Strategiyasida qayd etilganidek, joriy yildagi asosiy vazifalardan biri — izchil yuqori o‗sish
sur‘atlarini, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini
oshirish eng muhim ustuvor yo‗nalishga aylanishi darkor. Ushbu vazifani amalga oshirishda
innovatsion faoliyatning o‗ziga xos o‗rni borligini alohida ta‘kidlash mumkin.
Zero, mutaxassislarning xalqaro miqyosdagi tahlillarga tayanilgan holda ta‘kidlashlaricha,
mamlakatlarning inqirozdan chiqish vazifalarini hal etish va iqtisodiy rivojlanishning dinamik
barqarorligini ta‘minlashda birinchi navbatda innovatsiya va innovatsion faoliyat asosiy rol
o‗ynaydi. CHunki, innovatsiya faoliyatigina ishlab chiqarish bazasini texnik va texnologik
jihatdan to‗xtovsiz yangilash, zamonaviy texnologiyali korxonalarni tashkil etish, tabiiy
resurslardan unumli foydalanish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni o‗zlashtirish, jahon
tovar va xizmatlar bozoriga samarali kirib borish, umuman, iqtisodiyotni yuksaltirishga erishish
omili hisoblanadi. SHu boisdan mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq,
taraqqiyotning garovi hisoblangan innovatsion faoliyatni shakllantirish va rivojlantirishga
muhim e‘tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, innovatsion faoliyat uchun zarur huquqiy asoslarni hamda
shart-sharoitlarni yaratish, davlat tashkilotlari va ishlab chiqaruvchilar bilan novator olimlar
o‗rtasida samarador hamkorlikni ta‘minlash choralari ko‗rilmoqda.
Dostları ilə paylaş: