Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Innovatsion loyihalarni tashkil etishda davlatning ishtiroki



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/35
tarix26.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#86035
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
innovatsion iqtisodiyot

4.3 Innovatsion loyihalarni tashkil etishda davlatning ishtiroki. 

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni 

ishlab  chiqarishga  tatbiq  etishni  rag‗batlantirish  borasidagi  qo‗shimcha  chora-tadbirlar 

to‗g‗risida 

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 29-30-son, 280-modda; 2010 

y.,1-2-son,2-modda; 2011 y., 36-son, 366-modda; 2012 y., 8-9-son, 78-modda) 

Ilmiy-amaliy  tadqiqotlar  va  innovatsion  ishlanmalar  rivojlantirilishi  hamda  ishlab 

chiqarishni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  yangilash  jarayonlariga  tatbiq  etishni 

rag‗batlantirish  bo‗yicha  amaliy  mexanizmlar  yaratish,  fan  va  ishlab  chiqarishning  yanada 

mustahkam aloqasini ta‘minlash maqsadida, shuningdek, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda real 

iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari o‗rtasida uzviy hamkorlik aloqalarini o‗rnatishda innovatsion 

g‗oyalar va loyihalar Respublika yarmarkasining ahamiyatini hisobga olgan holda: 

1.  SHunday  tartib  o‗rnatilsinki,  unga  muvofiq  Innovatsion  g‗oyalar,  texnologiyalar  va 

loyihalar Respublika yarmarkasi har yili o‗tkaziladi. 

Innovatsion  g‗oyalar,  texnologiyalar  va  loyihalar  Respublika  yarmarkasining  har  yili 

o‗tkazilishini  tashkil  qilish  Iqtisodiyot  vazirligi,  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar,  investitsiyalar  va 

savdo  vazirligi,  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Fan  va  texnologiyalarni  rivojlantirishni 

muvofiqlashtirish qo‗mitasi zimmalariga yuklansin. 

2.  O‗rta  muddatli  istiqbolda  innovatsion  mahsulotlar  va  texnologiyalarni  rivojlantirish 

chora-tadbirlari kompleksi.  

Tasdiqlangan  chora-tadbirlar  kompleksini  amalga  oshirish  hamda  Innovatsion  g‗oyalar, 

texnologiyalar  va  loyihalar  Respublika  yarmarkasini  yuqori  darajada  o‗tkazish  ishlarini 

muvofiqlashtirib borish uchun Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi tuzilsin. 

Muvofiqlashtiruvchi  ishchi  guruh  O‗zbekiston  Respublikasi  Iqtisodiyot  vazirligi,  Tashqi 

iqtisodiy  aloqalar,  investitsiyalar  va  savdo  vazirligi,  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Fan  va 

texnologiyalarni  rivojlantirishni  muvofiqlashtirish  qo‗mitasi,  Fanlar  akademiyasi,  Oliy  va  o‗rta 

maxsus ta‘lim vazirligi,  manfaatdor vazirliklar va idoralar, xo‗jalik birlashmalari mazkur qaror 

bilan  tasdiqlangan  chora-tadbirlar  kompleksida  nazarda  tutilgan  tadbirlarning  belgilangan 

muddatlarda so‗zsiz bajarilishini ta‘minlasin. 

4.  Amaliy  ilmiy  ishlanmalar  va  innovatsion  texnologiyalar  ishlab  chiqarishga  keng  tatbiq 

etilishini  ta‘minlash  uchun  vazirliklar,  idoralar,  uyushmalar,  kompaniyalar  va  boshqa  xo‗jalik 

birlashmalari quyidagilarni: 

xo‗jalik  yurituvchi  sub‘ektlarning  amortizatsion  ajratmalari  va  sof  foydasi,  shuningdek 

buyurtmachilarning  maqsadli  tushumlari  shakllantirish  manbalaridan  iborat  bo‗lgan 

modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‗armalarini; 

tarmoq  va  korxonani  innovatsion  rivojlantirishga  javobgar  bo‗lgan  tarkibiy  bo‗linmalar, 

zarur  hollarda  esa  —  loyiha-konstruktorlik  byurolarini  tashkil  etishda  xo‗jalik  boshqaruvi 

organlari hamda korxonalarga ko‗maklashsin. 

5. Quyidagilar tashkil etilayotgan xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarni innovatsion rivojlantirish 

tarkibiy bo‗linmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin: 



zamonaviy uskunalar va texnologiyalarning xalqaro va mahalliy ishlanmalarini o‗rganish, 

shu  asosda  zamonaviy  texnologiyalarni  ishlab  chiqarishga  tatbiq  etishning  har  yilgi  va  o‗rta 

muddatli dasturlarini shakllantirish; 

mahalliy  amaliy  ilmiy  tadqiqotlar  va  ishlanmalarga  buyurtmalar  jamlamasini 

shakllantirish, shuningdek ularni joylashtirish

amaliy  ilmiy  tadqiqotlar  va  ishlanmalar  natijalarini  korxona  faoliyati  amaliyotiga  tatbiq 

etish. 

Mazkur  tarkibiy  tuzilmalar  faoliyatiga  tatbiq  etilgan  loyihalar  va  ishlanmalar  soni, 

shuningdek ulardan olingan iqtisodiy samaraga qarab baho berilsin. 

6.  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  Iqtisodiyot  vazirligi  Vazirlar  Mahkamasi 

huzuridagi  Fan va texnologiyalarni  rivojlantirishni  muvofiqlashtirish qo‗mitasi  bilan birgalikda 

bir  oy  muddatda  Xo‗jalik  boshqaruvi  organlari  va  korxonalarning  modernizatsiya  va  yangi 

texnologiyalar  jamg‗armasi  to‗g‗risidagi 

nizomni


 belgilangan  tartibda  ishlab  chiqsin  va 

tasdiqlasin. 

7.  Belgilansinki,  modernizatsiya  va  yangi  texnologiyalar  jamg‗armasiga  yo‗naltiriladigan 

mablag‗lar  xo‗jalik  yurituvchi  sub‘ektlar  tomonidan  ilmiy  amaliy  tadqiqotlarni,  innovatsion 

loyihalarni, tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini hamda ularni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq 

etishni moliyalashtirishda foydalaniladi. 

8.  2014  yilning  1  yanvarigacha  bo‗lgan  davrda  o‗quv  va  ilmiy-tadqiqot  muassasalari 

hamda  tashkilotlari,  loyiha-konstruktorlik  tashkilotlari  xo‗jalik  yurituvchi  sub‘ektlar  bilan 

tuzilgan  shartnomalar  bo‗yicha  amalga  oshiriladigan  amaliy  ilmiy-tadqiqot  va  tajriba-

konstruktorlik ishlarini bajarish qismida daromad solig‗i, yagona soliq to‗lovi, qo‗shilgan qiymat 

solig‗i  va  davlatning  maqsadli  jamg‗armalariga  majburiy  to‗lovlar  (yagona  ijtimoiy  to‗lovdan 

tashqari) to‗lashdan ozod etilsin. 

9.  Ilmiy-tadqiqot  muassasalari  va  tashkilotlarini  qayta  jihozlash  va  to‗liq  jihozlash  uchun 

O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tasdiqlagan  ro‗yxatlar  bo‗yicha  modernizatsiya 

qilish  doirasida  olib  kelinadigan  uskunalar  bojxona  to‗lovlaridan  (bojxona  rasmiylashtiruvi 

yig‗imlaridan tashqari) ozod etilsin. 

 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə