Sanoatda korporativ boshqaruv tizimini keng joriy qilish muammolari


Aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni tashkil etishda menejer-aktsiyador munosabatlarini boshqarish



Yüklə 40,7 Kb.
səhifə3/4
tarix23.05.2023
ölçüsü40,7 Kb.
#112372
1   2   3   4
SANOATDA KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMINI KENG JORIY QILISH MUAMMOLARI

2. Aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni tashkil etishda menejer-aktsiyador munosabatlarini boshqarish
Korporativ boshqaruvning mexanizmini tavsiflash uchun, fikrimizcha, quyidagi munosabatlarni ko’rib chiqish zarur: mulkdorlar guruhi ichida, menejerlar guruhi ichida, mulkdorlarning va menejerlar o’rtasidagi munosabatlar, mulkdorlar va moliya bozori o’rtasidagi munosabatlar, mulkdorlar vakillari va mehnat bozori o’rtasidagi munosabatlar, menejerlar va mahsulot bozorlari o’rtasidagi munosabatlar. Ushbu sanab o’tilgan korporativ munosabatlarni yanada chuqurroq ko’rib chiqadigan bo’lsak, birinchi navbatda, mulkdorlar guruhiga kimlar mansubligini bilish zarur. Korporatsiya mulkdorlarini individual va instituttsional mulkdorlarga bo’lish qabul qilingan. Individual investorlarga jismoniy shaxslar, tashkilotlar va boshqa korporatsiyalar kirsa, instituttsional investorlarga esa, pensiya fondlari, sug’urta kompaniyalari, investitsion fondlar, banklar kiradi. Korporatsiya singari murakkab tizimni yagona shaxs tomonidan boshqarish mumkin bo’lmaydi, shuning uchun ham korporatsiyani menejerlar guruhi boshqaradi. Menejerlar guruhi ma’lum vakolatlarga ega bo’lgan boshqarish organini tashkil etadi. Korporativ boshqaruv mexanizmini tadqiq etish, korporativ boshqaruvni mohiyatini o’rganishga asos bo’ladi va uni korporativ boshqaruv modeli orqali ko’rib chiqamiz . Shuni ta’kidlash lozimki, aktsionerlik jamiyatining ishtirokchisini yagona majburiyati bu – mulkiy badalni to’lash bo’lib, boshqaruvda ishtirok etish uning majburiyatiga kirmaydi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, munosabatlar korporatsiya ichidagi mulkdorlar o’rtasida emas, balki korporatsiya va mulkdorlar o’rtasida yuzaga chiqadi, ya’ni mulkdorlar guruhi o’rtasida munosabatlar mavjud emas, yoki bu munosabat minimallashtirilgan. Pastda keltirilgan model korporativ boshqaruv mexanizmini, undagi ishtirokchilar va ushbu model ichidagi munosabatlarni o’rganish imkonini beradi. Chizmadan yaqqol ko’rish mumkinki, ushbu model doirasida korporativ munosabatlarning ishtirokchilari bo’lib mulkdorlar, menejerlar, ichki va tashqi vositachilar hisoblanadi. Fikrimizcha, mulkdorlarning direktorlar kengashi doriasidagi munosabatlari ularning o’zaro munosabati emas, balki mulkdorlarning korporatsiya bilan o’rtasidagi munosabati bo’lib hisoblanadi. Mulkdorlarning guruh ichidagi o’zaro munosabati sifatida, ayrim mulkdorlarning boshqa mulkdor aktsiyasi hisobidan ovoz berish uchun ishonchnoma olishini ko’rsatish mumkin (bu operatsiyalar ham odatda uchinchi shaxs orqali amalga oshiriladi). Menejerlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar izlanishning boshqa turiga mansubligi uchun (tashkil etish nazariyasi, korxona axloqi, menejment psixologiyasi va hakazo), odatda, ushbu munosabatlarni korporativ munosabatlar tizimida o’rganilmaydi. Mulkdorlar va moliya bozori o’rtasidagi munosabatlar, mulkdorlar vakillari va mehnat bozori o’rtasidagi munosabatlar, menejerlar va mahsulot bozorlari o’rtasidagi munosabatlar korporatsiya ichidagi munosabatlar doirasidan chetga chiqadi va ushbu munosabatlarning korporatsiya bilan vositachilik ko’rinishidagi munosabatlarigina o’rganiladi. Shunday qilib, faqatgina mulkdorlar bilan menejerlar o’rtasidagi munosabatlar, uning mohiyatini ochib beruvchi mexanizmlar korporativ boshqaruvning tadqiqot ob’ekti sifatida o’rganiladi. Menejerlarning samarasiz ishlashidan mulkdorlarni himoya qilish bunday o’zaro munosabatlarning asosini tashkil etadi. Korporatsiyani samarali boshqarishning diqqatga sazovor tomoni shundaki, bu nafaqat yollanma menejerning professionalligidan, balki menejer motivatsiyasining mulkdorlar manfaatlariga mos kelishiga ham bog’liq bo’ladi. Korxonalarning klassik nazariyasiga ko’ra, menejerlar mulkdorlar manfaatlarini ko’zlab faoliyat yuritadilar. Ammo, amaliyotda umuman boshqacha holatlarni ham guvohi bo’lish mumkin. Gap shundaki, menejerlar ham inson va ko’pchilik holatlarda ularning shaxsiy manfaatlari boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asosiy rol o’ynadi. Buni korporatsiya menejerining imiji masalasida (boshqaruv binolari, boshqaruv uchun yirik xarajatlar), riskka bo’lgan munosabatda (menejerlar qaror qabul qilib, uni amaliyotga qo’llaydilar, ammo har doim ham ushbu qarorlar bo’yicha javobgarlikni o’zlariga olavermaydilar), xuddi shunday investitsion, ishlab chiqarish va strategik siyosat masalalarida (masalan, menejerlar iqtisodiy natijaga erishish emas, balki o’z ta’sir doirasini kengaytirish) kuzatish mumkin.Mulkdorlar bilan menejerlar o’rtasidagi bunday qarma-qarshilik agentlik muammosi (yoki qarama-qarshiligi) deb ataladi. Quyida boshqaruv jarayonida mulkdorlar bilan menejerlar o’rtasidagi qarashlar tafovutini yaqqol ko’rish mumkin. O’z-o’zidan savol tug’iladi: mulkdor qanday qilib o’z manfatini himoya etishi mumkin? Aynan, shu savol korporativ boshqaruv tizimida ritorik xarakterga ega bo’lgan muhim masaladir. Hozirgi vaqtda korporatsiya faoliyati tajribasi - agentlik muammosini mulkdorlar foydasiga hal qilishning ichki va tashqi mexanizmlari haqida gapirishga imkon beradi.

Yüklə 40,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə