2.5 Innovatsion infratuzilmaning nazariy-uslubiy asoslari
Ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotda hududiy infratuzilma sohasi tarkibiga kiruvchi
tuzilmalardan foydalanish amalda ancha ilgari boshlanganligiga qaramay, unga mukammal
tizimga ega bo‗lgan mustaqil soha sifatida e‘tibor qaratish nisbatan kech ro‗y berdi. Zero,
“
infratuzilma
”
atamasi fanga kiritilishining aniq sanasi ma‘lum bo‗lmay, ko‗pchilik
tadqiqotlarda ushbu tushuncha XX asr 40 – yillarining oxirida paydo bo‗lgan deyilsa, ba‘zilarida
esa amerikalik iqtisodchi P.Rozenshteyn-Rodan tomonidan 1955 yilda ilmiy atama sifatida
qo‗llanilgani qayd etilgan.2 Ma‘lumotlarga ko‗ra, XX asr boshlarida ―infratuzilma‖ atamasi
iqtisodiy tahlilda qurolli kuchlarning hayotga layoqatliligini ta‘minlovchi ob‘ekt va inshootlarni
ifodalash uchun qo‗llanilgan. 40 yillarda G‗arbda infratuzilma tushunchasi orqali moddiy ishlab
chiqarishning etarli darajada amal qilishi uchun xizmat qiluvchi tarmoqlar majmui tushunila
boshlandi.
Infratuzilma – bu har qanday yaxlit iqtisodiy tizim va tuzilmalarning mavjud bo‗lish sharti
hisoblangan tarkibiy qismidir.
Dostları ilə paylaş: |