Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/35
tarix26.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#86035
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
innovatsion iqtisodiyot

Umumiy qoidalar 

1.  Innovatsiya  ilmiy-texnika  dasturlari  fan  va  texnologiyalar  taraqqiyotining  ustuvor 

yo‗nalishlari  asosida  yangi  texnologiyalarni  amaliyotda  keng  qo‗llash,  mamlakat  ijtimoiy  va 

iqtisodiy  rivojlanishining  dolzarb  masalalarini  hal  etish,  mavjud  ilmiy-texnologik  salohiyatdan 

samarali  foydalanishga  yo‗naltirilgan  innovatsiya  faoliyatini,  amaliy,  ilmiy-texnik,  tajriba-

konstruktorlik,  texnologik  va  boshqa  turdosh  ishlarni  davlat  tomonidan  qo‗llab-quvvatlashni 

ko‗zda tutadi. 

2.  Fanlar  akademiyasi,  Oliy  va  o‗rta  maxsus  ta‘lim  vazirligi,  Qishloq  va  suv  xo‗jaligi 

vazirligi,  Sog‗liqni  saqlash  vazirligi  hamda  Xalq  ta‘limi  vazirliklari  (keyingi  o‗rinlarda 

«vazirliklar»)  tegishli  sohalardagi  mavjud  ilmiy-texnologik  muammolardan  kelib  chiqib, 

vazirliklarning  innovatsiya  ilmiy-texnika  dasturlarini  (keyingi  o‗rinlarda  «vazirliklarning 

dasturlari») shakllantiradilar. 

3.  Iqtisodiyot  tarmoqlarining  yirik  ilmiy-texnologik  muammolarini  hal  etishga  qaratilgan 

innovatsiya  ilmiy-texnika  dasturi  (keyingi  o‗rinlarda  «Dastur»)  Fan  va  texnologiyalarni 

rivojlantirishni  muvofiqlashtirish  Qo‗mitasi  (keyingi  o‗rinlarda  «Qo‗mita»)  tomonidan 

shakllantiriladi. 

4.  Vazirliklarning  dasturlarini  va  Dasturni  moliyalashtirish  Innovatsiya  fan-texnika 

faoliyatini moliyalashtirish jamg‗armasi (keyingi o‗rinlarda «Jamg‗arma»)ga davlat byudjetining 

«Fan»  202  bo‗limi  bo‗yicha  ajratiladigan  mablag‗lari  va  innovatsiya  faoliyatidan  manfaatdor 

xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning mablag‗lari hisobidan hissadorlik asosida amalga oshiriladi. 




5. Byudjet mablag‗larining Dasturlar bo‗yicha moliyaviy taqsimoti Moliya vazirligi bilan 

kelishilgan holda Qo‗mita tomonidan tasdiqlanadigan Jamg‗armaning xarajatlari va daromadlari 

smetasida belgilanadi. 

6.  Vazirliklar,  Qo‗mita  va  innovatsiya  ilmiy-texnika  loyihalarini  hissadorlik  asosida 

moliyalashtirishda ishtirok etuvchi xo‗jalik  yurituvchi  sub‘ektlar Dasturlarning buyurtmachilari 

hisoblanadi. 

Innovatsion  faoliyatni  rivojlantirish  va  samarali  boshqarish  maqsadida  O‘zbekistn 

Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 noyabrdagi qarori bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi 

tashkil etildi va uning oldiga mamlakatimizda innovatsion jarayonlarni samarali yo‘lga qo‘yish, 

istiqbolli innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, innovator kadrlarni toppish va ularni qo‘llab-

quvvatlash vazifalari qo‘yildi. 

 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə