Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


texnologik  innovatsiyalar



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/35
tarix26.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#86035
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
innovatsion iqtisodiyot

texnologik  innovatsiyalar

  deganda  yuridik  shaxsning  texnologik  yangi 

mahsulotlar  va  jarayonlarni,  shuningdek  mahsulotlar  va  jarayonlarda  sezilarli  darajada 

takomillashtirishlarni,  texnologik  yangi  va  sezilarli  darajada  takomillashtirilgan  xizmatlarni, 

xizmatlar  ishlab  chiqarilishi  (etkazib  berilishi)  bo‗yicha  yangi  yoki  sezilarli  darajada 

takomillashtirilgan usullarni ishlab chiqish va joriy etish bilan bog‗liq faoliyati nazarda tutiladi. 

Texnologik  innovatsiyalar  yuridik  shaxs  tomonidan  birinchi  marotaba  ishlab  chiqilayotgan 



mahsulotlar,  jarayonlar,  xizmatlar  va  usullar  shaklida  (agar  ular  boshqa  yuridik  shaxslar 

tomonidan qo‗llanilayotgan bo‗lsa ham) bo‗lishi mumkin. 

Texnologik  innovatsiyalarning  ikkita  turi  mavjud.  Bular:  mahsulotlar  bo‗yicha 

innovatsiyalar va jarayonlar bo‗yicha innovatsiyalar. 

Sanoat  ishlab  chiqarishida  mahsulot  bo‗yicha  innovatsiyalar  texnologik  yangi  va 

takomillashtirilgan mahsulotlarni tayyorlash va joriy etishni o‗z ichiga oladi. Texnologik  yangi 

mahsulot  –  texnologik  xususiyatlari  (funksional  belgilari,  konstruktiv  yo‗l  bilan  bajarilishi, 

qo‗shimcha  operatsiyalari,  shuningdek  qo‗llaniladigan  tarkibiy  qismlar  va  materiallar  tarkibi) 

yoki  qo‗llanilish  maqsadi  prinsipial  jihatdan  yangi  yoki  yuridik  shaxs  tomonidan  ilgari  ishlab 

chiqarilgan  shunga  o‗xshash  mahsulotdan  sezilarli  darajada  farq  qiluvchi  mahsulotdir.  Bunday 

innovatsiyalar  prinsipial  jihatdan  yangi  texnologiyalarga  yoki  mavjud  texnologiyalardan, 

tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanishga asoslangan bo‗lishi mumkin. 

Texnologik jihatdan takomillashtirilgan mahsulot – bu yuqoriroq samarali tarkibiy qismlar 

va materiallardan foydalanish, bir yoki undan ortiq texnik tarkibiy qismlarini qisman o‗zgartirish 

(kompleks  mahsulotlarda)  yo‗li  bilan  ishlab  chiqarilishining  sifat  bo‗yicha  xususiyatlari 

yaxshilanadigan va iqtisodiy samaradorligi oshadigan mahsulotdir. 

Mahsulotlar  bo‗yicha  innovatsiyalar  Sizning  tashkilotingiz  uchun  yangi  bo‗lishi  kerak. 

Ular bozor uchun yangi bo‗lishi shart emas. Innovatsion mahsulotlar Sizning tashkilotingiz yoki 

boshqa tashkilot tomonidan tayyorlanganining ahamiyati yo‗q. 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə