Sanoat ekologiyasi reja: Sanoat yoki keyingi paytlarda muhandislik


Atomsfera havosini ifloslovchi moddalar



Yüklə 23,29 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü23,29 Kb.
#138588
1   2   3
SANOAT EKOLOGIYaSI

Atomsfera havosini ifloslovchi moddalar mexanik, kimyoviy va biologik guruhlarga ajratiladi.
Atmosfera havosini issiqlik, shovqin, elektromagnit va ionlashgan nurlar ham ifloslaydi deb hisoblaniladi.
Atmosfera havosi sanoat mahsulotini ishlab chiqarish jarayonida issiqlik, elektr-energiyasini ajratishda transport orqali va qishloq xo’jaligini yuritishda ham ifloslanadi.
Katta maydonlardagi o’rmonlardagi daraxtlarning kesilishi, katta maydonlarni egallagan suv omborlarini yaratilishi, meliorativ ishlarni yo`lga qo’yilishi, qazilma boyliklarni ochiq usulda olinishi kabi holatlarda tabiatda uzoq yillar davomida shakllangan ekologik muvozanatni buzilishiga bu esa uni ifloslanishiga olib keladi.
2. Atmosfera havosining ifloslanganligini sanitar-gigienik ko’rsatkichlari
Katta hajmdagi imoratlarni va ularning atrofida sanitariya jihatidan himoyalovchi joylarini loyihalash ishlarida texnologik jarayonlar, jihozlar, shamollatishlarda bu joylarda xizmat vazifalarini bajaradigan kishilarning sog’liklarini saqlash, ular uchun noqulay bo’lgan omillarning ta’siridan himoyalash maqsadida normativlar va ko’rsatkichlarning tizimi qo’llaniladi. Gigienik normativ deganda ilmiy tadqiqotlar o’tkazilib odamlarning xavsizligi va zararsizligiga ta’sir etadigan maksimal yoki minimal miqdoriy sifat ko’rsatkichlarini belgilashdir.
Bunda quyidagilar e’tiborga olinadi:
- PDK – прeдeлно допустимыe kонцeнтрации вeщeств ya’ni moddalarning ruxsat etilgan yuqori konsentrasiyalari. Atmosfera havosidagi zararli moddalarni shunday miqdoriki, bu miqdor odamga atrof-muhitga bevosita va bilvosita zararli ta’sir ko’rsatmaydi.
PDK m.r. – ruxsat etilgan yuqori darajadagi bir martalik konsentrasiyasi 20 min davomida shu zahotiyoq ta’sir etib qisqa muddat ta’sirlaydi.
PDK s.s – ruxsat etilgan yuqori darajadagi konsentrasiyasi bir kecha-kunduz (yoki yil davomida) odam organizmiga uni to’planishi natijasidagi zararli ta’siri.
Moddaning xavflilik sinfi ham belgilangan. Bu Atmosfera havosidagi zararli moddaning cheklovchi belgisi. Biror muassasasi loyihalanib uni ko’rilishda havoga tashashi mumkin bo’lgan zararli moddalarning miqdoriga ko’ra atrofda sanitar-himoyalovchi joyning o’lchamlari belgilanadi.
PDK s.s. va xavflilik sinfiga ko’ra zaharli ta’sir ko’rsatadigan moddalarni xavfligiga ko’ra 4 sinfga bo’linadi.
1-sinf o’ta xavfli;
2- sinf xavfliligi yuqori;
3-sinf xavfliligi o’rtacha;
4-sinf xavfliligi kam.
Atmosfera havosining sanitar-gigienik ko’rsatkichlari orasida odamlarning ish joylarida dam olish kunidan tashqari kunlarda 1 xaftada 41 soatdan ko’p bo’lmagan 8 soat yoki belgilangan boshqa soatlar mobaynida, ish davomida odam organizmidagi me’yoriy holatlardan og’ishlar ro’y bermay, keyingi hayotiy davrida, kelgusi avlodlarida ham salbiy holatni yuzaga keltirmaydigan ruxsat etilgan konsentrasiya ham mavjud. Uni rus tilidagi adabiyotlarda PDK r.z ya’ni ishchi soni konsentrasiyasi sifatida belgilanadi.
Gigienik normativlar aholi istiqomat qiladigan shahar, qishloqlar va xizmat vazifalarini bajariladigan joylar uchun turlicha belgilanadi. Odatda odamlar xizmat vazifalarini bajaradigan joylarga talab etiladigan PDK aholi istiqomat qiladigan joylarga nisbatan yuqoriligi 2 ta omilga bilan bog’liq. Ular:
1) Odamlar mehnat faoliyatlar amalga oshiriladigan joylarda bolalar emas, homiladorlar emas, yosh bolalarni ko’krak suti bilan boqadigan ayolllar emas, yoshi kattalashib quvvati pasaygan yoki kasal emas, sog’lom katta odamlar faoliyatda bo’ladilar.
2) Ishxonada ishchi-xodimlar kechayu kunduz emas, cheklangan davr mobaynida bo’ladi.
Atmosfera havosiga turli korxonalarning ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyatlari natijasida ajralayotgan moddalar, birikmalarning ta’siri atmosferaning yerdan 2 metr balandligida zararlovchi manba yaqinida kuchli bo’ladi.
Atmosfera havosini ifloslovchi alohida kimyoviy birikmalarning ayrimlarini tavsiyalari haqida quyida ma’lumotlar keltiriladi.
1. Uglerod ikki oksidi – CO, uni is gazi ham deyiladi, u rangsiz va hidsiz. Ko’mir, neft mahsulotlari, gaz-o’tin organik qoldiqlarni kislorod kam, past haroratda yoqishdan hosil bo’ladi. Uglerod ikki oksid eng ko’p miqdorda avtomobil motoridan ayniqsa suyuq yoqilg’idan foydalanilganda 60-80% miqdorgacha chiqadi.
Odam is gazi bilan nafas olganda u gemoglobin barqaror birikma karboksi gemoglobin hosil qiladi. Is gazi bilan zaharlanish belgilari bosh og’rishi, ko’ngil aynishi, nafas qisishi, bosh aylanishi, hatto hushdan ketish, terini qizg’ish rangga kirishi sodir bo’ladi.
2. Uglerod to’rt oksidi – CO2 barcha tirik organizmlar nafas olish jarayonlarining mahsuloti hisoblanadi. Organik tarkibli birikmalar kislorod yetarli sharoitda yoqilganda ham katta miqdorda bu gaz hosil bo’ladi. Suv bug’i va metan gazi bilan issiq xona gazi tarkibiga kiradi. Issiqxona samarasi shundan iboratki quyoshdan yer yuzasigacha keladigan uzun to’lqinli nurlanishlarni o’tkazib yuboradi. Buning natijasida yerning yuzasidagi harorat ko’tariladi. SHunday ma’lumotlar adabiyotlarda keltirilganki, unga ko’ra o’tgan 30-40 yil davomida transport va sanoat insoniyat butun umri davomida ishlatgan uglerod to’rt oksiddan ham ko’p miqdorida foydalangan.
3. Oltingugurt angidridi – SO2 oltingugurtga boy mahsulotlarning yoqish natijasida hosil bo’ladigan rangsiz, o’tkir hidli gaz. Oltingugurt oksidlari tirik organizmlar va jonsiz tabiatga quyidagicha ta’sir qiladi:
O’simliklar oltingugurt oksidlariga juda sezgir, ular barglarda qo’ng’ir dog’larni hosil qiladi. Fotosintez va boshqa jarayonlar keskin pasayishi tufayli barg quriydi. Odamlar va hayvonlarning nafas yo`li a’zolari o’pka yallig’lanadi.
Suv havzalari bu gaz bilan reaktsiyaga kirishishi bilan suv nordonlashadi bu endi boshqa salbiy holatlarga sabab bo’ladi. Metallarning korroziyasi, ularni qoplamalari buziladi.
4. Azot oksidlari – NO2 biroz qizgish, o’tkir yoqimsiz hidli gaz tarkibida azot ko’p bo’lgan birikmalarni yoqish natijasida atmosfera havosiga tushadi. Azot oksidlari kuchli oksidlovchilar hisoblanib odamlar va hayvonlarda nafas yo’lllarini qondagi gemoglobinni oksidlashidan kislorod tashish xususiyati yuqoladi.
5. Uglevodorodlar – chala yongan benzin, aromatik erituvchilar, sof moddalardagi birikmalardir. Konsentrasiyasiga va ta’sir muddatiga ko’ra gepatotoksik,kontserogen ta’sir ko’rsatadi va markaziy asab tizimida og’ir holatlarni sodir bo’lishiga olib keladi.
6. Qurg’oshin-har qanday holatda u zaharli. Avtomobillar suyuq yoqilg’idan foydalanganda yonishni yaxshilash maqsadida yoqilg’iga tetraetil qo’rg’oshin qo’shishadi. Qo’rg’oshin tirik organizmlarda sulfagidril guruhiga mansub fermentlarning faoliyatini to’xtatadi.

Yüklə 23,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə