Sanoat binolarining hajmiy rejaviy yechimi Reja


Bir oraliqli, ko‘tarma transport jihozlari o‘rnatilgan sanoat binolarining qirqimda ko‘rinish



Yüklə 92,73 Kb.
səhifə5/7
tarix22.03.2024
ölçüsü92,73 Kb.
#180567
1   2   3   4   5   6   7
xolmamatov javohir

Bir oraliqli, ko‘tarma transport jihozlari o‘rnatilgan sanoat binolarining qirqimda ko‘rinishi: a–osma kran bilan jihozlangan; v–ko‘prikli kran bilan jihozlangan; 1–ko‘taruvchi to‘sin; 2–harakatlanuvchi mexanizm; 3–osma yo‘l; 4– elektrotal; 5–kranchi kabinasi; 6–kranni yo‘l bo‘yicha harakatlantiruvchi mexanizmi; 7–ko‘taruvchi kran; 8–yuk ko‘taruvchi mexanizm bilan jihozlangan aravacha; 9–kranosti yo‘li; 10–elektr tok o‘tkazgichlar


5.Sanoat binolari ustunlari
Bir va ko‘p qavatli sanoat binolari sinchlarini tuzishda temirbeton va po‘lat ustunlar qo‘llaniladi. Bir qavatli sanoat binolari temirbeton ustunlari tokchali yoki tokchasiz (ko‘prik kranlar bilan jihozlangan) holda bo‘lishi mumkin. Ularni bino tarhida joylashishiga qarab o‘rta va chekka qator ustunlariga ajratiladi.Ustunlar kesimi to‘g‘ri to‘rt burchakli, tavr profilida va ikki ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ustun ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari unga tushayotgan yuk miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Ustunlar kesimi unifikastiyalangan bo‘lib, to‘g‘ri to‘rt burchak kesimli ustunlar uchun 400x400: 400x600: 400x800: 500x500: 500x600: 500x800mm, kesimi tavr profilida bo‘lgan ustunlar uchun kesimi uchun esa 400x1000: 500x1000: 500x1300: 500x1400: 500x1500: 600x1400: 600x1400: va 600x2400mm qilib olinadi. Bunda ustunlarni balandligi bo‘yicha maxsus detallar o‘rnatilgan bo‘lib, ularga devor panellarini qotirish ko‘zda tutiladi (4–rasm). Ustunlar qurilish maydonlarida yig‘iladigan bir necha qismdan iborat bo‘lishi ham mumkin. Ustunlarni koordinastiya o‘qlariga bog‘lash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unifikastiya qilingan elementlarni montaj qilish, yig‘ma konstruksiyalar orasidagi 37 tirqishlar va choklarni hisobga olish uchun modul o‘lchamlar ko‘zda tutilgan bo‘ladi. (4–rasm). Tokchali ustunlar kran usti va kran osti shoxlardan iborat bo‘ladi. Kran usti shohlari kesimi ko‘pincha kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rt burchakli bo‘lib, 400x400: yoki 500x500mm qilib olinadi. Bu ustunlarni sinfi V20–V40 bo‘lgan yuqori sifatli betonlardan hamda har xil sinfdagi armaturalardan tayyorlanadi. Ustun uzunligi stex balandligi va ustunning poydevori ichiga tushiriladigan qismi to‘rt burchakli ustunlar uchun: agar bino ko‘prik kran bilan jihozlanmagan bo‘lsa, 750 mm; agar bino ko‘prik kran bilan jihozlangan bo‘lsa, 850 mm; ikki shoxli ustunlar uchun bu kattalik stex balandligi 10,8 m bo‘lganda – 900 mm; stex balandligi 10,8 metrdan yuqori bo‘lgan hol uchun – 1000 mm; ikki shoxli ustunlar uchun 1050 va 1350 mm qilib olinadi.


Yüklə 92,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə