Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

 
Tayanch iboralar: 
Yevropa tasniflash tizimi; Fransiya milliy tasniflash tizimi; 
Germaniya tasniflash tizimi; xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar markasi, xalqaro 
mehmonxonalar zanjiri. 
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 
1.
Yevropa tasniflash tizimini tushuntiring. 
2.
Fransiya milliy tasniflash tizimining mohiyati.
3.
Germaniya tasniflash tizimi. 
4.
Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar markasi haqida nimalar bilasiz? 
5.
Germaniya tasniflash tizimi qaysi mezonlar bo‘yicha talablarni belgilaydi? 



41 
Mavzu 4. Mehmonxonalarning me’morchilik va texnik yechimlari 
Reja: 
1.
Mehmonxona binolari tarkibi
2.
Mehmonxonaning jamoat qismlarida mehmonlarga xizmat ko‘rsatish 
3.
Mehmonxonaning mijozlar yashaydigan qismi va unga xizmat ko‘rsatish 
4.
Mehmonxonaning hayotni ta’minlash tizimi 
1.
 
Mehmonxona binolari tarkibi 
Hozirgi zamon mehmonxonalarining me’morchilik yechimi juda rang-barang: 
bir qavatli motellardan 88 qavatli osmono‘par binogacha, polineziyaliklarning turar 
joyi uslubida qurilgan kulbalardan hozirgi zamon me’morchiligining oynavand-beton 
majmualarigacha. Ayni paytda, zamirida iqtisodiy mulohazalar yotuvchi bir nechta 
asosiy texnik yechimlarni qayd etish mumkin. O‘rtasida lift joylashgan to‘g‘ri 
to‘rburchak bino eng sodda yechim hisoblanadi. Har bir qavatdagi lift 
maydonchalaridan binoning ikki tomoniga qarab uzun yo‘lak ketgan, yo‘lakning 
ikkala tomonida nomerlar joylashgan. Shahar markazida yer maydoni qimmat turgan 
holda mehmonxona binosi yuqoriga qarab minora shaklida yuksalib boradi, bunda 
yo‘lak uzunligi qisqaradi. Ba’zan u halqa shaklida bo‘lib, uning ichida lift shaxtasi 
joylashadi.
Eski mehmonxonalarning binolari ko‘pincha ichki hovlili «quduq» shaklida 
bo‘lgan. Hovlida mehmonlarning ekipajlari turgan. Binoning bunday shaklida 
nomerlar bir qismining derazasi ichki hovliga qaragan. Bunday mehmonxonalarni 
keyinchalik rekonstruksiya qilish jarayonida ichki hovli ko‘pincha shaffof tom bilan
to‘silgan va atrium hosil qilingan.
Kurort mehmonxonalari binosi o‘ziga xos xususiyatga ega. Bunda derazasi 
dengizga qaragan nomerlarga mumkin qadar ko‘proq ega bo‘lishga harakat qilinadi. 
Shu maqsadda, agar joy relefi imkon bersa, mehmonxona binosi tog‘ yonbag‘ri 
bo‘ylab dengizga tushib boradigan katta «pillapoyalar» shaklida quriladi. Shunda 
barcha nomerlar derazasi dengizga qaraydi. Tekis qirg‘oqlarda uch qirrali yulduz 
shaklidagi (rejada) binolar ayniqsa ko‘p quriladi. Har bir qirra bo‘ylab yo‘lak o‘tadi, 
yo‘lakning ikki tomonida nomerlar joylashadi. Bunday yechimda nomerlarning 
uchdan ikki qismi dengizga qaraydi.
Shuningdek saroy me’morchiligi namunalarini, chunonchi, Yevropadagi ayrim 
hashamatli mehmonxonalarni ham qayd etish mumkin. Ular dastlab haqiqatda ham 
zodagonlarning saroyi bo‘lgan va keyinchalik mehmonxonalarga aylantirilgan. 
Motellar ham o‘z xususiyatlariga ega. Ularning aksariyati ikki qavatli bo‘ladi. 
Bu juda qulay, chunki qimmatga tushadigan liftlar qurish talab etilmaydi. Ammo 
binoning o‘zi ancha katta maydonni egallaydiki, bu ayni holda ahamiyatsiz, chunki 
motellar odatda yer nisbatan arzon turadigan shahar tashqarisida joylashadi.
Mehmonxonalar qurilishi ko‘p yillik amaliyotida bir nechta foydali tavsiyalar 
ishlab chiqilgan. Ularning ayrimlarini sanab o‘tamiz.



42 
1.
Mehmonxona o‘z harajtlarini maqbul muddatlarda oqlashi uchun qurilish 
qiymatini nomerlar soniga bo‘lganda ushbu nomer tarifidan ming baravardan 
ko‘proq son chiqishi kerak. Bunda mehmonxonaning to‘lish koeffitsiyenti kamida 
75%, bank krediti uchun to‘lanadigan foiz stavkasi esa – 12% gacha deb 
mo‘ljallanadi.
2.
Mehmonxona ostidagi yer qiymati qurilish qiymatining 20% dan oshmasligi 
kerak.
3.
Mehmonxona butun maydonining kamida 50% nomerlar fondiga to‘g‘ri kelishi 
lozim.
4.
Bir o‘rinli nomerning minimal maydoni 10 m
2
ni, ikki o‘rinli nomerniki esa – 15 
m
2
ni tashkil etadi. Hozirda mehmonxona (uch-to‘rt yulduzli) namunaviy 
nomerining maydoni 20-30 m
2
ni, besh yulduzli mehmonxonalarda – 40 m
2
va 
undan ko‘proqni tashkil etadi. Nomerning ma’qul geometriyasi – minimal 
kengligi 3 m, tomonlarining o‘zaro nisbati 2 

1 bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak.
5.
Hozirda nomerlarga qo‘yiladigan karavotlar mo‘’tadil ravishda qattiq va oyoqsiz 
bo‘lgani ma’qul, chunki bu nomerni tozalash vaqtini qisqartiradi va pol usti 
qoplamasini tejash imkonini beradi.
6.
Restoran maydoni har o‘ringa 1,5-1,8 m
2
hisobidan, bar maydoni – har o‘ringa 1,3 
m
2
hisobidan, banket zalining maydoni – har o‘ringa 1 m
2
gacha, restoran 
oshxonasining maydoni – restorandagi har o‘ringa 0,9-1 m
2
hisobidan belgilanadi. 
Oshxona maydonining taxminan yarmini omborxonalar egallaydi.
7.
Ma’muriyat egallaydigan maydon har nomerga 0,3-0,5 m
2
hisobidan, nomer fondi 
xizmatining omborxonalari maydoni – har nomerga 1 m
2
hisobidan, xodimlar 
uchun xonalar (oshxona, dushxona, garderob) maydoni – har nomerga 4 m
2
hisobidan belgilanadi.
8.
Uch yulduzli mehmonxonada har 100 nomerga taxminan 80 xizmatchi bo‘lishi 
kerak (to‘rt va besh yulduzli mehmonxonalarda xizmatchilar soni nomerlar 
miqdoridan ikki baravar ko‘p bo‘lishi mumkin).
9.
Umumiy ovqatlanish xizmati daromadlariga nomer fondi daromadlarining nisbati 
70

20 dan (qo‘shimcha xizmatlar yana 10% daromad beradi) 40

60 gacha atrofida 
bo‘ladi.
10.
Agar bir nomer boshqasidan qimmat tursa, birinchi nomer ikkinchisidan kamida 
2-3 m
2
katta bo‘lishi kerak, aks holda mijoz farqni sezmasligi mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, so‘nggi paytda iqtisod (ekonom) toifali 
mehmonxonalar ancha keng tarqaldi. Ularda harajatlar (va, tegishincha, yashash 
uchun haq) mumkin qadar kamaytirilgan. Tabiiyki, mazkur mehmonxonalarda 
yuqorida keltirilgan barcha raqamlar ancha kamaytirilgan.
Mehmonxonani loyihalashda, qoida tariqasida, bir nechta o‘ziga xos 
muammolar vujudga keladi.
1.
Mehmonxonaning oqilona hajmi. Bu masala hanuzgacha bahsli bo‘lib qolayotir. 
Ayrim tadqiqotchilar 100-150 nomerli mehmonxonani, ayrimlar esa – 200-230 
nomerli mehmonxonani oqilona deb ko‘rsatadilar. Aksariyat mualliflarning 
fikricha, nomerlarning oqilona miqdori 400 tadan oshmaydi.
2.
Nomer fondining tuzilishi, ya’ni bir o‘rinli, ikki o‘rinli nomerlar va lyukslar 
qancha bo‘lishi kerakligi masalasi. O‘z-o‘zidan ravshanki, nomer fondining 



43 
tuzilishi mehmonxona tipiga, uning darajasiga va u ishlayotgan bozor segmentiga 
bog‘liq bo‘ladi. Hozirda bir o‘rinli nomerlar o‘zini oqlamaydi – kichikroq 
maydonli nomerga bir kishilik emas, balki ikki kishilik karavot qo‘yilgani ma’qul. 
Bu holat shu bilan izohlanadiki, nomer jihozlari qiymatining asosiy qismini 
hojatxona va vanna tashkil etadi. Ikki kishilik karavot bir kishilik karavotga 
solishtirganda jihozlar qiymatini uncha oshirmaydi, lekin ushbu nomerlarga 
nafaqat yakka mijozlarni, balki er-xotinlarni ham joylashtirish imkonini beradi. 
Bunda yashash uchun haq odatda 25% ga oshiriladi. Hatto past darajali kichik 
mehmonxonalarga ham o‘ta shinam va qulay bo‘lgan bir nechta nomer («lyuks», 
«prezident»)ga ega bo‘lish tavsiya etiladi. Garchi bu nomerlarga talab uncha katta 
bo‘lmasa-da, ular mazkur nomerlarda to‘xtashi mumkin bo‘lgan mashhur shaxslar 
hisobiga mehmonxona obro‘sini oshirish imkonini beradi.
3.
qavatlilik va liftlarning o‘tkazish qobiliyati. Ko‘p qavatli konstruksiyalar yer 
maydonini (va, tegishincha, uning qiymatini) tejaydi, lekin qurilish qiymatini 
asosan liftlar hisobiga oshiradi. Liftlar – juda qimmat qurilma. Ammo ularda 
mablag‘ni tejash navbatlar hosil bo‘lishiga va mijozlar noroziligiga sabab bo‘ladi. 
Bundan tashqari, shunday mijozlar ham borki, ular yong‘in chiqqudek bo‘lsa, 
pastga tushishga ulgurmay qolishidan qo‘rqib, oltinchi qavatdan yuqoriga 
joylashishga ko‘nmaydi.
4.
Xavfsizlikni ta’minlash muammosi. Agar mijoz mehmonxonada o‘zini xavfsiz his 
qilmasa, u bu yerga boshqa kelmaydi. Mijoz nomerda o‘zini xavfsiz his qilishi 
uchun mazkur nomer eshigi mustahkam va ishonchli bo‘lishi (hech bo‘lmasa 
shunday ko‘rinishga ega bo‘lishi), zanjirga qulflanishi, «ko‘zcha» va ishonchli 
qulf bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Hozirda uch xil kalitli: mexanik, magnitli va 
elektron qulflar qo‘llanadi. Ularning barchasi o‘z yutuq va kamchiliklariga ega. 
Mexanik qulflar nisbatan arzon. Magnitli qulflar ularning kaliti yo‘qolgan taqdirda 
qulfni qayta dasturlashtirish imkonini beradi (bunday holda mexanik qulfni 
almashtirishga to‘g‘ri keladi). Bundan tashqari, magnitli va elektron kalitli sistema 
nomerga kirgan barcha odamlarni qayd etish imkonini beradi (mehmonxona 
xodimlari tegishli kodli o‘z kalitlariga ega bo‘ladi). Magnitli kalitlarning 
kamchiligi shundaki, ular tasodifan magnitsizlanishi va natijada mijoz o‘z 
nomeriga kirolmay qolishi mumkin. Bundan tashqari, qulf ishlashi uchun magnitli 
kartochka-kalitni qulf tirqishidan o‘tkazish kerakki, bu yoshi o‘tgan mijozlar 
uchun muayyan qiyinchilik tug‘diradi.
Magnitli va 
elektron 
qulflar 
mehmonxonada qizg‘in 
foydalanish 
xususiyatlaridan kelib chiqib yasalgan standart mexanik qismdan va qulf 
mexanizmini boshqaradigan elektron qismdan tashkil topadi. qulfning o‘zi sifatli 
materialdan yasaladi. qulf qopqog‘ini maxsus asbobsiz ochib bo‘lmaydi.
Bunday qulflar kalitlarining quyidagi turlari farqlanadi: 
-
«smart»-karta; 
-
perforatsiya yoki shtrix-kodli karta; 
-
magnit chiziqli plastik kartochka (eng ko‘p tarqalgan variant). 
Magnitli yoki elektron qulflar o‘rnatilgan mehmonxonaning ish jarayonini sodda 
qilib quyidagicha tavsiflash mumkin: mehmon joylashayotganida unga kodli 
kartochka beriladi. Ushbu kartochka yordamida mehmon o‘ziga ajratilgan nomer 



44 
eshigini faqat muayyan vaqt oralig‘ida (mehmonxonada yashash vaqti mobaynida) 
ochib kira oladi. Ma’mur mehmonni ro‘yxatga olishi jarayonida kodni 
dasturlashtirish amalga oshiriladi. Bunday karta ko‘p marta qo‘llaniladigan bo‘lishi 
mumkin. Shunda u kodni ko‘p karra qayta yozish imkonini beradi.
Elektron qulflarning maxfiylik darajasi ham ancha yuqori bo‘ladi. Elektron 
qulfni yasama kalit bilan ochib bo‘lmaydi, kodni yozib olish va undan nusxa 
ko‘chirish esa – juda qiyin ish. Buning ustiga, kartochkada mehmonxona nomi va 
nomer raqami odatda ko‘rsatilmaydi. Binobarin, elektron kalit yo‘qolgan taqdirda 
ham mehmon o‘z nomeriga birov ruxsatsiz kirishidan himoyalangan bo‘ladi.
Bundan tashqari, elektron (magnitli) qulflar quyidagilarni ta’minlaydi: 
-
muayyan belgi (zona, qavat)ga ko‘ra birlashtirilgan bir necha nomer eshigini bir 
karta bilan ochish; 
-
nomerga kirish uchun bir necha kartani dasturlashtirish (masalan, nomerga oila 
joylashganida); 
-
nomerdagi seyfni ochish uchun ayni shu kartadan foydalanish; 
-
nomerga kirishni nazorat qilish. qulf eshikning oxirgi 300 ochilishini eslab 
qoladi. Bu juda muhim, masalan, nomerdan o‘g‘rilik sodir etilgan taqdirda 
qonunbuzarni aniqlash uchun; 
-
ruxsatsiz joylashish ustidan nazorat. Agar mijoz mehmonlarni qabul qilish va 
joylashtirish dasturida ro‘yxatga olingan bo‘lmasa, uni dasturlashtirish mumkin 
emas; 
-
nomerda elektr energiyasi sarfi ustidan nazorat. Nomerda asosiy ulab-uzgich 
yoniga maxsus moslama o‘rnatilgan bo‘lib, nomerda chiroqlarni yoqishdan oldin 
kalitni ana shu moslama tirqishidan o‘tkazish talab etiladi. Nomerdan 
ketayotganda mijoz kalitni o‘zi bilan olib ketadi va oradan ma’lum vaqt o‘tgach, 
nomerdagi chiroq o‘z-o‘zidan o‘chadi; 
-
krediti tugagan mehmon uchun nomerga kirishni blokirovka qilish.
Ayni vaqtda keng tarqalgan qulflarning notarmoq turini o‘rnatish yuqorida zikr 
etilgan imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi. Ushbu variantda har bir qulf 
individual moslama hisoblanadi va boshqa qulflarga yoki markaziy kompyuterga 
ulanmaydi. Ular o‘rtasidagi aloqa ko‘chma programmator orqali amalga oshiriladi.
Sistemaning tarmoq turi o‘rnatilgan, ya’ni barcha qulflar yagona tarmoqqa 
birlashtirilgan taqdirda, qo‘shimcha funksiyalar paydo bo‘ladi: 
-
xonaga ruxsatsiz kirilganini aniqlash; 
-
nomerlarni markazlashtirilgan tartibda nazorat qilish (mijoz nomerda, mijoz 
nomerda yo‘q, nomerni tozalash, bunda tozalash boshi va oxiri qayd etiladi va 
h.k.). 
O‘zini hurmat qilgan mehmonxona kalitlarning quyidagi turlaridan foydalanadi: 
-
bosh kalit (Grand master Key) – bir yoki ikki nusxasi bosh direktorda va 
xavfsizlik xizmati boshlig‘ida bo‘ladi. Ushbu kalit bilan mehmonxonadagi 
istalgan eshikni ochish va berkitish, ayrim qulflarni esa mehmonxonadagi 
boshqa bironta ham kalit bilan ochib bo‘lmaydigan qilib berkitish mumkin; 
-
asosiy kalit (Master Key) – nomer fondi xizmatining boshlig‘i, bosh muhandis, 
qabul qilish xizmati boshlig‘ida bo‘ladi. Ushbu kalit yordamida bosh kalit bilan
berkitilgan qulflardan boshqa barcha qulflarni ochish mumkin; 



45 
-
seksiya kaliti (Submaster Key) – mehmonxona xodimalarida bo‘ladi. Ushbu 
kalit bilan , aytaylik, bir qavatda joylashgan nomerlarning eshiklari ochiladi. 
5.
Boshqa muammolarga quyidagilar kiradi: avtomobillarni qo‘yish muammosi, 
ayniqsa, mehmonxona restoranlari o‘z xizmatlarini ko‘chadagi mijozlarga ham 
taklif etsa; foydalanish harajatlarini kamaytirish muammosi; yong‘in xavfsizligi 
tizimini tashkil etish muammosi va b.
Funksional vazifasiga qarab, mehmonxonada vestibyul xonalari guruhi; mijozlar 
yashaydigan qism; mehmonlar ovqatlanishi uchun mo‘ljallangan xonalar, savdo-
maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari; mehmonlar sport bilan shug‘ullanishi, hordiq 
chiqarishi va biznes bilan shug‘ullanishi uchun mo‘ljallangan xonalar; xizmat 
xonalari va maishiy xonalar; texnik xonalar.
Vestibyul xonalari guruhi – mehmonxonaning eng muhim qismlaridan biri. U 
mehmonlarni kutib olish va kuzatish uchun mo‘ljallangan. Unda ayrim ishlarni 
taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyasi amalga oshiriladi.
Mehmonxonaning mijozlar yashaydigan qismi nomerlarni va ular normal 
faoliyat ko‘rsatishi va ularda tozalikni saqlash uchun zarur xonalarni o‘z ichiga oladi.
Restoranlar, barlar, kafelar va boshqa ovqatlanish korxonalarida mehmonlar, 
ovqatlanish bilan bir qatorda, hordiq chiqarishi, o‘zaro muloqot qilishi mumkin.
Mehmonlar sport bilan shug‘ullanishi, hordiq chiqarishi va biznes bilan
shug‘ullanishi uchun mo‘ljallangan xonalar tarkibi juda keng va rang-barangdir. Ular 
qatoriga kinokonsert, banket, raqs zallari ham kiradi. Sport inshootlari basseyn, sport 
zallari, kegelban va sh.k.ni o‘z ichiga oladi. Ish yuzasidan uchrashish uchun 
mo‘ljallangan binolarga konferens-zallar, ishbilarmonlik va bank operatsiyalarini 
o‘tkazish uchun mo‘ljallangan zallar, ko‘rgazma zallari kiradi.
Savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari guruhida savdo korxonalari, 
sartaroshxona, kimyoviy tozalash shoxobchalari, suratxona, atele va b. mijozlarga har 
xil xizmatlar ko‘rsatadi.
Mehmonxonaning xizmat va maishiy xonalari xodimlarga ishlash, yashash, 
ovqatlanish, shu jumladan xo‘jalik va qo‘shimcha ehtiyojlarini qondirish imkonini 
beradi.
Texnik xonalarda mehmonxonaning havo almashtirish, markazlashtirilgan 
tartibda axlatni yig‘ish va bartaraf etish, telefon, signalizatsiya texnikasini va 
mehmonxona hayot faoliyatini ta’minlovchi boshqa sistemalarning ishini nazorat 
qiladigan xizmatlar joylashadi.
Muayyan xonalar guruhlarining tarkibi va maydoni har xil bo‘lib, mehmonxona 
turi, foydalanish shart-sharoitlari va sig‘imiga bog‘liq.
Mehmonxona binosiga tutashuvchi hudud ham mehmonxonaning funksional 
zonasi hisoblanadi. U mehmonxona mijozlari va xodimlarini tashqi muhit (shovqin, 
gazlanganlik, ifloslanganlik va sh.k.)dan ajratish, kelayotgan mehmonlarga qulaylik 
yaratish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan mehmonxona transport bo‘g‘inlari 
yaqinida joylashishi, bino tegishli tarzda jihozlanishi (reklama qilinishi) muhim 
ahamiyatga ega. Mehmonxona yaqinida mehmonlar dam olishi, avtomobillarini 
qo‘yishi uchun joylar nazarda tutiladi.
Mehmonxona hududining yer osti maydonidan foydalanish ham istiqbollidir.



46 
Mehmonxona turli xonalari va binolari guruhlarining aloqalari 4.1-rasmda 
ifodalangan.
Xizmat xonalari va maishiy xonalar 
Mijozlar 
yashaydigan 
qism 
Vestibyul 
xonalari 
Ovqatlanish 
korxonalari 
xonalari 
Sport bilan shug‘ullanish, 
dam olish va biznes bilan
shug‘llanish uchun xonalar 
Savdo-
maishiy 
xizmat 
ko‘rsatish 
xonalari 
1-rasm. Mehmonxona xonalari va binolarining asosiy guruhlari va ularning aloqalari 
Mehmonxona binolari va xonalari funksional sxemalarini ishlab chiqish 
texnologik aloqalar va moddiy oqimlarni oqilonalashtirishga yordam beradi.
Ichki oqimlar (xonalar va xonalarning guruhlari o‘rtasida), kiruvchi (tashqi 
muhitdan mehmonxonaga) oqimlar, chiquvchi (mehmonxonadan tashqi muhitga) 
oqimlar farqlanadi. Axborot oqimlaridan tashqari, mehmonxonada yashovchilar, 
xodimlar, mijozlar bagaji, choyshab va yostiq jildlari, axlat, chiqindilar, inventar 
oqimlari alohida o‘rganiladi. Logistik metodlar yordamida oqimlarni harakat 
yo‘nalishlari va sur’atiga qarab tartibga solish mumkin.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə