Sana: 1-Mavzu: Kirish. Vatan – sajdagohday muqaddas



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə11/46
tarix23.06.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#118579
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
tarbiya

2 - shart. Hayot - faol harakatdadir: Inson kundalik hayotida jismoniy mashqlar, sport o‘yinlari, tanani chiniqtiruvchi muolajalar bilan ko‘proq shug‘ullansa, uning tanasidagi fiziologik, biologik jarayonlar tezlashadi va oqibatda kayfiyati ko‘tariladi, ishchanligi ortadi. SHubhasiz, bu salomatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
3 - shart. Kun va ishni biologik rejimlar asosida tashkil qilish
4 - shart. Ruhiy osoyishtalik yoki asabiy muvozanatni ta’minlash: Bu shartning mohiyati katta. Negaki, bizning tanamiz, ichki a’zolarining faoliyati asab tizimi bilan boshqariladi. Ichki a’zolarining me’yordagi ishi esa ruhiy holatimizni, kayfiyatimizni belgilaydi. SHuning uchun, huda - behudaga jizzakilik qilmaslik, yaxshi narsalar to‘g‘risida o‘ylab, oqilona fikrlash, yomon va gunoh ishlardan o‘zini tiyishi, nafsga erk bermaslik, ota - bobolar o‘gitlarini hayotda qo‘llash, xushfe’l, xushmuomala bo‘lish sog‘liqni saqlash va mustahkamlashga xizmat qiladi.
5 - shart. Ichkilikbozlik, kashandalik va giyohvandlik kabi zararli odatlardan o‘zini tiyish:Bu illatlarning kishi tanasiga, sog‘ligiga hamda turmush tarziga ziyoni ko‘pligi shubhasizdir. Bu odatlarning zararini bilmaydigan odamning o‘zi yo‘q. Bunday shaxslarni hayotga befarq, tavakkaliga yashovchi va o‘z sog‘ligini o‘ylamaydigan, faqatgina shu kunning rohati, bir fursatlik aldamchi ko‘ngilxushlik uchun yashovchilar deyish mumkin.
6 - shart. Ozoda - orastalikka rioya qilish, atrof - muhitga bo‘lgan munosabat masalasi. Inson o‘z faoliyati bilan tanasi va atrof - muhitga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun, biror ish qilganda qo‘l, kiyim - bosh, shuningdek, tana va ichki a’zolarning faoliyati tufayli modda almashinishi natijasida hosil bo‘lgan chiqitlardan teri ifloslanadi. Hayotimiz uchun zarur bo‘lgan oziq - ovqat va shu kabilardan chiqindilar paydo bo‘ladi. Bularni to‘g‘ri kelgan joyga tashlash tufayli atrof - muhit zararlanadi. Oqibatda suvda, tuproqda, havoda kishi salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar vujudga keladi. SHuning uchun, ozodalikka rioya qilish kundalik turmushimizda odatiy holga aylanishi kerak. Sog‘lom turmush tarzining yana bir muhim sharti, bu sog‘lom turmush kechiruvchi odamlar bilan do‘stlashishdir



Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə