2-Mavzu. Innovatsiyalar va uni jamiyat taraqqiyotidagi o„rni
2.1 Innovatsiyalar to‗g‗risida tushunchasi.
2.2 Jamiyat taraqqiyoti va innovatsion boshqaruv.
2.3 Innovatsiyalarni tadbirkorlik va biznesni rivojlantirishdagi o‗rni.
2.4 Investitsiyalar va innovatsiyalarni boshqarish.
2.4 Innovatsion infratuzilmaning nazariy-uslubiy asoslari
2.1 Innovatsiyalar to„g„risida tushunchasi.
Hozirgi vaqtda «Innovatsiya tushunchasi» juda keng qo‗llanilmoqda. Innovatsiya so‗zi
inglizcha so‗z bo‗lib — «innovatsion» yangilik kiritish degan ma‘noni bildiradi, ya‘ni tizim ichki
tuzilishini o‗zgartirish, deb ta‘riflanadi. Innovatsiya amaliyot va nazariyaning muhim qismi
bo‗lib, ijtimoiy- madaniy ob‘ekt sifatlarini yaxshilashga yo‗naltirilgan ijtimoiy sub‘ektlarning
harakat tizimidir. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo‗lib, bir tizimda shakllangan
yangicha yondashuvlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‗ilib, ta‘lim mazmunini
rivojlantirish uchun istiqbolli bo‗ladi. SHuningdek, umuman ta‘lim tizimi rivojiga ijobiy ta‘sir
ko‗rsatadi. Innovatsiya — ma‘lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi
texnologiya, shakl va metodlar, muammoni echish uchun yangicha yondashuv yoki yangi
texnologik jarayonni qo‗llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishiga olib kelishi ma‘lum
bo‗lgan oxirgi natijadir.
Innovatsiya loyihalari – bunday loyixalarning asosiy maqsadi yangi texnologiyalar, nou-
xau va korxonalarning rivojlanishini ta‘minlab beruvchi boshqa yangiliklarni ishlab chiqish va
qo‗llashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |