidoiy san‘at davr mohiyati, inson 
tafakkuri rivojini bilishda nihoyatda katta ahamiyatli ekanliligi bilan qimmatlidir. 
Ijtimoiy hayotga keng ko‗lamda mis va bronzani kirib kelishi ishlab chiqarish 
vositalarining murakkablashishiga, kishilarning turmush kechirish imkoniyatlarini 
boyitishga olib keldi. Inson ma‘naviy jihatdan rivojlanishining yangi pog‗onasiga 
ko‗tarildi. Doston, xalq og‗zaki ijodi, qo‗shiqchilik, tasviriy amaliy san‘atning turli 
ko‗rinishlari rivojlandi. Me‘morchilik madaniyati va san‘ati, uning mahobatli turlari 
endilikda davr mohiyatini aks ettiruvchi san‘at turlarining yetakchi ko‗rinishiga 
aylandi. Bu rivojlanish odamlarning diniy tushuncha, o‗tganlar ruhi bilan bog‗liq 
holda bordi. Bu davr rassomchiligida hamon hayvonlar tasviri asosiy o‗rinni egallaydi 
va ular sharpa sifat holda tasvirlangan. Bunday rasmlar Toshkent viloyatining 
Xo‗jakent qoyalarida saqlanib qolgan. Bu davr haykaltaroshligi o‗zining 
rangbarangligi bilan xarakterlanadi, tosh, marmar, suyakdan haykallar ishlash, metall-
bronza, oltindan haykallar quyish, loyni kuydirib terrakota haykallar ishlash jarayoni 
keng tus oldi. Alohida bosh haykali, janrli kompozitsiya, turgan holdagi haykallar shu 
davrda ishlangan. Ko‗pgina haykallarning yuzaga kelishi davr taqozosi, shu davr 
badiiy madaniyatining yangi ravnaqi edi. Chunki quyma haykal yasash 
haykaltaroshdan o‗z g‗oyasini amalga oshirishda qator jarayonlarni amalga oshirish, 
dastlab g‗oyani materiallashtirish, ya‘ni shaklini yasab olish, so‗ng undan qolip olish 
va shundan keyingina qolipga kerakli metallni (bronza, oltin, mis) eritib quyish va 
nihoyat uni qolipdan chiqarib ishlov berish jarayonini ijodkordan aqliy ham jismoniy 
kuch talab etar edi. Shunday jarayonda amalga oshirilgan ko‗pgina buyum va 
haykallar bizgacha yetib kelgan 
Farg‗ona quyma topilmalar ichida ko‗proq amaliy bezak buyumlar keng o‗rinni 
egallaydi. Farg‗ona vodiysining Haq qishlog‗idan 1899-yili bir qancha bronza va 
kumushdan ishlangan buyumlar topildi. Shular ichida sigir sog‗ayotgan ayol haykali 
ishlangan to‗g‗nog‗ich muhim ahamiyat kasb etadi. Unda to‗g‗nog‗ich tepa qismida 
sigir sog‗ayotgan ayol tasvirlangan bo‗lib, sigir esa o‗z buzoqchasini erkalayotgani 
tasvirlangan.
Bronza davrida toshga ishlov berish, tosh, marmardan haykal yasash madaniyati 
va san‘ati ham rivojlandi. Farg‗ona vodiysidan topilgan, jumladan, qora toshdan 
ishlangan ikki boshli ilon tasviri bo‗lgan tumor mil. avv. II ming yillikda ishlangan 



deb taxmin qilinadi. Unda tosh sathi yaxshi ishlov berilgan silliq tanada oq 
chuqurchalar bo‗lib ularga oqish gips bilan ishlov berilgan, ko‗z va tishlari 
inkrustatsiya uslubida ishlangan va qimmat baho toshlar bilan to‗ldirilgan bo‗lishi 
mumkin. Marmardan ishlangan ―Qayiqdagi buqa‖, toshbaqa haykali, toshdan 
yasalgan erkak boshi haykali davr haykaltaroshlik namunasi sifatida e‘tiborga loyiq. 
Mil. avv. I ming yillikda janubiy O‗zbekistonning Mirshodi manzilidan topilgan qora 
toshdan ishlangan erkak boshi haykalida qattiq materialga ishlov berilib, katta 
shakllarda odam boshi xususiyatlarini ko‗rsatishga muyassar bo‗lgan. 
Bu davr sopol haykaltaroshligi – terrakotada betakror haykallar ishlandi. Odam, 
hayvon, qushlar, turli hayotiy voqealar shu haykallarda o‗z aksini topgan. 
O‗zbekistonning janubidan topilgan yodgorliklar ichida aravalar shaklining uchrashi 
shundan dalolat beradi. 
Markaziy Osiyo madaniyati va san‘ati tarixida mayda haykaltaroshlik, uning 
sopol haykaltaroshligi (terrakota) o‗ziga xos rivojlangan. Bu haykallar o‗z badiiy 
yechimi, kompozitsion holati va mavzusi bilan boshqa xalqlarning madaniyati va 
san‘atidan farqlanib turgan. Ayollar haykallarini ishlanish uslubi xarakterli bo‗lib, 
ular tasvirlanganda ikki qo‗li ko‗krak oldida yoki qo‗lsiz yasalib beldan pastki tomon 
kengaytirilgan holda ko‗rsatilgan, ayollar haykalining ikkinchi xili bir qo‗li ko‗kragi 
oldida, ikkinchisi pastga tushirilgan holda tasvirlangan. So‗g‗dda shunday haykallar 
ko‗plab ishlangan. Haykaltaroshlikning yana bir turi bu sopol idishlarga ishlangan 
odam va hayvonlarning shakllaridir. Relyef madaniyati va san‘ati keng o‗rinni egallab 
amaliy san‘at buyumlarini bezash ishlarida keng ishlatilgan. Turli ko‗za, xum kabi 
buyumlarning band va ayrim bo‗limlari hayvonlar, masalan qo‗y, sher shakliga 
o‗xshatib yasalgan. Muhr yuzasiga turli hayvon va parrandalar bo‗rtma tasviri 
ishlanishi ham haykaltaroshlik madaniyati va san‘ati turi va imkoniyatlarining 
kengligidan dalolat beradi. O‗zbekiston janubidan burgut, ilon, arslon tasviri 
tushirilgan muhrlar topilgan. Albatta, bu yodgorliklar bizga parchalarda yetib kelgan, 
lekin, ana shu parchalarning o‗zi san‘atkorning mahorati, davr g‗oyaviy-siyosiy holati 
haqida hikoya qiladi. Burgut, turli qushlar, yo‗lbars, sher bo‗rtma tasviri tushirilgan 
muhr parchalari shuning uchun ham qimmatlidir. 
Asta voqelikni keng qamrovli shartli shakllarda tasvir etish yanada ortdi. 
Xatirchi tumani Burgansoy rasmlari (mil. avv. II minginchi yillardan boshlanib, mil. 
avv. VI-I asrlargacha davom etgan) soya shaklida o‗yib ishlangan. Hayvonlar tasviri 
– tuya, ot, buqa, to‗ngiz, sher, bo‗ri, ov manzarasi hayotiy lavhalar ham Burgansoy 
rasmlari mazmunini tashkil etadi. 
Sulton Uvays tog‗ining shimoli-g‗arbiy etaklarida joylashgan qumtepalar 
Chilpik, Qoratepa va Beshtepadagi qoyatoshlar yuzasi nihoyatda turli-tuman rasmlar, 
aniqrog‗i o‗yma belgilar bilan qoplangan. Surxondaryo, Farg‗ona, Samarqand, Jizzax, 
Toshkent, Xorazm viloyatlarida shu davrlarga mansub yodgorliklardan Boysun, 
Termiz tumanlari, Angren va Chirchiq vohalari manzillari bir muncha keng 
o‗rganilgan. Bu tasviriy va amaliy – bezak madaniyati va san‘ati yodgorliklari



me‘morchilik majmualarini o‗z ishlanish uslubi tarixi (rejasi) bilan betakror san‘at 
asari sifatida e‘tirof etish mumkin. O‗rganilayotgan davr haqida gapirilganda 
rassomlik madaniyati va san‘atiga alohida to‗xtalish zarur. Chunki bu san‘atda 
avvalgi davr an‘analari yanada rivojlanganligini, mavzu kengayib kishilar hayotidagi 
o‗zgarishlar xususiyatlarini ko‗rish mumkin. Bu rasmlarning ko‗pchiligiga xususiyat, 
voqelikni umumlashma shartli shakllarda soddalashtirilganligida ko‗rinadi. Bu 
rasmlarda yovvoyi hayvonlar bilan birga ko‗plab uy hayvonlari tasvirini ham 
ko‗ramiz. Tog‗ echkilari, arxarlar, kiyiklarning alohida yoki to‗dada paytdagi 
ko‗rinishi aks ettirilgan tasvirlar sodda bo‗lishiga qaramay, hayvonlarga xos 
xususiyatlar, ularning gavda (tana) tuzilishi nisbatlari hamda hayvonlarning xatti-
harakati nihoyatda jonli va ifodali ishlangan. Shu o‗rinda Toshkent yaqinidagi 
Xo‗jakent qoya rasmlar, Farg‗onadagi Ayrimach tog‗ suratlari, O‗sh (Qirg‗iziston 
Respublikasi) yaqinidagi Surat-tosh rasmlarining muhimligini qayd qilish kerak. 
Mil. avv. II ming yillikda Surxondaryoning Sherobod daryosi havzasi, Qizilsuv, 
Bandixon soylari atrofida shakllangan madaniyat O‗zbekiston tarixida muhim o‗rinni 
egallaydi. Qadimgi dehqonchilik madaniyati markazlaridan Sopollitepa va Jarqo‗ton 
manzilgohlari ushbu madaniyat xususiyatlarini o‗rganishda muhim o‗rin egallaydi. 
Sopollitepa madaniyati katta qishloq jamoasi tarzida qurilgan bo‗lib uning ichida 
turarjoylar, xo‗jalik va hunarmandlik, diniy qurilmalar mavjud bo‗lgan va ular 
ko‗chalar bilan bir-biridan ajratilgan. Sopollitepa jamoasi sodda dehqonchilik bilan 
shug‗ullangan va sun‘iy sug‗orish ishlarini yo‗lga qo‗yilgan. Qo‗rg‗on ichida 
kulolchilik ustaxonasida xo‗jalik uchun zarur bo‗lgan idishlar ishlab chiqarilgan. 
Ushbu madaniyatda san‘at, ayniqsa, kulolchilik va metall quyish (bronza nazarda 
tutiladi) yuqori bo‗lgan. Turli ko‗zgu va uy anjomlar badiiy bo‗lishiga rassom katta 
e‘tibor bergan. 
Sopol ko‗zalarning bandlari odam shaklini eslatuvchi haykallar bilan bezatilgan 
bo‗lgan. Bu yerda bronzadan turli kosmetika uchun idishlar ishlab chiqarilgan. 
Sopollitepadan topilgan kulolchilik yodgorliklari, sopol idishlari deyarli bezaksiz 
va o‗z shakli rangbarangligi, nisbatlarining o‗ziga xos nafisligi hamda loydan nozik, 
yupqa va yengil idishlar yarata olish xususiyati shu davr ustalarining yuksak 
mahorati, sopolsozlik texnologiyasini chuqur o‗zlashtirganliklaridan dalolat beradi. 
Farg‗ona vodiysining Chust manzilgohida ham mil.avv. II ming yillikda o‗ziga 
xos madaniyat shakllangan va o‗tov tipidagi uylar qurilgan. Qurilishda loy ishlatilgan, 
odamlar yashaydigan manzillar atrofi qalin devor bilan aylantirib o‗rab chiqilgan. 
Kulolchilik rivojlangan bo‗lib, ko‗za, kosa, xum kabi sopol idishlar ishlanib ularning 
yuzasiga qora bo‗yoqda sodda geometrik naqshlar bilan ishlangan. Ayrim sopol 
idishlar yuzasiga naqshlar o‗yib yoki qirib (tirnab) ishlangan. 
Xorazmning Tozabag‗yob, Suvyorg‗on, Amirobod madaniyatida sopol buyumlar 
yuzasini sir (glazur) bilan qoplash boshlanganligini ko‗rish mumkin. Tasviriy 
san‘atda borliqni - qush, hayvon va boshqa jonivorlarni o‗ziga o‗xshatib ishlashdan 
ko‗ra, ko‗proq shartli shakllarda tasvirlash jarayoni ilk temir davriga kelib yanada 



ortdi. Inson abstrakt fikr yuritish, tasavvur qilish va ularni tasvirlash, inson 
tafakkurining rivojlanishi badiiy ijod rivojining boshlanish yo‗lini ocha bordi. Shuni 
ta‘kidlash kerakki, inson tafakkuri rivoji abstrakt fikr yuritish bilan bog‗liq. Abstrakt 
fikr yuritish, san‘atning boshqa turlarini, jumladan, naqsh madaniyati va san‘ati 
rivojida muhim bo‗ldi, haykaltaroshlik madaniyati va san‘ati imkoniyatlarini oshirdi. 
Markaziy Osiyoda diniy tushunchalarning rivojlanishi, diniy e‘tiqod va 
tushunchalar tarixiga to‗xtaladigan bo‗lsak, u bizni uzoq o‗tmishga yetaklaydi.
Ibtidoiy davrda diniy tushunchalar magiya, totemizm, animizm tasavvurlari paydo 
bo‗lgan. Diniy tasavvurlar, o‗lganlar ruhi tushunchalari aniq ashyoviy dalillarda o‗z 
aksini topgan. Teshiktosh g‗oridan arxeologlar turli tosh qurollar bilan birga chamasi 
8-9 yoshli o‗g‗il bolaning suyak qoldiqlari va uning atrofiga aylantirib qo‗yib 
chiqilgan tog‗ echkisi shohlarining topilishi muhim voqea bo‗ldi. Bu topilma 
Markaziy Osiyoda juda qadim davrlardayoq dafn marosimi va u bilan bog‗liq diniy 
tushunchalar shakllana boshlaganidan dalolat beradi. O‗lgan odam yoniga turli 
buyumlar qo‗yish, marhum ko‗milganda uning yoniga hayotlik vaqtida ishlatgan
sevgan buyumlarini ham birga qo‗shib ko‗mish odati jamiyat rivojlanib borgani sari 
murakablashgan. Diniy tushunchalarni keng mushohadali falsafiy tus olib ko‗p 
dinlilik va ko‗p xudoga sajda qilish, asta-sekin yakka ilohga sajda qilishga aylana 
bordi. Yangi-yangi dinlar yuzaga kela bordi.
Ana shunday yirik dinlardan biri Zardushtiylik dini edi. Mil. avv. VII asrda 
shakllangan bu diniy ta‘limot odamlarning turmush tarzi, urf-odatiga ta‘sir etdi, san‘at 
va madaniyatning xarakterida o‗z ifodasini topdi. Zardushtiylik bilan bog‗lik 
me‘morchilik majmualari, odamlar yurish-turish, kiyinishda din talabi va ta‘siri 
bo‗ldi. Zardushtiylik dini me‘morchilik, amaliy va tasviriy san‘atda ham o‗z aksini 
topgan. Zardusht diniga binoan suv, havo, yer, olov muqaddas bo‗lib, olov esa 
tozalovchi, poklovchi ilohiy kuch hisoblangan. Ana shu otashparastlik dini uchun 
muqqadas olov uylar qurilgan. Bu uylarda olov doim yonib turishi uchun uni 
qo‗riqlab, yaxshi hid tarqatuvchi giyohlar tashlab turishgan. Olov uylari-
ibodatxonalar qurilishi, uning ichki bezagi, marosim bilan bog‗liq turli buyum va 
anjomlar ishlandi. 
Samarqand yaqinida ochilgan arxeologik topilma asosida yaratilgan, aniqrog‗i 
ishlab chiqilgan olov uyi ko‗rinishi teppaga kichrayib boruvchi to‗rtburchak 
shakllardan tashkil topgan bo‗lib, uning tepasida tutun chiqishi ko‗rsatilib, uning ichki 
xonasida muqaddas olov yonib turganligini bildiradi. Har bir shahar va qishloqda 
shunday olov uylari bo‗lib, ularda muqaddas olov saqlangan. Jarqo‗tondan topilgan 
olov uyi shularning dastlabkisidir. Bu ibodatxona zardushtiylik dini arafasida qurilgan 
deb hisoblanadi. Xorazmdagi Jonbosqal‘a, Buxoro, Samarqanddan topilgan olov 
uylari qoldiqlari ham yuqoridagi fikrni isbotlaydi.
Zardushtiylik ta‘limotiga ko‗ra, odamlar o‗lgandan keyin uning jasadini yerga 
ko‗mish gunoh hisoblangan. Shuning uchun odam o‗lgandan keyin uning jasadini 
maxsus tepalikka olib borib qo‗yishgan. Bu tepalik odamlar yashaydiga joydan 


10 
uzoqda joylashgan bo‗lib, tepalikda esa turli itlar, burgut, yovvoyi qushlar odam 
go‗shtini yeb uni suyakdan ajratib bergan. Yomg‗ir esa suyakni yanada tozalagan. 
Quyosh esa uni obdon quritgan. Shundan so‗ng tepalik atrofida yashovchi odamlar 
suyaklarni yig‗ib, sopoldan yasalgan idishchalarga solib, ko‗p hollarda marhumning 
o‗z uyiga ko‗milgan. Bu idishlarni ostadonlar yoki ossuariylar deb atashgan. 
Ostadonlar shakli turli-tuman bo‗lib, asosi to‗rtburchak shaklida, qopqog‗i esa turli 
shakllarda, hatto odam boshi yoki qomati shaklida xumga o‗xshatib, ba‘zan o‗tirgan 
odam shaklida yasalgan. Ostadonlarning yuzlariga esa bo‗rtma tasvirlar ishlangan 
yoki rasm chizilgan. Bu tasvirlarda o‗sha davrlardagi odamlar urf-odati, a‘za tutish 
voqealari aks ettirilgan. Bunday ostadonlardan biri Samarqand viloyatidagi 
Mullaqo‗rg‗onda ochilgan. 
Bu ostadonning tashqi tomonida bo‗rtma tasvir bo‗lib, unda yonib turgan olovga 
ikki tomondan odamlar o‗tin, yoqimli hid tarqatadigan giyohlar tashlab turgan vaqti 
tasvirlangan. Ular og‗izlarini maxsus bog‗lagich bilan berkitib olganlar, chunki olov 
muqaddas, unga hatto odamning nafasi ham tegmasligi kerak. Olovning alangalari 
chiroyli va tartibli qilib ishlangan shakli, keyinchalik bezak madaniyati va san‘atida 
keng ishlatila 
boshlangan. 
Oqtepa (Toshkent) yodgorligi ham shu davrning muhim yodgorligidir. 
Burchaklari minoralarga ega bo‗lgan bu qo‗rg‗on ikki qavatli bo‗lib, uning, asosan, 
burchaklaridagi xona va tokchalarining usti berk bo‗lgan. Bu ibodatxona shahardan 
tashqarida bo‗lib, katta marosim va tantanalar uchun foydalanilgan. Bu ibodatxona 
VIII asrda arablar yurishidan keyin tashlandiq xolga kelgan bo‗lsa ham, otashparastlar 
bu yerdan uzoq foydalanishgan va ostadonsiz dafn marosimlari o‗tkazilgan. 
Zardushtiylik dini jahon dinlarining qadimiysi bo‗lib, ming yildan ortiq vaqt 
mobaynida ko‗pgina Sharq xalqlarining asosiy dinlari bo‗lib keldi. Markaziy Osiyo, 
Eron, Ozarbayjon xalqlari islom diniga qadar shu dinga e‘tiqod qildilar. Hatto, islom 
kirib kelgandan keyin ham bu din uzoq vaqt mavqeyini saqlab kelgan.
Mil. avv. V asrdan boshlab bir qator shaharlar paydo bo‗ldi, hunarmandchilik 
rivojlandi va shaharsozlikda silijish ro‗y berdi. Eski shaharlar qaytadan tiklandi, yangi 
shaharlar vujudga kela boshladi. Baqtra, Aorn, Kiropol, Nautaka, Maroqand, 
Ko‗zaliqir, Erkqal‘a, Qal‘aliqir shu davr yodgorliklaridandir. Ko‗zaliqir qal‘asi 
ko‗proq uchburchakka yaqin bo‗lib, uning maydoni qalin devor bilan o‗rab chiqilgan. 
Qal‘aliqir qal‘asi reja asosida ishlangan. Uning to‗rtburchak maydonini qalin devor 
bilan mustahkamlangan. Mil. avv. VI-IV asr Markaziy Osiyo me‘morchiligi haqida 
Ko‗zaliqir, Qal‘aliqir, Erkqal‘a me‘morchilik ansambllarining qoldiqlari taassurot 
beradi. Bu me‘morchilik ansambllari avvalgi davr an‘analarini davom ettirish asosida 
yuzaga kelgan. Ular qalin devor bilan o‗rab chiqilgan, darvoza va minoralari mavjud 
bo‗lgan. Qal‘alarning markazida sun‘iy tepalik bo‗lib, unda saroy yoki ibodatxona 
joylashgan. Saroylar uchun ishlatilgan ustunlar ko‗p hollarda kapitellar bilan 
tugallangan. Ushbu me‘morchilik namunalarining ilk namunasi Xorazmdagi 
Qal‘aliqir saroy qoldiqlaridir. Saroyning asosiy qismi kvadratga yaqin bo‗lib (75X80 


11 
m) unga sharq va janubdan hovlilar tutashgan. Shu hovlilarning so‗nggisida binoga 
kirish uchun mo‗ljallangan asosiy darvoza bo‗lgan. Saroy xonalari esa, odatda, ichki 
ikki hovli atrofida joylashgan. Saroy tomlari tekis qilib yopilgan. Ustunlar uzun 
to‗sinlarga mustahkamlik bergan va tayanch vazifasini o‗tagan. Bino ustunlari tepaga 
kichrayib boruvchi to‗rtburchak va aylanalardan tashkil topgan tagkursiga o‗rnatilgan 
bo‗lgan va ular toshlardan ishlangan. Ustunlar esa yog‗ochdan ishlangan bo‗lib, uning 
kapiteli haykalga o‗xshatib ahamoniylar kapitellaridan andoza olingan holda 
ishlangan. Bu davrda binolarni rejalashtirib qurish, uni haykal va haykalchalar bilan 
bezash odati yoyildi. Xorazmdan topilgan kapitel o‗z xarakteri jihatidan 
ahamoniylarning Persepol va Suza saroylarida qo‗llanilgan kapitellardagi uslub – ikki 
tomonga qarab turgan buqa boshi(Suza kapiteli)ga o‗xshab ketadi. Qal‘aliqir saroy 
rejasi va ko‗rinishi, ustunlarning xarakteri bevosita Ahamoniylar me‘morchiligini 
eslatadi. 

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə