1.6. Innovatsion boshqarishning mexanizmlari.
Korxona iqtisodiyoti infratuzilmasini samarali boshqarish natijasida O‗zbekistonda
aholining moddiy, ma‘naviy, ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish darajasini ifodalaydigan «turmush
darajasi» yaxshilanib boradi. Bunday tavsif ko‗proq turmush darajasi statistikasini tavsiflaydi.
SHu bilan birga turmush darajasi ko‗plab omillar yig‗indisi ta‘sirida bo‗lgan o‗zgaruvchan
jarayondir. Bir tomondan turmush darajasi muntazam o‗zgarib turadigan turli ne‘matlarga
ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni qondirish imkoniyatlari,
tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, ish haqi, mulkdan olinadigan daromad
bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish innovatsion infratuzilmasi
tarkiban moddiy ne‘matlar ishlab chiqaruvchi
tarmoq va korxonalarga ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste‘molchiga etkazishni tayyorlash,
saqlash, o‗rash, qadoqlash yoki joylashtirish, tovar joylanadigan yoki o‗raladigan idishlar bilan
ta‘minlash, tashish, ta‘mirlash hamda sotish kabi xizmatlar ko‗rsatuvchi, ularning to‗xtovsiz va
samarali faoliyat yuritishni ta‘minlovchi tashkilot va korxonalar majmuini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |