Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


-sxema. Jahon turistik tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan joylashtirish



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

3.1-sxema. Jahon turistik tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan joylashtirish 
vositalari tasnifi 
Turistlar va sayohatchilarni joylashtirish vositalari 
Mehmonxonalar va 
shunga o‘xshash 
korxonalar
 

Ixtisos-lashgan 
joylashtirish 
vositalari 
Xususiy 
joylash-tirish 
vositalari 
Mehmonxonalar
Motellar
Pansionatlar
Nomerli klublar 
Mehmon uylari 
Turistik bazalar 
Yoshlar 
mehmonxonalari 
Turistik 
mehmonxonalar 
Turistik qishloq 
(uylar guruhi) 
Bungalo
Ijtimoiy turizm 
korxonalari 
Boshqa joylashtirish 
vositalari 
Davolash 
mehmonxonalari 
Mehnat va dam olish 
lagerlari
Transportdagi 
joylashtirish 
vositalari 
Rotel
Botel, flotel
Bastay
Manzilgohlar, 
kulbalar 
Alpotellar
Shaxsiy 
turarjoy 
Xususiy 
uylardagi 
ijaraga olingan 
xonalar 
Boshqalar 
Xususiy 
agentlardan 
ijaraga olingan 
xonalar

Qarindoshlar va 
tanishlar-nikida 
joylashish

Plyaj mehmonxonalari 
Boshqa muassasalar 
Tijorat asosidagi va 
maxsus joylashtirish 
vositalari 



37 
Mehmonxona korxonalarining shinamlik darajasiga ko‘ra tasnifini ko‘rib 
chiqishda xalqaro amaliyotda yuzaga kelgan tasniflarni hamda ularni amalga oshirish 
tartibini bevosita belgilovchi hujjatlarni ishlab chiqishga nisbatan yondashuvlarni 
alohida qayd etib o‘tish kerak.
Birinchi yondashuvda bunday hujjatlarni ishlab chiqish, amalga tatbiq etish va 
nazorat qilish bilan davlat organlari shug‘ullanadi, ya’ni mehmonxona korxonalari 
shinamlik darajasining, balki, boshqa joylashtirish vositalarining, shuningdek 
ovqatlanish korxonalarining davlat tomonidan belgilangan rasmiy tasnifi mavjud. 
Xususan, bunday yondashuvga misollar Fransiya va Rossiyada kuzatiladi. Fransiya 
milliy tasnifi Hunarmandchilik va turizm ishlari bhyicha savdo vazirligining 1966 yil 
13 iyuldagi 66

371 son qarori bilan amalga kiritilgan. Rossiya Federatsiyasida 
mehmonxonalarni tasniflash RF – GOST R 50645-94 «Turistik-ekskursiya xizmatlari 
khrsatish. Mehmonxonalar tasnifi» davlat standartiga asosan amalga oshiriladi.
Ikkinchi yondashuvda hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va nazorat 
qilish bilan kasaba uyushmalari va birlashmalari shug‘ullanadi. Masalan, 
Germaniyada bu jarayonlarni Mehmonxona va restoran xo‘jaliklari birlashmasi 
(EHOGA), Shveysariyada – Shveysariya mehmonxona sohiblari uyushmasi amalga 
oshiradi.
Jahon amaliyotida shunday holatlar ham uchraydiki, bir mamlakat doirasida bir 
nechta tasniflash tizimlari amal qiladi. Masalan, Buyuk Britaniyada «tojlar» tizimi 
bilan bir qatorda, Britaniya turistik agentliklar uyushmasi – 
«Britich Travel 
Authority»
(BTA) tomonidan taklif qilingan tasniflash tizimi qo‘llaniladi: 
-
byudjet mehmonxonalari – shaharning markaziy qismida joylashgan va 
qulayliklar minimumiga ega mehmonxonalar; 
-
turistik toifadagi mehmonxonalar – tarkibida restoran va bar bo‘lishi shart; 
-
o‘rtacha toifadagi mehmonxonalar – xizmat khrsatish saviyasi ancha yuqori 
bo‘lgan mehmonxonalar; 
-
birinchi toifa mehmonxonalar – shinamlik darajasi juda yuqori bo‘lgan, a’lo 
darajada xizmat ko‘rsatiladigan mehmonxonalar; 
-
oliy toifa mehmonxonalar – yashash va xizmat ko‘rsatish ekstra darajada bo‘lgan 
mehmonxonalar. 
Buyuk Britaniyada amal qiluvchi «tojlar» tizimini «yulduzlar» tizimi bilan
uyg‘unlashtirish uchun «tojlar»ning umumiy miqdoridan bitta «yulduz»ni ayirish 
kerak (masalan, to‘rt «tojli» daraja uch «yulduzli» darajaga teng).
Yuqorida ko‘rib chiqilgan Britaniya agentliklari uyushmasi tomonidan taklif 
qilingan mehmonxonalarni tasniflash tizimi ham shunday muvofiqlikni nazarda 
tutadi: 
-
byudjet mehmonxonalari – 1 yulduz; 
-
turistik toifa mehmonxonalari – 2 yulduz; 
-
o‘rtacha toifa mehmonxonalar – 3 yulduz; 
-
birinchi toifa mehmonxonalar – 4 yulduz; 
-
oliy toifa mehmonxonalar – 5 yulduz. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə