Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

2.
 
Mehmonxonaning jamoat qismida mehmonlarga xizmat ko‘rsatish 
 
Mehmonlarni ro‘yxatga olish, ularning kelishi va ketishini boshqarish
mehmonlarga turli-tuman xizmatlar ko‘rsatish mehmonxonaning jamoat qismida 
amalga oshiriladi. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish ishining murakkabligi 
turli-tuman ishlar nomenklaturasining kattaligida bo‘lib, bu ularni bajarish vaqtini 
kelishishda muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi. Ko‘rsatiladigan xizmatlar 
personifikatsiya qilingan bo‘lsa-da, ular ommaviyligi, takrorlanuvchanligi bilan ham 
farq qiladi. Mehmonlar oqimi har xil: keluvchilar, ketuvchilar, yashovchilar. 
Mehmonlarga xizmat ko‘rsatishda mehmonxona xodimlari ham, boshqa korxonalar 
(tashkilotlar, muassasalar)ning xodimlari ham ishtirok etadiki, bu ushbu xonalar 
guruhida samarali texnologiyalarni ta’minlashni og‘irlashtiradi.
Mehmonxona vestibyulining maydoni har xil – bir o‘rin hisobidan 0,3-1,7m
2
gacha bo‘ladi. Odatda obro‘li mehmonxonalarning vestibyullari maydonining 
kattaligi bilan ajralib turadi. Vestibyulga quyidagilar tutashadi: zinapoya-lift bloki
garderoblar va bagaj uchun mo‘ljallangan xonalar; shveysarlar, liftyorlar, choparlar, 
yuk tashuvchilarning xonalari; umumiy foydalaniladigan hojatxona va yuvinish 
joylari; pochta, telegraf, telefon, bank, ma’lumot, transport, qo‘riqlash xizmatlari 
ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan xonalar. 



47 
Vestibyul maydoni zonalarga ajratiladi. quyidagi zonalar farqlanadi: zinapoya-
lift zonasi, mehmonxonaga asosiy kirish joyi zonasi, mehmonlarni qabul qilish 
zonasi, mehmonlarning dam olish zonasi, mijozlarga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish 
zonasi.
4.2-rasmda vestibyulning har xil funksional sxemalari keltirilgan. Funksional 
sxema binoning konstruktiv-tarx yechimlaridan, mehmonxona sig‘imidan, xodimlar 
mehnatini tashkil etish xususiyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqiladi. Kichik va o‘rta 
mehmonxonalarda 2v sxema keng tarqalgan.
4.2-rasm. Vestibyulning funksional sxemalari: 
1-qabul qilish xizmati, 2-zina-lift bloki 
Vestibyulning har bir zonasiga joylashtirilgan jihozlar faqat kerakli miqdorda 
bo‘lishi kerak. Vestibyulni zonalarga ajratishning asosiy usullariga quyidagilar kiradi: 
turli-tuman bezash materiallari, yoritish va to‘sish vositalaridan foydalanish; shift, pol 
sathi va bezaklarini o‘zgartirish; ko‘kalamzorlashtirish; jihozlarni joylashtirish va h.k. 
Xullas, vestibyul intereri – mehmonxonaning qiyofasi deb aytish mumkin.
Joylashtirish xizmati asosan quyidagi ishlarni bajaradi.
Kelgan mehmonlarni rasmiylashtirish zarur. Mehmonlar ularning hujjatlariga 
ko‘ra qabul qilinadi. Ma’mur mehmon bilan yashash joyini (nomer toifasi, uning 
joylashgan o‘rni va sh.k.ni), ko‘rsatiladigan xizmatlarni, yashash muddatini kelishib 
oladi. Yashash uchun haq olinadi. Rasmiylashtirish yakunlanganidan keyin 
mehmonga nomer kartasi va kaliti beriladi.
Mehmonlar nomerda yashashi davrida ularga xizmat ko‘rsatish yashash 
muddatini uzaytirish, mehmonni bir nomerdan boshqa nomerga o‘tkazish (zarur 
hollarda), yashash uchun haq olish, mijozning xohishiga qarab unga qo‘shimcha 
xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.
Mehmonning jo‘nab ketishini rasmiylashtirish chog‘ida ko‘rsatilgan xizmatlar 
uchun u bilan to‘liq hisob-kitob qilinadi (foydalanilmagan avans qaytarib beriladi), 
mijoz nomer va kalitni topshiradi. Mijoz bilan hisob-kitob naqd pul bilan ham, pul 
o‘tkazish yo‘li bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Yagona hisob-kitob soati (12 
soat) tizimini joriy etish mehmonxona ma’muriyatiga mijozlar bilan texnik hisob-
kitob qilish jarayonini soddalashtirish imkonini beradi. Mijozga kredit kartalaridan 
foydalanish imkonini berish yo‘li bilan mehmonxona uning erkinlik darajasini 
oshiradi.
Qabul qilish xizmatining ishini yengillashtirish uchun axborot hisoblash 
tizimlari ishlab chiqilgan va tatbiq etilmoqda. Umumiy holda axborot hisoblash tizimi 
quyidagi to‘rt funksional qismdan tashkil topadi: joylarni oldindan buyurtma qilish 



48 
kichik tizimlari; xizmatga doir axborot berilishini ta’minlash kichik tizimlari; 
navbatchi ma’mur kichik tizimlari; mehmonxona ma’muriyati kichik tizimlari.
Axborot hisoblash tizimining imkoniyatlari juda keng. Joylarni oldindan 
buyurtma qilish jarayonini avtomatlashtirish bilan bir qatorda kelayotganlar 
ro‘yxatga olinadi, nomer fondining hisobi yuritiladi, mijozlarga to‘lash uchun 
hisobvaraqlar tayyorlanadi.
Mehmonxona keng qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatadi. Zarur axborot olish, 
pasportlar va turistik hujjatlarni rasmiylashtirish, ekskursiyaga ro‘yxatga olish, 
valyuta ayirboshlash, teatr, muzey, konsert zallari, stadionlarga chiptalar sotish, 
samolyot, poyezd va boshqa qatnov vositalariga chiptalarni buyurtma qilish, ijaraga 
avtomobil olish shular jumlasidan.
Ayrim mehmonxonalarda ish yuzasidan tashrif buyurgan mijozlar uchun biznes 
markazlari tashkil etiladi. Markaz mijoz ishlashi va kasbiy ta’lim olishi uchun zarur 
shart-sharoitlar yaratadi. Biznes markazida hujjatlarni tarjima qilish, qayta chop etish 
ishlari bajariladi, kompyuter xizmatlari ko‘rsatiladi. Markaz teleks va faksimil aloqa 
vositalari, videomagnitofon va proyeksion apparatura bilan jihozlanadi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə