Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


YAngilikni yaratilishi va uning xarakteristikasi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/35
tarix26.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#86035
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
innovatsion iqtisodiyot

3.4 YAngilikni yaratilishi va uning xarakteristikasi. 

O‗zbekiston  Respublikasi  qonuni  ―Innovatsiyalar  va  innovatsiya  faoliyati‖  to‗g‗risida 

umumiy qoidalar: 

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 

Ushbu Qonunning maqsadi innovatsiyalarni ishlab chiqish va  yaratish  hamda  innovatsiya 

faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 

2-modda. Innovatsiyalar va innovatsiya faoliyati to‗g‗risida qonun hujjatlari 

Innovatsiyalar  va  innovatsiya  faoliyati  to‗g‗risidagi  qonun  xujjatlari  ushbu  Qonun  va  

boshqa qonun hujjatlaridan iborat. 

O‗zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalarida  O‗zbekiston  Respublikasining 

innovatsiyalar  va  innovatsiya  faoliyati  to‗g‗risidagi  qonunchiligida  ko‗zda  tutilgandan  boshqa 

qoidalar belgilangan hollarda xalqaro shartnomalarning qoidalari qo‗llaniladi. 

3-modda. Asosiy tushunchalar 

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‗llaniladi: 

innovatsiyalar  –  yangi  yoki  avvalgi  holatiga nisbatan takomillashtirilgan  mahsulot (tovar,  

ish,    xizmat  va  b.)    turi,    ishlab  chikarish  jarayoni,    biznesni  yuritishda  tashkiliy  uslub,    ishchi 

o‗rinlarni  tashkil  qilish  va  (yoki)    boshqa  foydali  natijaga  erishish  shaklida  mujassamlashgan 

ilmiy-tadqiqot va/yoki tajriba-konstruktorlik va (yoki) texnologik ishlarning natijasi; 

innovatsiya  faoliyati  –  ilmiy-tadqiqot  va  (yoki)    tajriba-konstruktorlik  va/yoki  texnologik 

ishlarni  yaratish,    ulardan  foydalanish  va  ularning  natijalarini  tijoratlashtirish,    shuningdek 

innovatsiya  infratuzilmasini  yaratish  va  uning  faoliyatini  ta‘minlashga  yo‗naltirilgan  ilmiy,  

texnologik, tashkiliy, moliyaviy harakatlar majmuidan iborat faoliyat

innovatsiya loyihasi  –    innovatsiyalarni  yaratish,  shu  jumladan,  ularni tijoratlashtirishga 

yo‗naltirilgan tadbirlar majmuasi

innovatsiya  dasturi  –  innovatsiya  mahsulotini  ishlab  chiqarish  va  samarali  o‗zlashtirishni 

ta‘minlaydigan,    ularni  amalga  oshirish  muddatlari,  resurslari,    ijrochilari,    moliyalashtirish 

hajmlari va   manbalari bo‗yicha muvofiqlashtirilgan, innovatsiya loyihalari majmuasii; 

innovatsiya tavakkalchiligi – tashkilot tomonidan ishlab chiqarishga sarflangan mablag‗ni,  

innovatsiyalarni  bozorda  kutilayotgan  talabga  ega  bo‗lmaganligi  va  (yoki)    kutilayotgan 

samarani keltirmaganligi sababli paydo bo‗ladigan yo‗qotishlar ehtimoli; 

innovatsiya ilmiy-texnika ishi  –  yangi  yoki  takomillashtirilgan materiallar,  mexanizmlar,  

mahsulotlar,    texnologiyalar,    tizimlar  va  xizmatlarni  rejalashtirish  yoki  loyihalashtirishga 

yo‗naltirilgan ilmiy- tadqiqot va/yoki tajriba-konstruktorlik va/yoki texnologik ishlar natijalarini 

ishlab  chiqarishda  qo‗llash  yoki  tijorat  maqsadlarida  foydalanish  boshlangunga  qadar  bo‗lgan 

faoliyat; 

innovatsiya markazlari –  innovatsiyalarni tezkor ilgari surish va istiqbolli texnologiyalarni 

o‗zlashtirish  maqsadida  ilmiy  markazlar  va/yoki  ilmiy-tadqiqot  va  oliy  o‗quv  muassasalari 

negizida,    hamda  idoralar  va  joylardagi  davlat  idoralari  organlari  qoshida,    sanoat  korxonalari 

va/yoki moliyaviy institutlar (investorlar)ning ishtirokida tuziladigan tashkilotlar; 

venchur  fondi  –    tavakkalchilik  darajasi  yuqori,    oldindan  daromad  yoki  ziyon  ko‗rilishi 

aniq  ma‘lum  bo‗lmagan  innovatsiya  loyihalari  va  dasturlarini  moliyalashtirish  va  amalga 

oshirish,  shuningdek  inovatsiyalarni  joriy  qiluvchi  tashkilotlarni  moliyaviy,    konsalting,  

injiniring  va  huquqiy  qo‗llab-quvvatlovchi  jismoniy  yoki  yuridik  shaxslar  tomonidan  tashkil 

etiladigan maxsus moliyaviy fond

innovatsiya  fondi  –    qonun  hujjatlarida  ko‗rsatilgan  shaklda,    ilmiy-tadqiqot  va/yoki 

tajriba-konstruktorlik  va/yoki  texnologik  ishlar,    innovatsiya  loyihalari  va  dasturlarini 




moliyalashtirish  uchun  davlat  organlari  va/yoki  xo‗jalik  yurituvchi  sub‘ektlar  tomonidan, 

tuziladigan moliyaviy fond; 

innovatsiya  faoliyati  natijasini  tijoratlashtirish  –  ilmiy-tadqiqot  va/yoki  tajriba-

konstruktorlik  va/yoki  texnologik  ishlar  natijalarini  fuqarolik  muomalasiga  jalb  etish  bo‗yicha 

faoliyat; 

ilmiy-tadqiqot  ishlari  –  yangi  bilimlarni  egallash  va/yoki  ularni  to‗plash  va  qo‗llashga 

qaratilgan har qanday ijodiy va tizimli faoliyat; 

ilmiy va/yoki ilmiy-texnik axborot – ilmiy bilimlar, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot,  tajriba-

konstruktorlik,    texnologik,    innovatsiya  va  boshqa  ishlar  to‗g‗risida,    ilmiy,    ilmiy-tadqiqot 

va/yoki  innovatsiya  faoliyati  natijalarining  har  qanday  moddiy,  elektron  va  boshqa  axborot 

tashuvchilarida qayd etilgan hisobotlari va boshqa hujjatlarning yig‗indisi; 

tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar – texnologik, muhandislik,  iqtisodiy,  ijtimoiy, 

gumanitar  va  boshqa  muammolarini  hal  qilish  uchun  yangi  ilmiy  bilimlarni  qo‗llashga,    fan,  

texnika va ishlab chiqarishning faoliyat ko‗rsatishini ta‘minlashga yo‗naltirilgan faoliyat; 

texnologik  park  (texnopark)  –  ilmiy,    loyihalash-konstruktorlik  tashkilotlari,    ta‘lim 

muassasalari,  ishlab chiqarish tashkilotlari yoki  ularning ilmiy-texnika va innovatsiya sohasida 

tadbirkorlikni rivojlanishi uchun qulay bo‗lgan sharoitlarning shakllanishini amalga oshirayotgan 

bo‗linmalarining  birlashmasi  ko‗rinishidagi  fan,    ta‘lim  va  ishlab  chiqarishning  hududiy 

integratsiyasi sifatidagi innovatsion infratuzilma sub‘ekti; 

intellektual  mulk  ob‘ektlari  va  texnologiyalar  transferi  (uzatish  va  ilgari  surish)  – 

intellektual  mulk  ob‘ektlari  va  texnologiyalarni  va/yoki  boshqa  innovatsiya  mahsulotlariini 

xo‗jalik  yurituvchi  sub‘ektlarga  sinash  va/yoki  ularni  ishlab  chiqarishni  o‗zlashtirish  va/yoki 

sotish uchun uzatish jarayoni. va boshqalar. 

 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə