Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə24/194
tarix29.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#142873
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   194
Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashk-fayllar.org

JAMI AKTIV BO’YICHA


23696000


JAMI PASSIV BO’YICHA


23696000


Hisob yuritish siyosati
Respublikamizda amalga oshiriladigan keng ko’lamli modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilanish jarayoni iqtisodiy isloxotlarni bosqichma-bosqich joriy qilinishining samarasidir.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining birinchi yillaridayoq buxgalteriya hisobi va hisobotining boshqaruv tizimidagi o’rni, mohiyati, vazifalaridan kelib chiqqan holda o’zbek buxgalteriyasini yaratishga e’tibor berila boshlandi.
Buxgalteriya hisobi va hisoboti yordamida mulk shaklidan qat’iy nazar korxona va xo’jalik sub’ektilarning mulki to’liqligi bo’yicha nazorat qilinishi bilan birga, xarajatlarni kamaytirish, moliyaviy faoliyatini aniqlash, mavjud iqtisodiy resurslardan foydalanish xolati o’rganiladi, nazorat qilinadi. SHu bilan birga buxgalteriya hisobidagi yozuvlar asosida maxsulot tannarxi aniqlanadi va biznes rejadagi tannarx o’rtasidagi farq hisob-kitob qilinadi.
Xo’jalik sub’ektlari moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi Qonun va Buxgalteriya hisobi milliy standartlari hamda turli Nizom, yo’riqnomalar asosida yuritiladi. Buxgalteriya hisobi milliy standartlari Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga asosan ishlab chiqilgan. Buxgalteriya standartlari – bu buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish bo’yicha umumqabul qilingan qoidalardir. Har bir standart buxgalteriya hisobining u yoki bu ob’ektini hisobga olish tartib-qoidalari, tamoyillari, usullari va moliyaviy hisobotlarda yoritish tartibini belgilaydi. Ularda iqtisodiyot tarmoq xususiyatlari, xo’jalik yuritish bo’yicha qonunchilik va boshqa omillarni inobatga olgan holda xalqaro tajribada shakllangan turli usul va qoidalar o’z aksini topadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z faoliyatining xususiyatlari, sub’ekt rahbariyatining strategik rejalari va boshqalarni inobatga olgan holda u yoki bu usullar yoki qoidalardan foydalanishga haqlidir.
Buxgalteriya hisobi milliy standartlarida berilgan buxgalteriya hisobining u yoki bu ob’ektini hisobga olish tartib-qoidalari, usullaridan xo’jalik sub’ekti o’z tarmoq xususiyatlari, o’z oldiga qo’ygan maqsadi va boshqalarni inobatga olgan holda standartlarda berilgan usullardan birini tanlab olishi zarur bo’ladi. Bu zarurat shu bilan belgilanadiki, korxona moliyaviy hisobot taqdim etish uchun har bir hisobot davri uchun har xil usuldan foydalanishi mumkin emas. Bu taqdim etilayotgan axborotni solishtirish imkonini ta’minlamaydi hamda uning ishonchliligiga putur yetkazadi. Aynan mana shu sabablarga ko’ra xo’jalik sub’ekti buxgalteriya hisobi milliy standartlarida berilgan tavsiyalardan foydalanib, o’zi uchun muqim bir tartib-qoidalar hamda usullarni tanlab olishi kerak. Tanlab olingan usullar va qoidalar korxonaning hisob yuritish siyosatida o’z aksini topadi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya