Sanoat binolarining hajmiy rejaviy yechimi Reja



Yüklə 92,73 Kb.
səhifə2/7
tarix22.03.2024
ölçüsü92,73 Kb.
#180567
1   2   3   4   5   6   7
xolmamatov javohir

Binoni bloklashtirishda texnologik asbob – uskunalarni o‘rnatish ko‘p variantli bo‘lishi bilan, korxona maydonini 30 – 40% ga qisqartirishga, tashqi devorlar perimetrini 50% kamaytirishga, qurilish tannarxini 10 –15% ga pasaytirishga, transport yo‘llari va muhandislik tarmoqlarini qisqartirishga, binodan foydalanish va maydonni obodonlashtirish xarajatlarini pasaytirishga olib keladi.
Binolarni rejalashtirishda ishlayotgan ishchilarni, olib kelinayotgan xom ashyoni va chiqarilayotgan mahsulotni harakat joylarini to‘g‘ri tashkil etish kerak, hamda qulay, havfsiz, qisqa yo‘llar bilan harakat qilish, kesishish joylarida havfsiz o‘tish joylari bo‘lishini tahminlash talab etiladi.
2. Sanoat binolari kavatini tanlash.
Bir qavatli sanoat binolarining yutuqlariga texnologik jihozlarni o‘rnatish osonligi,yuklarni olib kelish va tashishda gorizontal transportdan foydalanish, oddiy hajmiy – rejaviy va tuzilmaviy yechimi bo‘lishi, ishlash joylarini tabiiy yorug‘lik (yorug‘lik fonarlari) bilan tahminlash, ochiq o‘rinlar va fonarlar orqali tabiiy shamollatishni tashkil etish, ishlab chiqarish xonalarini bir – biri bilan qulay aloqasi kiradi.
Kamchiligi qurilishi maydonining kattaligi, muhandislik va transport tarmoqlarining uzunligi, tashqi yopmalar maydonining kattaligi, obodonlashtirish, va ichki muhitni berilgan parametrlarda ushlab turish,foydalanish xarajatlarining ko‘pligidir.
Ko‘p qavatli binolarda agar zaharli moddalar ishlab chiqaradigan korxonalar joylashmasa, ularni shaharda qurulgani mahqul, bu bilan muhandislik tarmoqlarini joylashtirish osonlashadi, ishchilarning ishga kelib - ketishida qo‘shimcha transportlardan foydalanilmaydi, shahar mehmorchiligi bilan uzviy bog‘lanadi, hamda unga madaniy - maishiy xonalarni joylashtirish qulay bo‘ladi.
Ko‘p qavatli sanoat binolarining kamchiliklariga, vertikal (zina, yuk va passajir liftlar) transportdan foydalanish, bino tannarxini oshishi, ishchi maydonlari enini tabiiy yorug‘likdan foydalanishda chegaralanganligi, o‘tish joylari va yo‘laklarning noqulayligi kiradi.
Eng asosiysi binolar sanitar – gigiyenik me’yorlar, ishchilarning maishiy sharoitlari, yong‘inga qarshi xavfsizlik talablari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Sanoat binolari rejasi o‘lchami va konfigurasiyasi, balandligi va profili texnologik parametrlari, oraliqlari soni va ularning joylashishi orqali aniqlanadi. Bu faktorlar ishlab chiqarish texnologiyasiga, chiqaralayotgan mahsulot xarakteriga, korxonaning ishlab chiqarish quvvatiga sanitar me’yorlar talablariga bog‘liq bo‘ladi.
Oraliqlar hajmiy - rejaviy parametrlari: eni, balandligi va ustun qadamidan tashkil topadi. Oraliq eni l - ko‘ndalang rejalash o‘qlari orasidagi masofa bo‘lib, u ko‘priksimon kran oralig‘i va kran osti yo‘li relьsi o‘qidan rejalash o‘qigacha bo‘lgan masofaning ikki ko‘payganiga teng.
Kransiz oraliqlar eni rejalash o‘qlari orasidagi masofaga teng qilib olinadi.
Ustunlar qadamini (ko‘ndalang rejalash o‘qlari orasidagi masofa) tanlash texnologik jihozlar gabariti va joylashtirish usuli, chiqarilayotgan mahsulotlar o‘lchami, ichki ko‘tarish – tashish mexanizmlari turiga bog‘liqdir. Keng ko‘lamda tarqalgan ustunlar qadami 6 m va 12 m.
Oraliq balandligi (pol yuzasidan yopma yuk ko‘taruvchi tuzilmasi pastki qismigacha) texnologik, sanitar - gigiyenik talablariga bog‘liq bo‘ladi.
Oraliq uzunligi grafik usulda, ya’ni texnologik jihozlar maketlari o‘tish joylari, yo‘llar eni hisobga olgan holda joylashtirish yo‘li bilan, yoki analitik usulda, ya’ni quvvati hisobga olingan syex umumiy maydonini qabul qilingan eniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlaniladi.
Sanoat binolari profili deganda, uning ko‘ndalang kesimi ko‘rinishi tushuniladi. Profilni tanlashda texnologik, yorug‘lik va havo almashuvi, qurilish tuman iqlimi, tom qiyaligi talablari asosiy hisoblanadi.


Yüklə 92,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə