2.3 Innovatsiyalarni tadbirkorlik va biznesni rivojlantirishdagi o„rni.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimizda o‗rta sinfni shakllantirishda
mustahkam zamin bo‗lib xizmat qilmoqda. Aynan mazkur sektorni rivojlantirish hisobidan
mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, sotsial va iqtisodiy barqarorlikdan manfaatdor, uni taraqqiyot
va demokratik tub o‗zgarishlar sari faol harakatlantiruvchi kuch hisoblangan ijtimoiy qatlam
shikllanmoqda.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlikni huquqiy himoya qilish masalasi
mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy yo‗nalishlaridan biridir.
Keyingi yillarda ushbu soha jadal sur‘atlar bilan ravnaq topib, aholi bandligi va turmush
farovonligini ta‘minlashda etakchi kuchga aylandi.
Keyingi yillarda zamonaviy bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan bir qator
mamlakatlarda yirik korxonalar o‗zlarining ichki bo‗linmalari bajargan avvalgi ko‗p
funksiyalaridan voz kechish va bu funksiyalarni kichik korxonalarga berish jarayoni
kuzatilmoqda. Aynan shu sabablarga ko‗ra yirik sanoat korxonalari soni qisqarib, kichik
korxonalar soni o‗sib bormoqda. Bu jarayon bozor iqtisodiyotining dinamik, harakatchan,
yangiliklarga hozirjavob, bozordagi talab va uning o‗zgarishiga tez moslashuvchan bo‗lishini
ta‘minlaydi. SHunga muvofiq, O‗zbekistonning xorijiy mamlakatlar korxonalari bilan
riqobatbardoshlik darajasi ko‗tarilishiga imkon beruvchi eng muhim omillardan biri kichik
korxonalarning bugun bir tarmog‗ini vujudga keltirishga imkon beruvchi qulay shart-sharoitlarni
yaratishdirki, bunday korxonalar yig‗indisi raqobatli bozor muhitini yaratishga imkon bersin.
Demak, respublikamiz mintaqalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan
shug‗ullanuvchi korxonalargaalohidae‘tibor qaratish, bu jarayon yangi innovatsiyalar,
tashabbuskorlikni talab etishini, shular asosidagina iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlash mumkin.
SHunday ekan, mintaqalardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‗ullanuvchi korxona rahbarlari fan va texnika sohasidagi eng so‗nggi innovatsiyalarni ishlab
chiqarishga joriy etishga alohida e‘tibor qaratishlari lozim
Dostları ilə paylaş: |