|
Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitishozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanmaMevasiz daraxt
qahramonning
armonlari,
taxtdan ayrilib, besamar
o‘tgan kunlari ifodasidir.
Oppoq tusda gullagan daraxt
Bobur
saltanatining ravnaq topishi,
ijodining avj pallasi, orzu-umidlari ro‘yobi
. Oq rang poklik, halollik va
murod-maqsadga yetganlik ramzi.
Bulut ortidagi quyosh
tasvirida shoirning
yorug‘ kunlarga ishonch
tuyg‘ulari
yashiringan. Quyoshning gullagan daraxt tepasida botishi
zamirida uning o‘zi obod qilgan o‘lkada mangu qo‘nim topganligi
ma’nosini uqish mumkin.
Ustki libos (nimcha)
– libosiga naqshlangan zarhal ranglardagi
kiyiklar tasviri Boburning
beg‘ubor va sohir qalb egasi
ligiga ishora.
Nimchasidagi chizgilar
tabiatga munosabatini, didining qanchalik
nozikligi
ni ko‘rsatadi. Libosidagi alvon rang ma’nosi Boburdagi aql, ilm
va poklik sifatlarining birlashuvidir.
Ohular
shoirning
erkinlik va maqsad sari dadil intilishi
nishonasi.
Belbog‘
tasvirining kuch-
qudrat v
a
davlat
ma’nosida ishlangani
seziladi.
Zirak va tumor.
Boburning Hind o‘lkasi shohligi zirak tasvirida
akslansa, tumor uning ko‘p
ofat va balolardan sog‘-omon
qolganini
bildiradi. Ko‘plab xalqlarda tumor asrovchi timsol sifatida qadrlanadi.
Hamyon
–
boylik, davlat va farovonlik
belgisi.
Kitob
bilim, donolik va ijodkorlik
ka ishoradir.
Ko‘chma taxtiravon
toj-taxtning abadiy emasligi, bugun senga,
ertaga boshqasiga nasib etishi mumkinligi, ya’ni o‘tkinchilik ma’nosini
o‘zida aks ettiradi. Dunyoning bir butunligi ma’nosi taxtiravonning to‘rtta
oyog‘i tasviriga singdirilgan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|