~ 100 ~
uning hech qachon Vatanidan ko‘ngil uzolmagani sababi bilan izohlash
mumkin. Saltanatining mustahkamligini ikkinchi oyog‘ining yerga tegib
turishi bilan bog‘lash o‘rinlidir. Maxsi
uchun tanlangan yashil rang
tarixiga nazar solinsa, bu rangning Sharq xalqlarida hayot ramzi ekanligi,
unga o‘tmish bilan kelajakni bog‘lovchi timsol sifatida qaralishi, so‘fiylik
ta’limotida ham ulug‘ ranglardan sanalishi ayon bo‘ladi. Bu rang zamirida
Boburning yaqin insonlari uchun qayg‘urishiga
ham ishora bordek,
nazarimizda. Kavushining ko‘k rangi qahramonning o‘ziga
ishonchi,
vazminligi-yu va boshqalarga xayrixohligini bildiradi.
Suv
– hayot ramzi. Umrning yeldek o‘tishi,
har bir lahzaning
g‘animatligi demakdir.
Gullar
timsoliga rassom go‘zallik,
hayot quvonchi va undan
zavqlanish hissini singdirgan. Qizil va sariq
tusli chechaklar tabiatdagi
iliqlikni, binafsharang esa ruhiy xotirjamlikni ifoda etgan.
Toshlar
(katta-kichik) tasviriga hayotda uchrashi muqarrar bo‘lgan
turli muammolar va ularni kuchli iroda bilan yengishga da’vat ma’nosi
singdirilgan.
Rassom muhri.
Muhr – asar muallifining “tashrif qog‘ozi”.
Uzuk
taxt
sohibining siyosati, davlati mustahkamligi ma’nosini
anglatadi.
Mantiqiy yechim.
Bobur portretining
asosiy elementlari
kompozitsion sxematik joylashuvi modelini
shakllantirish orqali
muayyan yechimga kelish mumkin. Masalan:
kartina markazida mutolaa bilan mashg‘ul
shoir
obrazi –
asosiy
(yonidagi ikkita shaklga nisbatan balandroq) uchburchak shakl;
Dostları ilə paylaş: