Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti marketing kafedrasi



Yüklə 196,46 Kb.
səhifə3/8
tarix22.03.2024
ölçüsü196,46 Kb.
#183128
1   2   3   4   5   6   7   8
Cho\'tboyev Jaloliddin

Kurs ishining predmeti: Bu kurs ishining predmeti pandemeya sharoitida elekton tijoratning va electron platformalarni rivojlantirish jarayonini o’rganish, bu jaayonda foydalaniladigan usullar va bosqichlarni tahlil qilish. Bu usullar orqali kopmaniyaning istiqbollarini pragnoz qilish.
Kurs ishining obeketi: Tadqiqot ob'ekti Amzaon kompaniyasi
Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi tarkiban kirish, 4 ta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati, shuningdek, ilovalardan iborat. Ishning tarkibi uning maqsadi va yoʼnalishlarini ifodalaydi.
1. Raqamli iqtisod davrida elektron tijorat tushunchasi va uning ahamiyati

Raqamli iqtisodiyot – bu innovatsion gʻoya. Ushbu fikr Jahon banki tomonidan 2016-yil “Jahon taraqqiyoti haqida ma’ruza – 2016: raqamli divi-dendlar” ma’ruzasida ma’lum qilingan. Ushbu tad-qiqot xulosalari mamlakatlar iqtisodiyotini rivoj-lantirishda raqamli iqtisodiyotning naqadar dolzarb va muhim masala ekanligini koʻrsatadi. Xususan, Internet tezligining 10 foizga oʻsishi mamlakat YaIMning oʻsishiga ham ta’sir qiladi. Rivojlan-gan davlatlarda bu koʻrsatkich 1,21 foizni tashkil etsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 1,38 foizga teng. Demak, Internet tezligi 2 baravar oshadigan boʻlsa, YaIM hajmi 13–14 foiz ortishiga erishish mumkin.2



Raqamli iqtisodiyot tarkibiga elektron huku-mat, elektron biznes, elektron kommersiya, raqamli iqtisodiy munosabatlar, raqamli banklar, raqamli ar-xivlar, virtual korxonalar, kriptovalyutalar – elektron pullar, ijtimoiy tarmoqda marketing xizmatlaridan foydalanish, blokcheyn texnologiyasini joriy etish, korxonalarning raqamli “choʻntak”lari, raqamli di-videndlar va boshqalar kiradi.Raqamli iqtisodiyot yoʻnalishlari bigdata, sun’iy intellekt, blokcheyn, kvant texnologiyalari, ishlab chiqarish texnologiyalari, sanoat Interneti, robototex-nika, simsiz aloqa, virtual reallik kabilardan iborat. Elektron tijorat – bu kompyuter tarmoqlari yor-damida amalga oshiriladigan barcha moliyaviy va savdo operatsiyalarini va shu kabi operatsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan biznes jarayonlarini oʻz ichiga olgan iqtisodiyot sohasi hisoblanadi


2. Elektron tijoratga quyidagilar kiradi:
Elektron ma’lumot almashish (Electronics Data Interchange, EDI);
Elektron kapital harakati (Electronic Funds Transfer, EFT);
Elektron savdo (inglizcha e-trade);
Elektron pullar (e-cash);
Elektron marketing (e-marketing);
Elektron bank (e-banking);
Elektron sugʻurta xizmatlari (e-insurance).
Elektron tijoratning birinchi tizimlari va usul-lari sotishni avtomatlashtirish texnologiyalari pay-do boʻlishi va korporativ resurslarni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimlarning joriy qilinishi bilan bogʻliq
1960-yilda Amerikaning American Airlines va IBM kompaniyalari parvozlarni bron qilish uchun avtomatlashtirish tizimini yaratishga kirishdilar. SABRE (Semi-Automatic Business Research Environment), ya’ni Yarim Avtomatik Tadqiqot Atrof-muhit tizimi oddiy yoʻlovchilar uchun havo qat novini yanada arzonlashtirib, ularga doimiy ravishda oʻsib borayotgan parvozlar va parvoz tariarini boshqa-rishda yordam bergan. Oʻrindiqlarni bron qilishda tariarni hisoblash jarayonini avtomatlashtirish tufay-li xizmatlar narxi pasayib, yoʻlovchilar tashish hajmi ortgan4. American Airlines va IBM oʻrtasidagi qoʻsh-ma loyiha elektron tijoratning birinchi namunasidir.
1971-yilda Stenford universiteti va Massachusets texnologiya instituti talabalari Stenford sun’iy intel-lekt laboratoriyasining ARPANET kompyuter tar-mogʻidan foydalanib, marixuanani sotishni tashkil etishgan. Keyinchalik, ushbu bitimlar birinchi onlayn oʻtkazmalar, elektron tijoratning boshlanishi deb hi-soblangan.
1979-yilda Maykl Oldrich birinchi onlayn xarid qilish tizimini taqdim etgan.
1981-yilda biznes uchun birinchi onlayn xarid qi-lish tizimi Thomson Holidays UK tashkil etilgan.
1982-yilda Minitel France Télécom tomonidan butun mamlakat boʻylab taqdim etilgan va onlayn buyurtmalar uchun foydalanilgan.
1983-yilda Kaliforniya shtati assambleyasi Vul-kan shahrida (Kaliforniya shtati) birinchi “elektron tijorat” tinglovini oʻtkazgan8.
1995-yilda Jef Bezos Amazon.comni ishga tushirgan va birinchi 24 soatlik reklamasiz Radio HK va NetRadio radiostansiyalar ish boshlagan. eBay dasturchi Per Omidyar tomonidan AuctionWeb nomi bilan yaratilgan. Toʻrt yildan soʻng Xitoyda Alibaba Group tashkil etilgan. 1997-yilda 149 ming AQSh dollariga tashkil etilgan Business.com eCompa-niesga 7,5 mln. dollarga sotilgan. Huddi shu davrda Napster-dan peer-to-peer dasturi ishga tushirilgan. ATG Stores Internet orqali uy bezak buyumlari sav-dosini boshlagan. 2001-yil dekabr oyida Alibaba.com rentabellikka erishgan. 2002-yilda eBay PayPal-ni 1,5 mlrd. dollarga sotib oldi9.Amazon.com 2003-yilda oʻzining birinchi yillik daromadini e’lon qildi.2004-yilda B2B onlayn-tranzaksiyalari boʻyicha birinchi xitoy platformasi DHgate.com yaratilgan va bu boshqa B2B saytlarini “sariq sahifalar” modelidan ketishiga sabab boʻlgan10.2007-yilda Business.com saytini R. H. Donnelley 345 mln. dollarga sotib olgan.2015-yilda Amazon.com AQShga qariyb 500 mln. SKU sotish orqali elektron savdo oʻsishining yarmi-dan koʻpini tashkil etgan.

2017-yilda dunyo boʻylab elektron tijorat chakana savdosi 2,36 trln. dollarga yetgan va 2016-yilga nis-batan 14,8 foizga oʻsgan (1-rasm).Soʻnggi 20 yilda Internet tarmogʻidan foydalanuv-chilar sonining jadal koʻpayishi, ijtimoiy tarmoq lar va boshqa interfaol onlayn platformalar ta’sirining kucha-yishi, elektron toʻlov tizimlarining dinamik rivojlanishi va yetakchi bozor ishtirokchilarining elektron tijorat uchun yangi texnologik platformalarga oʻtishi tufayli elektron tijorat bozori dinamik ravishda rivojlanmoqda12. (Web 1.0 dan Web 2.0-ga, soʻngra Web 3.0-ga)Elektron tijorat shakllari. Elektron tijorat iste’molchilarning maqsadli gu-ruhiga muvofiq bir nechta toifalarga ajratiladi. Quyida ularning tasnifni koʻrib chiqamiz. 1. Elektron tijorat tasnianishi: Tijorat tashkilotlari:
B2B (Business-to-Business) – “tijorat tashki-lotlari oʻrtasidagi munosabatlar”;
B2C (Business-to-Consumer) – “tijorat tash-kiloti va iste’molchilar oʻrtasidagi munosabatlar”;
B2E (Business-to-Employee) – “tijorat tashkilot lari va xodimlar (ishchilar) oʻrtasidagi mu-nosabatlar”;
B2G (Business-to-Government) – “tijorat tashkilotlari va hukumat oʻrtasidagi munosabat- lar”;
B2O (Business-to-Operator) – “tijorat tash-kilotlari va aloqa operatori oʻrtasidagi munosabat- lar”
C2C elektron tijorat iste’molchi mahsulotni toʻgʻridan-toʻgʻri sotganda paydo boʻladi. Bu, ayniqsa, soʻnggi oʻn yil ichida koʻzga koʻringan saytlardan biri. Depop, gumtree va shpock kabi saytlar oʻzlarining nomlarini ulkanlashtirdi. 1995-yilda tashkil topgan eBay hali ham bozorning yetakchisi boʻlib, undan ke-yingi oʻrinda 2005-yilda tashkil etilgan Etsy bormoqda.
Iste’molchining biznes modellari elektron tijo-ratda biroz kamroq uchraydi, bu iste’molchi kom-paniyaga pul sotganda yoki unga pul kiritganda sodir boʻladi.
Oʻz biznesini moliyalashtirish uchun kraudsour-sing yoki Kickstarter kompaniyasidan foydala nadigan kompaniyalar C2B toifasiga kiradi.
B2A turdagi elektron tijorat kompaniyalar va hu-kumat oʻrtasida onlayn ravishda tranzaksiyalar amal-ga oshirilganda yuzaga keladi. Ushbu sohada ijtimoiy ta’minot, ish bilan ta’minlash va huquqiy hujjatlar kabi turli xil xizmatlar taqdim etiladi. Soʻnggi yillar-da elektron hukumatga sarmoyalar koʻpayishi tufayli ushbu elektron tijorat turi koʻpaymoqda.
C2A elektron tijorat turi jismoniy shaxslar va hu-kumat oʻrtasidagi barcha operatsiyalarni oʻz ichiga oladi. Bunga bir nechta misollar keltirish mumkin:
ta’lim – axborotni nashr etish va tarqatish, masofaviy oʻqitish;
soliq – soliq deklaratsiyasining shakllari va toʻlovlari;
sogʻliqni saqlash – tibbiy xizmatga toʻlovlar, uchrashuvlar.
Elektron tijoratda logistika asosan buyurtmalarni bajarish bilan bogʻliq. Onlayn bozorlar va chakana sotuvchilar buyurtmalarni bajarish va tovarlarni yet-kazib berishning eng yaxshi, eng qulay usulini topish-lari kerak. Kichik kompaniyalar, odatda, oʻzlarining logistika operatsiyalarini nazorat qiladilar, chunki ular qoʻshimcha kompaniya yollash imkoniyatiga ega emas. Aksariyat yirik kompaniyalar pudratchilarni yoki kompaniyaning logistik ehtiyojlarini qondiradi-gan pudratchi kompaniyani yollashadi14.
Ommaviy qarashlardan farqli oʻlaroq, elektron ti-joratga kirishda jiddiy toʻsiqlar mavjud.
Elektron tijorat oʻziga xos afzalliklarga ega va ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
Tashkilotlar uchun global miqyos, xarajatlarni kamaytirish, ta’minot zanjirini takomillashtirish, biz-nesning doim ochiqligi shaxsiylik, mah-sulotni tezda bozorga chiqarish, raqamli mahsulotlar-ni tarqatishning arzonligi. Iste’molchilar uchun joy tanlamasligi, anonim-lik, tovar va xizmatlarning keng tanlovi, shaxsiylik, mahsulotlar va xizmatlarning nisbatan arzonligi, tez yetkazib berish, elektron sotsializatsiya.
Jamiyat uchun xizmatlarning keng doirasi (ma-salan, ta’lim, sogʻliqni saqlash, kommunal xizmat-lar), turmush darajasini oshirish, milliy xavfsizlikni takomillashtirish, raqamli tafovutni kamaytirish, tovarlarni, xizmatlarni onlayn ravishda sotish, buyurt-ma qilish avtomobil transportini va atrof-muhitning ioslanishini kamaytiradi.
Elektron tijoratning kamchiliklari:
Tashkilotlar uchun loyihaning kompaniyaga alo-qadorligi toʻgʻrisida tomonlarning shubhalari (salbiy anonimlik), Internetda korxona faoliyatini qonuniy-lashtirish va faoliyatidagi ayrim qiyinchiliklar.Iste’molchilar uchun Internet orqali sotiladigan xizmatlarga iste’molchilar ishonchsizligi, tovarlarni qoʻl bilan “ushlash” mumkin emasligi, sotib olingan mahsulotni yetkazib berishni kutish, tovarlarni qay-tarishda mumkin boʻlgan qiyinchiliklar va xarajat-lar, mahsulotlarni yetkazib berish uchun qoʻshimcha xarajatlar.
Jamiyat uchun fribgarlikning jozibador plat-formasi (tarmoq xavfsizligi darajasining pasayishi), oflayn-tijorat korxonalarini bozordan siqib chiqarishi.
Davlat uchun hisobning “kulrang” tizimini yuri-tishda davlat budjetiga soliq toʻlovlarining toʻliq kelib tushmasligidan iborat.
Elektron tijorat zamonaviy iqtisodiyotning ajral-mas qismiga aylandi. Iste’molchilar Internet orqali tovarlar sotib olib, shu bilan birga tijorat tashkilotlari oʻzlarining tadbirkorlik faoliyatlarida ushbu tarmoq-ning imkoniyatlaridan keng foydalanmoqda. Internet-da xarid qilishning birinchi sababi – haftaning yetti kunida tun-u kun xarid qilish imkoniyatining mavjud-ligidir.
Internetdagi Internet doʻkonlarning 25 foizi WooCommercedan foydalanadi. 2020-yilda AQSh-dagi onlayn iste’molchilarning 61 foizi blogdagi tavsiyalar asosida xaridlarni amalga oshirdi. Dun-yo boʻylab Internet foydalanuvchilarining 93,5 foizi Internet orqali mahsulot sotib olgan.
2040-yilga kelib barcha xaridlarning 95 foizi elektron tijorat orqali amalga oshiriladi. AQShda 2020-yilda eng ommabop boʻlgan elektron tijorat saytlari16:
Amazon – taxminiy trafgi oyiga 2,5 mlrd. tashrif buyuruvchi;
eBay – taxminiy trafgi oyiga 940 mln. tashrif buyuruvchi; 3
Walmart – taxminiy trafgi oyiga 450 mln. tashrif buyuruvchi;
Craigslist – taxminiy trafgi oyiga 420 mln. tashrif buyuruvchi;
Etsy – taxminiy trafgi oyiga 352 mln. tashrif buyuruvchi.
Y-avlodning 59 foizi onlayn xaridni amalga oshirish-da, avvalo, Amazonga birinchi boʻlib murojaat qiladi.

Elektron tijorat sohasi har yili oʻrtacha 23 foiz-ga oʻsmoqda. Biroq, pandemiya munosabati bilan 2019-yildan oʻsish sur’atlari kamaymoqda (6-rasm). Elektron pochta orqali elektron tijorat statistikasi-ni kuzatadigan boʻlsak, iste’molchilarning 61 foizi elektron brendlar bilan pochta orqali bogʻlanishni afzal koʻrishadi. Elektron pochta marketingi investitsiya rentabelligi (ROI) 4400 foizga teng, ya’ni sarangan har bir dollar 44 dollar olib keladi. AQShdagi 1000 ta eng yirik onlayn Internet doʻkonlarining 58 foizi “xush kelibsiz” elektron pochta xabarlarini yuboradi. Elektron pochta orqali kompaniyalar daromadini 760 foizga oshiradi. Tranzaksion elektron pochta xabar-lari 8 baravar koʻproq ochiladi va 6 baravar koʻproq pul ishlab topadi. Elektron pochta marketingi elektron tijo-rat trafgining 20 foizini tashkil qiladi. Iste’molchilar-ning 60 foizi elektron pochta orqali yuborilgan marke-ting xabarlari natijasida xaridlarni amalga oshiradi.
Ijtimoiy tarmoqlari mavjud boʻlgan onlayn- doʻkonlarda savdo 32 foizga koʻp. Oʻrtacha elektron tijorat sayti haftasiga 4,55 ta xabarni oʻzlarining Facebook sahifalarida nashr etadi. Xaridorlarning 74 foizi sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda oʻzlarining ijtimoiy tarmoqlariga tayanishadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi buyurtmalarning 85 foizi Facebookdan keladi. Instagram foydalanuvchilari 75 foiz reklama xabarini koʻrgandan keyin saytga tashrif buyurgan. Instagramdan jalb qilingan mijozlar uchun oʻrtacha buyurtma qiymati 65 dollarni tashkil etadi.
Mobil elektron tijorat statistikasini kuzatadi-gan boʻlsak, hozirda barcha bayram xaridlarining 40 foizdan ortigʻi mobil qurilmalarda amalga oshiriladi.
Qoʻshma Shtatlardagi Internet foydalanuvchila-rining 82 foizi onlayn xarid qilish uchun mobil qu-rilmalardan foydalangan. Smartfon va planshet egala-rining 53 foizi korporativ dasturlar orqali xarid qiladi. 2018-yilda elektron tijorat savdosi “Qora juma” va “Kiber dushanba” kunlari 2 mlrd. dollardan ortgan.
Bepul yetkazib berish KOʻB (kichik va oʻrta biz-nes)ning foydasini 46,5 foizga oshiradi. Agar hisob qaydnomasini toʻldirish talab etilsa, xaridorlarning 28 foizi zudlik bilan xaridlarini toʻxtatadi. Kassa-ning optimallashtirilgan dizayni konvertatsiya koef-ftsiyentini 35 foizga oshirishi mumkin. 3 ta elektron tijorat veb-saytidan 2 tasi savatchadan voz kechish sababli mablagʻini yoʻqotadi. Mobil qurilmalarda savatchadan voz kechish darajasi eng past koʻrsat-kich – 86 foizga ega. Mobil qurilmalardagi sarangan daqiqalarining 44 foizi Internet-tijoratga toʻgʻri kela-di. Har 3 foydalanuvchidan biri mahsulotni Googleda qidirgandan keyin besh kun ichida sotib oladi.
Internetda eng koʻp pul saraydigan TOP-10 mamlakat:
Xitoy – yiliga 672 mlrd. dollar.
AQSh – yiliga 340 mlrd. dollar.
Buyuk Britaniya – yiliga 99 mlrd. Dollar
Yaponiya – yiliga 79 mlrd. Dollar
Germaniya – yiliga 73 mlrd. Dollar
Fransiya – yiliga 43 mlrd. Dollar
Janubiy Koreya – yiliga 37 mlrd. Dollar
Kanada – yiliga 30 mlrd. Dollar
Rossiya – yiliga 20 mlrd. Dollar
Braziliya – yiliga 19 mlrd. dollar.
Oʻzbekistonda elektron tijorat jadal rivojlanmoq-da. Elektron tijorat subyektlari milliy reyestri – bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ–3724-son “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaro-ri bilan joriy etilgan elektron tijoratning mahalliy subyekt lari haqidagi ma’lumotlarni oʻzida jamlagan yagona elektron bank hisoblanadi.Elektron tijorat subyektlari milliy reyestrining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari quyidagilar:– elektron tijorat ishtirokchilari toʻgʻrisidagi ya-gona elektron bankni yaratish;– elektron tijoratni joriy etish va rivojlanish hola-tini baholash, shu jumladan, axborot tizimlari va re-surslarini joriy qilish samaradorligini oʻrganish;– elektron tijoratni samarali rivojlantirish uchun amaldagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha maqsadli tahlil va takliar tayyorlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ–3724-son “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasining Axborot tex-nologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanti rish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi Milliy reyestrini shakllantirish, saqlash va rivojlantirish boʻyicha vazifalarni amalga oshirish belgilangan. Milliy reyestrga kiritilgan yuri-dik shaxslar va xususiy tadbirkorlar 2 foiz stavka boʻ-yicha yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar hisoblanadi.
Elektron tijorat mijozlarga jugʻrofy toʻsiqlar-ni yengib oʻtish va ularga istalgan vaqtda, istalgan joyda tovarlarni sotib olish imkonini yaratadi. Onlayn va an’anaviy bozorlar biznes yuritishda turli xil strate-giyalarga ega. An’anaviy chakana savdo doʻkonlari peshtaxtalari cheklanganligi sababli kamroq assorti-mentni taklif qiladilar. Onlayn chakana sotuvchilar aksariyat hollarda inventarizatsiya qilmaydi, lekin buyurtmalarni toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqaruvchiga yuboradilar.
Narxlar strategiyasi an’anaviy va onlayn-doʻkon-lar uchun ham farq qiladi. An’anaviy chakana sotuv-chilar oʻz narxlarini doʻkonga tashrif buyuruvchilar soni, sotib olishning oʻrtacha narxi, amalga oshiril-gan bitimlar soni va binolarni ijaraga olish narxlari-ga asos lanib oʻrnatishadi. Onlayn doʻkonlar xaridlar sonini ham hisobga oladi, shuningd4ek, ular yetkazib berish tezligini ham baholay oladilar19. Xavfsizlik rivojlangan va rivojlanayotgan mam-lakatlarda elektron tijoratning asosiy muammosidir. Elektron tijorat xavfsizligi saytlar va mijozlarni rux-satsiz kirishdan, ma’lumotlardan foydalanishdan himoya qiladi. Tahdidlar turiga quyidagilar kiradi: zararli kodlar, salbiy dasturlar (reklama dasturlari, josuslik dasturlari), fshing, xakerlik va kibervan-dalizm. An’anaviy doʻkonlar, shuningdek, oayn doʻkondan tashqarida samarali aloqada boʻlish, xari-dorlarni ushlab turish va sotishni koʻpaytirish uchun mijozlarning ma’lumotlarini saqlash, sodiqlik dastur-larini amalga oshirish va mijozlarni onlayn maydonga oʻtkazish uchun onlayn maydonning imkoniyatlari-dan foydalanadilar.Shu o‘rinda elektron tijorat mehnat bozoriga qanday ta’sir etadi degan savol tugʻiladi.Bir tomondan, elektron tijorat axborot xizmatlari zarur dasturiy ishlanmalar va raqamli mahsulotlar tufayli yangi ish oʻrinlarini yaratishga yordam bera-di. Boshqa tomondan, Internet-doʻkonlarning paydo boʻlishi ishchi oʻrinlarining qisqarishiga ham olib keladi. Ish joylarini yoʻqotish ehtimoli yuqori boʻlgan sohalarga bozor, pochta va sayyohlik agentliklari kiradi.
Elektron tijoratning rivojlanishi, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar, mijozlarning ehtiyojlari va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish uchun yuqori malakali mutaxassislarni talab qiladigan yangi ish oʻrinlarini yaratadi. Ularni yuqori texnik mahorat-ga ega boʻlmagan xodimlar band qila olmaydi20.Elektron tijorat texnologiyalari tranzaksion xara-jatlarni kamaytiradi, bu ishlab chiqaruvchilarga ham, iste’molchilarga ham vositachilarsiz ishlashga imkon beradi. Bunga eng maqbul narx takliari va guruhli xaridlarni qidirishni kengaytirish orqali erishiladi. Elektron tijoratning shahar va mintaqaviy darajadagi muvaaqiyati mahalliy korxonalar va iste’molchilar elektron savdoni qanday qabul qilishiga bogʻliq21.Biroq, elektron tijoratda kishilarning mijozlar bilan bevosita aloqasi yuz bermaydi. Mijozlar, shu-ningdek, onlayn tranzaksiyalar xavfsizligi haqida qaygʻuradilar va, odatda, avvaldan ma’lum boʻlgan chakana sotuvchilarga sodiq qoladilar22.Internet-doʻkonda tovarlarga buyurtma berish mi-solida elektron tijorat tamoyillarini koʻrib chiqamiz. Bunda quyidagi ketma-ketlikka amal qilinadi:
Birinchi qadam – onlayn katalogni koʻrib chiquv-chi xaridor mahsulotni tanlashga qaror qiladi. Uning kompyuteri yoki mobil qurilmasi brauzer orqali doʻkon joylashgan server bilan oʻzaro aloqa oʻrnatiladi.
Ikkinchi qadam – server foydalanuvchi soʻrovini qabul qilib, uni buyurtmalarni qayta ishlash tizimida-gi menejerga yuboradi.
Uchinchi qadam – menejer bazada tovarlarning mavjudligi toʻgʻrisida soʻrov yuboradi. Agar mahsu-lot yoʻq boʻlsa, u holda ishlab chiqaruvchiga soʻrov yuboriladi, omborga yetkazib berish vaqti aniqlanadi, shundan soʻng mijozga aniq ma’lumotlar beriladi.
Toʻrtinchi qadam – agar tovarlar zaxirada boʻlsa, doʻkon xodimi arizani koʻrib chiqishni davom ettiradi.
Beshinchi qadam – operatsiyani amalga oshirish uchun soʻrov bilan moliya tizimiga murojaat qilish mijoz tomonidan toʻlovni amalga oshirish. Oltinchi qadam – moliyaviy tizim mijozning hi-sobvaragʻidagi vaziyatga (mablagʻ yetishmasligi, nosoz karta va boshqalar) bogʻliq holda tranzaksi-yani amalga oshirishga imkon beradi yoki bloklaydi. Agar operatsiya muvafaqiyatli boʻlsa, menejer ushbu bitimni tasdiqlaydi va serverga xabar beradi. Yettinchi qadam – server xaridorga toʻlov muvaf-faqiyatli amalga oshirilganligi, buyurtmaga ishlov be-rish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabar yuboradi. Sakkizinchi qadam – buyurtma mijozning man-ziliga joʻnatish uchun tovarlar saqlanadigan omborga yuboriladi.
Toʻqqizinchi qadam – logistika boʻlimi tovarlarni xaridorga yetkazib beradi.
Oʻninchi qadam – ombordan buyurtma yuboril-gandan soʻng, server mijozga elektron pochta yoki telefon orqali (SMS) tovarlar yetkazilganligi toʻgʻrisi-da xabar yuboradi. Internet-bankingning ham onlayn servis algoritmi taxminan bir xil, chunki xizmatlar moddiy tusga ega boʻlmasligi mumkin. Masalan, dastur funksiyalariga toʻliq kirish, elektron kitoblar va boshqalarni sotib olish.
Elektron tijoratni muvaaqiyatli amalga oshirish-ga misollar:
Kommunal toʻlovlar, jarimalar, roʻyxatga olish va hokazolar uchun onlayn xizmatlar. Kommu-nal toʻlovlarni toʻlash uchun bankdagi koʻp metrli navbatlar endilikda oʻtmishda qolmoqda. Elektron xiz matlardan har qanday kompyuter yoki gadget orqali foydalanish mumkin. Buning uchun Internet-ban kingni yuklash kifoya. Uydan chiqmasdan turib kvartira, ijara, kredit va boshqa xizmatlar uchun xotir-jam ravishda toʻlovlarni amalga oshirish mumkin.
Katalog saytlari, e’lonlar taxtasi, tovar va xiz-matlar agregatorlari. Shaxslar va kompaniyalar oʻrta-sida Avito, Yula kabi savdo saytlari nomlari mashhur. Chiptalar va mehmonxonalarni oldindan band qilish imkoniyati ushbu sohani rivojlantirish uchun katta is-tiqbollarni ochib beradi.
Filmlarni tarqatish saytlari, pullik kitoblar, onlayn kinoteatrlar va boshqalar. Intellektual mulk raqamli mahsulotga aylandi, shuning uchun yozuv-chilar, musiqachilar va rejissyorlar ishlarining nati-jalari onlayn maydonda faol sotilmoqda.
Internet-doʻkonlar, Internet 5auksionlar, Inter-net-banking, reklama, marketing va boshqa koʻplab sohalar virtual muhitda oʻz oʻrinlarini topa oldi.

Yüklə 196,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə