Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Moliya-sanoat guruxlarining boshqarish



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/35
tarix26.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#86035
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
innovatsion iqtisodiyot

5.4 Moliya-sanoat guruxlarining boshqarish. 

Bugungi  kunda  mamlakatimizni,  avvalo,  iqtisodiyotimizni  isloh  etish,  erkinlashtirish  va 

modernizatsiya  qilish,  uning  tarkibiy  tuzilishini  diversifikatsiya  qilish  borasida  amalga 

oshirilayotgan,  har  tomonlama  asosli  va  chuqur  o‗ylangan  siyosat  bizni  inqirozlar  va  boshqa 

tahdidlarning salbiy ta‘siridan himoya qiladigan kuchli to‗siq, aytish mumkinki, mustahkam va 

ishonchli himoya vositasini yaratdi. 

SHuni takror aytish joizki, integratsiyalashgan global iqtisodiy makonning uzviy bir qismi 

sifatida O‗zbekiston jahon iqtisodiy inqirozining tobora kuchayib borayotgan salbiy oqibatlarini 

his etayotgani va bundan keyin ham his etishini biz o‗zimizga yaxshi tasavvur qilamiz. SHundan 

kelib chiqqan holda, biz iqtisodiyotimizdagi real ahvol va sharoitlarni hisobga olib, 2008 yilning 

ikkinchi yarmidayoq Inqirozga qarshi choralar dasturini ishlab chiqishga kirishgan edik. 

Hozirgi  kunda  jahon  iqtisodiy  inqirozi  oqibatlarining  oldini  olish  va  ularni  bartaraf  etish 

bo‗yicha  Inqirozga  qarshi  choralar  dasturi  tasdiqlanib,  tarmoqlar  va  hududlar  bo‗yicha  aniq 

ijrochilarga  etkazildi.  Bunda  infratuzilma  sohalarini  rivojlantirishga  alohida  e‘tibo  qaratilgan. 

CHunki,  infratuzilmani  rivojlantirish  orqali  real  sektor  korxonalarini  qo‗llab-quvvatlash, 

ularning faoliyatini rivojlantirish hamda eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi.  

                                                 

5 Ўлмасов А., Шарифхўжаев М. Иқтисодиёт назарияси. Т.,2000, 189-190 б. 




 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə