Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/51
tarix29.11.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#143272
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi va auditi quyi

XULOSA VA TAKLIFLAR
Hozirgi paytda keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini 
qat’iyat bilan davom ettirishda barcha iqtisodiy sohalar rivojlanib bormoqda. 
Har bir korxonalar maksimal ko‘rsatkichga erishish uchun barcha sohalarga 
jiddiy e’tibor berishga majbur bo‘lmoqdalar. Bulardan eng asosiy omil bo‘lib 
asosiy vositalar rol o‘ynamoqda.
O‘zbekiston Respublikasi 5-son Buxgalteriya hisobi milliy standarti 
(BHMS "Asosiy vositalar"), “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi 
Qonuniga 
(O‘zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Majlisining 
Axborotnomasi, 1996 yil 9-son, 142-modda) asosan ishlab chiqilgan hamda 
O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish 
tizimining elementi hisoblanadi. 
Asosiy vositalar

bu korxonalar tomonidan xo‘jalik faoliyatini yuritishda 
uzoq muddat davomida mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki 
xizmatlarni kqrsatish, shuningdek ma’muriy va ijtimoiy –madaniy funksiyalarni 
bajarish uchun ishlatiladigan moddiy aktivlar.
10
21-son BHMSga muvofiq asosiy vositalar 0100 «Asosiy vositalarni 
hisobga oluvchischyotlar» va kontraktiv bo‘lgan 0200 «Asosiy vositalarning 
eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» tizimida yuritiladi. 
Xulosa qilib aytganda, asosiy vositalar korxona tomonidan uzoq 
muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda, mahsulot ishlab chiqarish
ishlarini bajarishda yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yohud ma’muriy va 
ijtimoiy-madaniy vazifalarini amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun 
tutib turiladigan moddiy aktivlardir. 
Asosiy vositalar korxonaga bir necha yo‘llar bilan kirim qilinadi: 

Pul mablag‘lari evaziga 

Boshqa subektlardan hadya sifatida 

Kredit hisobiga 
10
BHMS № 5, 3a-band


84 

Qurilish yo‘li bilan 

O‘z aksiyalariga almashtirish orqali 

Boshqa aktivlarga almashish bilan. 
Asosiy vositalarni sotib olingandan so‘ng uni saqlash va ishlatish bilan 
bog‘liq bir qator xarajatlar vujudga kela boshlaydi. Asosiy vositalarni foyda-
lanish imkoniyatlarini va xarid qilib olinganida aniqlab olingan foydalanish 
davrini ta’minlash, minimal darajadagi saqlab turish va ta’mirlashlar bo‘yicha 
xarajatlarni amalga oshirib turishni taqozo qiladi. Bu xarajatlar foydalanish 
muddatini xarid qilinganida belgilanganidan yuqoriroq darajada uzaytira
olmaydi, ular joriy hisoblanadi va paydo bo‘lgan davr xarajatlari moddasiga 
kiritiladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, asosiy vositalar halokat, sovuq-
qonlik, bilgan holda suiste’mol qilish, o‘g‘rilik natijasida paydo bo‘lgan 
harajatlar zararlarga olib boriladi. Masalan, agar dastgohni o‘rnatish jarayonida 
ayrim muhim qismlarining sinishi yuz bersa, u holda ta’mirlash to‘lovlari 
xarajatlar moddasiga yoziladi. Ta’mirlashdan so‘ng bu inventar avval ega 
bo‘lgan qiymatga ega bo‘lmasligi mumkin. 
Bulardan tashqari, baxtsiz hodisa natijasida shikastlangan, sug‘urta 
qilingan mulkni qayta tiklash xarajatlari zararlar moddasiga kiritiladi .Bunday 
shikastlanishlarni tiklash, tabiiyki, inventarni foydalanish muddatini baxtsiz 
hodisadan oldingi darajadan yuqoriroq darajada uzaytirmaydi.Agarda qayta 
ta’mirlashdan so‘ng uskunaning xizmat yoki foydalanish muddati uzaysa, 
xarajatlar foydali faoliyat muddatini uzayishining butun davriga kapitallash-
tiriladi. 
Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning asosiy vazifasi uzoq muddat-
da foydalanadigan moddiy aktivlar qiymatini taxmin qilinayotgan xizmat 
muddati davomida qo‘llaniladigan tizimli va ratsional yozuvlar asosida 
taqsimlashdir. Aktivlarning xizmat muddatini cheklanganligining asosiy 
sabablari ularning jismoniy va ma’naviy eskirishidir. Asosiy vositalar 


85 
ko‘pincha jismoniy eskirishga ulgurmasdan, ma’naviy eskirib qoladi. Buxgal-
terlar odatda jismoniy va ma’naviy eskirish o‘rtasida farqni ajratmaydilar, 
chunki ularni asosiy vositalarning foydalanish muddati qiziqtiradi. 
Asosiy vositalarni chiqib ketishi u yoki bu ob’ektni ishlashini 
to‘xtatilishi va uni harakatdagi asosiy vositalar tarkibidan chiqarib
yuborilishini bildiradi. Asosiy vositalarni chiqib ketishiga quyidagilar sabab 
bo‘lishi mumkin: 

tugatish;

sotish; 

almashtirish; 

qaytarib olmaslik sharti bilan berish;

pay badali ko‘rinishida berish. 
Asosiy vositalarni qayta baholash asosiy vositalar ob’ektlarining tiklash 
qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-
vaqti bilan aniqlashtirishdir. 
Asosiy vositalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda joriy 
qiymat bo‘yicha aks ettiriladi. 
«QUYI TEGANA QURUVCHI» xususiy korxonasi misolida «Asosiy 
vositalarning hisobi va auditini» mavzusini atroflicha o‘rganib chiqdim.
 
Hozirgi paytda keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qatiyat 
bilan davom ettirishda barcha iqtisodiy sohalar rivojlanib bormoqda. Har bir 
korxonalar maksimal ko‘rsatkichga erishish uchun barcha sohalarga jiddiy e’tibor 
berishga majbur bo‘lmoqdalar. Bulardan eng asosiy omil bo‘lib asosiy vositalar rol 
o‘ynamoqda 
Xulosa qilib aytganda, asosiy vositalar korxona tomonidan uzoq muddat 
davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarini 
bajarishda yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yohud ma’muriy va ijtimoiy-
madaniy vazifalarini amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib 
turiladigan moddiy aktivlardir. 


86 
Ushbu bituruv malakaviy ishimni yozish davomida biz o


tadqiqotimizni Quyi tegana quruvchi

XK asosiy vositalarning hisobi v auditi
 
yuzasidan olib bordik. 
Hisob jarayonida biz ,,Quyi Tegana Quruvchi” xusuiy korxonasiga asosiy 
vositalar bilan to’liq taminlanganligi xisobini yaxshi yuritilganligi bilan bir 
qatorda ayrim kamchilliklarga ham duch keldim. Bu kamchilliklar sifatida asosiy 
vositalarning qayta baholanish mas ravishda yangi 01.01.2017 yildagi indekislar 
bo’yicha baholanmaganligini korsatish mumkin. Shu kamchilliklarni bartaraf 
qilish maqsadida men asosiy asosiy vositalarni yangi indeklar bo’yicha qayta 
baholadim va korxonaga tadbiq etdim. 
Audit jarayonida auditor “Quyi Tegana Quruvchi” XK da
 
auditorlik 
shartnomasining shartlaridan kelib chiqqan holda auditorlik tekshiruvi rejasini 
tuzishdan boshlaydi. Auditorlik rejasi tuzilgandan so‘ng audit dasturi tuziladi. 
Auditorlik rejasi va dasturida bajariladigan tadbirlarni amalga oshiruvchi 
auditorlar o‘ziga biriktirilgan tadbirlar yuzasidan audit qilishning taxminiy ketma-
ketligini belgilab oladi va shunga asosan auditorlik tekshiruvini ma’lum tartibda 
amalga oshiradi. 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə