Sanitariya nazorati to’g’risida


-modda. Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlash va sotishga qo‘yiladigan sanitariya talablari



Yüklə 40,18 Kb.
səhifə5/11
tarix30.12.2023
ölçüsü40,18 Kb.
#165050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Sanitariya nazorati to’g’risida-hozir.org

14-modda. Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlash va sotishga qo‘yiladigan sanitariya talablari
Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomashyosi ishlab chiqarish, ularni saqlash, tashish, sotish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar tibbiyot-biologiya talablariga, sanitariya normalariga va gigiyena normativlariga rioya etishlari shart.
Yangi ozuqa qo‘shimchalarini, maxsus qo‘shiladigan biologik aktiv moddalarni olib kirish hamda ishlab chiqarishga ular zaharliligi va gigiyenasi jihatidan baholanganidan keyingina O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsati (xulosasi) bilan yo‘l qo‘yiladi.

(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
15-modda. Xo‘jalik-ichimlik suvi ta’minotiga qo‘yiladigan sanitariya talablari
Davlat idoralari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar xo‘jalik-ichimlik suvi ta’minotining markazlashtirilgan tizimlari yetkazib beradigan suvning sifati gigiyena talablariga va davlat standartlariga mos bo‘lishini ta’minlashlari shart.
Markazlashtirilgan tartibda xo‘jalik-ichimlik suvi yetkazib beradigan suv quvurlari va ularning manbalari uchun maxsus tartiblar o‘rnatilgan sanitariya muhofazasi maydoni belgilab qo‘yiladi.
Suv quvurlarining, ular suv oladigan manbalarning sanitariya muhofazasi maydonlari, ularning sanitariya tartiboti mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar ro‘zg‘orda va maishiy maqsadlarda ishlatiladigan havzalardagi suvning, shu jumladan markazlashtirilmagan tartibda ta’minlanadigan suvning sifati amaldagi sanitariya normalari va qoidalariga mos bo‘lishini ta’minlashlari shart.

Yüklə 40,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə