Multimedia
mahsuloti
– tarkibida musiqa taraladigan,
videokliplar, animatsiya, rasmlar va slaydlar galereyasi, turli ma’lumotlar
bazalari va boshqalar kirishi mumkin bo‘lgan interfaol, kompyuterda
ishlangan mahsulotdir.
Multimedia texnologiyasi
axborotni bir vaqtning o‘zida insonga
tushunarli, ko‘p shakllar (jumladan, nutq, rasm, chizma, tasvir, musiqa,
raqam va harflar) kombinatsiyasida havola qila oladi. Bu texnologiya
axborotni qidirish, nusxa olish va boshqa biror kompyuterga ko‘rsatilgan
shaklda, ko‘chirib o‘tkaza oladi hamda ularning xohlagan
kombinatsiyasini
yarata
oladi.
Bundan
tashqari,
multimedia
~ 95 ~
texnologiyasidan foydalanuvchi o‘zi dizayn bilan shug‘ullana olishiga
imkon
beradi,
shuningdek,
statik
(harakatsiz)
va
dinamik
(harakatlanuvchi) tasvirlarni yaratishi hamda o‘z ijodiy ishining
natijalarini aloqa kanallari orqali tashqi muhitga tarqatishi mumkin.
Multimedia vositalari –
bu apparat va dasturlar to‘plami bo‘lib, u
insonga o‘zi uchun tabiiy bo‘lgan turli-tuman muhitlarni: tovush, video,
grafika, matnlar, animatsiya va boshqalarni ishlatgan holda kompyuter
bilan muloqot qilish imkonini beradi.
Таsvirlarni ko‘rish va ular bilan ishlash uchun mo‘ljallangan
dasturiy vositalarga Adobe Photoshop, Corel Photo-Paint, Paint Shop Pro,
Microsoft Picture It, Visualizer Photo Studio, Pixel image editor,
PixBuilder Photo Editor, Fo2Pix ArtMasterlar kiradi
30
.
2-ilova
Yozuvchi biografiyasi, ijodi o‘rganishga kirishilar ekan, eng
avvalo, uning shaxsiyati sirini anglash zarur. Aynan yozuvchi shaxsiyati
va uni o‘rab turgan atrof-muhit bu holatda asar tahlilining tayanch nuqtasi
bo‘lib qoladi. Ijodkor shaxsiyati, u yashagan davr va tasvirlanayotgan
hayot voqeligiga munosabatni ochib berish talabi ta’lim oluvchilarning
intelektual salohiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq bir qator vazifalar
ijrosini ko‘zda tutadi. Yozuvchi ijodini o‘rganish metodikasi ilmda
allaqachon o‘z yechimini topgan bo‘lsa ham jamiyatning axborotlashuvi,
ta’limdagi innovatsiyalar mavjud an’analarni davrga hamohang tarzda
takomillashtirishni, o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan samarali usul va
metodlarni taqozo etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, o‘qituvchi oldiga
masalaga doir maqsadli strategiyalarni tatbiq etish zaruratini ko‘ndalang
qo‘yadi.
Metodik adabiyotlarda yozuvchi biografiyasini o‘rganish ularning
o‘zlari yozib qoldirgan hasbi hollari, zamondoshlarining e’tiroflari
tarzidagi yozma materiallar, fotoalbomlar, filmlar, uy-muzeylarga
sayohat, ular bilan uyushtirilgan suhbat, intervyu kabi vositalarning
ahamiyati bayon etiladi. Zero, bunday turdagi didaktik ashyolar professor
B.To‘xliyev to‘g‘ri qayd etganiday, “badiiy ijodning o‘ziga xos
xususiyatini tushunish uchun ham, adibning shaxsiyatiga aloqador
bo‘lgan ma'lumotlarni oydinlashtirish uchun ham, o‘rni-o‘rni bilan esa
muayyan bir adabiy hodisaning ijtimoiy-estetik ahamiyatini tasavvur
etish uchun ham favqulodda katta yordam berishi mumkin bo‘ladi”
31
. Shu
nuqtayi nazardan yondashilganda yozuvchi tarjimai holini turdosh fanlar
30
Файзиева М., Сайфуров Д. Виртуал таълим технологияси. – Тoshkent: ТДПУ, 2006. – 27-32-б.
31
Тўхлиев Б. Адабиёт ўқитиш методикаси. Ўқув қўлланма. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. – 116-б.
~ 96 ~
doirasida qiyosiy o‘rganish, fanlararo aloqaga asoslanish asarlarining
g‘oyaviy-badiiy xususiyatiga chuqurroq kirish, ijodining estetik qimmati
hamda jamiyat va xalq oldidagi xizmatlarini haqqoniy baholashga xizmat
qiladi.
Fanlararo aloqani o‘rnatishda dastlab o‘quv materiali mazmuniga
xos yetakchi xususiyatlarni aniqlash, boshqa predmetlarga tegishli
bilimlardan oqilona foydalanish, mavzu mohiyatini chuqurroq yoritishga
doir mustaqil ishlar o‘tkazilishi belgilansa, keyingi bosqich o‘qituvchi
oldiga o‘quv jarayonining tuzilishi bilan ishlarni maqsadga muvofiq holda
rejalashtirish talabini qo‘yadi. Fanlararo aloqadorlik bilimlarni
integratsiyalash asosida o‘qituvchi modelini invariant va variativ
qismlarga ajratishni nazarda tutadi.
Invariant tuzilishi (shaxsiy tavsifi) mazmuni ixtisosligidan qat’iy
nazar, o‘qituvchining axborot madaniyati, umumta’lim tayyorgarligi
darajasi hamda pedagogik-psixologik mahoratini o‘zida aks ettiradi.
Variativ tuzilishi (ixtisoslik tavsifi) esa o‘qituvchining aniq
ixtisosligi, fan sohasining o‘ziga xosligi, o‘qitishning xususiy metodikasi
hamda ta'lim jarayonida fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish
vositalarini mujassam etuvchi bilim va ko‘nikmalari hisoblanadi. Variativ
tuzilma bilimlarga nisbatan xususiy va metodik tayyorgarlik qatorida
ta’limning integrativ va umummetodologik masalalari bo‘yicha ham
qo‘shimcha talablarni o‘z ichiga oladi.
Yozuvchi tarjimayi holini tasviriy san’at fani bilan bog‘lab
o‘rganish, bunda turli janrlar, xususan, portret namunalariga murojaat
qilish o‘qituvchi zimmasiga rang-tasvirning ifoda vositalari, san’atga doir
tushunchalar mazmuni, ularga xos xususiyatlar bilan batafsil tanishish,
so‘ngra o‘rganilayotgan namunalarga xoslikni belgilash va o‘quvchilar
faoliyatini shu masalaga yo‘naltirish maqsadga muvofiq.
Adabiyot
darslarida
portret
janridagi
asarlarni
o‘rganish
quyidagilarga imkon yaratadi:
– ijodkor yashagan davr ruhini anglash;
– adabiyot va san’atning taraqqiyot tendensiyalarini belgilash;
– adabiyotning boshqa sohalar bilan aloqasini o‘rganish;
– portret janrining rivojlanish bosqichlarini kuzatish;
– muallifning individualligi va mahoratini baholash;
– asardagi asosiy elementlarni o‘qish yo‘llarini o‘zlashtirish;
– portretdagi falsafiy-psixologik mazmunni yoritish va h.k.
Ma'lumki, jahon tasviriy san’atida portret janrida Leonardo do
Vinchi, Titsian, Rembranat, Repin singari iste’dodli rassomlar mahorat
~ 97 ~
bilan ijod qilishgan. O‘zbekistonda bu janr takomili A.Abdullayev,
M.Nabiyev, Ch.Axmarov, J.Umarbekov, R.Ahmedov kabi mo‘yqalam
ustalari faoliyati bilan uzviy bog‘liq. Portret janrida samarali qalam
tebratish uchun ijodkordan zarur sifatlar talab etiladi. Xususan, bu borada
B.Mahmudovning quyidagi fikrlari o‘rinlidir:
“Birinchi navbatda, rassom inson husn-jamoliga maftunkor bo‘lishi,
ikkinchidan inson psixologiyasini yaxshi bilishi, uchinchidan, intellektual
salohiyati baland, to‘rtinchidan, inson va tabiat, inson va jamiyat haqida
teran fikr-mulohazalar sohibi bo‘lmog‘i lozim. Chunki har bir badiiy
jihatdan mukammal portret yakka shaxsning shunchaki ko‘rinishi emas,
balki bu shaxsning kasb-kori, millati, davri, ma’naviy qiyofasi orzu-
umidlarining ifodasi bo‘ladi. Buning uchun rassom ko‘p narsalarga
qiziqishi, bilishi va fikr yuritishi, olam va odamga falsafiy munosabatda
bo‘lishi kerak”
32
. Bu jihatlar o‘quvchida obrazning tashqi qiyofasi,
psixologik xususiyatlarini ochib berish bilan birga muayyan davrning
ijtimoiy-madaniy manzarasi yuzasidan ham tasavvur uyg‘otadi.
Yaxshi
ayonki,
uzluksiz
ta’lim
bosqichlarida
Zahiriddin
Muhammad Bobur hayoti hamda “Boburnoma” asarini o‘rganishga oid
aksariyat darslarda portret, miniatyura yoki illyustratsiya janridagi
asarlarga murojaat qilinadi. Xususan, Bobur obraziga oid rang-tasvir
namunalaridan biri XVII asrda noma’lum rassom tomonidan ishlangan
portretdir
33
. Mazkur asar Bobur hayoti va ijodi haqidagi materiallarda
uchramaydigan ayrim jihatlarni ochishda zarur manba bo‘lishi bilan ham
ahamiyatlidir.
Musavvir Bobur obrazidagi shohlik va shoirlik sifatlarini yaxlit
gavdalantirish uchun mos shakl va tasvir vositalarini topa olgan. Puxta
tanlangan detallar sujetning ichki mohiyatini to‘liq ochib bergan.
Qahramon hayot yo‘lining yorqin va tashvishli damlarini tasviriy san’atga
xos bo‘lgan badiiy umumlashtirish, ko‘p qirrali talqin, mazmun va shakl
uyg‘unligi, teran mushohada asosida ko‘rsata bilgan. Bunda obrazning
gavda tuzilishidagi aniqlik, ranglar uyg‘unligi, tasvir vositalarining
lo‘ndaligi va shohona nafislik yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bobur
portretining tasviriy sxemasi o‘ziga xos va original, mantiqiy yechimi
ham innovatsion xarakterda. Asar kompozitsiyasida detallarning
mutanosibligi to‘liq ta’minlangan.
Portret namunalarini badiiy talqin qilishda san’atshunos olimlar
32
Маҳмудов Б. Портрет яратиш маҳорати // Халқ таълими. – Тошкент, 2010. – № 2. – Б. 66-67.
33
“Бобурнома” миниатюралар / Таҳрир ҳайъати: А.Қаюмов, Ҳ.Султонов, Б.Алимов ва бошқ. – Тошкент:
“O‘qituvchi” НМИУ, 2008. – 47-б.
~ 98 ~
fikrlari hamda sohadagi mavjud nazariyalardan foydalanish asarni idrok
etishning samarali yo‘llaridan hisoblanadi. Jumladan, noma’lum rassom
yaratgan Bobur portreti tahlilida professor S.Bo‘latov talqiniga
34
tayanish
obrazning xarakter xususiyatlari, ruhiyati va ma’naviy dunyosini ochib
berishi qatori har bir sinchining shaxsiy talqinlariga ham imkon beradi.
Portret mazmunini o‘qish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Asardagi har bir elementni ajratib olish.
2. Ranglar va elementlardagi ramziylikni aniqlash.
3. Ularning ma’nosini izohlash.
4. Portretning mantiqiy yechimini topish.
Dostları ilə paylaş: |